Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Симетикон
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Turkiya
Dozasi
30 ml
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Ichish uchun tomchilar
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Metigast
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Simetikon
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar.
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda simetikon – 100 mg.
yordamchi moddalar makrogol stearati 40, glitserin monostearati 40-55, karbomer, sorbin kislotasi, atsesulfam kaliy, natriy xloridi, kristallanmaydigan sorbitol eritmasi, suvsiz trinatriy sitrati, “Banan” aromatizatori, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli banan hidli emulsiya.
Farmakoterapevtik guruhi
Ovqat hazm qilishiga va metabolizmga ta'sir etuvchi vositalar. Me'da-ichak yo‘llarining funktsional buzilishlarida qo‘llanadigan boshqa preparatlar.
ATX kodi A03AX13
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Metigast faol modda sifatida simetikon (yuzaki faol polidimetilsiloksan) saqlaydi. Ovqat massalarida va hazm qilish yo‘llarida mavjud bo‘lgan shilliqda simetikon gaz pufakchalarining sirt tarangligini pasaytiradi, buning natijasida ular parchalanadi. Buning oqibatida ajralib chiqqan gazlar ichak orqali so‘rilib ketadi yoki ichak peristaltikasi hisobiga tabiiy yo‘l bilan chiqariladi.
Simetikon faqat fizikaviy ta'sir ko‘rsatadi, u kimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etmaydi va biror-bir farmakologik yoki fiziologik samaralar rivojlanishini chaqirmaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng simetikon ovqat hazm qilish yo‘llaridan so‘rilmaydi va organizmdan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• me'da-ichak yo‘llarini, gaz hosil bo‘lishini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan, buzilishlarini, masalan, operatsiyadan keyingi davrda, meteorizmda, go‘daklardagi ichak sanchiqlarida simptomatik davolash;
• qorin bo‘shlig‘i a'zolarini diagnostik tekshiruv o‘tkazishga, masalan, rentgenologik, ultratovush yoki endoskopik tekshiruv o‘tkazishga tayyorlash (yordamchi vosita sifatida, shu jumladan ikkilamchi kontrast usulida tasvirga tushirish uchun kontrast moddalarning suspenziyasiga qo‘shimcha sifatida qo‘llanadi);
• yuzaki-faol moddalar (YuFM) bilan, masalan, yuvish vositalarining tarkibiga kiruvchi moddalar (ko‘pik hosil bo‘lishiga qarshi sifatida) bilan zaharlanishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozasi
Me'da-ichak tizimining, gaz hosil bo‘lishini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi
Patsiyentlar guruhi
Dozalash tartibi
Metigast 100 mg/ml
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar
5-10 tomchi
Preparat bolalar ozuqasi solingan butilkaga qo‘shiladi yoki kichkina qoshiqcha yordamida har safar ovqatlantirish vaqtida yoki undan keyin beriladi.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar
10 tomchi
sutkada 3-5 marta
6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar
10-20 tomchi
sutkada 3-5 marta
Kattalar va 14 yosh va undan oshgan bolalar
20 tomchi
sutkada 3-5 marta
Qorin bo‘shlig‘i a'zolarini diagnostik tekshiruvga tayyorlash
Tekshirish turlari
Dozalash tartibi
Metigast 100 mg/ml
Rentgenologik va ultratovush tekshiruvini o‘tkazish
Tekshiruv o‘tkazishdan bir kun oldin 25 tomchi (1 ml) dan sutkada 3 marta buyuriladi.
Tekshiruv o‘tkazish vaqtida 25 tomchi (1 ml) dan ertalab buyuriladi.
Endoskopik tekshiruv o‘tkazish
Tekshiruv o‘tkazishdan oldin 50-75 tomchi (2-3 ml) buyuriladi.
Zarurat bo‘lganida tekshiruv o‘tkazish vaqtida to‘siqlar hosil qiluvchi gaz pufakchalarini bartaraf qilish uchun endoskop orqali bir qancha millilitr emulsiya yuborish mumkin.
Ikkilamchi kontrast yordamida tasvirga tushirish uchun kontrast moddalarning suspenziyasiga qo‘shimcha sifatida
Kontrast modda suspenziyasining 1 litriga 50-100 tomchi (2-4 ml) qo‘shiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Emulsiya ichga ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin, shuningdek zarurat bo‘lganida uxlashdan oldin qabul qilinadi.
Davolashning davomiyligi simptomlarning yaqqolligiga bog‘liq. Zarurat bo‘lganida preparatni uzoq muddat davomida ishlatish mumkin.
Preparatni har safar qabul qilishdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish kerak.
Preparat tiqin-tomchilagich yordamida tomchilarga dozalanadi (25 tomchi 1 ml ga to‘g‘ri keladi), dozalashda flakonni tirqishini pastga qaragan holatda vertikal ushlash kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Hozirgi vaqtgacha preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan noxush reaktsiyalar kuzatilmagan.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning faol moddasiga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga yuqori sezuvchanlikda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta'sirlari hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
14 kun davomida davolashdan keyin yangi simptomlar paydo bo‘lganida va/yoki me'da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatilgan buzilishlar doimo saqlanib turganida patsiyent klinik tekshiruvdan o‘tishi kerak.
Metigast preparatining 1 ml emulsiyasida 1 mmol (23 mg) dan kam natriy saqlaydi, ya'ni deyarli “natriy saqlamaydi”.
Metigast 100 mg/ml preparatining 1 ml emuslsiyasida 1 mmol (39 mg) dan kam kaliy saqlaydi, ya'ni deyarli “kaliy saqlamaydi”.
Metigast 100 mg/ml fruktozaning manbai hisoblangan sorbitol (1 ml emulsiyada 30 mg) saqlaydi; fruktozani nasliy o‘zlashtira olmaydigan patsiyentlar ushbu dori vositasini qabul qilishlari mumkin emas.
Tarkibi
da sorbitol (yoki fruktoza) saqlovchi ovqat mahsulotlari bilan iste'mol qilinganida yoki preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida additiv samarasini e'tiborga olish kerak.
Sorbitol saqlovchi peroral dori vositalari bilan birga ishlatilganida peroral qabul qilish uchun mo‘ljallangan boshqa dori preparatlarning biokiraolishligiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Sorbitol me'da-ichak diskomfortini chaqirishi va yengil surgi vosita sifatida ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Ayollarda homiladorlik davrida va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash yuzasidan klinik ma'lumotlar yo‘q. Ayollarda homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Alohida ehtiyotkorlik choralari talab etilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish holatlari xaqida xabar berilmagan.
Preparatning dozasini oshirib yuborilish havfini deyarli istisno qilingan, chunki simetikon kimyoviy jihatdan inert hisoblanadi va biror-bir fiziologik samaralarni rivojlanishini keltirib chiqarmaydi. Preparat tavsiya etilgan dozalardan ortiq dozalarda qo‘llanganida noxush reaktsiyalar kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar 30 ml dan sariq rangli shisha flakonlarda tiqin-tomchilagich yopilgan va buraladigan himoya qopqoqchasi bilan himoyalangan.
1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Flakon ochilganidan so‘ng preparat 6 oy davomida ishlatilsin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.