Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Komezo kaps 20 mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Омепразол
Страна производитель
Индия
Дозировка
20 мг
Производитель
Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Komezotm - 20
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) omeprazol (omeprazole)
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda omeprazol B.F. (ichakda eruvchan qobiqli granulalar ko‘rinishida) 20 mg
Ta'rifi to‘q sariq/tiniq, deyarlioq, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan granulalar saqlovchi, «2» o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
me'da va o‘nikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vositalar, H+/K+-ATF-aza ingibitorlari.
ATX kodi A02VS01
Farmakologik xususiyatlari
Proton nasosi ingibitori– me'daning pariyetal hujayralarida H+/K+-ATF-aza fermentining faolligini tormozlaydi va shu yo‘l bilan xlorid kislotasining (HCl) sekretsiyasini so‘nggi bosqichini bloklab, kislota ishlab chiqarilishini pasaytiradi. Preparat olddori bo‘lib, pariyetal hujayralarning sekretor naychalarining kislotali muhitida faollashadi. Ta'sirlovchini qandayligidan qat'iy nazar bazal va rag‘batlantirilgan sekretsiyani pasaytiradi. Antisekretor samarasi 20 mg qabul qilinganidan keyin birinchi soatlar davomida boshlanadi va maksimum darajasiga 2 soatdan keyin erishiladi. Maksimal sekretsiyani 50% ga ingibirlanishi 24 soat davom etadi. Sutkada bir marta qabul qilish, me'daning kunduzgi va tungi sekretsiyasinibostirilishini ta'minlaydi. Davolashning 4 kunidan keyin samarasi o‘zining maksimumiga yetadi va qabul qilish tugagandan keyin 3-4 kun o‘tgach samara yo‘qoladi. 12 barmoq ichak yarasi bo‘lgan bemorlarda 20 mg omeprazol me'da ichidagi rN ni 3 darajasida 17 soat davomida tutib turadi.
Farmakokinetikasi
Omeprazol kislotali muhitda turg‘un emas. Me'dada kapsula tez parchalanib, maxsus qobiq bilan qoplangan mikrogranulalarni ajratib chiqaradi. Mikrogranulalarning qobig‘i o‘nikki barmoq ichakka tushganida ishqoriy muhitda tez eriydi. Bu preparatni yaxshi va asta-sekin so‘rilishini ta'minlaydi.
Omeprazol me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi va to‘liq so‘riladi. Terapevtik kontsentratsiyasining cho‘qqisiga, preparat qabul qilinganidan keyin 0,5-1 soat o‘tgach erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 90% ni tashkil qiladi.
Biokiraolishligi 30-40% ni tashkil qiladi. Preparatning biokiraolishligi keksa yoshli odamlarda va jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda oshadi, buyraklar faoliyatining yetishmovchiligi bunga ta'sir ko‘rsatmaydi. So‘rilganidan keyin omeprazol jigarda deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi.
Asosan buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida, ozgina qismi ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Me'da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi (shu jumladan qaytalanishlarni oldini olish), reflyuks-ezofagit, gipersekretor holatlar (Zollinger - Ellison sindromi, me'da-ichak yo‘llarining stress yaralari, poliendokrin adenomatoz, tizimli mastotsitoz); NYaQP-gastropatiyasi. Me'da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan infektsiyalangan bemorlarda Helicobacter pylori eradikatsiyasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kapsulalar butunligicha suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Me'da va o‘nikki barmoq ichak yarasida omeprazol kuniga 1 marta 20 mg (1 kapsula) dan ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Zarurati bo‘lganida dozani kuniga bir marta 2 kapsula (40 mg) gacha oshirish mumkin. O‘nikki barmoq ichak yarasining davolash kursi kamida 4 hafta, me'da yarasida – 6-8 hafta. Omeprazolning 20 mg dan qisqa (1-2 haftalik) davolash kursi gastritni davolashda qo‘llaniladi, giperatsidlikni, ta'sirlangan me'da simptomatikasini bartaraf qiladi.
Helicobacter pylori infektsiyasida quyidagi sxema ishlatiladi 2 hafta davomida omeprazol kuniga 20-40 mg dan, kuniga 2 marta 750 mg amoksitsillin bilan birga.
Zollinger-Ellinson sindromida boshlang‘ich doza - kuniga 1 marta 60 mg, dozani kuniga 3 marta 120 mg gacha oshirish mumkin. Agarda doza kuniga 80 mg dan yuqori bo‘lsa, unda uni bo‘lish va kuniga ikki marta, ertalab va kechqurun qabul qilish tavsiya qilinadi.
