Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dioflan 500mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диосмин, гесперидин
Страна производитель
Украина
Дозировка
500 мг
Производитель
ОАО «Киевмедпрепарат».
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dioflan (Dioflan)
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) diosmin, gesperidin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar diosmin, gesperidin;
1 tabletka 450 mg diosmin, 50 mg gesperidin* dan tarkib topgan, 500 mg tozalangan mikronizatsiyalangan flavonoidlar fraktsiyasini saqlaydi;
* “gesperidin” nomida flavonoidlar izoroifolin, gesperidin, linarin, diosmetinlar aralashmasi ko‘zda tutilgan;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmalglikolyati (A turi), gipromelloza, talk, natriy laurilsulfati, magniy stearati, “Opaglos 2 Orange” № 97A23967 qobiq uchun aralashma saqlaydi natriy karboksimetiltsellyuloza, maltodekstrin, dekstroza monogidrati, titan dioksidi (E171), stearin kislotasi, talk, temir (II) oksidi (E172), temir (III) oksidi (E172), sariq shafaq FCF (E110).
Ta'rifi oval shaklli, yuzasi ikki tomonlama qavariq, tabletkaning bir tomoni riskali va boshqa tomonida “KMP” yozuvi bo‘lgan, och pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Kapillyarlarni barqarorlashtiruvchi vosita. Bioflavanoidlar. Diosmin majmuada.
ATX kodi S05S A53.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparat venotonik va angioprotektor ta'sirga ega, vena tomirlarining tonusini oshiradi, vena tomirlarining kengayuvchanligini va venostazni kamaytiradi, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va ularning chidamliligini oshiradi, limfa tomirlarining drenajini yaxshilaydi va limfa oqimini oshiradi. Shuningdek preparat leykotsitlar va endoteliyning o‘zaro ta'sirini, postkapillyar venulalarda leykotsitlarning adgeziyasini kamaytiradi. Bu yallig‘lanish mediatorlarini venalarning devoriga va vena klapanlarining tavaqalariga shikastlovchi ta'sirini pasaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat mikronizatsiyalangan holda diosmin va gesperidinning tozalangan flavanoid fraktsiyasini saqlaydi, ya'ni faol moddaning qismlarini o‘lchami kichraytirilgan, bu preparatni faol so‘rilishini va ta'sirini tezroq boshlanishini ta'minlaydi.
Preparatning faol moddasi organizmda ekstenziv ravishda metabolizmga uchraydi, bu siydikda fenol kislotalarini borligi bilan tasdiqlanadi. Yarim chiqarilish davri 11 soatni tashkil qiladi. Preparatning faol moddasini chiqarilishi asosan ichak orqali (80%) amalga oshadi. Qabul qilingan dozaning o‘rtacha 14% siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Oyoqlarni organik va funktsional rivojlangan surunkali venolimfatik yetishmovchiligi (oyoqlarda shishlar, og‘riq, og‘irlik hissi). O‘tkir va surunkali gemorroy.
Qo‘llash usuli va dozalari
Peroral qo‘llash uchun ishlatiladi.
Kattalarga buyuriladi.
Surunkali venolimfatik yetishmovchilikni (oyoqlarda shishlar, og‘riq, og‘irlik hissi, tungi tirishishlar, trofik yaralar, limfedema va boshq.) davolash sutkada 2 tabletka (ikkita qabulga) ovqat vaqtida qabul qilinadi. Bir hafta davomida qabul qilinganidan so‘ng sutkada 2 tabletkani bir vaqtda ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.
Surunkali gemorroy sutkada 2 tabletka (ikkita qabulga) ovqat vaqtida qabul qilinadi. Bir hafta davomida qabul qilinganidan so‘ng sutkada 2 tabletkani bir vaqtda ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.
O‘tkir gemorroy birinchi 4 kun davomida sutkada 6 tabletka va keyingi 3 kun davomida sutkada 4 tabletkadan qabul qilinadi. Ovqat vaqtida qabul qilinadi. Sutkalik tabletkalar miqdori 2-3 qabulga bo‘linadi.
Davolash kursi va dozasi preparatni qo‘llash uchun ko‘rsatmalarga, kasallikni kechishiga bog‘liq va shifokor tomonidan belgilanadi. O‘rtacha davolash davomiyligi 2-3 oyni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Odatda davolash yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam hollarda ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan o‘rtacha buzilishlar (diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish) yoki vegetativ nerv tizimi tomonidan (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi) kuzatilishi mumkin, bu davolashni to‘xtatish zarurati yo‘q.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Anamnezida preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar o‘tkir gemorroy simptomlarining yaqqolligini tez kamayishi kuzatilmasa, qo‘shimcha proktologik tekshirishlar o‘tkazish va davolashni korrektsiya qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni teratogen ta'siri bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Preparatni ona sutiga o‘tishiga nisbatan yetarli darajada ma'lumotlar yo‘qligi sababli preparatni qo‘llash vaqtida emizish tavsiya qilinmaydi. Preparat bilan davolash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Bolalar. Qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish hususiyati.
Preparat transport vositalarini boshqarish va turli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Preparatni nojo‘ya ta'sir qilish belgilari paydo bo‘lgan holda ehtiyot bo‘lish kerak.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatish mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan dozalardan oshib ketgan holda me'dani yuvish, sorbent qabul qilish va shifokorga murojaat qilish kerak. Nojo‘ya samaralarni kechishi kuchayishi mumkin. Davolash – simptomatik.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda; 3 yoki 6 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Kiyevmedpreparat” JAJ.
Ukraina, 01032, Kiyev sh., Saksaganskiy ko‘ch., 139.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.