Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Qizilmiya ildizining siropi 50ml LIK
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тритерпеновые гликозиды, глицирризиновая кислота, флавоноиды, ликвиритозид, триоксихальконы, пентаци
Страна производитель
Узбекистан
Производитель
Likinterkaps
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Qizilmiya ildizining siropi-LIK
Ta'sir etuvchi modda (XPN) qizilmiya ildizi quyuq ekstrakti
Dori shakli
sirop
Tarkibi
100 g sirop quyidagilarni saqlaydi
faol modda qizilmiya ildizi quyuq ekstrakti – 4 g;
yordamchi moddalar qandli sirop - 86 g, 90% li etil spirti – 10 g.
Ta'rifi qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos hidga va ta'mga ega quyuqroq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruxi Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
ATX kodi R05CA
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Biologik faol moddalar majmuasini glitsirrizin kislotasi, triterpen kislotasi, glikozidlari, flavonoidlar, likvirotozid, trioksixalkonlar, pentatsiklik triterpen, karbenoksalen va boshqalarni saqlaydi.
Balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, me'da-ichak yo‘llarining surunkali yallig‘lanish kasalliklarida ayniqsa, me'da shirasi kislotasi oshib ketgan hollarda, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi bitishini tezlashtiradi. Glitsirrizin kislotasi, organizmda metabolik o‘zgarishlarga uchrab, kortikosteroidga o‘xshash ta'sir ko‘rsatadi. Shuningdek organizmning nospetsifik rezistentligini oshiradi, stafilokokk, tuberkulyoz mikobakteriyasi, ichak tayoqchasi mikroblariga qarshi faollikka ega.
Farmakokinetikasi
Preparatning farmakokinetik tekshirishlari o‘tkazilmagan, chunki preparat turli biologik faol moddalarni saqlaydi.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining balg‘am ajralishi qiyin bo‘lgan, yo‘tal bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini (bronxitlar, traxeobronxitlar, bronxopnevmoniya, bronxoektatik kasallik va boshqalar) davolashda qo‘llanadi. Me'da va o‘n ikki barmoq ichak asoratlanmagan yara kasalligida, yuqori sekretor faoliyatli surunkali gastritni majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi. Organizmining nospetsifik rezistentligini oshiruvchi vosita sifatida holsizlangan patsiyentlarda qo‘llanadi. Bolalarda kuzatiladigan allergik dermatit va dermatozlarni davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qizilmiya ildizi siropi kuniga 3 marta ichga qabul qilinadi
-kattalarga – 1 qabul qilishda bir desert qoshiq ½ stakan suvda buyuriladi;
-12 yoshdan kattalarga – 1 qabul qilishda 1 choy qoshiq ¼ stakan suvda buyuriladi;
-2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir qabul qilishda ½ choy qoshiq ¼ stakan suvda buyuriladi;
-2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 1-2 tomchidan 1 desert qoshiq suvda qabul qilinadi.
Davolash kursi 7-10 kunni tashkil etadi.
Preparatni bundan uzoqroq vaqt davomida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar. Uzoq vaqt qo‘llanilganda arterial qon bosimini oshishi, suyuqlikni tutilishi, xatto shish paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Gipokaliyemiyaning rivojlanishi ehtimoli tufayli, qizilmiya preparatlarini tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qizilmiyani uzoq vaqt qo‘llash bilan bog‘liq gipokaliyemiya yurak glikozidlarining toksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Qizilmiya va kortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llanilganda kortizolning yarim chiqarilish davri uzayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtomobil va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat etil spirti saqlaydi.
Homiladorlik va laktatsiya.
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘rsatilgan dozalarda yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda gipokaliyemiya, arterial bosimni oshishi, suv-tuz almashinuvini buzilishi oqibatida periferik shishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
50, 90 yoki 100 ml dan buraladigan qopqoqli shisha flakonlarda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga kartonli penalda.
Saqlash sharoitlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«LEKINTERKAPS» MChJ,
Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy.
tel. (99895) 170 99 48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.