Stomatitni qanday davolash mumkin?
Stomatitga qarshi preparatlar - yallig‘lanish jarayoni tufayli yuzaga kelgan og‘iz bo‘shlig‘i kasalligini davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalari guruhi.
Stomatit til va milklarda uncha katta bo‘lmagan o’griqli va yoqimsiz yarachalar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bunday yaralar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Stomatolog ko‘rik natijalariga va bemorning individual xususiyatlariga muvofiq stomatitga qarshi eng yaxshi vositani tanlaydi.
Stomatitni davolash uchun vositalarning tasnifi va turlari
- Stomatitni davolash uchun mo‘ljallangan preparatlar turli omillarga qarab tasniflanadi: yosh, tarkibi, qo‘llash usuli, amal qilish mexanizmi, ko‘rsatadigan ta’siri.
- Bolalarda stomatitga qarshi vosita sifatida minimal nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘lgan o‘simlik asosidagi preparatlar qo‘llaniladi.
- Kattalar stomatitiga qarshi preparatlar tarkibida ham o‘simlik komponentlari, ham sintetik moddalar mavjud.
- stomatitga qarshi tabletkalar;
- mazlar;
- gellar;
- spreylar;
- og‘iz bo‘shlig‘i uchun chayadigan eritmalar.
Qanday qilib stomatitga qarshi eng samarali vositani to‘g‘ri tanlash mumkin?
Preparatlarni tanlashga kirishishdan oldin shifokor kasallik turini aniqlaydi: kandidoz, aftoz, virusli va boshqalar.
Kasallikni davolash kompleks tarzda o‘tkazilishi kerak. Kattalar uchun terapiya bolalarni davolash jarayonidan sezilarli darajada farq qiladi. Kattalar stomatitida qo‘llanadigan tabletkalar yallig‘lanish jarayonining sababini samarali bartaraf etadi.
Bolalarda uchraydigan stomatitni davolash uchun preparatlar faqatgina bolalar stomatologi bilan uchrashgandan keyin buyuriladi. Mutaxassis tomonidan dastlabki ko‘rikdan o‘tmasdan va kasallikning asosiy sababini aniqlamasdan bolalar uchun dori vositalarini mustaqil tanlash jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.
Bolalarda stomatitga qarshi eng yaxshi vositalar - bu mutaxassisning barcha tavsiyalariga rioya qilgan holda kompleks qabul qilinadigan mahalliy ta’sirga ega preparatlardir. Virusga qarshi va antibakterial vositalar ham qo‘llaniladi.
Toshkentda stomatitga qarshi dori vositalarini sotib olish
"PharmaClick.uz" saytida stomatitga qarshi samarali dori vositasini qulay narxlarda topishingiz va buyurtma qilishingiz mumkin. Biz kerakli dori-darmonlarni band qilish yoki uni tez orada olish uchun darhol buyurtma berish imkoniyatini taklif qilamiz. Biz poytaxtning istalgan nuqtasiga yoki O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi hamkor dorixonalarga ham yetkazib beramiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.