Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Turbo Mikron G №60
Nomi | Narx | |||||
Турбо микрон G №60 (T095##2 249) |
UZS 209 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Gruziya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Turbo Mikron G
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) diosmin, gesperidin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
flavonoidlarning 500 mg mikronlashtirilgan tozalangan fraktsiyasi
450 mg – diosmin (90%), 50 mg – gesperidin ko‘rinishidagi flavonoidlar (10%);
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, jelatin, natriy kraxmal glikolyati (kartoshka kraxmali), magniy stearati, tal'k, natriy laurilsulvfati, to‘q sariq rangli Opadray 03G34105 (gipromelloza (E-464), glitserol, titan dioksidi (E-171), temir (III)- oksidi (E-172), temir (II)-oksidi (E-172), polietilenglikol' 6000, magniy stearati).
Ta'rifi oval, bir tomonida riskasi bo‘lgan, pushti-to‘q sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Riskasi tabletkani teng dozalarga bo‘lish uchun emas, balki oson yutish maqsadida tabletkani bo‘lish uchun mo‘ljallangan.
Farmakoterapevtik guruhi
Kapillyarlarni barqarorlashtiruvchi vositalar. Bioflavonoidlar.
ATX kodi SO5SA53
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Turbo mikron G flebotonik preparat va vazoprotektor vosita hisoblanadi (vena qon tomirlarni torayishini, venoz qarshilikni oshishi va o‘tkazuvchanligini pasayishini chaqiradi).
Eksperimental modellarda diosmin venoz qon oqimiga ikkilamchi ta'sir ko‘rsatadi
— venalar va venulalarda u qon-tomirlar devorining tonusini oshiradi va dimlanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi;
— mikrotsirkulyatsiya darajasida kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi va kapillyarlarning rezistentligini kuchaytiradi.
Odamlarda quyidagi pletizmografik venoz ko‘rsatkichlar vena qon-tomirlari hajmi, cho‘ziluvchanligi va qonni venadan chiqish vaqti bo‘yicha preparatning dozaga bog‘liq bo‘lgan statistik ahamiyatli samarasi ko‘rsatilgan. Dozasi va samarasining eng yaxshi nisbati 2 tabletka qabul qilinganida olingan.
— flebotonik ta'siri diosmin venoz tonusni oshiradi. Simobli tenziometrik datchik yordamida o‘tkazilgan okklyuzion pletizmografiya, qonni venadan chiqish vaktini qisqarishini ko‘rsatdi.
– mikrotsirkulyator faolligi kapillyarlarning mo‘rtligi belgilari bo‘lgan patsiyentlarda davolash kapillyarlarning rezistentligini oshiradi, bu angiostereometriya usuli bilan o‘lchanganida tasdiqlanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Peroral qabul qilinganidan so‘ng Turbo mikron G ichakda, u yerdagi flora ta'sirida tez transformatsiyaga uchraydi va aglikon shaklida, ya'ni diosmetin shaklida so‘riladi.
Preparat peroral qabul qilinganida uning biokiraolishligi taxminan 57,9% ni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Diosmetin 62,1 l taqsimlanish hajmi bilan to‘qimalarga ekstenziv ravishda taqsimlanadi.
Biotransformatsiyasi
Diosmetin glitsin bilan kon'yugatsiyalangan fenol kislotalari va ularning hosilalarigacha tez va intensiv ravishda parchalanadi, ular siydik bilan chiqariladi. Odamda eng ustun turadigan metaboliti gidroksifenilpropionat kislotasi hisoblanadi u asosan kon'yugatsiyalangan shaklda chiqariladi. Kamroq miqdorlarda aniqlanadigan metabolitlariga boshqa fenol kislotalari, shu jumladan 1-gidroksi-4-metoksibenzoy kislotasi va 3-metoksi-4-gidroksifenilsirka kislotasi va 3,4-digidroksibenzoy kislotasi kiradi.
Eliminatsiyasi
Odamlarda eliminatsiyasi nisbatan tez yuz beradi. Tadqiqotlarda radiofaol izotop bilan nishonlangan diosminning 34% siydik bilan va axlat bilan birinchi 24 soat davomida chiqarilgan va taxminan 86% siydik va axlat bilan birinchi 48 soat davomida chiqarilgan.
