Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Belgiya
Производитель
Pfizer MFG Belgium NV
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Tomir ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat
Solu-Medrol eritma tayyorlash uchun liofilizat erituvchi bilan 500mg №1 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Tavsiya etiladigan davolash sxemalari
- Revmatik kasalliklar
- Tizimli qizil yugurik
- Tarqoq skleroz
- Shishish holatlari, masalan, glomerulonefrit, yugurikli nefrit
Preparatning savdo nomi
Solu-Medrol®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metilprednizolon
Dori shakli
vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.
Tarkibi
Liofilizat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 40 mg, 125 mg, 250 mg, 500 mg, 1000 mg metilprednizolon (metilprednizolon natriy suktsinat ko‘rinishida);
yordamchi moddalar natriy digidrofosfat monogidrati, natriy gidrofosfati.
Erituvchi 9 mg benzil spirti, in'ektsiya uchun suv q.s. 1 ml gacha.
Ta'rifi
• Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun 40 mg, 125 mg, 250 mg liofilizat liofilizatsiya qilingan kukun yoki oq yoki deyarli oq rangli g‘ovaksimon massa. Erituvchi – tiniq rangsiz eritma.
• Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun 500 mg va 1000 mg liofilizat liofilizatsiya qilingan kukun yoki oq yoki deyarli oq rangli g‘ovaksimon massa. Erituvchi – kuchsiz benzil spirti hidiga ega tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
glyukokortikosteroid vosita.
ATX kodi H02AB04.
Farmakologik xususiyatlari
Preparat vena ichiga (v/i) va mushak ichiga (m/i) yuborish uchun sintetik glyukokortikosteroid (GKS) bo‘lgan metilprednizolonning in'ektsiya shaklidir.
Farmakodinamika
si
Metilprednizolon hujayra membranalari orqali o‘tadi va spetsifik sitoplazmatik retseptorlar bilan komplekslarni hosil qiladi. So‘ngra ushbu komplekslar hujayra yadrosiga o‘tib, DNK (xromatin) bilan bog‘lanadi va mRNK transkriptsiyasini hamda turli fermentlarning keyingi sintezini rag‘batlantiradi, tizimli qo‘llanganida metilprednizolonning samarasi ana shu bilan tushuntiriladi. Metilprednizolon nafaqat yallig‘lanish jarayoniga va immun javobiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi, balki uglevod, oqsil va yog‘ almashinuviga ham ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, u yurak-qon tomir tizimiga, skelet mushaklariga va markaziy nerv tizimiga ta'sir ko‘rsatadi.
Metilprednizolonni qo‘llash uchun ko‘rsatmalarning ko‘pchiligi uning yallig‘lanishga qarshi, immunodepressiv va allergiyaga qarshi xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Ushbu xususiyatlar tufayli quyidagi terapevtik samaralariga erishiladi
• yallig‘lanish o‘chog‘i yaqinida immunitetga nisbatan faol hujayralar miqdorini kamayishi;
• vazodilatatsiyani kamayishi;
• lizosomal membranalarni barqarorlashishi;
• fagotsitozni ingibitsiya qilinishi;
• prostaglandinlar va ularga yaqin bo‘lgan birikmalarni hosil bo‘lishini kamayishi.
Metilprednizolon kuchli yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega bo‘lib, ayni paytda uning faolligi prednizolon faolligidan yuqori, suv va natriy ionlarini tutilishini chaqirish xususiyati esa prednizolonga nisbatan past bo‘ladi.
Metilprednizolon natriy suktsinatining metabolizmi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir mexanizmi metilprednizolon metabolizmiga va yallig‘lanishga qarshi ta'sir mexanizmiga o‘xshash. Ekvivalent miqdorlarini parenteral yuborilganida har ikkala birikmalarning biologik faolligi bir xil bo‘lgan. Vena ichiga yuborilganida eozinofillar sonini kamaytirish bo‘yicha hisoblangan metilprednizolon natriy suktsinati va gidrokortizon natriy suktsinati faolligining nisbati kamida 41 ni tashkil etadi. Bu peroral yuborilganida metilprednizolon natriy suktsinati va gidrokortizon natriy suktsinatining nisbiy faolligi bo‘yicha ma'lumotlariga yaxshi korrelyatsiyalanadi. Metilprednizolonning 4 mg dozasi 20 mg gidrokortizon kabi xuddi shunday glyukokortikosteroid (yallig‘lanishga qarshi) ta'sir ko‘rsatadi. Metilprednizolon faqatgina sezilarli bo‘lmagan mineralokortikosteroid faolligiga ega (200 mg metilprednizolon 1 mg dezoksikortikosteronga ekvivalentdir).
