Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Mikotran vaginal suppozitoriylar 1200 mg №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Миконазол
Страна производитель
Турция
Дозировка
1200 мг
Производитель
Exeltis Ilac San. Tic. Ve A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суппозитории вагинальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Mikotran®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) mikonazol nitrati (miconazole nitrate)
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
Har bir vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1200 mg mikonazol nitrati;
yordamchi moddalar vitepsol S 55, tvin 80.
Ta'rifi oq, oval (torpeda shaklida), qavariq suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi dori vositasi.
ATX kodi G01AF04.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Mikotran® vaginal suppozitoriylari imidazolning sintetik hosilasi bo‘lgan mikonazol nitratini saqlaydi. Mikonazol nitrati zamburug‘larga qarshi faollikka ega va keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan vositadir. U ayniqsa patogen zamburug‘lar va achitqilarga, shu jumladan Candida albicans ga nisbatan samaralidir. Shuningdek Aspergillus spp., Cryptococcus neoformans, Pseudoallescheria boydii va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga, shu jumladan stafilokokklar va streptokokklarga nisbatan xam faoldir.
Mikonazol nitrati xujayra membranasining ergosteroli sintezini ingibitsiya qiladi. In vitro sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar, Candida spp. ga nisbatan mikonazol zamburug‘ xujayrasining o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib, u tomondan glyukozani iste'mol qilinishini susaytiradi.
Farmakokinetikasi
1200 mg mikonazol nitratini o‘z ichiga olgan bir suppozitoriy intravaginal yuborilganidan keyin plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi 10,4 mkg/l, yarim chiqarilish davri 56,8 soatni, plazmadagi kontsentratsiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi o‘rtacha maydoni (AUC) soatiga 967 mkg/l ni, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi esa - 90-93% ni tashkil etadi.
Intravaginal yuborilganida mikonazol nitrati juda oz miqdorda (bir dozaning taxminan 1,4%) so‘riladi.
Qo‘llanilishi
Mikotran® vaginal suppozitoriylari bir martalik dozada vulvovaginal kandidozni davolashda qo‘llanadi.
Shuningdek Mikotran® vaginal suppozitoriylari zamburug‘li vaginal infektsiyalarini (ayniqsa Candida spp. tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni), shuningdek zamburug‘lar va grammusbat bakteriyalar (ikkilamchi infektsiyani olib keluvchi stafilokokklar, streptokokklar va mikokokklar) tomonidan chaqirilgan aralash infektsiyalarni davolashda ishlatiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mikotran® vaginal suppozitoriylari vulvovaginal kandidozni davolashda bir marta qo‘llanadi, 1 vaginal suppozitoriy bir marta uyqudan oldin qinga chuqur qilib kiritiladi.
Zarurat tug‘ilganida preparatni uch kundan keyin takroran qo‘llash mumkin.
Preparatni shifokor bilan maslahatlashmasdan qo‘llanmasin.
Mikotran® vaginal suppozitoriylarini, samaradorligini pasayishi mumkinligini yoki uni yuborishdagi qiyinchiliklarni nazarda tutib, hayz ko‘rish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Vaginal suppozitoriylarni qo‘llashdan oldin qo‘llarni yuving va quriting. Gorizontal holatda yoting va oyoqlaringizni biroz ko‘taring. Suppozitoriyni qinga iloji boricha chuqurroq yuboring. Yotgan holatda yarim soat davomida qolishga harakat qiling. Vaginal suppozitoriylarni qo‘llagandan keyin qo‘llarni yana yuving.
Keksa yoshdagi (65 yoshdan oshgan) patsiyentlar Yoshroq patsiyentlar uchun tayinlanganidek tavsiyalar beriladi.
Bolalar Bolalarga buyurilmaydi.
Qiz bolalarda qo‘llanmasin.
Yutish va boshqa usul bilan qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mikotran® vaginal suppozitoriylari yuborilganidan keyin ayrim patsiyentlarda (2-6%) qinda achishish va qichishish kabi vaginit simptomlari kuchayishi mumkin.
Bundan tashqari, chanoq mushaklarini spazmlari (2%), bosh og‘riqlari (1,3%), shuningdek juda kam hollarda – eshakemi kuzatilishi mumkin.
Noxushsamaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Mikonazol nitratini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sir ehtimolini pastligiga qaramay, Mikotran® vaginal suppozitoriylarini quyidagi dori vositalari bilan birga qo‘llanganda o‘zaro ta'siri bo‘lishi mumkinligini hisobga olish lozim
Astemizol, sizaprid va terfenadin mikonazol bu moddalarning metabolizmini susaytiradi va ularning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi.
Karbamazepin karbamazepinning metabolizmini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Mikotran® vaginal suppozitoriylarini vulvovaginal kandidozdagi samaradorligini hisobga olib, biomaterialni KON yordamida mikroskopik tekshiruvini o‘tkazish va/yoki kultural tekshirish usuli yordamida “vulvovaginal kandidoz” tashxisini tasdiqlash kerak. Suppozitoriylarning asosi ta'sirida rezinani shikastlanishi ehtimolini nazarda tutib, suppozitoriylarni kontratseptiv diafragmalar va prezervativlar bilan bir vaqtda ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Kontratseptiv diafragma va prezervativlar vaginal suppozitoriylar qo‘llanganidan keyin 3 kun o‘tgach ishlatilishi mumkin.
Mikotran® vaginal suppozitoriylari qo‘llanganda tamponlar ishlatilmaydi.
Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llanilishi.
Homiladorlik
Mikotran® vaginal suppozitoriylarini homiladorlikning I uch oyligida ishlatilishi yuzasidan yetarli ma'lumotlarni yo‘qligini nazarda tutib, preparat mazkur davrda qo‘llanmaydi.
Mikotran® vaginal suppozitoriylarini homiladorlikning II va III uch oyligida o‘tkir zarurat tug‘ilgan hollarda shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.
Laktatsiya
Mikotran® vaginal suppozitoriylarini emizikli onalarda qo‘llashni ta'siri aniq aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mikotran® vaginal suppozitoriylarining katta miqdori behosdan tasodifan ichga qabul qilib yuborilganida bemorda sun'iy ravishda qusishni chaqirish va me'dani yuvishni o‘tkazish kerak. Maxsus antidoti yo‘q, simptomatik davolash buyuriladi.
Mikonazol nitratining dozasini oshirib yuborilish simptomlari og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda achishish hissi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, diareya yuz berishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Mikotran® vaginal suppozitoriylari, 1 dona plastik blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan past bo‘lgan xona haroratida, original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
EMBIL ILACh SAN. LTD. ShTI.
Cherkezkoy Organize Sanayi Belgesi
Gaziosmanpasha Maxallesi
Fatix Bulvari №19/2
Cherkezkoy/Tekirdag/Turkiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.