Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Proflosin kaps. 0.4mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тамсулозина гидрохлорид
Страна производитель
Германия
Дозировка
0,4 мг
Производитель
Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Ilova varaqaning mazmuni
1. Proflosin® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
2. Proflosin® preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
3. Proflosin® preparatini qanday qabul qilish kerak
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
5. Proflosin® preparatini saqlash sharoitlari
6.
Tarkibi
, ta'rifi va preparat bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot 1. Proflosin® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi Proflosin® preparatining ta'sir etuvchi moddasi 0,4 mg tamsulozin gidroxloridi hisoblanadi. Tamsulozin α1-adrenoretseptorlarning blokatori hisoblanadi. U prostata bezi va siydik yo‘llarining mushaklarini bo‘shashtiradi. Tamsulozin prostata bezining kattalshuvi (prostata bezining yaxshi sifatli o‘smasi) sababli kelib chiquvchi siydik ajralishining buzilishlarida qo‘llanadi. Mushaklarni bo‘shashtirib, preparat siydikni siydik chiqarish yo‘llari orqali oqib chiqishini yengillashtiradi va siyishga yordam beradi. 2. Proflosin® preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak Proflosin® preparatini quyidagi holatlarda • tamsulozinga yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentlariga allergiya bo‘lganida (6 bo‘limga qarang) (simptomlar yuz va tomoqni shishini (angionevrotik shishni) o‘z ichiga olishi mumkin); • anamnezda vertikal holatga o‘tish vaqtida bosh aylanishi, hushidan ketishdan oldingi holat yoki hushidan ketishga olib keluvchi arterial bosimini pasayishi; • og‘ir jigar kasalliklari bo‘lganida qo‘llash mumkin emas. Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari Proflosin® preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar berish kerak, agar • Sizda ayniqsa o‘rindan turganda bosh aylanishi yoki hushidan ketishdan oldingi holat bo‘lsa. Tamsulozin arterial bosimini pasaytirishi va shu bilan shunga o‘xshash simptomlarni chiqarishi mumkin. Bunday simptomlar paydo bo‘lganida ular o‘tib ketmaguncha o‘tirish yoki yotish kerak va turmaslik lozim. • Sizda og‘ir buyrak kasalliklari bo‘lsa. Agar buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lsa, tamsulozin normal dozada kutilgan samarani bermasligi mumkin. • Siz, ko‘z gavharini xiralashuvi (katarakta) tufayli operatsiya o‘tkazgan bo‘lsangiz yoki uni o‘tkazish lozim bo‘lsa. Bu operatsiya vaqtida ko‘zning rangdor pardasining intraoperatsion atonik sindromi deb ataladigan asorat paydo bo‘lishi mumkin (4 bo‘limga “Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari” qarang). Iltimos, oftalmologga, Siz hozirgi vaqtda tamsulozin gidroxloridini qo‘llayotganingiz yoki ilgari qo‘llaganingiz to‘g‘risida xabar bering. Bunday hollarda mutaxassis-shifokor qo‘llaniladigan dori vositalari va operatsiya usullariga oid kerakli ehtiyot choralarini ko‘rishi mumkin. Siz ko‘z gavharining xiralashuvi yoki ko‘z ichki bosimini oshishi (glaukoma) bilan bog‘liq operatsiya vaqtida ushbu dori vositasini qo‘llashni keyinga qoldirish yoki to‘xtatish kerakligini shifokordan aniqlab oling. Tamsulozin bilan davolashni boshlashdan oldin shifokor Sizdagi simptomlar haqiqatdan ham prostata bezining kattalashishi tufayli yuzaga kelganligiga ishonch hosil qilish uchun Sizni tekshirishi lozim. Bolalar va o‘smirlar Preparat mazkur yosh guruhi vakilariga ta'sir ko‘rsatmaydi, shu boisdan uchun bolalarda va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas. Proflosin® va boshqa dori vositalarni qabul qilish Tamsulozin boshqa dori preparatlarining samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin. O‘z navbatida, boshqa