Metilprednizolon ko‘proq qo‘l va oyoqlarning yog‘ kletchatkasiga tarqaladigan lipolitik faollikka ega. Bundan tashqari, metilprednizolon ko‘proq ko‘krak qafasi, bo‘yin va bosh sohasini qamrab oladigan lipogen ta'sirni namoyon qiladi. Bularning hammasi patsiyent organizmida yog‘ deposining qayta taqsimlanishiga olib keladi.
Metilprednizolon oqsillarga nisbatan katabolik ta'sir ko‘rsatadi. Ajralib chiquvchi amonokislotalar jigarda glyukoneogenez jarayonida glyukoza va glikogenga aylanadi. Periferik to‘qimalarda glyukozani iste'mol qilinishi pasayadi, bu ayniqsa qandli diabetni rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarda giperglikemiya va glyukozuriyaga olib kelishi mumkin.
Metilprednizolonning maksimal farmakologik faolligi qon plazmasida kontsentratsiyaning yuqori nuqtasida emas, balki undan keyin namoyon bo‘ladi, demak metilprednizolonning ta'siri birinchi navbatda uning fermentlar faolligiga ta'siridan kelib chiqadi.
Farmakokinetikasi
Har qanday yuborish usulida metilprednizolon natriy suktsinati faol shakli bo‘lgan erkin metilprednizolonni hosil qilgan holda xolinesterazlar ta'sirida sezilarli darajada va tezda gidrolizga uchraydi. Vena ichiga 20 minut davomida 30 mg/kg dozada yoki 30-60 minut davomida 1 g dozada infuziyadan keyin taxminan 15 minutdan so‘ng qon plazmasida metilprednizolonning eng yuqori kontsentratsiyasiga (taxminan 20 mkg/ml) erishiladi. Vena ichiga 40 mg metilprednizolon bolyusli yuborilganidan keyin taxminan 25 minut o‘tgach, uning qon plazmasida 42-47 mkg/100 ml ga teng bo‘lgan eng yuqori kontsentratsiyasiga erishiladi. Mushak ichiga 40 mg yuborilganida 120 minutdan keyin metilprednizolonning 34 mkg/100 ml ga teng kontsentratsiyasiga erishiladi. Mushak ichiga yuborilganida vena ichiga yuborilishiga nisbatan kontsentratsiyaning ancha past bo‘lgan yuqori cho‘qqisiga erishiladi. Qon plazmasidagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) mushak ichiga 40 mg metilprednizolon natriy suktsinati yuborilganidan keyin 1 soat o‘tgach erishiladi va 454 ng/ml ni tashkil etadi. 12 soatdan keyin qon plazmasida metilprednizolonning kontsentratsiyasi 31,9 ng/ml gacha pasayadi, 18 soatdan keyin esa metilprednizolon qonda topilmaydi. «kontsentratsiya-vaqt» egri chizig‘i ostidagi maydonlarni taqqoslash metilprednizolon natriy suktsinatning ekvivalent dozalarini vena ichiga va mushak ichiga yuborilganida ta'sir samaradorligini bir xilligini ko‘rsatadi.
Agar metilprednizolonning ekvivalent miqdori yuborilgan bo‘lsa, mushak ichiga yuborilganidan keyin preparat vena ichiga yuborilganiga nisbatan qon plazmasida uzoqroq vaqt davomida bo‘ladi. Metilprednizolonning ta'sir etish mexanizmini e'tiborga olib, ushbu farqlar minimal klinik ahamiyatga ega deb hisoblash mumkin.
