Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dentokind tab. gomeop. №150
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Белладонны листьев экстракт, хамомилла, феррум иодатум
Страна производитель
Германия
Производитель
Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки гомеопатические
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Dentokind
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka (100 mg) quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 15 mg Belladonna trit. D6, 15 mg Chamomilla trit. D6, 15 mg Ferrum phosphoricum trit. D6, 15 mg Hepar sulfuris trit. D12, 15 mg Pulsatilla trit. D6;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, talk, magniy stearati.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq, ikki tomoni yassi, chetlari kesilgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi gomeopatik vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Gomeopatik davolash usuli kasallikni tushunish ma'nosida va dori substantsiyalarini qo‘llanishida an'anaviy tibbiyotdan ahamiyatli farq qiladi. Gomeopatik vositalar organizmning shaxsiy himoya kuchlarini rag‘barlantiradi, hamda o‘zini-o‘zi davolash qobiliyatini faollashtiradi. Gomeopatik vositalarga organizmning javobi yuqori shaxsiy. Shu sabablarga ko‘ra doza-spetsifik samarani, shuningdek farmakodinamik va farmakokinetik ma'lumotlarni aniqlashning imkoniyati yo‘q.
Qo‘llanilishi
Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, shuningdek qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, otalgiya (quloqlarda og‘riq), milklarda og‘riq, yengil isitma va ich ketishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida 1 tabletkadan har bir soatda, lekin kuniga 6 tabletkadan ko‘p emas.
Simptomlar kamayganidan keyin 1 tabletkadan kuniga 3 marta.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida 2 tabletkadan har bir soatda, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas.
Simptomlar kamaygandan keyin 2 tabletkadan kuniga 3 marta.
Dentokindni ovqat va ichimliklar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tabletkalarni og‘izda asta-sekin erishiga yo‘l qo‘yib, ovqatlanishdan yarim soat oldin yoki yarim soat keyin qabul qilish ma'qulroq. Emizikli bolalarni davolashda tabletkalarni ozgina miqdordagi suv bilan eritish mumkin.
Agar Siz dori vositasini qabulini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, bolaga preparatni ikki martalik dozasini bermang.
Nojo‘ya ta'sirlari
Hozirgi vaqtgacha noma'lum. Agar farzandingizda preparatni qabulidan keyin nojo‘ya samaralari paydo bo‘lsa, shifokoringizni xabardor qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga va uning hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha noma'lum. Agar farzandingiz boshqa dori vositalarini qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gomeopatik dori vositalari qo‘llanganida kasallikning belgilari vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Agar Siz, farzandingiz Dentokindga yetarlicha javob bermayotgan bo‘lsa yoki unda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos shifokorga murojaat qiling.
Preparat laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agar shifokoringiz, Sizga farzandingizni ayrim saxarozalarni o‘zlashtiraolmasligini aytgan bo‘lsa, shifokor bilan dori vositasini qo‘llashdan oldin maslaxatlashing.
Preparat yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Xozirgi vaqtgacha noma'lum.
Chiqarilish shakli
100 mg dan tabletkalar, 150 tabletkalar shisha flakonlarda; 1 flakondan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Alohida sharoit talab qilmaydi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili va ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasining egasi
Doyche Xomeopati – Union DXU – Artsnaymittel GmbX & Ko. KG
Ottoshtrasse 24, 76227 Karlsrue, Germaniya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston, 100041, Toshkent sh., M.Ulug‘bek tumani, Navnixol ko‘ch. 86
Tel. +99871 230 91 93
email intopharm@zoho.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.