Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Эвказолин Аква спрей наз. 1мг/г 10г (490824##2 402) |
UZS 42 600
UZS 44 400
-4%
Экономия UZS 1 800
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Эвказолин Аква спрей наз. 1мг/г 10г (590824##2 411) |
UZS 43 400
UZS 45 300
-4%
Экономия UZS 1 900
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ukraina
Dozasi
1мг/г 10 г
Производитель
Фармак
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Burun spreyi
Evkazolin Akva nazal sprey 1mg/g 10g haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Evkazolin Akva
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ksilometazolin (xylometazoline);
Dori shakli
nazal sprey.
Tarkibi
1 g sprey quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100% moddaga qayta hisoblanganda 1 mg ksilometazolin gidroxloridi;
yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi; evkalipt moyi; dinatriy edetati; propilenglikol; polietilenglikol 1500; povidon; gipromeloza; polisorbat 20; natriy gidrofosfati, dodekagidrat; kaliy digidrofosfati; in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi preparat nazal qo‘llash uchun mo‘ljallangan purkagichli nasos-dozator orqali flakondan chiqqanida o‘ziga xos hidga ega va havoda dispersiyalangan suyuqlik zarrachalaridan iborat aerozol oqimi ko‘rinishida purkaladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Shishga qarshi preparatlar va burun bo‘shlig‘ining kasalliklarida mahalliy qo‘llash uchun boshqa vositalar. Simpatomimetiklar, oddiy preparatlar.
ATX kodi R01AA07
Farmakologik xususiyatlari
Ekvazolin Akva noselektiv α-adrenomimetiklarga mansub. Ksilometazolin burun shilliq qavatiga yuborilganda burun shilliq qavatlaridagi qon tomirlarni torayishini chaqiradi, shishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, giperemiya va ekssudatatsiyani kamaytiradi, bu burun orqali nafas olishni yengillashishiga yordam beradi.
Preparat asosyi mahalliy ta'sir ko‘rsatadi, oz miqdorda odatdagi qo‘llanilganda burun shilliq qavatlarini orqali so‘riladi. Preparatning ta'siri bir necha minutdan keyin boshlanadi va 12 soatgacha davom etadi. Ksilometazolin mahalliy qo‘llanilganda qon plazmasida deyarli aniqlanmaydi (plazmadagi kontsentratsiyasi aniqlash chegarasidan past).
Qo‘llanilishi
Shamollash, pichan isitmasi, allergik rinit, sinusitlarda burun bitishini simptomatik davolash.
Burunning yondosh bo‘shliqlari kasalliklarida sekretni ajralib chiqishini yengillashtirish.
O‘rta otitni yordamchi davolash (burun shilliq qavati shishini bartaraf etish uchun).
Rinoskopiyani o‘tkazishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni qo‘llashdan oldin burun bo‘shlig‘ini sinchkovlik bilan tozalash kerak.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda har bir burun yo‘ligi 1 purkashdan sutkada 3 marta buyuriladi. Har bir burun yo‘liga sutkada 3 martadan ortiq qo‘llanilmasin.
Davolash kursi kasallikni kechishiga bog‘liq va ketma-ket 10 kundan oshmasligi kerak.
Davolash kursi yakunlangandan keyin preparatni bir necha kundan keyin va shifokor bilan maslahatlashgandan keyin takroran buyurish mumkin. Bolalar uchun davolash davomiyligini shifokor individual ravishda belgilaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Umumiy buzilishlar bosh og‘rig‘i.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar ko‘ngil aynishi.
Boshqa buzilishlar achishish yoki mahalliy ta'sirlanish hissi, burun shilliq qavatini qurishi.
Shuningdek boshqa dori shakllarini qo‘llaganda quyidagi nojo‘ya samaralar kuzatilgan bezovtalik, uyqusizlik, toliqish (uyquchanlik, holsizlik), gallyutsinatsiyalar (asosan bolalarda), yurak urishini tezlashishi, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, burun va burun-halqum shilliq qavatini qurishi, aksirish, preparatning ta'siri kamaygandan keyin burun shilliq qavatini shishini oshishi, burundan qon ketishi, tirishishlar (ayniqsa bolalarda), o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan toshma, qichishish, angionevrotik shish, yuborish joyida achishish hissi.