Klinik samarasi odatda preparat yuborilganidan keyin 4-6 soatdan so‘ng kuzatiladi. Bronxial astmani davolashda birinchi ijobiy natijalar 1-2 soatdan keyinoq aniqlanadi. Farmakoterapevtik ta'siri, hatto qon plazmasida metilprednizolonning kontsentratsiyasi aniqlanmagan taqdirda ham saqlanib qoladi. Metilprednizolonning yallig‘lanishga qarshi faolligini davomiyligi gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi (GGB) tizimini susayish davomiyligiga taxminan teng.
Taqsimlanishi. Metilprednizolon organizm to‘qimasida faol taqsimlanadi, gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi va ona sutiga ajralib chiqadi. Taqsimlanish hajmi taxminan 1,4 ml/kg ga teng. Metilprednizolonning qon plazmasi oqsillari (albumin va kortikosteroid-bog‘lovchi globulin) bilan bog‘lanishi – taxminan 40 - 90 % ni tashkil etadi.
Metilprednizolonning metabolizmi jigarda, ko‘proq CYP3A4 izofermenti yordamida amalga oshiriladi hamda bu jarayon kortizolning metabolizmi bilan sifat jihatidan o‘xshash bo‘ladi. Asosiy metabolitlari bo‘lib 20β-gidroksimetilprednizolon va 20-gidroksi-6-metilprednizolon hisoblanadi.
CYP3A4 izofermentining boshqa ko‘plab substratlari kabi metilprednizolon shuningdek to‘qimalarda taqsimlanishiga va boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siriga ta'sir ko‘rsatuvchi P-glikoproteinining ATF bilan bog‘liq transport oqsillarining substrati bo‘lishi mumkin.
Metilprednizolon CYP3A4 izofermentining substratidir. CYP3A4 izofermenti katta yoshdagi odam jigaridagi eng ko‘p tarqalgan CYP izofermentlarining kichik oilasidagi asosiy izofermenti bo‘lib hisoblanadi. Ushbu izoferment – ham endogen, ham sintetik GKS metabolizmi I fazasining asosiy bosqichini steroidlarni beta-gidroksillanishni kataliz qiladi. Boshqa ko‘plab birikmalar ham shuningdek CYP3A4 izofermentining substratlari bo‘lib hisoblanadi, ularning ayrimlari (boshqa preparatlar kabi) CYP3A4 izofermentini induktsiya yoki ingibitsiya qilish yordamida metilprednizolonning metabolizmiga ta'sir qiladi («Dorilarning o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang).
Chiqarilishi. Metilprednizolon natriy suktsinatni qon plazmasidan chiqarilish davri (T1/2) 2,3-4 soatni tashkil etadi, va ehtimol, yuborish yo‘liga bog‘liq bo‘lmaydi. Umumiy klirensi 5-6 ml/min/kg. Metilprednizolon – oraliq (o‘rtacha) ta'sir davomiyligiga ega GKS. Uning odam organizmidan yarim chiqarilish davri – T1/2 12-36 soatni tashkil etadi. Hujayra ichidagi faolligi hisobiga metilprednizolonni qon plazmasidan yarim chiqarilish davri T1/2 va umuman organizmdan chiqrilish davri T1/2 orasida yaqqol farq aniqlanadi. Metabolitlar asosan buyrak orqali ham bog‘lanmagan holda, ham asosan jigarda va qisman buyrakda hosil bo‘ladigan glyukuronidlar va sulfatlar shaklida chiqariladi. Vena ichiga uglerod 14S bilan nishonlangan metilprednizolon yuborilganidan keyin umumiy radioaktiv moddaning 75 % buyrak orqali 96 soat davomida, 9 % ichak orqali 5 kun davomida chiqariladi, hamda 20 % safroda aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
Asoratlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan qo‘llash kerak.
1. Endokrin kasalliklar
• Birlamchi va ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi (zarurat bo‘lganida mineralokortikosteroidlar bilan birgalikda, ayniqsa pediatriya amaliyotida qo‘llaniladi).
• O‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi (mineralokortikosteroidlarni qo‘shish zarurati yuzaga kelishi mumkin).
