Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Пулмоксол сироп 15 мг/5 мл 150 мл (23H11291B##1925) |
UZS 31 800
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Амброксол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Turkiya
Производитель
Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S.
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Sirop
Pulmoksol sirop 15mg/5ml 150ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pulmoksol
Ta'sir etuvchi modda (XPN ambroksol (ambroxol)
Dori shakli
sirop
Tarkibi
Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol modda 15 mg ambroksol gidroxloridi.
yordamchi moddalari benzoy kislotasi, sorbit (70%), qulupnayli essentsiya, ionsizlangan suv.
Ta'rifi rangsiz, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
mukolitik vosita.
ATX kodi R05CB06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ambroksol gidroxloridi mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ambroksol bromgeksinning metaboliti bo‘lib, kuchli balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega. Ambroksol gidroxloridi surfaktant hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kipriksimon epiteliyning faolligini oshiradi. Ambroksol gidroxloridi balg‘am ko‘chiruvchi ta'sir ko‘rsatib, nafas yo‘llarida to‘planib qolgan balg‘amni uni suyulishi va yopishqoqligini kamayishi hisobiga, yo‘tal vaqtida chiqarilishini yengillashtiradi. Bronxial sekretsiyani oshiradi va uning yopishqoqligini kamaytiradi. Mukolitik ta'siri natijasida shilimshiqni yopishqoqligini buzadi, balg‘amni sezilarli darajada yumshatadi, shunday qilib uning chiqarilishini yengillashtiradi.
Farmakokinetikasi
Ambroksol gidroxloridi og‘iz orqali qo‘llanganida tez va to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi taxminan 70%. 1/3 jigar orqali «birinchi» o‘tishda chiqariladi. Och qoringa qabul qilinganida plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 2,5 soatdan keyin erishiladi. Yarim chiqarilish davri 9-10 soatni tashkil etadi. Terapevtik plazma kontsentratsiyasi 30 ng/ml ni tashkil etadi. Bunday kontsentratsiyagapreparat 30 mg dan kuniga 2 marta qabul qilib erishish mumkin. Qayta qabul qilinganida plazmada to‘planmaydi. Preparatni 90% oqsillar bilan bog‘lanadi. Peroral qabul qilinganidan keyin preparatni 85% metabolitlari ko‘rinishida va 10% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
PulmoksolTM o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari, bronxial astma, bronxoektezlar, o‘tkir va surunkali bronxitlar, laringitlar, sinusitlar, rinitlar, o‘tkazilgan bronx-o‘pka operatsiyalaridan keyingi asoratlarni davolash va oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar shifokorning boshqa tavsiyalari bo‘lmasa, PulmoksolTM quyidagi usul bilan buyuriladi
Bolalar
2 yoshgacha 2,5 ml kuniga 2 marta
2-5 yosh 2,5 ml kuniga 3 marta
5-12 yosh 5 ml kuniga 2-3 marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam hollarda ko‘ngil aynashi, qusish, diareya, holsizlik, bosh og‘rig‘i, teri toshmalari kuzatilishi mumkin.
Noxush samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Bromgeksin, ambroksolga yoki preparatni boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kodein va atropinsimon komponentlarni saqlovchi, sekretsiyani kamaytiruvchi yo‘talga qarshi vositalar bilan birga ishlatilmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kodein va yo‘talga qarshi boshqa vositalar bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bunda balg‘am va shilimshiqni ajralishi qiyinlashadi. Jigar, buyrak funktsiyasi buzilishlarida, shuningdek peptik yaralarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik (V toifasi)
Klinik tadqiqotlarni yetarli emasligini inobatga olib, homiladorlikni I uch oyligida preparatni faqat juda zarur xollarda foyda xavfi nisbati baxolangandan so‘ng buyurish mumkin.
Laktatsiya
Preparat ko‘krak sutiga ajralib chiqadi, biroq terapevtik dozalarda qabul qilingan preparat bolaga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirilib yuborilish hollari kuzatilmagan. Maxsus antidoti yo‘q. Dozani oshirib yuborish simptomlari paydo bo‘lganida bemorlarda sun'iy qusishni chaqirish, me'dani yuvish, simptomatik va samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni buyurish kerak.
Chiqarilish shakli
150 ml pediatrik sirop to‘q shisha flakonda.
1 flakon o‘lchov qopqoqchasi (15 ml 2,5 ml va 5 ml belgili) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi
Drogsan Ilachlari San. ve Tidj. A.Sh.
Turkiya, 06760, Anqara, Chubuk
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«ASFARMA SAVDO» MChJ
O‘zbekiston, 100097, Toshkent sh., Chilonzor tumani, S Mavze, 4 A uy.
Tel. (+998 71) 273 70 95;
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.