Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Levometrin supp vag №10 (2x5) blisterlar
Levometrin supp vag №10 (2x5) blisterlar
Nomi | Narx | |||||
Левометрин супп ваг №10 (2х5) блистеры (A23062023##1968) |
UZS 46 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метронидазол, хлорамфеникол, нистатин
Страна производитель
Молдова
Производитель
FARMAPRIM SRL,Молдова
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суппозитории вагинальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Levometrin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metronidazol, xloramfenikol, nistatin
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar.
Tarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 225 mg metronidazol, 100 mg xloramfenikol, 75 mg nistatin;
yordamchi moddalar kattik yog‘lar.
Ta'rifi silindrik shaklli, sariq rangli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
Asosan akusherstvo va ginekologiyada qo‘llaniladigan vositalar.
ATX kodi G01AX
Farmakologik xususiyatlari
Mikroblarga qarshi, zamburug‘larga qarshi va protozoylarga qarshi ta'sirga ega majmuaviy preparat.
Farmakodinamika
si
Metronidazol – protozoylarga qarshi antibakterial ta'sirga ega bo‘lgan 5-imidazolning hosilasi. Fakultativ anaerob - Gardnerella vaginalis; sodda hayvonlarlar Trichomonas vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolytica; anaerob grammanfiy bakteriyalar Bacteroides spp (B. fragilis, B. distasonis, B. ovatis, B. thetaiotaomicron, B. vulgaris), Fusobacterium spp., Provetella spp. (P. bivia, P. buccae, P. disiens); anaerob gramusbat bakteriyalar Clostridium spp., Eubacterium spp.; anaerob gramusbat kokklar Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. ga nisbatan faol. Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar chidamli. Ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayra ichki transport proteinlari tomonidan metronidazolning 5-nitroguruhini biokimyoviy tiklanishi bilan bog‘liq. Metronidazolning tiklangan 5-nitroguruhi mikroorganizmlar hujayrasining DNK si bilan o‘zaro ta'sir qilib, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibitsiya qiladi, bu bakteriyalarni nobud bo‘lishiga olib keladi.
Xloramfenikol - keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Bakteriostatik ta'sir ko‘rsatadi. Grammusbat bakteriyalar Staphylococcus spp , Streptococcus spp ; grammanfiy bakteriyalar Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Salmonella spp., Shigella spp., Klebsiella spp., Serratia spp., Yersinia spp., Proteus spp., Rickettsia spp. ga nisbatan faol, shuningdek Spirochaetaceae, ayrim yirik viruslarga nisbatan faol. Mikrob hujayralarning ribosomal 50S subbirligini va oqsil sintezini bostirib, bakteriyalarning o‘sishi va ko‘payishini izdan chiqaradi.
Nistatin – Candida va Aspergillis zamburug‘lariga nisbatan zamburug‘larga qarshi faollikka ega poliyen antibiotigi. Preparatning fungitsid va fungistatik ta'siri zamburug‘larning sitoplazmatik membranasining stearin tuzilmalariga tropligi bilan bog‘liq. Nistatinning molekulasi zamburug‘larning sitoplazmatik membranasining strukturalariga kirib, suv va elektrolitlarni nazoratsiz kirishiga yordam beruvchi ko‘psonli kanallarni shakllantiradi. Hujayra tashqi osmotik omillarga qarshiligini yo‘qotadi va nobud bo‘ladi.
Farmakokinetikasi
Intravaginal yuborilganida metronidazolning biokiraolishligi 20% ni tashkil qiladi. Gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘siqlar orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga kiradi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Gidroksil metabolitlari faol. Metronidazolning yarim chiqarilish davri 6-11 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali (taxminan 20% o‘zgarmagan holda) va ichak orqali chiqariladi.
Xloramfenikol intravaginal qo‘llanganda shilliq qavatlar orqali ahamiyatsiz darajada so‘riladi va tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Sirtga va mahalliy qo‘llanganda nistatin teri qoplamalari yoki shilliq qavatlar orqali so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Bakterial, trixomonadali, zamburug‘li yoki aralash etiologiyaga ega vaginitlar. Kortikosteroidlar, immunosupressorlar, sitostatiklar, antibiotiklar bilan davolashda qin superinfektsiyasini oldini olish; invaziv muolajalar va ginekologik operatsiyalar (abort, bachadon bo‘ynining diatermokoagulyatsiyasi, gisterografiya, bachadon ichki spiralini o‘rnatish) dan oldin va keyin qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intravaginal buyuriladi.