Shuningdek quyidagi nojo‘ya samaralar haqida xabar berilgan tizimli allergik reaktsiyalar, ko‘rish a'zosi tomonidan tranzitor buzilishlar, yurak ritmini tezlashishi yoki buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, o‘tkir koronar kasalliklar, koronar astma, gipertireoz, yopiq burchakli glaukoma, atrofik rinit, bosh miya qattiq pardalarini ochish bilan o‘tkazilgan jarroxlik aralashuvlari yoki transfenoidal gipofizektomiya. MAO ingibitorlari bilan yondosh davolash va ularni qo‘llanishini to‘xtatilgandan keyin 2 xafta davomida qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llashdagi tegishli xavfsizlik choralari
Preparat ta'sirida yuzaga kelgan rinit ko‘rinishida teskari samarani oldini olish maqsadida preparatni uzluksiz 10 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas, ayniqsa bolalar va keksa yoshdagi odamlarni davolaganda.
Arterial bosimi oshgan, qandli diabet, tizimli simpatomimetik samarasi kuzatilishi mumkinligi tufayli prostata bezi gipertrofiyasi, uyquni buzilishi, bosh aylanishi, tremor, aritmiya yoki arterial bosimni oshishi kabi simptomlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan adrenergik preparatlarga sezgir patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparat benzalkoniy xloridi saqlaydi, u teri va shilliq qavatni ta'sirlanishini, bronxospazm chaqirishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ekvazolin Akva simpatomimetiklarning ta'sirini kuchaytirishi va simpatik nervni susaytiruvchi preparatlarning ta'sirini kamaytirishi mumkin. β-blokatorlar bilan birga qo‘llanilganda bronxial spazm yoki arterial bosimni pasayishini chaqirishi mumkin. Tritsiklik yoki tetratsiklik antidepressantlar bilan birga qo‘llanilganda ksilometazolinning tizimli ta'sirini kuchayishini inkor etilmaydi. MAO ingibitorlari bilan parallel ravishda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Preparat qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sirga ega ekanligi tufayli, uni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bolalar.
Ekvazolin Akva 12 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaktsiya tezligiga ta'sir ko‘rsatish qobiliyati.
Ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni 0,2 mg/kg dan ko‘proq yuborilganda quyidagi simptomlar yuzaga kelishi mumkin toliqish, yurak urishini tezlashishi va arterial bosimni oshishi. Dozani haddan tashqari oshirib yuborilganda, ayniqsa bolalarda (masalan preparatning yuqori dozalari to‘satdan yutib yuborilganda), markaziy nerv tizimi va yurak-qon tomir tizimini rag‘batlantirilishi va susayishi almashib kuzatilishi mumkin. Markaziy nerv tizimini rag‘batlantirilishi simptomlari bo‘lib bezovtalik, qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar va og‘ir holatlarda – tirishishlar hisoblanadi. Markaziy nerv tizimini susayishi simptomlari bo‘lib tana haroratini pasayishi, holsizlik, uyquchanlik va eng og‘ir holatlarda – koma hisoblanadi.
Shuningdek qorachiqlarni torayishi yoki kengayishi, terlash, oqarish, sianoz, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, bradikardiya, aritmiya, asistoliya, arterial bosimni pasayishi, qon aylanishini buzilishi, o‘pka shishi, nafas olishni buzilishi va apnoe, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, periferik qon tomirlarni torayishi, qo‘l-oyoqlarni sovushi, bronxoospazm kabi simptomlar yuzaga kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
, ayniqsa bolalarda markaziy nerv tizimiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shu jumladan tirishishlar, koma, bradikardiya, apnoe va arterial bosimni oshishi, ular vaqt o‘tishi bilan kamayishi bilan almashinadi.
Dozani og‘ir oshirib yuborilishini (>1 mg/kg) davolashni qo‘llagandan keyin 1 soat davomida boshlagan afzal. Erta muddatlarda davolash – me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish; nafas olish va qon aylanishini nazorat qilish; zarurati bo‘lganida – o‘pkani sun'iy ventilyatsiyasi, kislorod bilan ta'minlash. Tirishishlarni davolash uchun tirishishga qarshi preparatlar, masalan benzodiazepam, arterial bosimni pasaytirish uchun – noselektiv α-blokatorlar (masalan doksazotsin, terazotsin) qo‘llash kerak. Qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarni qo‘llash mumkin emas. Atropin faqat arterial bosimni pasayishi bilan kechuvchi klinik yaqqol bradikardiya holatida qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli
10 g dan flakonda. 1 flakon qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonadan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
“Farmak” JAJ.
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 74.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100000, Toshkent sh., A. Qodiriy ko‘ch., 39. Tel./faks 235-77-13, 235-67-05
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.