Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Metrogil denta gel 20g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метронидазол
Страна производитель
Индия
Дозировка
20 г
Производитель
Johnson & Johnson LLC
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель стоматологический
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
METROGIL DENTA®
Ta'sir qiluvchi moddalar (XPN) metronidazol + xlorgeksidin
Dori shakli
stomatologik gel
Tarkibi
1 gramm gel quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
metronidazol benzoati16,0 mg
(bu 10,0 mg metronidazolga ekvivalent)
xlorgeksidin diglyukonatining 20% li eritmasi 2,5 mg
(bu 0,5 mg xlorgeksidin diglyukonatiga ekvivalent)
yordamchi moddalar 50,0 mg propilenglikol, 15,0 mg karbomer-980, 0,5 mg dinatriy ededati, 1,0 mg natriy saxarinati, 5,0 mg levomentol, 4,0 mg natriy gidroksidi, suv yetarli miqdorda.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli tovlanuvchi yumshoq gel.
Farmakoterapevtik guruhi
mikroblarga qarshi vosita
ATX kodi A01AB11.
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning samaradorligi uning tarkibidagi ikki antibakterial komponentlarning mavjudligi bilan bog‘liq
a) metronidazol paradont kasalliklarini chaqiruvchi anaerob bakteriyalar Porphyromonas gingivalis, Provotella intermedia, Fusobacterium fusiformis, Wolinella recta, Eikenella corrodenas, Borrelia vincenti, Bacteroides melaninogenicus, Selenomonas spp. ga qarshi antibakterial ta'sirga ega
b) xlorgeksidin – antiseptik va mikroblarga qarshi vosita, grammusbat va grammanfiy aerob va anaerob bakteriyalarga nisbatan samarali (Treponema spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas spp., Chlamydia spp., Ureaplasma spp., Bacteroides fragilis). Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari kuchsiz sezuvchan, shuningdek, bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari ham chidamli. Laktobatsillalarning funktsional faolligini buzmaydi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida METROGIL DENTA® deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Paradont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi
- o‘tkir va surunkali gingivit;
-o‘tkir yarali-nekrotik Vensan gingiviti;
- o‘tkir va surunkali parodontit;
- o‘smirlar parodontiti;
- gingivit bilan asoratlangan parodontoz;
- aftoz stomatit;
- xeylit;
- protezlardan foydalangandagi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi;
- postekstraktsion alveolit (tishlar olib tashlanganidan keyingi lunkani yallig‘lanishi);
- periodontit, periodontal abstsess (majmuaviy davolash tarkibida).
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy, faqat stomatologiyada qo‘llash uchun.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda milklar yallig‘langanida (gingivit) METROGIL DENTA® kuniga 2 marta barmoq yoki paxta tayoqcha yordamida yupqa qavat qilib, milk sohasiga qo‘yiladi. Gel qo‘yilganidan keyin 30 minut davomida ichish va ovqat qabul qilishdan saqlanish kerak. Gelni yuvib tashlash tavsiya qilinmaydi.
Parodontitda tish toshlari olib tashlanganidan keyin, parodontal cho‘ntaklarga METROGIL DENTA® geli bilan ishlov beriladi va milk sohasiga gelning applikatsiyasi o‘tkaziladi. Ekspozitsiya vaqti – 30 minut. Muolajalar soni kasallikning og‘irligiga bog‘liq. Keyinchalik gelning applikatsiyasini bemor mustaqil o‘tkazishi mumkin METROGIL DENTA® geli milklar sohasiga kuniga 2 marta 7-10 kun davomida qo‘yiladi.
Aftoz stomatitda METROGIL DENTA® og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shikastlangan sohasiga kuniga 2 marta 7-10 kun davomida qo‘yiladi.
Surunkali gingivit va parodontitning zo‘rayishlarini oldini olish uchun METROGIL DENTA® milklar sohasiga kuniga 2 marta 7-10 kun davomida qo‘yiladi. Profilaktik davolash kurslari yiliga 2-3 marta o‘tkaziladi.
Postekstraktsion alveolitni oldini olish uchun, tish olib tashlanganidan keyin lunkaga METROGIL DENTA® geli bilan ishlov beriladi, so‘ngra gel kuniga 2-3 marta 7-10 kun davomida qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
METROGIL DENTA® geli mahalliy qo‘llanganida allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi), shuningdek bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Metronidazol, xlorgeksidin, shuningdek, nitroimidazolning hosilalarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik. Preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday komponentlarni o‘zlashtiraolmaslik. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tavsiya qilingan dozalarda mahalliy qo‘llanganida METROGIL DENTA® gelini boshqa dori vositalari bilan tizimli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
METROGIL DENTA® gelini qo‘llash tishlarni gigiyenik tozalash o‘rnini bosmaydi, shuning uchun preparat bilan davolash kursi vaqtida tishlarni tozalash davom ettirilishi kerak. Agar dori vositasi yaroqsiz holga kelgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa – uni oqava suvlarga yoki ko‘chaga tashlamang! Dori vositasini paketchaga joylang va ahlat konteyneriga soling. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi!
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarga homiladorlikning I uch oyligida buyurish tavsiya qilinmaydi. Laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Gelning katta miqdorini tasodifan yoki atayin yutib yuborish, asosan metronidazol bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralarini kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin (xlorgeksidin me'da-ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi). Ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, og‘irroq hollarda – paresteziyalar va tirishishlar kuzatilishi mumkin.
Davolash me'dani yuvish, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Stomatologik gel.
5 g, 10 g yoki 20 g dan gel plastik laminatsiya qilingan tubada, uning bo‘yni laminatsiya qilingan polietilen va polipropilen buraluvchi qopqoqchali alyumin folga bilan muhrlangan. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
5 g, 10 g yoki 20 g dan gel plastik laminatsiya qilingan tubada, uning bo‘yni laminatsiya qilingan polietilen va polipropilen buraluvchi, folgani teshish uchun uchligi bo‘lgan qopqoqchali alyumin folga bilan muhrlangan. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Yunik Farmasyutikal Laboratoriz»
(«Dj. B. Kemikals end Farmasyutikals Ltd.» firmasining bo‘limi),
Vorli, Mumbay – 400 030, Hindiston/Unique Pharmaceuticals Laboratories
(A Division of J.B. Cemicals & Pharmaceuticals Ltd),
Worli, Mumbai 400 030, India
Qayd qilish guvohnomasining egasi
«Djonson & Djonson» MChJ, Rossiya
121614, Moskva sh., Krilatskaya ko‘ch. 17, 2 qur.;
Tel (495) 726-55-55
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.