• Buyrak usti bezi yetishmovchiligi oqibatidagi shok yoki buyrak usti bezi yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin bo‘lganda odatdagi usullar bilan davolab bo‘lmaydigan shok (agar mineral kortikosteroid ta'sir nomaqbul bo‘lsa).
• Operatsiyadan oldingi davrda, og‘ir travma yoki og‘ir kasallikda, buyrak usti bezi yetishmovchiligi aniqlangan yoki shubha qilingan bemorlarda.
• Buyrak usti bezi tug‘ma giperplaziyasi.
• Nim o‘tkir tireoidit.
• Onkologik kasallik fonidagi giperkaltsiyemiya.
2.
Revmatik kasalliklar
(o‘tkir holatdan chiqarib olish uchun yoki kasallikni zo‘rayishida qisqa muddatli qo‘shimcha davolash sifatida)
• Posttravmatik osteoartrit.
• Osteoartritda sinovit.
• Revmatoid artrit, jumladan yuvenil revmatoid artrit (alohida hollarda quyi dozalar bilan samarani tutib turuvchi davolash talab qilinishi mumkin).
• O‘tkir va nim o‘tkir bursit.
• Epikondilit.
• O‘tkir nospetsifik tendosinovit.
• O‘tkir podagrik artrit.
• Psoriatik artrit.
• Ankilozlovchi spondilit.
3. Biriktiruvchi to‘qimalarning tizimli kasalliklari (zo‘rayish davrida yoki ayrim hollarda samarani tutib turuvchi davolash sifatida)
•
Tizimli qizil yugurik
(va yugurikli nefrit).
• O‘tkir revmokardit.
• Tizimli dermatomiozit (polimiozit).
• Nodoz periarteriit.
• Gudpascher sindromi.
4. Teri kasalliklari
• Pufakchali qavariq.
• Og‘ir ko‘p shaklli eritema (Stivens-Djonson sindromi).
• Eksfoliativ dermatit.
• Og‘ir psoriaz.
• Gerpes shaklli bullyoz dermatit.
• Og‘ir seboreyali dermatit.
• Zamburug‘simon mikoz.
5. Allergik holatlar (odatdagi davolash samara bermaydigan og‘ir yoki nogironlikka olib keluvchi holatlar)
• Bronxial astma.
• Kontaktli dermatit.
• Atopik dermatit.
• Zardob kasalligi.
• Mavsumiy yoki yil bo‘yi davom etadigan allergik rinitlar.
• Dori vositalariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
• Eshakemi tipidagi posttransfuzion reaktsiyalar.
• Halqumning o‘tkir noinfektsion shishi.
6. Ko‘z kasalliklari (ko‘zni shikastlanishi bilan kechuvchi og‘ir o‘tkir va surunkali allergik va yallig‘lanish jarayonlari)
• Herpes zoster ning ko‘z shakli.
• Irit va iridotsiklit.
• Xorioretinit.
• Diffuz orqa uveit va xorioidit.
• Ko‘rish nervining nevriti.
• Simpatik oftalmiya.
• Old segmentining yallig‘lanishi.
• Allergik kon'yunktivit.
• Ko‘z shox pardasining chekka allergik yaralari.
• Keratit.
7. Me'da-ichak yo‘llarining kasalliklari (bemorni og‘ir holatdan chiqarib olish uchun)
• Yarali kolit.
• Regionar enterit.
8. Nafas yo‘llarining kasalliklari
• Simptomatik sarkoidoz.
• Berillioz.
• Yashin tezligida kechuvchi va disseminatsiyalangan o‘pka tuberkulyozi tegishli tuberkulyozga qarshi kimyo terapiyasi bilan birga.
• Boshqa vositalar bilan davolab bo‘lmagan Leffler sindromi.
• Aspiratsion pnevmonit.
9. Gematologik kasalliklar
• Ortirilgan (autoimmun) gemolitik anemiya.
• Kattalarda idiopatik trombotsitopenik purpura (faqat vena ichiga yuboriladi; mushak ichiga yuborish mumkin emas).
• Kattalarda ikkilamchi trombotsitopeniya.
