Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
| Nomi | Narx | |||||
| Тримедат таб 200мг №30 (2970426##3 189) |
UZS 160 700
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
| Тримедат таб 200мг №30 (2980426.##3 200) |
UZS 149 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
| Тримедат таб 200мг №30 (2980426.##3 202) |
UZS 151 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Тримебутин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
200 мг
Производитель
Валента Фармацевтика ОАО
Chiqarillish shakli
Tabletkalar
Trimedat tab. 200mg №30 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Trimedat
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Trimebutin
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda trimebutin maleati 200 mg;
yordamchi moddalar laktoza, kolloid kremniy dioksidi, talk, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati.
Ta'rifi oq rangli, dumaloq, ikki yoqlama qabariq, bir tomonida ikki tomchisimon element ko‘rinishida bosib tushirilgan va boshqa tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
spazmolitik vosita.
ATX kodi A03AA05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Trimebutin ichakning enkefalinergik tizimiga ta'sir qilib, uning peristaltikasini boshqaruvchisi hisoblanadi. Qo‘zg‘alish va bostirish retseptorlariga yaqinligi tufayli, ichakning silliq mushaklarini gipokinetik holatlarida rag‘batlantiruvchi ta'sir va giperkinetik holatlarida spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Preparat me'da-ichak yo‘llarining hamma qismiga ta'sir ko‘rsatadi, qizilo‘ngach sfinkterining bosimini pasaytiradi, me'dani bo‘shalishiga va ichak peristaltikasini kuchayishiga yordam beradi, shuningdek yo‘g‘on ichakning silliq mushaklarini ovqat ta'siriga javob reaktsiyasiga ham yordam beradi. Trimebutin me'da-ichak yo‘llarining motorikasini buzilishi bilan bog‘liq turli kasalliklarda, ichak mushaklarini me'yoriy fiziologik faolligini tiklaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida trimebutin me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 1-2 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 4-6% ni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi (Vd) – 88 l. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi past – taxminan 5%. Trimebutin oz miqdorda yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Trimebutin jigarda biotranformatsiyaga uchraydi va siydik bilan asosan metabolitlari ko‘rinishida (birinchi 24 soat davomida taxminan 70%) chiqariladi. Yarimchiqarilish davri (T½) – taxminan 12 soat.
Qo‘llanilishi
-Me'da-ichak yo‘llarining funktsional kasalliklaridagi motor buzilishlarda, gastroezofageal reflyuks kasalligi, gastroduodenal kasalliklardagi dispeptik buzilishlari (qorin og‘riqlari, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish), ta'sirlangan ichak sindromida (me'da-ichak yo‘llarining, xususan qorin bo‘shlig‘idagi og‘riq va sanchiqlar, ichak spazmlari, meteorizm, diareya va/yoki qabziyat bilan namoyon bo‘luvchi funktsional kasalliklari);
-Operatsiyadan keyingi falajlanish, ichak o‘tkazmasligi, me'da-ichak yo‘llarining rentgenologik va endoskopik tekshirishlarga tayyorlash;
Bolalarda qo‘llanishi me'da-ichak yo‘llarining motorikasini buzilishi bilan bog‘liq dispeptik buzilishlar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Kattalarga va 12 yoshdan boshlab bolalarga 100-200 mg dan sutkada 3 marta. Ta'sirlangan ichak sindromining qaytalanishlarini oldini olish uchun o‘tkazilgan davolash kursidan keyingi remissiya davrida preparatni sutkada 300 mg dozada 12 hafta davomida qabul qilishni davom ettirish tavsiya qilinadi.
3-5 yoshli bolalar 25 mg dan sutkada 3 marta. 5-12 yoshli bolalar 50 mg dan sutkada 3 marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam teri reaktsiyalari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar - ushbu dori shakli uchun.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Trimedat preparatining boshqa dorilar bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ta'sirlangan ichak sindromini o‘tkir davrida sutkada 600 mg 4 hafta davomidagi davolash kursida va o‘tkazilgan kursdan keyin davolashni sutkada 300 mg dozada 12 hafta davomida davom ettirish, kasallikning qaytalanishidan saqlanish imkoniyatini beradi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Laktatsiya davrida preparatni qo‘llashning xavfsizligini tasdiqlovchi klinik ma'lumotlarning yo‘qligi sababli, bu davrda Trimedatni buyurish tavsiya qilinmaydi.
Eksperimental tekshirishlarda preparatning teratogenligi va embriotoksikligi to‘g‘risida ma'lumotlar aniqlanmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgacha Trimedat preparatining dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 200 mg.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyuminiy folga kontur uyali o‘ramlarda.
3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
.
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.