O‘tkir vaginitlar 1 suppozitoydan sutkada 2 marta (ertalab va tunga), 3-4 kun davomida, so‘ngra sutkada 1 suppozitoriydan tunga. Davolash kursi 7-10 kun.
Surunkali vaginitlar sutkada 1 suppozitoriydan tunga. Davolash kursi 14 kun.
Ginekologik operatsiyalar va invaziv muolajalardan oldin va keyin bir marta, bitta suppozitoriydan tunga.
Kortikosteroidlar, immunosupressorlar, sitostatiklar, antibiotiklar bilan davolaganda profilaktika maqsadida 1 suppozitoriydan kechkurun, xar 3-7 kunda buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy reaktsiyalar achishish, qichishish, ayniqsa davolashning boshida, biroq ular davolashni to‘xtatishni talab etmaydi va qinning yallig‘langan shilliq qavatiga preparatning ta'siri bilan belgilanadi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan qorinda og‘riqi va spazmlar, og‘izda metall ta'mi, og‘izni qurishi, qabziyat, diareya, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, harakat buzilishlari (ataksiya), bosh aylanishi, psixoemotsional buzilishlar, periferik nevropatiya (preparat uzoq muddat qabul qilinganida), tirishishlar;
Qon yaratish tizimi tomonidan leykopeniya;
Allergik reaktsiyalar teri toshmalari, shu jumladan eshakemi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlikning I uch oyligi, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganida bilvosita antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi; disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llanganida MNT tomonidan buzilishlar (ruhiy reaktsiyalar) kuzatilishi mumkin; fenitoin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qonda fenitoinning darajasi oshadi, qonda metronidazolning darajasi esa kamayadi; litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida litiyningtoksikliligi oshishi mumkin; fenobarbital bilan bir vaqtda qo‘llanganida, metronidazolning qondagi darajasi pasayadi; simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, metronidazolning qondagi darajasi oshishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar faoliyatining og‘ir buzilishlarida (shu jumladan porfiriyada), qon yaratilishining buzilishida va periferik va markaziy nerv tizimi kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Preparat qo‘llanganida jinsiy aloqadan saqlanish lozim.
Suppozitoriylarni qo‘llash, suppozitoriylarning asosini lateks yoki kauchuk bilan o‘zaro ta'siri hisobiga mexanik kontratseptsiya (prezervativlar, vaginal diafragmalar) ning ishonchliligini kamaytirishi mumkin.
Takroriy infektsiyalanishni oldini olish maqsadida jinsiy sherikni xam bir vaqtda davolash, trixomonadli vaginitlarda esa – ichga qabul qilish uchun preparatlari bilan davolash lozim.
Davolanish vaqtida va davolash kursi tugagandan keyin 24-48 soat davomida alkogolni o‘zlashtiraolmaslik (disulfiramga o‘xshash reaktsiyalar) rivojlanishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste'mol qilmaslik lozim.
Preparat qo‘llanganida qonda jigar fermentlari va glyukozaning darjasini (uni geksokinaz usuli yordamida aniqlashda) o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi preparatni 18 yoshdan boshlab buyurish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikning I uch oyligida va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida faqat, agar ona uchun potentsial foyda, homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llashning zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak. Emizishni davolash tugagandan keyin 24-48 soat o‘tgach boshlash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni haydash va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir etishi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi.
Bunga o‘xshash samaralar preparatni mahalliy buyurilganda past tizimli biokiraolishligi tufayli juda kam uchraydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlar ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, diareya, qichishish, og‘izda metall ta'mi, ataksiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar, tirishishlar, leykopeniya, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi (metronidazolning dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq).
Davolash simptomatik davolash, ichga tasodifan qabul qilinganda - me'dani yuvish.
Chiqarilish shakli
225 mg metronidazol, 100 mg xloramfenikol, 75 mg nistatin saqlovchi suppozitoriylar; 5 suppozitoriydan PVX/PE plyonkali kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25˚S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
”FARMAPRIM” MChJ
Moldova Respublikasi, MD-4829, Kriulen rayoni,
Porumben q., Krinilor ko‘ch., 5
tel. (+373-22)-28-18-45, tel/faks (+373-22)-28-18-46,
e-mail farmnadzor@farmaprim.md
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.