preparatlar ham tamsulozinning samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin. Tamsulozin quyidagilar bilan o‘zaro ta'sirga kirishishi mumkin • diklofenak (og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita). Bu preparat tamsulozinning organizmdan chiqarilishini tezlashtirib, uning ta'sir davomiyligini kamaytirishi mumkin. • varfarin (qon ivishini oldini oluvchi preparat). Bu preparat tamsulozinni organizmdan chiqarilishini tezlashtirib, uning ta'sir davomiyligini kamaytirishi mumkin. • α1-adrenoretseptorlarning boshqa blokatorlari. Ikkala preparat bir-biri bilan majmuada arterial bosimini pasaytirib, bosh aylanishi va hushidan ketishdan oldingi holatini chaqirishi mumkin. • ketokonazol, terining zamburug‘li infektsiyalarini davolash uchun qo‘llanadigan dori preparati. Ushbu dori preparati tamsulozinning ta'sirini kuchaytiradi. Agar Siz hozir boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki har qanday boshqa dori vositalarini qabul qilishingiz mumkinligi to‘g‘risida iltimos, o‘z shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering. Proflosin® preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan birga qabul qilish. Tamsulozinni nonushtadan keyin yoki kun davomida birinchi marta ovqatlanishdan keyin, bir stakan suv bilan qabul qilish kerak. Fertillik, homiladorlik va laktatsiya Tamsulozin ayollarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Erkaklarda eyakulyatsiyani buzilishi to‘g‘risida xabar berilgan. Bunday holatda sperma uretra orqali chiqarilmaydi, buning o‘rniga sperma qovuqga o‘tadi (retrograd eyakulyatsiya), shuningdek eyakulyatning hajmini kamayishi yoki uni yo‘qolishi (aneyakulyatsiya) to‘g‘risida xabar berilgan. Ushbu holat xavf tug‘dirmaydi. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarda hizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri Tamsulozinni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarda hizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilishi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas. Tamsulozin bosh aylanishi, hushidan ketishdan oldingi holatni keltirib chiqarishi mumkinligini unutmaslik lozim. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarda hizmat ko‘rsatishga, faqat Siz o‘zingizni normal sezgan holdagina ruxsat beriladi. 3. Proflosin® preparatini qanday qabul qilish kerak Doimo tamsulozinni davolovchi shifokorning tavsiyasiga muvofiq qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz, shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Oddatdagi doza – sutkada 1 marta bitta kapsuladan nonushtadan keyin yoki kun davomida birinchi marta ovqatlanishdan keyin buyuriladi. Kapsulani butunligicha bir stakan suv bilan yuting. Bunda o‘tirgan yoki turgan xolatda bo‘lish mumkin (lekin yotgan holatda emas). Kapsulani sindirish yoki maydalash mumkin emas, chunki bu tamsulozinning samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin. Agar Siz yengil yoki o‘rta darajali jigar yoki buyrak kasalliklari bilan xastalangan bo‘lsangiz, Siz tamsulozinni odatdagi dozada qabul qilishingiz mumkin. Agar Siz Proflosin® preparatini buyurilganidan yuqoriroq dozada qabul qilgan bo‘lsangiz Agar Siz tamsulozinni buyurilganidan yuqoriroq dozada qabul qilgan bo‘lsangiz, arterial bosimingiz keskin pasayishi mumkin. Bosh aylanishi, holsizlik va hushdan ketish, qusish va diareya paydo bo‘lishi mumkin. Past arterial bosimining salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun yotish, so‘ngra shifokor bilan bog‘lanish lozim. Shifokor Sizga arterial bosimini va organizmdagi suyuqlik miqdorini tiklaydigan dori preparatlarini buyurishi mumkin. Bundan tashqari, u organizmdagi muhim funktsiyalarni nazorat qilishi mumkin. Zarurati bo‘lganida, shifokor tamsulozinning qonga so‘rilishga ulgurmagan qismini yo‘qotish