|
|||||
|
|||||
|
|||||
|
Govmijjaga qarshi preparatlar: turlari va qo‘llanilishi
Govmijjaga qarshi dori vositalari soch follikulasi yoki yog‘ bezidagi yiringli yallig‘lanishni davolash uchun qo‘llaniladigan dorilar guruhidir. Ko‘zda govmijja paydo bo‘lishi tez-tez uchraydigan hodisa.
Govmijja o’zi nima va uni qanday davolash kerak?
Govmijja - bu ko‘pincha ko‘zdagi yumaloq yiringli hosilalar namoyon bo‘ladigan kasallik. U immunitet pasayishining belgisi bo‘lib, uni o‘z vaqtida davolash kerak.
Govmijjani ko‘pincha stafilokokk qo‘zg‘atadi. Bu kasallik yuqumli emas, lekin ancha noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. Uni davolash juda oson - ko‘zga to‘g‘ri maz yoki govmijjani davolaydigan tabletkalarini tanlash kifoya. Ammo o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanmasdan, shifokorga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
Govmijjaga qarshi qanday dorilar mavjud?
Govmijjaga qarshi dorilar sirtga qo‘llaniladigan vositalar, tomchilar va tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Davolashni boshlashdan oldin govmijjaning tashqi yoki ichki turiligini aniqlash kerak. Tashqi govmijjani davolash uchun mazlar qo‘llaniladi. Ichki govmijjani tabletka va tomchilar bilan davolash mumkin. Ko‘pgina dorilar qarshi ko‘rsatmalarga ega, shuning uchun mutaxassislar yordamiga murojaat qilish yaxshiroq. Govmijjaga qarshi preparatlar yoshga qarab ham farqlanadi. Bolalar uchun alohida dori vositalari ishlab chiqariladi, kattalar uchun dorilar esa kuchliroq tarkibga ega.
Toshkentda govmijjaga qarshi eng yaxshi dorilarni xarid qilish
PharmaClick.uz saytida govmijjaga qarshi eng samarali vositani qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Biz govmijjani davolaydigan dori vositalarining keng assortimentini taklif etamiz. Mos preparatni tanlang va bir necha oddiy bosqichda buyurtma bering. Bizda yetkazib berish Toshkent ichida siz ko‘rsatgan istalgan joygacha, boshqa shaharlarda esa - buyurtmani o‘zingiz olishingiz mumkin bo‘lgan hamkor dorixonalargacha amalga oshiriladi. Savollaringiz bo‘lsa, mutaxassislarimizga murojaat qiling.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.