Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
| Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
| Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
| Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
| Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Dozasi
120 мл
Производитель
Qarshi Industries (Pvt) Ltd
Tummikol ichga qabul qilish uchun eritma 120ml haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
TUMMIKOL
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma
Tarkibi
Har bir 10 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar
Poliz ukropi (Peucedanium graveolens Benth)74,8 mg
Qalampir yalpiz (Mentha piperita L.)74,8 mg
Damashq atirguli (Rosa damascena Mill)74,8 mg
Oddiy arpabodiyon (Foeniculum vulgare Mill)74,8 mg
Yordamchi moddalar
Sorbin kislotasi5,0 mg
Natriy benzoati5,0 mg
Saxaroza1,5 g
Ta'rifi biroz tovlanuvchi suyuqlik, o‘ziga xos xidli va shirin ta'mli
Farmakoterapevtik guruhi
tabiiy yel haydovchi vosita
Farmakologik xususiyatlari
Tabiiy o‘simlik preparati, bolalarda ovqat hazm qilishni buzilishlarida qo‘llanadi. Ta'siri asosan ichak spazmini bo‘shashtiradigan o‘tlar majmuasi bilan bog‘liqdir. Preparat tarkibidagi o‘tlar Ayuverdik retseptlarga muvofiq ravishda optimal nisbatda tanlangan.
Preparatlar tarkibidagi faol komponentlarining har birining farmakologik ta'siri quyidagicha
Poliz ukropi spazmolitik, yel haydovchi, ovqat hazm qilishni boshqaruvchi, dezinfektsiya qiluvchi, sut ajralishini kuchaytiruvchi va sedativ xususiyatlarga ega.
Qalampiri yalpiz spazmolitik, yel haydovchi, o‘t haydovchi, diareyaga qarshi, aromatik, tinchlantiruvchi, qusishga qarshi, mahalliy antiseptik, og‘riqsizlantiruvchi va qichishishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, yengil antianginal vositadir, chunki reflektor tarzda koronar tomirlarni kengayishini chaqiradi.
Damashq atirguli surgi, burishtiruvchi, yurakka va tonusga oshiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Oddiy arpabodiyon yel haydovchi, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, antispastik, siydik haydovchi, xayz ko‘rishni rag‘batlantiruvchi, yo‘talga qarshi, sut ajralishi kuchaytiruvchi, rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Ovqat hazm qilish tizimining ishini boshqaradi. Bolalardagi me'da-ichak yo‘llarini buzilishlarini davolash uchun qo‘llanadi. Qorindagi spazmlar, qorin sanchiqlari, meteorizm, diareya, qusish, tishlar yorib chiqishidagi og‘riqlarni yengillashtirish uchun samaralidir.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bolalarga
2 haftalikdan 4 haftalikkacha 1/2 choy qoshiq (2,5 ml) eritma har to‘rt soatda;
1 oylikdan 6 oylikkacha 1 choy qoshiq (5 ml) eritma har to‘rt soatda;
6 oylikdan va undan kattalarga 2 choy qoshiq (10 ml) eritma har to‘rt soatda buyuriladi.
Kattalarga 20 ml dan har to‘rt soatda yoki shifokor tavsiyasi bo‘yicha buyuriladi.
Qo‘llashdan oldin chayqating.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yo‘riqnomaga muvofiq preparat qo‘llanganda nojo‘ya ta'sirlari haqida ma'lumotlar bo‘lmagan. Preparatga yuqori sezuvchanlikda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yoki yordamchi moddalarning har qandayiga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
120 ml, 240 ml dan ichga qabul qilish uchun eritma, qahrabo rangli flakonlarda, karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarish kunidan boshlab 2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Qarshi Industries (Pvt) Lti.”,
Xattar, Pokiston
Tel.+92 42 111 200 300
Email imd@qarshi.com
URL www.qarshi.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.