Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Normoven tab. №60
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диосмин, гесперидин
Страна производитель
Украина
Производитель
Киевский витаминный завод,ПАО,Украина
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Normoven
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) diosmin, gespiridin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 500 mg flavonoidlar fraktsiyasi 450 mg diosmin 100% modda xisobida, 50 mg gesperidin 100% modda xisobida saqlovchi;
yordamchi moddalar natriy kraxmalglikolyati (A tip), mikrokristall sellyuloza, gidroksipropilmetiltsellyuloza, siklodekstrin, magniy stearati;
qobig‘i Opadry II Yellow plyonka qobig‘i uchun aralashma (gidroksipropilmetiltsellyuloza; laktoza monogidrati; polietilenglikol; triatsetin; sariq xinolin (E 104); titan dioksidi (E 171); indigokarmin (E 132), sariq shafaq FCF (E 110)).
Ta'rifi dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali, sariqdan jigarrang-sariq ranggacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Venoz yetishmovchiligini davolash uchun vosita. Kapillyarlarni barqarorlashtiruvchi vosita. Bioflavonoidlar. Diosmin, majmualar.
ATX kodi S05SA53
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Normoven venotonik va angioprotektor ta'sir ko‘rsatadi, venoz tonusni oshiradi, venalarning cho‘ziluvchanligi va venostazni kamaytiradi, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va ularning rezistentligini oshiradi, limfatik oqimni yaxshilab, limfatik drenajni yaxshilaydi.
Dori vositasi shuningdek leykotsitlar va endoteliyning o‘zaro ta'sirini, postkapillyar venulalarda leykotsitlar adgeziyasini kamaytiradi. Bu yallig‘lanish mediatorlarini venalar devori va vena klapanlarining qopqoplariga shikastlanuvchi ta'sirini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Dori vositasining yarim chiqarilish davri 11 soatni tashkil qiladi.
Ta'sir etuvchi moddani chiqarilishi asosan ichak orqali amalga oshiriladi. Qabul qilingan dozaning o‘rtacha 14% siydik orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Venolimfatik yetishmovchilik (oyoqlarda og‘irlik hissi, og‘riq, shishlar) ni simptomatik davolash.
Gemorroyni simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Peroral qo‘llash uchun buyuriladi.
Kattalarga buyuriladi.
Venolimfatik yetishmovchilikni davolash (simptomlar shish, og‘riq, oyoqlarda og‘irlik hissi, tungi tirishishlar, trofik yaralar, limfedema va boshqalar).
Tavsiya etilgan doza sutkada 2 tabletkani tashkil qiladi 1 tabletka – kunduzi va 1 tabletka kechqurun ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Bir xafta qo‘llagandan keyin sutkada 2 tabletkadan bir marta ovqatlanish vaqtida qabul qilish mumkin.
Surunkali gemorroyni davolash
Sutkada 2 tabletkadan (ikki marta) ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Bir xafta qo‘llagandan keyin sutkada 2 tabletkadan bir marta ovqatlanish vaqtida qabul qilish mumkin.
O‘tkir gemorroyni davolash
Sutkada 6 tabletkadan 4 kun davomida, so‘ngra keyingi 3 kun davomida sutkada 4 tabletkadan buyuriladi. Ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Tabletkaning sutkalik miqdori 2-3 marta qabul qilishga bo‘linadi.
Davolash kursi
Davolash davomiyligi qo‘llashga ko‘rsatmalar va kasallikni kechishiga bog‘liq. Davolashning o‘rtacha davomiyligi 2-3 oyni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, lohaslik.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish; kolit.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan toshma, qichishish, eshakemi; yuz, lab, qovoqlarni chegaralangan shishi. Ayrim hollarda – Kvinke shishi.
Dori vositasining tarkibida sariq shafaq FCF mavjudligi tufayli allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi modda yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘zaro ta'sir yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri haqida xozircha xabar berilmagan (dori vositasini qo‘llashning katta postregistatsion tajribasini e'tiborga olib).
Maxsus ko‘rsatmalar
O‘tkir gemorroyda ushbu dori vositasini qo‘llash spetsifik davolashning o‘rnini bosmaydi va boshqa proktologik kasalliklarni davolashga to‘sqinlik qilmaydi. Agar qisqa davolash kursi davomida simptomlar tez bartaraf etilmasa, proktologik tekshiruvni o‘tkazish va davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Venoz qon aylanishini buzilishlarida quyidagi hayot tarzlari kabi tavsiyalarga rioya qilish bilan birga davolashni ta'minlash samarali bo‘lib hisoblanadi
-Quyoshda uzoq vaqt bo‘lish, uzoq vaqt tikka oyoqda turish, ortiqcha tana vazni;
-Piyoda yurish va ayrim hollarda qon aylanishini yaxshilash uchun maxsus paypoq kiyish kerak.
Bolalar
Normoven dori vositasini bolalarda qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarga dori vositasi ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Dori vositasining tarkibiga kiruvchi faol moddalarning majmuasi teratogen ta'sir ko‘rsatmasligi ma'lum; nojo‘ya samaralar haqida xabar berilmagan.
Dori vositasini ko‘krak sutiga kirishi yuzasidan ma'lumotlar yo‘qligi tufayli, emizish davrida dori vositasini qo‘llashdan saqlanish kerak.
Mavjud ma'lumotlar faol moddalarning kalamushlar fertilligiga ta'siri yo‘qligini namoyish qiladi.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir ko‘rsatish qobiliyati
Dori vositasi transport vositalarini boshqarish va turli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Dori vositasining nojo‘ya ta'sirlarining belgilari paydo bo‘lganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga qarang).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 3 yoki 6 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Kiyevskiy vitaminniy zavod» JAJ.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Kiyevskiy vitaminniy zavod» JAJ
04073, Ukraina, Kiyev sh., Kopilovskaya ko‘ch., 38.
Web-sayt www.vitamin.com.ua
O‘zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqaruvchiga yuborish uchun dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
OOO «Dori Darmon Invest»
Pochta manzili 100060 O‘zbekiston, Toshkent sh., Shevchenko ko‘ch., 42-A
tel (99871) 120-3818
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.