Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ginofort krem 2% 5gr
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бутоконазол
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
2% 5 г
Производитель
Гедеон Рихтер, ОАО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Крем вагинальный
Ko'rsatmalar
Ginofort® 2%, vaginal krem
Butokonazol nitrati
Preparatni qo‘llashdan oldin uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing.
-Ushbu yo‘riqnomani saqlab qo‘ying, ehtimol unda ta'riflangan ma'lumot Sizga kelajakda kerak bo‘lishi mumkin.
-Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringizga yoki provizorga murojaat qiling.
-Ushbu preparat shaxsan Sizga buyurilgan, shuning uchun uni boshqa shaxslarga bermang, chunki u ularga, hatto ularni kasallik alomatlari siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, zarar keltirishi mumkin.
-Agar ushbu preparatni qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya samaralar yaqqol xarakterga ega bo‘lsayoki ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralar yuzaga kelsa, bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar qiling.
Ushbu yo‘riqnoma quyidagi ma'lumotni saqlaydi
1.Ginofort® 2% vaginal kremi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
2.Ginofort® 2% vaginal kremini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Ginofort® 2% vaginal kremini qanday qo‘llash kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
5.Ginofort® 2% vaginal kremini saqlash sharoiti
6.Qo‘shimcha ma'lumot
1.GINOFORT® 2% VAGINAL KREMI NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANILADI
Oldindan to‘ldirilgan har bir shprits-applikator tarkibida taxminan 5 g vaginal krem mavjud bo‘lib, uning tarkibida taxminan 100 mg butokonazol nitrati – zamburug‘larga qarshi ta'sir ko‘rsatuvchi faol modda saqlanadi.
Ginofort® 2% vaginal kremi Candida albicans (zamburug‘larning bir turi) va Candida boshqa turlari keltirib chiqaradigan vulvovaginal zamburug‘li infektsiyalarni mahalliy davolash uchun qo‘llaniladi.
Zamburug‘li infektsiya simptomlari tashqi jinsiy a'zolarni qizarishi va biroz shishini, shuningdek shu sohada qichishish, achishish va yuqori ta'sirchanlikni o‘z ichiga oladi. Infektsiya qindan ajralmalar chiqishi, tvorogsimon xususiyatga ega karash hosil bo‘lishi, shuningdek siyish yoki jinsiy aloqa vaqtida og‘riq paydo bo‘lishi bilan birga kechishi mumkin.
2.GINOFORT® 2% VAGINAL KREMINI QO‘LLASHDAN OLDIN NIMALARNI BILISH KERAK
Quyidagi hollarda Ginofort® 2% vaginal kremini qo‘llash tavsiya etilmaydi
-Butokonazol nitratiga yoki preparatning boshqa har qanday komponentlariga (6-bo‘limda sanab o‘tilgan) yuqori sezuvchanlik mavjudligida.
-Homiladorlarga homiladorlikning birinchi uch oylik davrida, shuningdek jinsiy hayot bilan yashayotgan va kontratseptsiya vositalaridan foydalanmayotgan bola tug‘ish yoshidagi ayollarga.
Ginofort® 2% vaginal kremidan foydalanilganda paytida ehtiyotkorlik choralariga rioya eting
Ginofort® 2% vaginal kremi tarkibida mineral moy mavjud bo‘lib, u lateks yoki rezinadan ishlab chiqarilgan buyumlarga, xususan prezervativlar yoki qin diafragmalariga shikastlantiruvchi ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun Ginofort® 2% vaginal kremi qo‘llanilgandan keyin 72 soat (3 kun) davomida ulardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Qaytalanuvchi vaginal achitqi infektsiyasi, ayniqsa uning davolashga qiyin beriladigan turi mavjudligi odam immunotanqisligi virusi (OIV) infektsiyasi bilan bog‘liq havf guruhidagi ayollarda OIV infektsiyasining dastlabki simptomi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llashdagi vaqtida ehtiyotkorlik choralari
Umumiy ehtiyotkorlik choralari
Agar, davolashga qaramay, klinik simptomlar yo‘qolmasa, dastlabki tashhisni tasdiqlash va qaytalanuvchi vaginal achitqi infektsiyani qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarni istisno etish uchun laboratoriya tekshirishlari qayta o‘tkazilishi kerak.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi
Ginofort® 2% vaginal kremini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu yosh guruhida preparatni qo‘llash havfsizligi bo‘yicha klinik ma'lumotlar mavjud emas. Jinsiy faol yosh (14-18 yosh)dagi o‘smirlarga preparatni buyurish har bir muayyan holda uni qo‘llash bilan bog‘liq havf va bundan kutilayotgan foyda nisbatini baholashni talab qiladi, chunki preparatni mazkur yosh guruhida qo‘llash tajribasi cheklangan.
Boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanilishi
Agar siz boshqa har qanday preparatlarni, shu jumladan retseptsiz dori vositalarini hozirda qabul qilayotgan yoki ilgari qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar qiling.
Shu bilan bir vaqtda, Ginofort® 2% vaginal kremining boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas, uning tarkibiga kiradigan mineral moy bundan mustasno bo‘lib, u lateks yoki rezinadan ishlab chiqarilgan buyumlarga shikastlantiruvchi ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Dori preparatlarini qo‘llashni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Homiladorlik
Ginofort® 2% vaginal kremini homiladorlarga homiladorlikning birinchi uch oyligida, shuningdek jinsiy hayot bilan yashayotgan bola tug‘ish yoshidagi ayollarga, agar ular kontratseptsiya vositalaridan foydalanmayotgan bo‘lsalar, qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida Ginofort® 2% vaginal kremi faqat kutilayotgan foydaning davolashda bo‘lishi mumkin bo‘lgan havfga nisbatini sinchkov tahlil qilingandan keyin shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llanishi mumkin.
Emizish davri
Preparatning faol moddasi ko‘krak sutiga o‘tishi yoki o‘tmasligi hozirgi vaqtda ma'lum emas. Shu sababli emizish davrida vaginal kremni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Ginofort® 2% vaginal kremi avtomobilni boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Ginofort® 2% vaginal kremining ayrim komponentlari to‘g‘risida muhim ma'lumot
Ginofort® 2% vaginal kremi tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalardan biri – propilen glikol teri qichishishini keltirib chiqarishi mumkin. Metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
3.GINOFORT® 2% VAGINAL KREMINI QANDAY QO‘LLASH KERAK
Ginofort® 2% vaginal kremini qo‘llash bo‘yicha shifokor ko‘rsatmalariga har doim qat'iy rioya qiling. Agar preparatni to‘g‘ri qo‘llayotganingizga ishonch hosil qilmasangiz, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Oldindan to‘ldirilgan, bir martalik, bir dozali shprits-applikator tarkibida taxminan 5 g vaginal krem saqlaydi.
Dozalash usuli shprits-applikator ichidagi kremni to‘laligicha bir martada, eng ma'quli – kechki vaqtda yuboring.
Krem bilan oldindan to‘ldirilgan, bir martalik shprits-applikatordan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
1-qadam. Shprits-applikatorni tayyorlash
-Himoya o‘ramini oching va krem to‘ldirilgan shprits-applikatorni chiqaring.
-Shprits-applikator uchlik kiydirilgan holda qo‘llaniladi.
-Uchlikni yechib olmang.
-Uchlik bo‘lmagan holda shprits-applikatorni qo‘llamang!
-Foydalanishdan oldin shprits-applikatorni qizdirmang.
Shprits-applikatorni mahkam ushlab turib, porshenni to‘liq chiqarish uchun halqani torting.
2-qadam. Shprits-applikatorni qinga kiriting.
-Shprits-applikatorni qin ichiga ehtiyotkorlik bilan mumkin qadar chuqur kiriting
3-qadam. Kremni yuborish
-Porshenni asta sekin bosib, shpritsdan kremni qinga chiqaring, so‘ng bo‘shagan shprits-applikatorni qindan chiqarib oling. Bo‘shagan shpritsni utilizatsiya qilish kerak.
Ginofort® 2% vaginal kremi faqat intravaginal qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Agar Siz kremni tasodifan yutib yuborgan bo‘lsangiz, darhol bu haqida shifokoringizga xabar qiling.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llash
Ginofort® 2% vaginal kremini 14 yoshga to‘lmagan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu yosh guruhida preparatni qo‘llashning samarasi va xavfsizligi yetarlicha o‘rganilmagan. Jinsiy faol yosh (14-18 yosh)dagi o‘smirlarga preparatni buyurish uni qo‘llash bilan bog‘liq xavf va bundan kutilayotgan foyda nisbatini baholashni talab qiladi.
