Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Простаты экстракт
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
20 мг
Производитель
Нижфарм
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Суппозитории ректальные
Vitaprost Forte rektal suppozitoriylar 20mg №10(Nijfarm) haqida va yo'riqnoma
Preparatning savdo nomi
Vitaprost Forte
Dori shakli
Rektal suppozitoriylar
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda prostata ekstrakti – 100 mg suvda eruvchan peptidlarga qayta hisoblaganda 20 mg);
yordamchi moddalar qattiq yog‘ (Vitepsol, markasi N 15, W 35; supposir, markasi N 15, NAS 50) - 1,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.
Ta'rifi
Sarg‘ish, och-sariq yoki kulrangroq oq rangligacha bo‘lgan, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriyning yuzasida oq dog‘ paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Surunkali prostatitni davolovchi vosita.
ATX kodi G04BX.
Farmakologik ta'siri
Vitaprost Forte prostata beziga organotrop ta'sirga ega. Prostata bezining shishi, leykotsitar infiltratsiya darajasini kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, atsinuslar shirasidagi letsitin zarrachalarining sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari asosida, Vitaprost Forteni prostata bezining hajmini o‘rtacha kamaytirishi isbotlangan. Preparat prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida obstruktiv va irritativ simptomatikaning yaqqolligini kamaytiradi, bu siydik oqimining maksimal va o‘rtacha hajm tezligini oshishi va qoldiq siydikning hajmini kamayishida ifodalanadi.
Vitaprost Forte qovuq devorida shikastlanmagan tomirlarning kengayishi (vazodilatatsiya samarasi) hisobiga qonning mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi, bu bilan gipoksiyaga uchragan to‘qimalarga kislorodning yetkazilishini tiklanishiga yordam beradi, bu fiziologik reparatsiyani rag‘batlantiradi. Qovuq devorini trofik jarayonlarini yaxshilashi va regeneratsiya jarayonlarini rag‘batlantirishi hisobiga yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. A'zodagi qon oqimini faollashishi, qovuqning hajmini oshirib detruzorning adaptatsion va qisqaruvchanlik faolligini yaxshilanishiga yordam beradi.
Detruzorning ishemiyasini pasayishi bilan qovuqning giperreaktivligining yaqqol pasayishini tushuntirish mumkin, u Vitaprost Forteni qo‘llash tugaganidan keyin ham davom etadi.
Vitaprost Forte prostata bezi va eyakulyat ko‘rsatkichlarini normallashishiga yordam beradi. Og‘riq va diskomfortni kamaytiradi, dizurik ko‘rinishlarni yo‘qotadi, kopulyativ faoliyatni yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi
Surunkali prostatit.
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi.
Siydikni urgent (imperativ) tutib turaolmaslikni, siyishga urgent (imperativ) qistovlarni va klimakterik va postklimakterik davrdagi ayollarda qovuqning yuqori
faolligini asoratlanmagan shakllaridagi tezlashgan siyishni davolash.
Prostata bezidagi jarrohlik aralashuvlardan oldingi va keyingi holatlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal buyuriladi. Ichak o‘z-o‘zidan bo‘shalganidan keyin yoki tozalovchi klizmadan so‘ng 1 suppozitoriydan kuniga bir marta qo‘llanadi. Kiritilganidan so‘ng patsiyentni 30-40 minut davomida o‘rinda yotishi maqsadga muvofiqdir.
Davolash kursi davomiyligini shifokor belgilaydi. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida Vitaprost Forte preparati bilan minimal davolash kursi davomiyligi - 15 kun, surunkali prostatitda - 10 kun, giperreaktiv qovuqda – 20 kunni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'siri
Juda kam hollarda- allergik reaktsiyalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Vitaprost Forte preparatini dozasini oshirib yuborilish hollari haqida xabar berilmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri yoki nomutanosibligi hollari ta'riflanmagan.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 20 mg. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda.
Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
20°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘rami
da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin preparat ishlatilmasin.
Berish tartibi
Retseptsiz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.