To‘g‘ri proportsionallik / teskari proportsionallik
Turbo mikron G ning farmakokinetikasi to‘g‘ri proportsional hisoblanadi.
Qo‘llanilishi
Venoz – limfa yetishmovchiligining simptomlarini davolash uchun qo‘llanadi
- oyoqlarda og‘irlik xissi;
- og‘riq;
- oyoqlarni toliqishi;
- shishlar.
Kattalarda surunkali venoz yetishmovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar va shishni kamaytirish uchun qo‘llanadi. O‘tkir gemorroidal xurujlar bilan bog‘liq bo‘lgan funktsional simptomlarni davolash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar
Standart terapevtik doza – kuniga 2 tabletkani tashkil etadi, alohida qabul qilinadi bitta tabletka tushlik vaqtida, va boshqa tabletka kechqurun ovqat vaqtida qabul qilinadi.
Maksimal davolash davomiyligi – 2 oy dan 3 oygacha muddatni tashkil etadi.
O‘tkir gemorroidal xurujlarda
Kuniga 6 tabletkadan 4 kun davomida, so‘ngra – kuniga 4 tabletkadan 3 kun davomida.
Bolalar populyatsiyasi
Bolalarda diosminni havfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush ko‘rinishlar rivojlanish tezligiga muvofiq quyidagicha ta'riflangan juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan ˂ 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1,000 dan ˂ 1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10,000 dan ˂ 1/1,000 gacha); juda kam hollarda (˂ 1/10,000); uchrash tezligi noma'lum (uchrash tezligi mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tez — ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar kam hollarda — bosh og‘rig‘i, lohaslik, bosh aylanishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar kam hollarda — toshma, qichishish,
eshakemi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Flavonoidlarga yoki boshqa yordamchi moddalaridan birortasiga hujjatlashtirilgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Turbo mikron G ni boshqa dori vositalari yoki ozuqa mahsulotlari bilan kuzatilishi mumkin bo‘lgan farmakokinetik va/yoki farmakodinamik o‘zaro ta'siri bo‘yicha hech qanday maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shunday bo‘lsa ham, xususan, ushbu dori vositasini katta postmarketing qo‘llash tajribasini hisobga olib, hozirgi kungacha biror-bir boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri yuzasidan hech qanday xabar berilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
i
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Odamlarga zararli ta'siri yuzasidan tasdiqlangan ma'lumotlar yo‘q.
Homilador ayollarning cheklangan miqdorida o‘tkazilgan hujjatlashtirilgan klinik tadqiqotlarning ma'lumotlarda, ushbu preparatning ta'sirida homiladorlikka yoki homilani ona qornida rivojlanishi / tug‘ilgandan keyingi rivojlanishiga diosminning hech qanday nojo‘ya ko‘rinishlari aniqlanmagan. Hozirgi kunda hech qanday boshqa muvofiq epidemiologik ma'lumotlar mavjud emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, homiladorlikka, homiladorlikni embrional rivojlanishi / rivojlanishiga, tug‘ruqqa yoki postnatal rivojlanishga nisbatan bevosita yoki bilvosita samaralari aniqlanmagan.
Emizish davri
Ushbu preparatni ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q. Demak, bunday ma'lumotlar yo‘qligi tufayli, ushbu preparatni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Fertillik
Fertillik uchun toksikligi yoki reproduktiv toksikligi kuzatilmagan.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Turbo mikron G mexanizmlarni boshqarish va ulardan foydalanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki biroz ta'sir qiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish holatlari xaqida xabarlar bo‘lmagan.
Chiqarilish shakli
60 tabletka saqlovchi karton qutilarda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
KERN FARMA, S.L.
Pol. Ind. Kolon II, K/Venus 72, Terrassa, 08228
Barselona, Ispaniya
Savdo va qayd qilish litsenziyasining egasi
DJI EM Farmasyutikals MChJ
Ponichala 65, Tbilisi, Gruziya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«GMP» MChJ Vakolatxonasi,
O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh.,
Mustaqillik shox ko‘chasi, 75, tel. 141-03-73
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.