Reflyuks-ezofagitda va eroziv ezofagitda kuniga 20-40 mg dan 4-8 hafta davomida qabul qilinadi. Kislotaning aspiratsiyasini oldini olish uchun, profilaktika maqsadida omeprazol 40 mg dan kechqurun va operatsiyadan 1-4 soat oldin ertalab buyuriladi.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga tavsiya qilingan doza kuniga -20 mg ni tashkil qiladi. Agarda preparatning navbatdagi dozasi qabul qilinmagan bo‘lsa, davolash kursini ilgari buyurilgan dozalarda davom ettirish kerak. Zarurati bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan diareya yoki qabziyat, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm; kam hollarda - "jigar" fermentlarining faolligini oshishi, ta'mni buzilishi; ayrim hollarda – og‘izni qurishi, stomatit.
Qon yaratish a'zolari tomonidan alohida hollarda - leykopeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz.
Nerv tizimi tomonidan og‘ir yo‘ldosh somatik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda - bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘aluvchanlik, ilgari og‘ir jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda - entsefalopatiya.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan alohida hollarda - artralgiya, miasteniya, mialgiya. Teri qoplamalari tomonidan kam – teri toshmasi yoki qichishish.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, angionevrotik shish, isitma, bronxospazm.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalar, homiladorlik, laktatsiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ampitsillin efirlari, temir tuzlari, ketokonazolni so‘rilishini pasaytiradi (omeprazol me'daning pH oshiradi). Preparat sitoxrom P450 ingibitori hisoblanib, diazepam, bevosita antikoagulyantlar, fenitoinning (jigarda sitoxrom CYP2C19 yordamida metabolizmga uchraydigan dori vositalarning) kontsentratsiyasini oshirishi va chiqarilishini susaytirishi mumkin, bu ayrim hollarda bu dori vositalarning dozasini kamaytirishni talab qilishi mumkin. Ayni paytda omeprazolni 20 mg dozada sutkada 1 marta kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propranolol, etanol, siklosporin, lidokain, xinidin va estradiol bilan uzoq muddat qo‘llash, plazmada ularning kontsentratsiyasini o‘zgarishiga olib kelmagan. Bir vaqtda qabul qilinadigan antatsidlar bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Omeprazol bilan uzoq muddatli davolashda, o‘smani rivojlanishi mumkinligini istisno qilish uchun, bemorlarni kuzatish kerak. Omeprazol bilan davolash boshlaganidan keyin simptomatik yaxshilanish, xavfli o‘sma bor bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaydi, shuning uchun davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma mavjudligini (malignizatsiyani) istisno qilish kerak.
Omeprazol me'dani suyuq va quyuq ovqatdan bo‘shalishiga, ichki omil sekretsiyasiga, pepsinni ishlab chiqarilishiga ta'sir qilmaydi. Omeprazolni 14 kunlik qo‘llashdan keyin sog‘lom shaxslarda me'dada tirik bakteriyalarning soni ahamiyatli oshgan.
Davolash to‘xtatilganidan keyin barcha o‘zgarishlar 3 kun davomida me'yoriga keladi. Me'daning kislotaliligi pasayganida og‘iz orqali yuquvchi infektsiyalar (salmonellyoz) bilan kasallanish xavfi oshadi, chunki me'daning xlorid kislotasi bu bakteriyalarning, balki viruslarning ham asosiy iste'molchisidir. Shuning uchun immun tizimining patologiyasi bo‘lgan bemorlar uchun ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak (immunodepressantlarni qo‘llayotganlar va boshqalar).
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Omeprazolni ona sutiga o‘tishi noma'lum. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda jiddiy reaktsiyalar rivojlanishi mumkinligi tufayli, onaning omeprazolni qo‘llashi zarur bo‘lgan holda, emizishni to‘xtatish kerak.
Klinik ma'lumotlarning yo‘qligi tufayli, preparatni homiladorlikda, emizish davrida va bolalarga buyurish mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Uyquchanlik, holsizlik va markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa samaralarni o‘zida his qiluvchi shaxslarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Odamda yaxshi o‘zlashtiriladigan dozalari kuniga 360 mg gachani tashkil qiladi. Spetsifik antidoti yo‘q.
Dozani oshirib yuborilish simptomlari oftalmologik buzilishlar, uyquchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik, bosh og‘rig‘i, terlash, og‘iz qurishi, qusish, taxikardiya hisoblanadi.
Omeprazol oqsillar bilan kuchli bog‘langan va shuning uchun dializ samara bermaydi. Dozani oshirib yuborilish hollarida davolash simptomatik va hayotiy faoliyatni bir maromda saqlab turuvchi bo‘lishi kerak.
Chiqarilish shakli
Ichakda eruvchi kapsulalar blisterda №10, 3 blister qo‘llash bo‘yichasi yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda 3x10.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
BANSON Farmasyutikals PVT.LTD.
Rab.S-9 i10 Fokal Poent Nabxa – 147201
KARAN XELT KER (P) LTD uchun ishlab chiqariladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.