Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Порошок: клубней ятрышника мужского, семян астерканта длиннолистного, семян латука компасного
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Hindiston
Производитель
The Himalaya Drug Company
Chiqarillish shakli
Tabletkalar
Speman Forte tab. №100 haqida va yo'riqnoma
Savdo nomi
SPEMAN forte
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
Faol komponentlari
Kukunlar
Uxlatadigan vitaniya ildiziWithania somnifera L.39,0 mg
Uzun bargli asterkant urug‘iAstercantha longifolia (L.) Nees19,0 mg
Kompas latuk urug‘iLactuca scariola L.10,0 mg
Baxmal qichishtiruvchi loviya urug‘iMucuna pruriens (L.)DC. 10,0 mg
Mozaikali oltinMosaic gold 10,0 mg
Quruq ekstraktlar
Chiroyli argireya ildiziArgyreia spesiosa Sweet19,0 mg
Yerbag‘rli temirtikan mevalariTribulus terrestris L.19,0 mg
To‘rsimon leptadeniya poyasiLeptadenia reticulata W.Et A.19,0 mg
Marvarid parmeliya qavatiParmelia perlata (Huds.) Ach.10,0 mg
Ilon rauvolfiyasi ildiziRauwolfia serpentina (L.) Benth.ex Kurz18,75mg
Yordamchi moddalar
Magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, natriy karmelloza, kolloid kremniy dioksidi.
Ta'rifi
Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, och-jigarrangdan to to‘q-jigarranggacha rangli dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Erektsiya buzilishini davolash uchun preparat
ATX kodi G04BE30.
Farmakologik ta'siri
Speman forte – erkaklarning jinsiy faoliyatiga me'yorlashtiruvchi ta'sir ko‘rsatuvchi, o‘simliklardan olingan majmuaviy preparatdir. Speman forte bosh miya va orqa miyada joylashgan jinsiy faollik markazlarining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi, jinsiy rag‘batlantirishlar uchun qo‘zg‘alish bo‘sag‘asini oshiradi. Muddatidan oldin urug‘ning otilib chiqishini oldini oladi. Jinsiy aloqaning davomiyligini oshiradi. Jinsiy maylni pasaytirmaydi.
Qo‘llanilishi
Tezlashgan eyakulyatsiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik natijasida jinsiy aloqaning davomiyligini qisqarishi.
Qarilikdagi jinsiy faoliyatni buzilishida qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta 2-4 hafta davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
100 tabletkadan buraluvchi qopqoqli plastik flakonlarda. Flakonning og‘zi firma logotipi tushirilgan alyumin folga bilan qo‘shimcha berkitilgan. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, + 10°S dan +30°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘rami
da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Ximalayya Drag Ko.»,
Makali, Bangalor 562 123, Hindiston
www.himalayahealthcare.com
TM Savdo markasi
® Ro‘yxatga olingan savdo belgisi
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.