Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Klazin vaginal suppozitoriylar №6
Nomi | Narx | |||||
Клазин супп. ваг. №6 (23081003##2 263) |
UZS 121 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Поликрезулен
Страна производитель
Китай
Дозировка
90 мг
Производитель
Mu Lin Sen
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории вагинальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Klazin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) polikrezulen (rolicresulen)
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda polikreluzen yoki polimetilen-meta-krezolsulfon kislotasi - 90 mg;
yordamchi moddalar polietilenglikol 1500, polietilenglikol 4000, tozalangan suv.
Ta'rifi oqdan och-qizil-jigarrang rangligacha, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
asosan akusherlik va ginekologiyada qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi G01AX03
Farmakologik xususiyatlari
Preparat antibakterial, trixomonatsid, zamburug‘larga qarshi va qon to‘xtatuvchi samaraga ega, to‘qimalarning epitelizatsiyasini tezlashtiradi.
Farmakodinamika
si
Klazin suppozitoriylari qinda kislotali muhit hosil qiladi, nekrozga uchragan to‘qimalarni, shikastlangan va patologik hujayralarning quyuqlashib keyingi ko‘chishiga yordam beradi. Sog‘lom bo‘lmagan hujayralar ko‘chganida, shilliq pardaning sog‘lom epitelshial qavati shikastlanmaydi, bu epitelizatsiyani kuchaytiradi. Shuningdek, rN omil burushtiruvchi va qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, bu qon to‘xtatuvchi samaraga olib keladi.
Klazin suppozitoriylari quyidagilarga faol ta'sir ko‘rsatadi grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, zamburug‘lar, anaerob bakteriyalar, trixomonadalar va moniliazalar (kandidoz) va ba'zi viruslar. Preparat qinning bakterial florasini normallashtiradi. Preparat sut kislotali bakteriyalariga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
Quyidagilarni mahalliy davolash uchun
-bachadon bo‘yni va qin eroziyalari;
-qin va bachadon bo‘ynining yallig‘lanish kasalliklari;
-turli qin infektsiyalaridagi servitsit (qin ajralmalarini kuchayishi);
-genital qichishishlar;
-pessariylar ishlatilishi natijasida jinsiy a'zolarda paydo bo‘lgan yaralar;
-qin mikroflorasini normallashtirishda qo‘llanadi.
Klazin ni qo‘llanilishi chandiqlar paydo bo‘lishini chaqirmaydi.
Davolash o‘sma va boshqa maxsus jarayonlar istisno qilinganidan so‘ng shifokor nazorati ostida o‘tkaziladi.
Preparatni keksa yoshdagi odamlarda klinik sinovlari o‘tkazilgani haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Klazin vaginal suppozitoriylari ikki kunda bir marta qo‘llanadi. Kauterizatsiya qilinganidan so‘ng suppozitoriylar ikki kunda bir martalik interval bilan qo‘llanadi. Suppozitoriylarni bevosita uyqudan oldin yotgan holatda qo‘llagan ma'qul. Ichki kiyimlarni asrash uchun gigiyenik tagliklarni ishlating. Qo‘llashdan oldin suppozitoriylar suv bilan namlangan bo‘lishi mumkin.
Gigiyena qoidalariga rioya qilish va qo‘llashda Sizga qulaylik bo‘lishi uchun o‘ramcha yetarli miqdorda barmoq qopchalari joylashtirilgan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat kam hollarda bekor qilinganidan so‘ng yo‘qoluvchan allergik reaktsiyalar (ta'sirlanish, achishish va og‘riq) chaqiradi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik davrida bachadon bo‘yni eroziyasini davolash uchun buyurilmaydi, zarurati bo‘lganida qin atrofi sohalarini davolashga buyurish mumkin.
Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Bolalarda qo‘llanmasin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ikki va undan ortiq preparatlar qo‘llanganida preparatlarning mutanosibligi bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashish kerak. Ishqoriy reaktsiyalari mavjud preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin, chunki shilliq qavat po‘stlog‘ida ekzotermik reaktsiyalar va kuchayuvchi kimyoviy kuyish kuzatiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
-sirtga qo‘llash uchun preparat, ichga qo‘llanmasin;
-preparat kuchli jarohatni bitiruvchi samaraga ega va shuning uchun davolashda nekrozga uchragan to‘qimalarni ko‘p ko‘chishi organizmning normal holati hisoblanadi;
-preparat mahalliy qo‘llanganda toksiklik, teratogenlik va mutagenlik ta'sirini chaqirmaydi. Hozirgi vaqtgacha preparatga rezistentlik kuzatilmagan;
-preparatni ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak;
-davolash davrida jinsiy aloqalardan saqlanish kerak;
-gigiyenani saqlash maqsadida ta'sirlanishni chaqiruvchi sovun ishlatilmasin;
-hayz ko‘rish davrida preparat bekor qilinadi.
Avtotransport va potentsial xavfli mexanizmlarni boqarish qobiliyatiga dori vositasini ta'sir qilish xususiyati
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan
Chiqarilish shakli
6 suppozitoriydan polivinilxlorid (PVX) uyali o‘ramda.
Bir marta qo‘llash uchun 6 tibbiy polietilen barmoq qopchalar, karton quti ichida rus va o‘zbek tillirdagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma joylashtirilgan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Jiangsu Farever Pharmaceutical Co., Ltd., XXP,
Djinsu provintsiyasi, iqtisodiy riojlanish xududi, Syuychjou sh., Yangshan ko‘ch., №18
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar ( takliflar) niqabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Mu Lin Sen” MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi,Toshkent sh., Durmon yo‘li ko‘ch., 31-A uy, www.mulinsen.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.