uchun me'dani yuvishni o‘tqazadi yoki surgi dori vositasini buyuradi. Agar Siz Proflosin® ni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini qoplash uchun preparatning ikki barobar dozasini qabul qilmang. Keyingi galda preparatni odatdagi dozada va odatdagi vaqtda qabul qiling. Agar Siz Proflosin® ni qabul qilishni to‘xtatsangiz Agar tamsulozin bilan davolash muddatidan oldin to‘xtatilgan bo‘lsa, patsiyentning shikoyatlari qayta paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tamsulozinni, hatto Sizda xech qanday shikoyatlar bo‘lmasa xam davolovchi shifokor buyurgan davomiylikda qabul qilish kerak. Agar Siz davolashni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, har kanday holatlarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Agar Sizda ushbu preparat bo‘yicha qandaydir savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing. 4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari Boshqa har qanday dori vositalari kabi, ushbu preparat ham, garchi ular hammada bo‘lmasada, nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Jiddiy nojo‘ya ta'sirlar kamdan-kam paydo bo‘ladi. Agar Sizda yuz yoki tomoqni shishi (angionevrotik shish) bilan kechuvchi og‘ir darajali allergik reaktsiyalar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling. Bunday holda tamsulozinni boshqa qabul qilmang («Proflosin® preparatini qo‘llash mumkin emas» 2-bo‘limga qarang). Tez-tez yuz beradigan nojo‘ya ta'sirlari (10 nafar patsiyentdan 1 nafarida kamrog‘ida kuzatilishi mumkin) Bosh aylanishi, ayniqsa tanani o‘tirgan yoki vertikal holatga o‘zgariltilganida kuzatiladi. Eyakulyatsiyani buzilishi (eyakulyatsiyani o‘zgarishi). Bunda sperma uretra orqali chiqarilmaydi, buning o‘rniga sperma qovuqga o‘tadi (retrograd eyakulyatsiya), shuningdek eyakulyatning hajmini kamayishi yoki uning yo‘qolishi (aneyakulyatsiya) to‘g‘risida xabar berilgan. Ushbu holat xavf tug‘dirmaydi. Ba'zida yuz beradigan nojo‘ya ta'sirlari (100 nafar patsiyentdan 1 nafaridan kamrog‘ida kuzatilishi mumkin) • Bosh og‘rig‘i • Yurak urishi (yurak faoliyatini tezlashishi yoki kuchayishini his etish) • Vertikal holatga o‘tganda bosh aylanishi, hushidan ketishdan oldingi holat yoki hushidan ketishgiga olib keluvchi arterial bosimini pasayishi (ortostatik gipotoniya) • Burun shilliq qavatini shishi va ta'sirlanishi (rinit) • Qabziyat • Diareya • Ko‘ngil aynishi • Qusish • Toshma • Eshakemi (terida pufaklar) • Holsizlik xissi (asteniya) • Qichishish Kam hollarda yuz beradigan nojo‘ya ta'sirlari (1000 nafar patsiyentdan 1 nafari kamrog‘ida uchraydi) • Hushdan ketish Juda kam hollarda yuz beradigan nojo‘ya ta'sirlari (1000 nafar patsiyentdan 1 nafaridan kamrog‘ida uchraydi) • Og‘riqli erektsiya (priapizm) • Terida, og‘iz bo‘shlig‘ida, ko‘z atrofi to‘qimalarida va jinsiy a'zolarda pufaklarni paydo bo‘lishi bilan kechuvchi jiddiy kasallik (Stivens-Djonson sindromi) Tez-tezligi noma'lumli (mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi) • Ko‘rishni hiralashishi • Ko‘rish qobiliyatini yo‘qolishi • Burundan qon ketishi (epistaksis) • Og‘izni qurishi • Terining og‘ir toshmalari (ko‘p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit) • Nomuntazam yurak ritmi (yurak bo‘lmachalarini lippilashi, aritmiya, taxikardiya), nafas olishni qiynlashishi (hansirash) • Ko‘z gavharini xiralashuvi (katarakta) yoki ko‘z ichki bosimini oshishi tufayli, ko‘zlardagi operatsiya vaqtida ko‘zning atonik rangdor pardasining intraoperatsion sindromi deb ataladigan asorat paydo bo‘lishi mumkin bunda ko‘z qorachig‘i kengayishi sustlashadi, ko‘zning rangdor pardasi (xalqa shaklidagi ko‘zning bo‘yalgan qismi) esa kuchsiz (atonik) bo‘lib qolishi mumkin. Batafsil axborot olish uchun «Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari» 2-bo‘limga qarang.