• Eritroblastopeniya (eritrotsitar anemiya).
• Tug‘ma (eritroidli) gipoplastik anemiya.
10. Onkologik kasalliklar (palliativ terapiya sifatida)
• Kattalarda leykozlar va limfomalar.
• Bolalarda o‘tkir leykozlar.
• Terminal bosqichdagi onkologik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda hayot sifatini yaxshilash uchun.
11. Shish sindromi
• Uremiyasiz nefrotik sindromi bo‘lgan bemorlarda diurezni rag‘batlantirish va proteinuriyani remissiyasiga erishish uchun.
12. Nerv tizimi
• Birlamchi yoki metastazali o‘sma oqibatidagi va/yoki jarrohlik yoki nur bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan bosh miya shishi.
•
Tarqoq skleroz
ni zo‘rayishi.
• Orqa miyaning o‘tkir travmatik shikastlanishlari. Davolashni yuz bergan travmadan keyin dastlabki 8 soatda boshlash lozim.
13. Qo‘llash uchun boshqa ko‘rsatmalar
• Subaraxnoidal blokli tuberkulyozli meningit yoki blok xavfi bo‘lganida (tegishli tuberkulyozga qarshi kimyo terapiyasi bilan birgalikda).
• Nerv tizimi yoki miokard shikastlanishi bilan kechuvchi trixinellyoz.
• A'zolar transplantatsiyasi.
• Onkologik kasalliklar yuzasidan kimyo terapiyasi bilan bog‘liq ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish.
Bolalarda qo‘llanishi
Bolalarda preparatni o‘sish davrida qo‘llash faqat mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha va davolovchi shifokorning alohida sinchkov kuzatuvi ostida amalga oshirilishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
SOLU-MEDROL® preparatini vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladigan in'ektsiya ko‘rinishida yoxud vena ichiga yuboriladigan infuziya ko‘rinishida yuborish mumkin, ammo shoshilinch holatlarda davolashni vena ichiga yuboriladigan in'ektsiyadan boshlash afzalroqdir. Bolalarga kichikroq dozalarni (ammo sutkada 0,5 mg/kg kam emas) yuborish lozim, biroq dozani tanlashda bemorning yoshi va tana vaznini emas, balki birinchi navbatda holatning og‘irlik darajasini va bemorning davolashga nisbatan reaktsiyasini hisobga olinadi.
HAYoTGA XAVF TUG‘DIRUVChI HOLATLARDA QO‘ShIMChA DAVOLASh SIFATIDA QO‘LLASh
Tana vaznining har bir kilogrammiga 30 mg dozada vena ichiga kamida 30 minut davomida yuboriladi. Ushbu dozani yuborishni ko‘pi bilan 48 soat davomida har 4-6 soatda takrorlash mumkin.
Kortikosteroid davolash samarali bo‘ladigan kasalliklarni davolashda, kasallik xuruj qilganida va/yoki standart davolash samarasiz bo‘lganida PULS-TERAPIYa o‘tkaziladi.
Tavsiya etiladigan davolash sxemalari
Revmatik kasalliklar
1-4 kun davomida sutkada 1 g dozada v/i yoki 6 oy davomida 1 oyda 1 g v/i
Tizimli qizil yugurik
3 kun davomida sutkada 1 g dozada v/i
Tarqoq skleroz
3 yoki 5 kun davomida sutkada 1 g dozada v/i
Shishish holatlari, masalan, glomerulonefrit, yugurikli nefrit
4 kun davomida kunora 30 mg/kg dozada v/i yoki
3, 5 yoki 7 kun davomida sutkada 1 g dozada v/i
Yuqorida ko‘rsatilgan dozalarni kamida 30 minut davomida yuborish lozim, agar davolash o‘tkazilganidan keyin bir hafta ichida yaxshilanishga erishilmasa yoki agar bemorning holati buni talab qilsa, preparatni yuborishni takrorlash mumkin.
TERMINAL BOSQIChDAGI ONKOLOGIK KASALLIKLAR– HAYoT SIFATINI YaXShILASh UChUN
8 hafta davomida har kuni sutkada 125 mg dozada vena ichiga yuboriladi.
