Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rotaprost kapsulalar №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пальмы ползучей плодов экстракт, крапивы корень, кикурбита пепо, цинк, селена сульфид
Страна производитель
Болгария
Производитель
Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Kendy LTD
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rotaprost
Dori shakli
qattiq jelatin kapsulalar.
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Pakana palma mevalarining (Serenoarepens) quruq ekstrakti80 mg;
Qovoq urug‘ining quruq ekstrakti 200 mg;
Qichitqi o‘t ildizining (Urticadioica) quruq ekstrakti150 mg;
Rux (tsink pikolinati shaklida) 0,105 mg;
Selen (natriy seleniti shaklida) 22,5 mkg;
yordamchi moddalar magniy stearati;
kapsula qobig‘ini tarkibi temir (II,III) oksidi, titan dioksidi, temir (III) oksidi, jelatin.
Ta'rifi №0 o‘lchamli, to‘q jigarrang rangli, oq rangli zarrachalari bilan birga to‘q sariq rangdan jigarrang ranggacha bo‘lgan kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
prostata bezining kasalliklaridan qo‘llanadigan preparat.
ATX kodi G04SX
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Rotaprost siydik chiqarish kanalini, prostata bezining havfsiz giperplaziyasi va prostatit bilan bog‘liq bo‘lgan funktsional buzilishlarida qo‘llanadi.
Pakana palmaning mevalari va qichitqi o‘t ildizining quruq ekstraktlari prostata bezining darajasida tanlab ta'sir ko‘rsatib, antiandrogen, yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi va antiproliferativ samaralar ko‘rsatadi. Bunda qon plazmasidagi jinsiy gormonlarning darajasiga ta'sir qilmaydi, potentsiya va libidoga ta'sir qilmaydi.
Mahalliy antiandrogen ta'sir mexanizmi digidrotestosteronni sintezini ingibitsiya bo‘lishi (5-alfa-reduktaza fermentini susayishi hisobiga) va uni sitozol retseptorlarga fiksatsiya bo‘lishi bilan ifodalanadi, bu gormonni yadroga kirishiga to‘sqinlik qiladi. Buning natijasida oqsil sintezi kamayadi.
Mahalliy yallig‘lanishga qarshi ta'sir mexanizmi Serenoarepens ekstrakti fosfolipaza A2 ning faolligini va araxidon kislotasini ajralib chiqishini ingibitsiya qilib, shu orqali yallig‘lanish mediatorlari hisoblangan prostaglandinlar va leykotriyenlar sintezini sintezini kamaytirish bilan ifodalanadi.
Birinchi hafta davolash davomida prostata bezida kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi va qon-tomirlar stazi kamayadi, shish va yallig‘lanish jarayoni kamayadi, qovuqning bo‘yni va siydik chiqarish kanalini kompressiyasi bartaraf bo‘lib, urodinamika ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
Preparatning mahalliy antiproliferativ ta'siri o‘sish omillari (birinchi navbatda epidermal va fibroblastik o‘sish omillari) ning faolligini pasayishi va prostata bezining hujayralarida apoptoz jarayonlarini tezlashishi bilan namoyon bo‘ladi, bu o‘sishni tormozlanishida va keyinchalik prostata bezining hajmini kamayishida aks etadi.
Qovoq urug‘ining quruq ekstrakti
Tokoferollar (alfa-, beta-, gamma-, sigma-, sigma-izomerlar) va karotinoidlarning miqdorini ko‘pligi biologik membranalarda yaqqol antioksidant ta'sir, lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayonlariga susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Qovoq urug‘larida mavjud bo‘lgan biologik faol moddalarning farmakologik hususiyatlarini yig‘indisi uning yallig‘lanishga qarshi va sitoprotektor ta'sirini belgilaydi. Antiandrogen hususiyatlarga ega bo‘lib, qovoq urug‘i ekstrakti prostata bezida hujaralar proliferatsiyasini pasaytiradi, mikrotsirkulyatsiyani va yallig‘lanishga qarshi ta'sirini yaxshilanishi tufayli, uning faoliyatini normallashtiradi.
Rux hujayra membranalarini barqarorlashtiradi, regeneratsiya jarayoniga, nerv impulslarini o‘tishiga ta'sir qiladi, immunitetning T-hujayralari bo‘g‘iniga immunomodulyator ta'sir ko‘rsatadi va nospetsifik immun himoya omillarini oshiradi.
Selen antioksidant ta'sir ko‘rsatadi, erkin radikallarni hosil bo‘lishini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan tashqi salbiy omillarni organizmga ta'sirini pasaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning ta'siri uning tarkibidagi komponentlarni umumiy ta'siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik tadqiqotlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
• prostata bezining havfsiz giperplaziyasini I va II darajasida siyishni buzilishi;
• prostatitda siyishni buzilishi;
• prostata bezining havfsiz giperplaziyasini jarrohlik yo‘li bilan davolashdan keyingi qaytalanishlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rotaprost preparati 1 kapsuladan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) buyuriladi. Kapsulalarni ovqatlanishdan qat'iy nazar, ichga, chaynamasdan, ozgina miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Davolash kursi kamida 30 kunni tashkil etadi. Optimal davolash sxemasi va takroriy davolash kurslari har bir holatda shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi va buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan kam hollarda – ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, gastralgiya (ayniqsa preparat och qoringa qabul qilinganida).
Boshqalar allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Rotaprost preparatini dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Anamnezida MIY kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Patsiyentning klinik holatini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparat qo‘llanmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Pediatriya amaliyotida preparatni qo‘llash havfsiziligi va samaradorligi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Rotaprost avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning katta miqdori ichga bexosdan qabul qilinganida me'dani yuvish kerak.
Chiqarilish shakli
Qattiq jelatin kapsulalar. 15 kapsula blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Rotafarm Limited», Buyuk Britaniya
(“Rotapharm Limited”, Great Britain).
Ishlab chiqarilgan
«Kendi Ltd», Bolgariya (8 Gurmazov shossesi, 2227 Bojurishte)
“Kendy Ltd”, Bulgaria (8 Gurmazovskoshose, 2227 Bozhurishte).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.