Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Экстракт сухой листьев плюща обыкновенного
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Germaniya
Производитель
Engelhard Arzneimittel GmbH & Co. KG
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Ichish uchun tomchilar
Prospan ichga qabul qilish uchun tomchilar 20ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Prospan®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) pechak barglarining quruq ekstrakti
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun tomchilar
1ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda pechak barglarining quruq ekstrakti (5-7, 51) - 0,02 g
yordamchi moddalar tozalangan suv, natriy saxarinati, 96% etanol, arpabodiyon moyi, ukrop moyi, yalpiz moyi.
Ta'rifi To‘q-jigarrang rangli spirt va ukrop hidli suyuqlik. Saqlash jarayonida biroz xiralashishi va cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
o‘simliklardan olingan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
ATX kodi R05CA
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan yo‘talga qarshi preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik va spazmolitik ta'sirga ega.
Balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi va uning ko‘chishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Preparat yuqori nafas yo‘llari va o‘pkaning yo‘tal va qiyin ajraladigan balg‘amni ajralishi bilan kechuvchi yallig‘lanish kasalliklarini davolashda, balg‘amni ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qo‘llanadi.
Kattalar va 10 yoshdan katta bolalarga 24 tomchidan kuniga 3 marta (kuniga 50,4 mg pechak barglarining quruq ekstrakti), 4-10 yosh bolalarga kuniga 3 marta 16 tomchidan (kuniga 33,6 mg pechak barglarining quruq ekstrakti) va 1-4 yosh bolalarga kuniga 3 marta 12 tomchidan (kuniga 25,2 mg pechak barglarining quruq ekstrakti) buyuriladi.
Tomchilarni ovqat qabul qilishdan oldin qabul qilish lozim. Kichik bolalarga tomchilarni oz miqdordagi suv bilan berish tavsiya qilinadi.
Davolash kursi kasallikni kechishi og‘irligiga qarab belgilanadi, minimal davolash kursi 1 haftani tashkil qilishi kerak.
Terapevtik samarani mustahkamlash uchun kasallik belgilari yo‘qolganidan keyin, davolashni yana 2 – 3 kun davomida davom ettirish tavsiya qilinadi.
Bemorning xolati yaxshilanmasa shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Pechak saqlovchi vositasini qabul qilgandan keyin juda kam hollarda xansirash, shish, terini qizarishi yoki qichishish kabi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Ushbu yo‘riqnomada ta'riflanmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganda preparatni qabul qilishni bekor qilish va bu xaqida shifokorga xabar berish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bolalar (1 yoshgacha), alkogolizm va alkogol saqlovchi preparatlarni qabul qilish mumkin bo‘lmagan boshqa holatlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat 47 hajm % alkogol saqlaydi.
Qand, konservantlar va bo‘yovchi moddalarni saqlamaydi. Saqlash jarayonida suyuqlikni biroz xiralashishi, unda cho‘kma hosil bo‘lishi va ta'mi ahamiyatsiz o‘zgarishi mumkin, bu preparatning terapevtik samarasiga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llashning mumkinligini aniqlash maqsadida tekshirishlar o‘tkazilmaganligi tufayli, preparatni faqat shifokor bilan oldindan maslahatlashib qo‘llash mumkin.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash reaktsiya tezligi qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kundalik buyurilgan dozadan ahamiyatli yuqori (3 martadan ortiq) dozani qabul qilish ko‘ngil aynishi, qusish va diareyani chaqirishi mumkin. Bunday hollarda patsiyent shifokorga murojaat qilishi kerak.
Chiqarilish shakli
20 ml dan tiqin – tomchilagich va buraladigan qopqoq bilan ta'minlangan to‘q shisha flakonlarda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
+25˚S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Engelgard Artsnaymittel GmbX & Ko KG.,
Xertsbergshtrasse, 3, D – 61138 Niderdorfelbden, Germaniya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Uzbekiston, 100041, Toshkent sh., M.Ulugbek tumani, Navnixol ko‘ch., 86
Tel. +99871 230 91 93
email intopharm@zoho.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.