Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Амброксол, глицирризиновая кислота, экстракт тимьяна
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Фармстандарт Леедства ОАО
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Kodelak Bronho eliksir fl.100 ml №1 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kodelak® Bronxo s chabretsom
Dori shakli
eliksir
Tarkibi
5 ml eliksir quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar ambroksol gidroxloridi – 10 mg, glitsirrizin kislotasining trinatriyli tuzi (natriy glitsirrizanati) – 30 mg, suyuq toshcho‘p ekstrakti – 500 mg;
yordamchi moddalar metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 3,75 mg, propilparagidroksibenzoat (nipazol) – 1,25 mg, sorbitol (sorbit) – 3000 mg, tozalangan suv – 5 ml gacha.
Ta'rifi och-jigarrangdan jigarrang ranggacha suyuqlik.
Saqlash jarayonida cho‘kma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
ATX kodi R05CA10.
Farmakologik xususiyatlari
Yo‘talni davolash uchun majmuaviy preparat, mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek yallig‘lanishga qarshi faollikga ega. Kodelak® Bronxo s chabretsom eliksirining ta'siri uning komponentlarining farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq
ambroksol sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega, balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi, alveolalarda surfaktant sekretsiyasini oshiradi. Balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi va uni ajralishiga yordam beradi;
glitsirrat (glitsirrizin kislotasi va uning tuzlari) yallig‘lanishga qarshi va viruslarga qarshi ta'sirga ega. Antioksidant va membranani turg‘unlashtiruvchi faolligi tufayli sitoprotektor ta'sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatib, endogen glyukokortikosteroidlar ta'sirini kuchaytiradi. Yaqqol yallig‘lanishga qarshi faolligi tufayli nafas yo‘llarida yallig‘lanish jarayonlarini kamayishiga yordam beradi;
toshcho‘p o‘ti ekstrakti balg‘am ko‘chiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega efir moylarining aralashmasini saqlaydi. Bundan tashqari toshcho‘p o‘ti kuchsiz spazmolitik va reparativ xususiyatlarga ega.
Qo‘llanilishi
Qovushqoq balg‘am hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining kasalliklari o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), bronxoektatik kasallikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi, ovqat qabul qilish vaqtida, oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 10 ml dan sutkada 4 marta buyuriladi.
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml dan eliksir sutkada 3 marta, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi.
Shifokor maslahatisiz davolashning maksimal davomiyligi – 5 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar.
Kam hollarda - holsizlik, bosh og‘rig‘i, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i va nafas yo‘llarini qurishi, ekzantemalar, rinoreya, qabziyat, dizuriya. Yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda – gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, me'da va o‘n ikki barmoq yara kasalligi, bronxial astma.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yo‘talga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llash balham ajralishini qiyinlashishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda 5 ml eliksirda 0,18 NB miqdorda sorbit mavjudligini hisobi bilan qo‘llash mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Kodelak® Bronxo s chabritsom preparatini homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Kodelak® Bronxo s chabretsom preparatini emizish davrida qo‘llash zarurati bo‘lsa emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Preparat transport vositalari va turli mexanizmlarni boshqarish, shuningdek diqqatni yuqori jamlash va psixomotor va harakat reaktsiyalarining tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.
Davolash sun'iy qusishni chaqirish, preparatni qabul qilishdan keyin birinchi 1-2 soatda me'dani yuvish.
Chiqarilish shakli
100 yoki 200 ml dan to‘q shisha flakonlarda. Bir flakon davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshiqchasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Qayd etish guvohnomasining egasi/iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“Otisifarm” JAJ, Rossiya,
123317, Moskva sh., Testovskaya ko‘ch., 10 uy
Tel. +7 (800) 775-98-19
Faks +7 (495) 221-18-02
www.otcpharm.ru
Ishlab chiqaruvchi
korxonaning nomi/ e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“Farmstandart-Leksredstva” OAJ, 305022, Rossiya, Kursk sh., 2-chi Agregatnaya ko‘ch., 1a/18
Tel/faks (4712) 34-03-13, www.pharmstd.ru
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100179, Olmazor tumani, Chimbay mavzesi, 5 A, tel +998712292709.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.