Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
| Nomi | Narx | |||||
| Венодиол таб № 30 (405003070##3 149) |
UZS 105 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
| Венодиол таб № 30 (405003070##3 153) |
UZS 106 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Диосмин, гесперидин, аскорбиновая кислота
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Turkiya
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Chiqarillish shakli
Tabletkalar
Venodiol tab № 30 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Venodiol
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) diosmin, gesperidin, askorbin kislotasi
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 450 mg diosmin, 50 mg gesperidin, 100 mg askorbin kislotasi;
yordamchi moddalar povidon K30, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza.
Ta'rifi oval, ikki tomonlama qavariq, dog‘lari bo‘lgan, och jigarrang rangdan jigarrang ranggacha bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiruvchi preparatlar. Vena qon tomirlari tonusini mustahkamlovchi va angioprotektor vosita.
ATX kodi S05SA53
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Venodiol angioprotektor va vena qon tomirlari tonusini mustahkamlovchi ta'sir ko‘rsatadi. Venalarning kengayuvchanligini kamaytiradi, ularning tonusini oshiradi va vena qon tomirlarida dimlanishni pasaytiradi; kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, mo‘rtligini kamaytiradi va ularning rezistentligini oshiradi; mikrotsirkulyatsiyani va limfa qon oqimini yaxshilaydi.
Venodiol preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi (S vitamini), qon-tomirlarning elastikligini yaxshilaydi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, normal qon yaratilishiga yordam beradi, organizmning himoya kuchlarini oshiradi.
Venodiol preparati tizimli qo‘llanganida oyoqlardagi organik hamda funktsional tabiatli surunkali venoz yetishmovchilikning klinik ko‘rinishlari yaqqolligini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning terapevtik samarasi uning tarkibiga komponentlarning hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
• oyoqlardagi funktsional hamda organik tabiatli surunkali venoz yetishmovchili oyoqlarda og‘irlik hissi, og‘riq, tirishishlar, trofik buzilishlarda;
• o‘tkir gemorroyni simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalar ichga, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Venodiol preparatini muhim hususiyati bo‘lib, uni qo‘llashda ahamiyatli darajada qulaylik tug‘diruvchi standart sutkalik dozalash hisoblanadi.
Preparatni ikki xil usul bilan
- preparatni butun davolash kursi davomida 1 tabletkadan sutkada 2 marta ovqat vaqtida qabul qilish;
- ikkinchi dozalash usuli Venodiol preparatini birinchi ikki hafta davomida 1 tabletkadan sutkada 2 marta, so‘ngra esa 2 tabletkadan sutkada 1 marta ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.
Preparatni qo‘llash tajribasi, Venodiol preparatini qabul qilish davomiyligi kasallikning dastlabki og‘irligiga to‘g‘ri proportsionalligidan dalolat beradi.
“Og‘ir oyoqlar” sindromi bilan namoyon bo‘luvchi surunkali venoz yetishmovchilikning boshlang‘ich shaklini davolashda odatda 2 oylik davolash kursi yetarli bo‘lib, zaruratga qarab odatda yiliga 2-3 marta takrorlanadi.
Og‘riq, tirishish hamda shish sindromlari ustun bo‘lgan, yanada og‘ir holatlarda Venodiol preparatini qabul qilishni 3-4 oy davom ettirish kerak.
Venoz trofik yaralarni davolash yanada uzoqroq davolash kursini – 6 oy va undan ortiq davolash kursini talab etishi mumkin.
O‘tkir gemorroy xurujida birinchi 4 kun davomida sutkada 6 tabletkadan, so‘ngra navbatdagi 3 kun davomida sutkada 4 tabletkadan buyuriladi.
Venodiol preparatini buyurish vaqtida, ushbu preparatga o‘rganib qolish rivojlanmasligini yodda tutish muhimdir.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni bekor qilishga olib kelgan nojo‘ya reaktsiyalar qayd etilmagan. Ayrim patsiyentlarda Venodiol preparatini qabul qilishni birinchi kunlarida vegetativ reaktsiyalar (kuchli holsizlik, bosh aylanishi, oyoqlarning terisini qizib ketish va sanchish hissi) kuzatiladi. Ushbu simptomlarni namoyon bo‘lishi preparatni bekor qilish uchun sabab bo‘lmaydi, chunki ular 2-3 haftadan keyin spontan holda o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirlarning klinik ahamiyatli samaralari ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gemorroy zo‘rayganida Venodiol preparatini qo‘llash anorektal sohadagi kasallikni o‘ziga xos davolashni o‘rnini bosmaydi. Preparat qisqa davolash kursi bilan buyuriladi. O‘tkazilgan davolash samarali bo‘lmaganida qo‘shimcha tekshirish o‘tkazish va davolashga tuzatish kiritish kerak.
Venoz qon aylanishini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga preparat buyurilganida quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlanish, tana vaznini kamaytirish va qon aylanishini yaxshilaydigan maxsus paypoqlarni kiyib yurish kerakligi yuzasidan patsiyentlarga ma'lumot berish kerak.
Me'da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishlarini zo‘rayish bosqichida bo‘lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparat homilador ayollarga qo‘llanganida hozirgi vaqtgacha uning biror-bir nojo‘ya samaralari haqida xabar berilmagan.
Venodiol preparati bilan butun davolash kursi davomida emizish tavsiya etilmaydi, chunki preparatning faol moddalarini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Eksperimental tekshirishlarda preparatning teratogen samaralari aniqlanmagan.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Venodiol avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish simptomlari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar. 10 tabletkadan blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjыlar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
"World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.", Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.