Agar siz Ginofort® 2% vaginal kremini navbatdagi qo‘llash muolajasini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Ginofort® 2% vaginal kremi bir dozali preparat hisoblanadi. Agar kasallik simptomlari yo‘q bo‘lmasa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Agar siz Ginofort® 2% vaginal kremini qo‘llashni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Ginofort® 2% vaginal kremi bir dozali preparat hisoblanadi. Agar preparat qo‘llangandan keyin oradan bir necha kun o‘tgach kasallik simptomlari yo‘q bo‘lmasa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Agar Sizda ushbu preparati qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga yoki provizorga murojaat qiling.
4.BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA SAMARALAR
Barcha dori preparatlari kabi, Ginofort® 2% vaginal kremi ham cheklangan patsiyentlarda nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Klinik tadqiqotlarning natijalari va postregistratsion hisobotlarga ko‘ra, quyidagi shikoyatlar ayniqsa ko‘p qayd etiladi (5%) qinda achishish, qichishish, yallig‘lanish va shish, chanoq sohasida yoki qorinning pastida og‘riq, qorinning pastida spazmlar yoki sanab o‘tilgan simptomlardan ikkitasi yoki undan ortig‘i majmuasi.
Ginofort® 2% vaginal kremini qo‘llashda yuz beradigan mahalliy nojo‘ya samaralar vulvovaginal zamburug‘li infektsiya simptomlariga juda o‘xshash. Agar davolash jarayonida simptomlar yo‘q bo‘lmasa, davolovchi shifokoringizga iloji boricha tez murojaat qiling.
Allergik reaktsiyalar (yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari) har qanday dori preparatlari qo‘llangan holda yuzaga kelishi mumkin
Shu sababli, agar Sizda terini qizarishi yoki kepaklanishi, teri yoki shilliq pardaning shikastlanishi yoki allergik toshma (eshakemi) singari allergik reaktsiya simptomlari yuzaga kelgan bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga iloji boricha tez murojaat qiling.
Agar nojo‘ya samaralar ta'siri kuchaygan yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan qo‘shimcha nojo‘ya samaralarni qayd etgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
5.GINOFORT® 2% VAGINAL KREMINI SAQLASH SHAROITI
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
250S dan yuqori haroratda saqlashga yo‘l qo‘ymang.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin preparatni qo‘llamang.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Preparatni kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlamang. Keraksiz preparatdan xalos bo‘lish yo‘lini provizordan so‘rang. Bunday choralar atrof-muhitni asrash uchun kurashda yordam beradi.
6. QO‘SHIMCHA MA'LUMOT
Ginofort® 2% vaginal kremining tarkibiga nima kiradi
-Kremning har bir grammi tarkibiga 20 mg faol modda – butokonazol nitrati (17,35 mg butokonazolga mos) kiradi.
-Boshqa ingrediyentlar tozalangan suv, 70 % li sorbitol eritmasi, propilen glikol, dinatriy edetati, suyuq parafin, poliglitseril 3-oleat, mum, mikrokristall gidrofob kremniy dioksidi, kolloid metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, glitseril monoizostearatni o‘z ichiga oladi.
Ginofort® 2% vaginal kremi qanday ko‘rinishga ega va o‘ram tarkibiga nimalar kiradi
Ginofort® 2% oq rangdan deyarli oq ranggacha, yot zarrachalardan xoli va ko‘zga tashlanadigan qatlamlarsiz yumshoq gomogen kremdir.
5 g vaginal krem polipropilen applikatorda. 1 applikator polistirol penal ichiga joylangan va so‘ng laminatsiyalangan paketga o‘ralgan. Paket tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi
Ishlab chiqaruvchi
va qayd etish guvohnomasining egasi
«Gedeon Rixter» OAJ
N-1103 Budapesht
Demrei ko‘chasi, 19-21
Vengriya
Gedeon Richter Plc.
H-1103 Budapest
Gyömrői út 19-21
Hungary

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.