Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Prostamol Uno kaps. №30
Nomi | Narx | |||||
Простамол Уно капс № 30 (34729С##2 254) |
UZS 149 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Простамол Уно капс № 30 (34729С##2 266) |
UZS 149 300
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Концентрированный экстракт плодов сабала
Страна производитель
Германия
Производитель
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Prostamol® uno
yumshoq kapsulalar 320 mg
Serenoa palmasi mevalaridan olingan ekstrakt
Iltimos, ushbu dori vositasini qo‘llashni boshlashdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumotlar saqlaydi.
Bu preparatni ushbu ilova-varaqada bayon etilgan ko‘rsatmalarga yoki shifokor yoki dorixona xodimining yo‘riqnomalariga qat'iy rioya qilgan holda qabul qilish kerak.
-Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Siz uni yana o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lishi mumkin.
-Agar Sizga qo‘shimcha ma'lumotlar yoki davolash bo‘yicha maslahatlar kerak bo‘lsa, dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
-Biron-bir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta'riflanmagan nojo‘ya ta'sirlarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.
-Agar Siz o‘zingizni yaxshi his etmasangiz yoki ahvolni yomonlashishini sezsangiz, davolovchi shifokorga xabar bering.
Ushbu ilova-varaqada quyidagi ma'lumotlar saqlanadi
1.Prostamol® uno nima va u nima uchun ishlatiladi
2.Prostamol® uno preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Prostamol® unoni qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar
5.Prostamol uno preparatini qanday saqlash kerak
6.O‘ramning ichidagisi va qo‘shimcha ma'lumotlar.
1. Prostamol® uno nima va u nima uchun qo‘llanadi
Prostamol® uno o‘simlikdan olingan urologik vosita (prostata bezi kasalliklarini davolash uchun dori preparati) bo‘lib, tarkibida o‘rmalovchi palma mevalarining ekstraktini (Serenoae repentis extractum) saqlaydi.
Prostamol® uno prostata bezini 1 va 2 bosqichlaridagi xavfsiz kattalashishi (kelib chiqishi xavfsiz bo‘lgan) oqibatida siyishni qiyinlashishidan aziyat chekuvchi erkaklarni davolash uchun ishlatiladi.
Prostata bezini xavfsiz kattalashishi (prostata bezini xavfsiz giperplaziyasi) ning bosqichlarini tasnifi
BosqichNomiSimptomlari
ITa'sirlanish bosqichi-Siydik chiqarilishini tutilishi
-Siyish vaqtini uzayishi va bo‘lib-bo‘lib siyish
-Siydik oqimini kuchsizlashishi
-Siyishlar sonini oshishi (ayniqsa tunda)
-Qovuqni to‘liq bo‘shashi
IIQoldiq siydik bosqichi-Siyishni yanada qiyinlashishi
-Qovuqni to‘liq bo‘shamasligi, qovuqda xatto siyishdan keyin xam qoldiq siydik qoladi
-Patsiyent qovuq to‘liq bo‘shamaganini his etadi
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida quyidagi simptomlar yuz berishi mumkin
• Tez-tez siyish, ayniqsa tunda
• Kuchsiz yoki uzuq-uzuq siydik oqimi
• Siydikni tomchilab chiqishi
• Qovuqni to‘liq bo‘shamaganlik hissi
• Siyish vaqtida og‘riq
• Jinsiy faoliyatni buzilishi
Bu simptomlarning ko‘pchiligi prostata bezining kattalashishi hisobiga siydik chiqarish kanalini (bu kanal orqali siydik qovuqdan oqib chiqadi) torayishi oqibatida kelib chiqadi.
Prostamol® uno prostata bezi to‘qimasini o‘sishini davom etishini oldini oladi.
Prostamol® uno jinsiy faoliyatga ta'sir qilmaydi.
Agar simptomlar kuchaysa yoki ahvolni yaxshilanishi yuz bermasa, shifokorga murojaat qilish lozim.
2. Prostamol® uno preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
Prostamol® unoni quyidagi holatlarda qabul qilish mumkin emas
Serenoa palmasi mevalari ekstrakti yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentiga (6 bo‘limda ko‘rsatilgan) allergiyada qo‘llash mumkin emas.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Prostamol® uno preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki dorixona xodimiga maslahat olish uchun murojaat qiling.
Prostamol® uno prostata bezining kattalashishidagi simptomlarni yengillashtiradi xolos. U prostata bezi kattalashishini ortga rivojlanishiga olib kelmaydi. Shuning uchun shifokor bilan muntazam ravishda maslahatlashish kerak.
Agar quyidagilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak
• Agar Sizda siydikda qon paydo bo‘lsa
• Agar Sizda doimiy siydikni tomchilab chiqishi o‘rin tutsa (qovuqni haddan tashqari to‘lib ketishi tufayli siydikni tutib tura olmaslik)
• Agar Sizda to‘satdan siya olmaslik (siydikni o‘tkir tutilishi) bilan birga siydik chiqarishga og‘riqli qistovlar paydo bo‘lsa.