ONKOLOGIK KASALLIKLAR YuZASIDAN O‘TKAZILADIGAN KIMYoTERAPIYa BILAN BOG‘LIQ KO‘NGIL AYNIShI VA QUSIShNI OLDINI OLISh
Sezilarli bo‘lmagan yoki o‘rtacha ifodalangan qusish ta'siriga ega bo‘lgan preparatlar bilan kimyoterapiya o‘tkazilganida kimyoterapevtik preparat yuborilishiga qadar bir soat oldin, kimyo terapiyani boshida, shuningdek u tugaganidan so‘ng kamida 5 minut davomida 250 mg ni vena ichiga yuboriladi. Ta'sirni kuchaytirish uchun SOLU-MEDROL® preparatining birinchi dozasi bilan birgalikda xlorfenotiazin preparatlarini yuborish mumkin.
Kuchli qusish ta'siriga ega bo‘lgan preparatlar bilan kimyoterapiya o‘tkazilganida kimyoterapevtik preparat yuborilishidan bir soat oldin metoklopramid yoki butirofenonning tegishli dozalari bilan birga kamida 5 minut davomida 250 mg vena ichiga yuboriladi, so‘ngra kimyoterapiyani boshida va u tugaganidan so‘ng 250 mg dan vena ichiga yuboriladi.
ORQA MIYaNING O‘TKIR TRAVMATIK JAROHATLARI
Davolashni travmadan keyin birinchi 8 soatda boshlash zarur. Tana vaznining har bir kilogrammiga 30 mg miqdorda 15 minut davomida vena ichiga bolyusli yuborish tavsiya etiladi, so‘ngra 45 minut tanaffus qilinadi, undan keyin esa 23 soat davomida (agar davolash travmadan keyin birinchi 3 soatda boshlangan bo‘lsa) yoki 47 soat davomida (agar davolash travmadan keyin birinchi 3-8 soatda boshlangan bo‘lsa) soatiga 5,4 mg/kg dozada uzluksiz infuziya o‘tkaziladi. Preparatni izolyatsiya qilingan venaga infuziya nasosi yordamida yuborish lozim.
BOSHQA KO‘RSATMALARDA boshlang‘ich doza kasallikning xarakteriga bog‘liq holda vena ichiga 10-500 mg ni tashkil etadi. Og‘ir o‘tkir holatlarda qisqa kurs uchun preparatning yuqoriroq dozalari talab qilinishi mumkin. 250 mg dan ortiq bo‘lmagan boshlang‘ich dozani vena ichiga kamida 5 minut davomida yuborish lozim, 250 mg dan yuqori dozalar kamida 30 minut davomida yuboriladi. Keyingi dozalar vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi, bunda yuborilishlar orasidagi intervallarning uzoqligi bemorning davolashga nisbatan reaktsiyasiga va bemorning klinik holatiga bog‘liqdir.
Eritmalarni tayyorlash
Parenteral yuborish uchun preparatlarni imkon doirasida rangi o‘zgarishi yoki zarrachalarni paydo bo‘lishi yuzasidan vizual tekshirish lozim.
a) Ikki sig‘imli Act-0-Vialflakoni
1. Erituvchi quyi sig‘imga oqib tushishi uchun plastik aktivatorni bosing.
2. Liofilizat erimaguncha flakonni ehtiyotkorlik bilan tebrating.
3. Tiqin markazini yopib turuvchi plastik diskni olib tashlang.
4. Tiqin yuzasiga antiseptik bilan ishlov bering.
5. Tiqin markazini igna bilan igna uchi ko‘rinib turadigan holda teshing. Flakonni ag‘daring va shprits bilan eritmaning kerakli miqdorini tortib oling.
b) Flakon
Aseptikaga rioya etgan holda erituvchini liofilizatli flakonga yuboring. Faqat maxsus erituvchini ishlating.
v) Vena ichiga infuziyani amalga oshirish uchun eritmani tayyorlash
Eritmani yuqorida ko‘rsatilganidek tayyorlang. Preparat shuningdek preparatning dastlabki eritmasini dekstrozaning suvdagi 5 % li eritmasi bilan, fiziologik eritma bilan, dekstrozaning 0,45 yoki 0,9 % li natriy xlorid eritmasidagi 5 % li eritmasi bilan aralashtirish yo‘li orqali olingan suyultirilgan eritmalar ko‘rinishida yuborilishi mumkin. Tayyorlangan eritmalar 12 soat davomida fizik va kimyoviy jihatdan barqarordir.