Nojo‘ya ta'sir
lari to‘g‘risida xabarlar Har qanday nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan bo‘lsa xam taaluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta'sirlari to‘g‘risida “Berlin-Xemi AG” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakalatxonasiga quyidagi manzil bo‘yicha xabar berishingiz mumkin Toshkent sh., 100015, Afrosiab ko‘ch., 12 (biznes markaz).
Nojo‘ya ta'sir
lari to‘g‘risida xabar berib, siz ushbu dori preparatining xavfsizligi bo‘yicha ko‘p ma'lumotlar yig‘ilishiga yordam berishingiz mumkin. 5. Proflosin® preparatini saqlash sharoitlari Ushbu preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin! 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Ushbu preparatni karton o‘ramda va blisterda yoki flakonda “yilgacha yaroqli” so‘zidan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin. Birinchi ikki raqami oyni, oxirgi to‘rt raqami esa yilni ko‘rsatadi.
Yaroqlilik muddati
ning tugash sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Yaroqlilik muddati
- 36 oy. Original o‘ramida saqlansin. Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlab yuborish mumkin emas. Keraksiz dori preparatini qanday utilizatsiya qilish yuzasidan dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi. 6.
Tarkibi
, ta'rifi va preparat bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot Proflosin® preparatining tarkibi • Preparatning ta'sir etuvchi moddasi 0,4 mg tamsulozin gidroxloridi hisoblanadi. • Boshqa komponentlar Granula yadrosi Mikrokristall sellyuloza (101 sinfi) Metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri (11), 30% li dispersiyasi Polisorbat 80 Natriy laurilsulfati Trietiltsitrat Talk Tozalangan suv. Granulalar qobig‘i Metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri (11), 30% li dispersiyasi Polisorbat 80 Natriy laurilsulfati Trietiltsitrat Talk Tozalangan suv. Kapsulalar (korpusining tarkibi) Temir III oksidi Titan dioksidi, Temir II, III oksidi Jelatin Kapsulalar (qopqog‘ining tarkibi) Indigokarmin - FD&C ko‘k № 2 Temir II, III oksidi Titan dioksidi Temir II oksidi, Jelatin Proflosin® preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagi Korpusi to‘q sariq rangli va qopqoqchasi och sariq rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsulalar oq yoki deyarli oq rangli granulalar bilan to‘ldirilgan. 10, 30 yoki 100 ajralib chiqishi modifikatsiyalangan kapsulalarni saqlovchi blisterlarda yoki PEVP konteynerlarda chiqariladi. Sotuvda barcha o‘lchamdagi o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin. Berish tartibi Dori vosita faqat shifokor retsepti bo‘yicha beriladi Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi Menarini Interneshnl Opereyshnz Lyuksemburg S.A. 1, Avenyu de la Gar 1611 Lyuksemburg, Lyuksemburg
Ishlab chiqaruvchi
lar Famar A.V.E. Antus ishlab chiqarish maydonchasi 7, Antusa strit, Afina GRETSIYA Sinton Ispaniya S.L. Kasteyo, 1 Poligono las Salinas 08830 Sant-Boy-de-Lobregat ISPANIYA Vakolatli vakili BERLIN-XEMI AG (MENARINI GRUPP) Gliniker Veg 125 12489 Berlin Germaniya O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili «Berlin-Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston, 100015, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 12 (biznes-markaz),

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.