Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinupret tomchilar 100ml
Sinupret tomchilar 100ml
Nomi | Narx | |||||
Синупрет капли 100 мл (0000194075##1957) |
UZS 78 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Синупрет капли 100 мл (0000194075##1962) |
UZS 78 100
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Корни горечавки, цветки первоцвета, трава щавеля, цветки бузины черной, трава вербены
Страна производитель
Германия
Дозировка
100 мл
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Internet
Preparatning savdo nomi
Sinupret®
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun tomchilar
Tarkibi
100 g tomchi saqlaydi
29 g suvli-spirtli ajralmalar
buzina guli0,6 g
gorechevka ildizi0,2 g
pervotsvet guli savatchasi bilan0,6 g
shovil o‘ti0,6 g
verbena o‘ti0,6 g
Yordamchi ingrediyentlar
tozalangan suv71,0 g
Etanol miqdori 19,0% (hajm nisbatida)
Ta'rifi ichga qabul qilish uchun tomchilar tiniq yoki biroz xira sarg‘ish-jigarrang rangli va achchiq ta'mli xushbo‘y hidli suyuqlik. Saqlash jarayonida biroz xiralashishi yoki cho‘kma tushishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olinadigan dori preparati.
ATX kodi R05X
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Preparatning farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalar bilan bog‘liqdir. Sinupret® sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega. Burunning yondosh bo‘shliqlari va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatni oqib chiqishiga yordam beradi. Shu bilan birga preparat antivirus va antibakterial hususiyatlariga ega va infektsiyalarda yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Taqdim qilinmagan.
Qo‘llanilishi
Qovushqoq sekret hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali sinusitlar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 50 tomchidan kuniga 3 marta.
Maktab yoshidagi bolalarga 25 tomchidan kuniga 3 marta.
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 15 tomchidan kuniga 3 marta.
Davolash kursi 7-14 kunni tashkil qiladi.
Agar kasallikning simptomlari saqlanib qolsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak buzilishlari (masalan, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi) kam hollarda namoyon bo‘ladi. Ba'zi bir hollarda teri toshmasi, qichishish, qizarish kabi allergik reaktsiyalarbo‘lishi mumkin. Shuningdek Kvinke shishi, hansirash, yuzni shishi kabi allergik reaktsiyalar ham paydo bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta'sirlari paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antibakterial vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin va maqsadga muvofiqdir.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri hozirgi vaqtgacha noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo‘llashdagi maxsus ehtiyotkorliklar
Agar kasallik simptomlari 7-14 kundan ortiq saqlanib qolsa, vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shuningdek hansirash, isitma, yiringli balg‘am paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Tarkibi
da alkogol saqlagani tufayli, preparatni alkogolizmi bo‘lgan, shuningdek alkogolizmga qarshi samarali davolangan bemorlar qabul qilmasliklari kerak. Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda tomchilarni faqat shifokorning maslahatidan so‘ng qo‘llash mumkin.
Alkogolizmi yoki jigar kasalligi bo‘lgan bemorlar Sinupret® tomchilari tarkibida 19,0% spirt (etanol) borligini yodda tutishlari kerak.
Preparatning kattalar qabul qiladigan bir dozasida 0,45 g spirt saqlanadi; bu taxminan bir qoshiq vinoga muvofiq keladi.
Sinupret® homiladorlik davrda faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanishi mumkin. Sinupret® tomchilarini alkogol saqlagani tufayli, tomchilarni faqat agar draje shaklidagi preparatni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holdagina qo‘llash mumkin.
Emizish davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, bunday hollarda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Flakon ishlatilganida uni vertikal holatda ushlang.
Sinupret® tomchilarini saqlash jarayonida suyuqlikni yengil xiralashishi yoki biroz cho‘kma tushishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta'sir qilmaydi.
Ishlatish oldidan Sinupret® tomchilarini silkitish kerak! O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilganida yuqorida keltirilgan nojo‘ya ta'sirlari kuchli namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar, 100 ml
100 ml dan, buraladigan qopqoqli vertikal dozalovchi moslamasi balan jihozlangan to‘q rangli shisha flakonda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
BIONORIKA SE
Kershenshtaynershtrasse11-15
92318 Noymarkt
Telefon +49 9181 231-90
Telefaks +49 9181 231-265
Internet
www.bionorica.de
E-mail info@bionorica.de
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.