Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vraggripp kid 15ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
фенилэфрин, хлорфенирамин
Страна производитель
Индия
Дозировка
15 мл
Производитель
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли назальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vraggripp Kid
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Fenilefrin, xlorfeniramin.
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar
Tarkibi
Har ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 5 mg fenilefrin gidroxloridi, 2 mg xlorfeniramin maleati;
yordamchi moddalar 70% li sorbitol eritmasi, saxaroza, natriy benzoati, vino kislotasi, aspartam, oq atirgul essentsiyasi, natriy sitrati, suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun vositalar.
ATX kodi R01AB01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
s
Vraggripp Kid shamollash, gripp, yo‘tal, isitma, shamollash bilan bog‘liq katar va yuqori nafas yo‘llarining boshqa infektsion kasalliklari bilan assotsiatsiyalanadigan simptomlarini kamaytirish uchun tibbiy ingrediyentlarning majmuasi bo‘lib hisoblanadi.
Fenilefrin gidroxloridi shamollash, allergiya, isitma yoki grippda burunni bitishini vaqtincha pasaytirish uchun qo‘llanadigan dekongestant.
Xlorfeniramin antigistamin vosita hisoblanadi. U organizmda tabiiy gistaminni bloklaydi. Xlorfeniramin qichishish, ko‘z yoshini oqishi va tumov, boshqa allergik simptomlarni oldini oladi.
Farmakokinetikasi
Fenilefrin me'da-ichak yo‘llarida to‘liq so‘riladi. Turli to‘qimalar va suyuqliklarda taqsimlanadi, jigarda sekin metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Fenilefrin nomuntazam adsorbtsiyalanishi va jigarda birinchi o‘tish natijasida past bioekvivalentlikka egadir.
Xlorfeniramin maleati me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Og‘iz orqali qabul qilinganidan so‘ng 1-4 soatdan keyin plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyaga erishiladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ona sutiga kiradi. Xlorfeniramin plazma oqsillari bilan yuqori bog‘lanadi va organizmda metabolizmga uchraydi. Asosan siydik bilan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Burun bitishi, tumov, allergik rinit, sinusitda, shuningdek gripp va O‘RVI ni simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi.
1 oylikdan 5 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlar 5-9 tomchidan;
6 oylikdan 12 oylikkacha bo‘lgan bolalar 9-11 tomchidan;
1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar 11-16 tomchidan kuniga 3-4 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha tomiziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Fenilefrinning mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalari asabiylik, uyqusizlik, bezovtalik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, me'dada achishishni o‘z ichiga oladi. Bu reaktsiyalar kam uchraydi va hatto davolash to‘xtatilganidan keyin ham uchrashi mumkin.
Xlorfeniraminning ko‘proq uchraydigan umumiy nojo‘ya reaktsiyasi bu holsizlikdir. Me'dadagi achishishni ovqatni suyuqlik yoki ichimliklar bilan qabul qilib bartaraf qilish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning biror-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik, glaukoma, MAO preparatlarini qabul qiluvchi va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vraggripp Kid fenobarbital, varfarin, fenotiazid, monoaminoksidaza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, bilvosita yoki aralash simpatomimetik vositalar, xavotirlik va uyquni davolash uchun qo‘llanadigan vositalar, xinolonlar, depressiyani davolash uchun qo‘llanadigan vositalarning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat antigistamin komponent xlorfeniramin maleatini saqlaydi, uni sedativ samara ko‘rsatuvchi preparatlar va alkogol bilan birga qo‘llashda antigistamin komponentining sedativ samarasini oshirishi mumkin. MNT ni rag‘batlantiruvchi preparatlar bilan qabul qilish mumkin emas, demak tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas. Bu holsizlik, uyquchanlikka olib kelishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Shifokor tomonidan buyurilgan hollardan tashqari, homilador ayollar va laktatsiya davrida onalarga, tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Davolash preparatlarning dozasini oshirib yuborilishini davolashga bo‘lgan talablariga asoslangan bo‘lishi kerak. Agar preparat taxminan 1 soat oldin qabul qilingan bo‘lsa faollashtirilgan ko‘mirni buyurish kerak.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar 15 ml dan flakon-tomchilagichda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, qorong‘i joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.