Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Mukaltin tab. 50mg №10 (Opitniy Zavod)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Алтея лекарственного корней экстракт, гидрокарбонат натрия
Страна производитель
Украина
Дозировка
50 мг
Производитель
ГНЦЛС,ОЗ
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Mukaltin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) mukaltin
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda quruq moddaga qayta hisoblaganda 50 mg mukaltin;
yordamchi moddalar natriy gidrokarbonati, limon kislotasi monogidrati, kaltsiy stearati, qand.
Ta'rifi kulrang yoki qo‘ng‘ir tusli kulrang rangli, dog‘lari bo‘lgan, ikki tomoni qavariq yuzali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.
ATX kodi R06CA
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Mukaltin – ta'siri sekrotolitik va bronxolitik xususiyatlari bilan ta'minlangan, samarali balg‘am ko‘chiruvchi vositadir. Preparat kuchsiz yo‘talga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, yo‘tal xurujlari sonini va ularning jadalligini kamaytiradi. Yumshatuvchi, yallig‘lanishga qarshi va o‘rab oluvchi xususiyatlarga ega.
O‘zgargan bronx-o‘pka sekretsiyasini normallashtiradi, balg‘amni ajralishini yaxshilaydi uning qovushqoqligini va adgeziv xususiyatini kamaytiradi, quyi nafas yo‘llaridan yuqori qismlariga balg‘am xarakatini va ko‘chishini yengillashtiradi.
Farmakokinetikasi
Aniqlanmagan.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari bronxitlar, pnevmoniyalar, bronxoektatik kasalliklar, bronxial astma, nospetsifik bronxit ko‘rinishlari bilan o‘pka tuberkulyozidagi yo‘talda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga va bolalarga 12 yoshdan boshlab, 1-2 tabletkadan sutkada 3-4 marta ovqatdan oldin buyuriladi. Bolalar uchun bir martalik dozasi yoshga qarab tanlanadi 1-3 yosh – 1 tabletka, 3-12 yoshga- 1-2 tabletkadan buyuriladi.Bolalarda qo‘llanganda preparatni 1/3 stakan iliq suvda eritish mumkin, hoxishga qarab qandli yoki mevali sirop qo‘shish mumkin.
Davolash kursi – kasallikning turiga qarab, 7 kundan 1-2 oygacha buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ayrim hollarda allergik reaktsiyalar, shu jumladan eshakemi, qichishish kelib chiqishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mukaltinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtdagacha Mukaltinni dorilar bilan o‘zaro ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Yo‘talni susaytiruvchi preparatlar (kodein) bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.
Mukaltinni yo‘talga qarshi va balg‘am ko‘chiruvchi boshqa vositalar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ba'zi hollarda o‘pkaning surunkali yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda Mukaltin bilan davolashni boshida bronxial daraxtda yig‘ilib qolgan va ko‘p miqdorda detrit, oqsillar va yallig‘lanish elementlarini saqlovchibalg‘amni ajralishi hisobiga, balg‘amni yopishqoqligi oshishi mumkin. Shuning uchun bronxlarni diffuz shikastlanishida, balg‘amning fizik-kimyoviy xususiyatlarini ahamiyatli o‘zgarishlarida va mukotsiliar transportni pasayishida Mukaltin bilan davolashda mukolitik preparatlarni (bromkegsin va boshq.) birgalikda buyurish lozim.
Preparatning bir martalik dozasini har 4 soatda qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Preparat qand saqlaydi, buni qandli diabeti bo‘lgan bemorlar hisobga olishlari lozim.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.
Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Bolalar.
Preparatni 1 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati.
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni ko‘rsatilgan terapevtik dozalarda qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi kuzatilmaydi.
Uzoq muddat qo‘llanganda yoki ko‘rsatilgan dozalardan oshirilganda ko‘ngil aynishi va qusish kelib chiqishi mumkin.
Davolash – simptomatik.
Chiqarilish shakli
30 tabletkadan bankalarda yoki konteynerda; 10 tabletkadan kontur-uyasiz o‘ramlarda.
Saqlash sharoiti
8ºS dan 15ºS gacha haroratda, original o‘ramda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Farmatsevticheskaya kompaniya “Zdorovye” MCHJ.
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxsning nomi
“Opitniy zavod “GNTSLS” MChJ.
Manzili
Ukraina, 61013, Xarkov sh., Shevchenko ko‘ch., 22.
(«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorovye» MCHJ)
Ukraina, 61057, Xarkov sh., Vorobyeva ko‘ch, 8.
(«Opitniy zavod «GNTSLS» MCHJ)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.