Nojo‘ya ta'sirlari
SOLU-MEDROL® preparatini qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan usullarda (intratekal/epidural) yuborilganida quyidagi noxush reaktsiyalar araxnoidit, me'da-ichak yo‘llari/qovuq faoliyatini buzilishlari, bosh og‘rig‘i, meningit, paraparez/paraplegiya, titroq, sezuvchanlikni buzilishi qayd etilgan. Mazkur reaktsiyalarning tez-tezligi noma'lum.
Suv-elektrolit almashinuvi tomonidan natriyni tutilishi, organizmda suyuqlik va tuzlarni tutilishi, kaliyni yuqori darajada chiqarilishi, gipokaliyemik alkaloz.
Qon va limfa tizimlari tomonidan leykotsitoz.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial bosimni oshishi yoki pasayishi; yurak ritmini buzilishlari (aritmiyalar, bradikardiya, taxikardiya); surunkali yurak yetishmovchiligi (moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda); o‘pka shishi; chala tug‘ilgan bolalarda gipertrofik kardiomiopatiya; hushdan ketish; tromboz, tromboemboliya (shu jumladan o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi); vaskulit; tromboflebit; o‘tkir va nim o‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda – nekroz o‘chog‘ini kengayishi, chandiq to‘qima shakllanishining sekinlashuvi, bu yurak mushagini uzilishiga olib kelishi mumkin.
Yurak ritmini buzilishlari va/yoki sirkulyator kollapsni rivojlanishi to‘g‘risida, va/yoki metilprednizolonning yuqori dozalarini vena ichiga tez (10 minut davomida 0,5 g dan ortiq) yuborilganida yurakni to‘xtab qolishi haqida xabarlar bor. Metilprednizolonning yuqori dozalarini vena ichiga yuborish vaqtida va undan keyin shuningdek bradikardiya hollari qayd etilgan, biroq ular infuziya tezligi va davomiyligiga har doim ham bog‘liq bo‘lmagan.
Tayanch-harakati apparati tomonidan osteonekroz, miopatiya, mushak kuchsizligi, osteoporoz, patologik sinishlar, mushak atrofiyasi, nevropatik atrofiya, artralgiya, mialgiya, umurtqa bo‘g‘imlarining kompression sinishlari, naysimon suyaklar epifizlarining aseptik nekrozi, pay uzilishlari, ayniqsa Axil payini uzilishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan teshilishi va qon ketishi bilan kechuvchi peptik yara, me'dadan qon ketishi, pankreatit, gepatit*, peritonit, ezofagit (shu jumladan yarali), ichak devorining perforatsiyasi, qorinda og‘riq, qorin devorida zo‘riqish, diareya, dispepsiya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qusish, to‘xtamaydigan hichiqoq.
Metilprednizolon bilan davolanishdan keyin qon plazmasida alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST) va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi kuzatilgan. Odatda bu o‘zgarishlar sezilarsiz, biror-bir klinik sindromlar bilan bog‘liq bo‘lmay, davolash to‘xtatilganidan keyin qaytuvchan bo‘ladi.
Teri qoplamalari tomonidan angionevrotik shish, periferik shishlar, teri atrofiyasi, teri striyalari, petexiyalar va ekximozalar, teri pigmentatsiyasini susayishi, giperpigmentatsiya, girsutizm, toshma, eritema, teri qichishishi, eshakemi, akne, yaralarni sekin bitishi, yuborilgan joyda reaktsiyalar, sochlarni ingichkalashishi, allergik dermatit.
Modda almashinuvi tomonidan oqsillarni yuqori darajada parchalanishidan kelib chiqadigan manfiy azot balansi, ishtahani oshishi (tana vaznini oshishiga olib kelishi mumkin), kuchli terlash.