Boshqa dori preparatlari va Prostamol® unoni qabul qilish
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri ma'lum emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Prostamol® uno transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz darajada ta'sir qiladi.
3. Prostamol® unoni qanday qabul qilish kerak
Bu preparatni ushbu ilova-varaqada bayon etilgan ko‘rsatmalarga yoki shifokor yoki dorixona hodimining yo‘riqnomalariga qat'iy rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Agar Sizda shubha tug‘ilsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Dozalash
Tavsiya qilinadigan doza Prostamol® unoning 1 yumshoq kapsulasidan har kuni, sutkaning ayni bir vaqtida qabul qilinadi. Yumshoq kapsula ovqatdan keyin, chaynamasdan va yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga yutiladi.
Davolash davomiyligi
Qo‘llash davomiyligi kasallikning turi, og‘irlik darajasi va kechishiga bog‘liq va vaqt bo‘yicha cheklanmagan. Davolash davomiyligi yuzasidan shifokor bilan maslahatlashing.
Prostamol® uno bilan davolash uzoq muddatli va doimiy hisoblanadi. Davolashni muvaffaqiyati uchun har kuni muntazam qabul qilish ayniqsa muhimdir. Simptomlarni yengillashishini taxminan, olti haftadan keyingina kutish mumkin. Preparatning ta'siri to‘laqonli namoyon bo‘lguncha taxminan uch oy o‘tishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlar
Prostamol® uno 18 yoshdan kichik bolalar va o‘smirlarga tasiya qilinmaydi.
Agar Siz Prostamol® uno ning tavsiya etilgan dozasini oshirib yuborgan bo‘lsangiz
Hozirgi vaqtgacha Prostamol® unoning dozasini oshirib yuborish hollari qayd etilmagan.
Agar Siz Prostamol® unoni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan qabulni kompensatsiya qilish uchun Prostamol® unoning ikki barobar dozasini qabul qilmang.
Agar Siz Prostamol® uno preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Agar Siz Prostamol® uno ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz simptomlar takroran paydo bo‘lishi mumkin.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar
Barcha dori preparatlari kabi ushbu preparat ham, garchi ular hammada xam yuz bermasada, nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin.
Kam paydo bo‘ladigan (1000 patsiyentdan 1 da kuzatilishi mumkin) nojo‘ya ta'sirlar
• Me'da va ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar me'da tomonidan nohush hislar
Nojo‘ya ta'sirlarni paydo bo‘lishi haqida xabar berish
Har qanday nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga xabar bering. Bu barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta'sirlarga ham taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta'sir to‘g‘risida “Berlin-Xemi” Kompaniyasining O‘zbekistondagi Vakolatxonasiga quyidagi manzilga Toshkent shahri, 100015, Afrosiyob ko‘ch., 12 (biznes markaz) xabar berishingiz mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlar to‘g‘risida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma'lumoti yig‘ishga yordam berishingiz mumkin.
5. Prostamol® uno ni qanday saqlash kerak
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Ushbu preparatni yig‘ma karton qutichada ko‘rsatilgan “Goden do” so‘zlaridan keyingi yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatmang.
Yaroqlilik muddati
ning o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning so‘nggi kuni hisoblanadi.
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin!
Dori vositasini kanalizatsiya orqali yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yubormang. Ishlatilmagan preparatni utilizatsiya qilish usuli to‘g‘risida dorixona xodimidan so‘rang. Ushbu chora-tadbirlar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi
Berish tartibi
Ushbu dori preparati shifokor retseptisiz beriladi
6.O‘ram ichidagisi va qo‘shimcha ma'lumotlar
Prostamol® uno preparatining tarkibi
-Bir kapsulada 320 mg Serenoa palmasi mevalari ekstrakti (9-111) saqlanadi.
-Boshqa komponentlar suktsinillangan jelatin, glitserin, titan dioksidi bo‘yovchisi
(E 171), temir (II) oksidi, temir (IV) oksidi (E 172), karmin laki (E 120).
Prostamol® uno preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Oval shaklli, tiniq bo‘lmagan, ikki xil qizil-qora rangli qobiqli, jigarrangdan to sarg‘ish yoki yashil-jigarranggacha bo‘lgan suyuqlik (moyli) saqlovchi yumshoq jelatin kapsulalar.
Konteyner sifatida bosib ochish uchun alyumin folga bilan qoplangan tiniq PVDX/PVX o‘rami ishlatiladi.
15, 30 va 60 ta yumshoq kapsula saqlovchi original o‘ramlar.
Savdoda barcha o‘lchamdagi o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin.
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
BERLIN-XEMI AG (Menarini Grupp)
Gliniker Veg 125, 12489 Berlin
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi
Qadoqlovchi
BERLIN-XEMI AG
Gliniker Veg 125,
12489 Berlin
GermaniyaMenarini-Fon Xeyden GmbX
Leyptsiger Shtrasse 7-13
01097 Drezden

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.