Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dentashan gel 25g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метронидазол, хлоргексидин
Страна производитель
Индия
Дозировка
25г
Производитель
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для дёсен
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dentashan
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) metronidazol, xlorgeksidin.
Dori shakli
gel.
Tarkibi
1 g preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar metronidazol– 16 mg, xlorgeksidin – 2,50 mg;
yordamchi moddalar karbopol, propilenglikol, PEG–400, glitserin, natriy saxarini, mentol, chinnigul moyi, natriy metilparaben, natriy propilparaben, tozalangan suv.
Ta'rifi oq yumshoq massa bosma yig‘ma alyumin tubada.
Farmakoterapevtik guruhi
asosan stomatologiyada qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi V03AV.
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning samaradorligi uning tarkibiga kiruvchi ikki antibakterial komponentning xususiyatlari bilan bog‘liq
Metronidazol asosan bakteriyalar va sodda hayvonlar kabi obligat anaerob mikroorganizmlarga qarshi faol, antimikrob preparati hisoblanadi. 5-nitroguruhi qaytarilish transformatsiyasiga uchraydi, bunda DNK sintezini ingibitsiya qilinishi hisobiga o‘limga olib keladigan samara namoyon ko‘rsatuvchi faol intermediatlar hosil bo‘ladi. DNK sintezini ingibitsiya qilishdan tashqari qaytarilgan metabolitlari DNK spiralizatsiyasini buzilishini chaqiradi. Anaerob organizmlarda kechuvchi boshqa oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari (masalan, klostridiylardagi fosforoliza reaktsiyasi) ingibitsiya qilinishi ham mumkin. Bu hujayralarning o‘limiga ham olib kelishi mumkin. In vitro metronidazol taxminan minimal ingibitsiyalovchi kontsentratsiyaga teng minimal bakteritsid kontsentratsiyada tez bakteritsid samara ko‘rsatgan.
Metronidazol odam normal hujayralarida DNK sintezini ingibitsiya qilmaydi, chunki kislorod 5-nitroguruhni tiklanishini oldini oladi. Ammo, uning elektronlarga yuqori yaqinligi tufayli gipoksik o‘sma xujayralari uchun kimyoviy radiosensibilizator sifatida ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, etil spirti bilan bir vaqtda qabul qilinganida disulfuramga o‘xshash samara (ko‘ngil aynishi, qusish, terini qizarishi, bosh og‘rig‘i) ko‘rsatishi mumkin.
Xlorgeksidin – antiseptik va mikroblarga qarshi vositadir, grammanfiy va grammusbat aerob va anaerob bakteriyalar (Treponema spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas spp., Chlamydia spp., Ureaplasma spp., Bacteroides fragilis) nisbatan faol.
Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ayrim shtammlarga sezuvchanligi past va shuningdek kislotaga turg‘un bakteriyalarga, bakteriyalar sporalariga turg‘un. Laktobatsillalar fnktsional faolligini buzmaydi.
Farmakokinetikasi
Rozatseyasi bo‘lgan 10 patsiyentda mahalliy qo‘llash uchun 1 g Dentashan geli (7,5mg metronidazol) mahalliy qo‘llanganidagi biokiraolishligi bo‘yicha tadqiqotlarda bir patsiyentda qon zardobidagi maksimal kontsentratsiya 66 ng/ml ga yetgan. Bu kontsentratsiya 250 mg metronidazol tabletkasini peroral bir marta qo‘llashda erishiladigan kontsentratsiyadan taxminan 100 marta past. Metronidazolning zardobdagi kontsentratsiyasi ko‘pchilik patsiyentlarda hamma vaqt diapazonlarida test sezgirligi darajasidan past bo‘lgan. Uch patsiyentning qon zardobida metronidazol aniqlanmagan. Gelning klinik tadqiqotlarda qo‘llanilgan o‘rtacha dozasi 600 mg ni tashkil qilgan, bu bir qo‘llashga 4,5 mg metronidazolga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, qo‘llashning normal darajada metronidazolning zardobdagi kontsentratsiyasi minimal. Rozatseyani davolashda mahalliy qo‘llash uchun Dentashan gelning (mahalliy qo‘llash uchun metronidazol va xlorgeksidin geli) ta'sirining mexanizmlari noma'lum, ammo ehtimol u yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida
-o‘tkir va surunkali gingivit;
-o‘tkir va surunkali parodontit;
-o‘smirlar parodontiti;
-gingivit bilan asoratlargan parodontoz;
-stomatit;
-protezlarni taqib yurishidagi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi;
-postekstraktsion alveolit;
-periodontit, periodontal abstsess (majmuaviy davolash tarkibida);
-infektsion xarakterli tish og‘rig‘ida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Standart davomiylikdagi davolash bilan (kursga 5-7 kun) kuniga 2-3 marta qo‘yiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy qo‘llash uchun metronidazol saqlovchi preparatlar odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ammo ayrim holatlarda fotosensibilizatsiya reaktsiyalari kuzatilishi mumkin. Bunda toshmalar, qichishish, achishish va eritema kuzatilishi mumkin. Mahalliy qo‘llash uchun metronidazol preparatlarini katta yuzalarda va uzoq vaqt davomida qo‘llash hollarida tizimli nojo‘ya samaralarini inkor qilib bo‘lmaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Gelni anamnezida preparatning har qanday ingrediyentlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shaxslarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Alkogol bilan disulfiramsimon reaktsiya. Kumarin antikoagulyantlarining ta'sirini kuchaytiradi. Simetidin ta'sirida qondagi daraja oshadi. Fenobarbitalning ta'sirini pasaytiradi. Disulfiram bilan o‘tkir psixozlar. Boshqa antimikrob preparatlari bilan additiv/sinergik samara.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gelni kesilgan yoki ochiq jarohatlar yoki terini shikastlanishlari bo‘lgan har qanday joyiga qo‘yish mumkin emas. Gel quyilganidan keyin yuzasini bog‘lov yoki plastir bilan yopish mumkin emas. Gelni yutib yuborish mumkin emas, gel ko‘zga tushmasligi uchun ehtiyot bo‘ling. Agar 2 hafta davomida simptomlar yaxshilanmasa yoki ular yomonlashsa darhol shifokorga murojaat qiling.
Ogohlantirish
Ko‘z, shilliq qavatlar va terining shikastlangan sohalariga tushishidan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborish hollari qayd qilinmagan.
Chiqarilish shakli
25 g dan alyumin yig‘ma tubalarda.
Saqlash sharoiti
15oS dan 30oS gacha bo‘lgan xona haroratida saqlansin.
Issiqdan himoyalansin. Muzlashdan saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqarilgan
ISSHAAN HEALTHCARE PVT. LTD.
S-22, 23, Sector-3, NOIDA-201301
Gautam Budh Nagar, UP (Hindiston)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.