Nerv tizimi tomonidan epidural lipomatoz, ko‘rish nervi diskini shishishi bilan kechuvchi bosh miya ichki bosimni oshishi (bosh miya ichki xavfsiz gipertenziyasi), titroq, parasteziyalar, amneziya, fikrlashni buzilishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, affektli buzilishlar (jumladan, kayfiyatni labil o‘zgaruvchanligi, depressiv kayfiyat, eyforiya holati, doriga bog‘liqlik, suitsidal fikrlar), psixotik buzilishlar (jumladan, maniya, delyuziyalar, gallyutsinatsiyalar, shizofreniya yoki uning zo‘rayishi), ongni chalkashishi, ruhiyatni buzilishi, vahima, shaxsiyatni o‘zgarishi, kayfiyatni tez o‘zgaruvchanligi, noodatiy xulq-atvor, uyqusizlik, jizzakilik.
Endokrin tizim tomonidan hayz ko‘rish siklini buzilishi, Itsenko-Kushing sindromi, gipopituitarizm, steroid preparatlarni «bekor qilish» sindromi rivojlanishi, glyukozaga tolerantlikni pasayishi, qandli diabet bilan kasallangan patsiyentlarda insulinga yoki peroral gipoglikemik preparatlarga ehtiyojni oshishi, bolalarda o‘sishni va suyaklanish jarayonini to‘xtab qolishi (epifizar o‘sish zonalarini muddatidan ilgari yopilishi), lipomatoz.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari qon plazmasida mochevina kontsentratsiyasini oshishi, dislipidemiya, siydikda kaltsiy kontsentratsiyasini oshishi, gipokaltsiyemiya.
Sezgi organlari tomonidan markaziy serozli xorioretinopatiya, orqa subkapsulyar katarakta, ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma, ekzoftalm, vertigo, ikkilamchi zamburug‘li yoki virusli ko‘z infektsiyasi, ko‘z shoh (muguzi) pardasini teshilishi (oddiy gerpesni ko‘zda namoyon bo‘lishida).
Immun tizimi tomonidan infektsion kasalliklar, shartli patogen qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqaradigan infektsiyalarni yuzaga kelishi, yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan anafilaksiya, teri sinamalarini o‘tkazishda reaktsiyalarni susayishi.
Boshqalar kuchli toliqish, quvvatsizlik, achishish va sanchiq (ayniqsa vena ichiga yuborilganidan keyin but sohasida), «steril abstsess», spermatozoidlarning harakatchanligi va sonini oshishi yoki kamayishi.
Metilprednizolon bilan davolangan bemorlarda Kaposhi sarkomasi qayd etilganligi haqida xabar berilgan. Metilprednizolonni qo‘llash bekor qilinganida klinik remissiya yuz berishi mumkin.
*Preparatni vena ichiga yuborilishi fonida gepatit rivojlanishi haqida xabarlar bor.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Tizimli mikozlar.
• Anamnezda preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
• Preparatni intratekal yuborish.
• Preparatni epidural yuborish.
• Bosh miya jarohati oqibatida bosh miya shikastlanishi.
• Idiopatik trombotsitopenik purpura (preparat mushak ichiga yuborilganida).
• Tirik yoki kuchsizlantirilgan vaktsinalarni SOLU-MEDROL® preparatining immun depressiv dozalari bilan bir vaqtda qo‘llash.
• Emizish davrda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni o‘tkir va nim o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki SOLU-MEDROL® preparatini ularda qo‘llash nekroz o‘chog‘ini kengayishiga, chandiqli to‘qima shakllanishini sekinlashishiga va buning oqibatida yurak mushagini uzilishiga olib kelishi mumkin.
Mazkur preparat tarkibida benzil spirtini saqlaydi. Benzil spirti chala tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘lim bilan yakun topuvchi «bo‘g‘ilish sindromi»ni keltirib chiqarishi mumkin. Preparatni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan
Preparatni quyidagi hollarda yarali kolit, agar teshilish, abtsess yoki boshqa yiringli infektsiya xavfi bo‘lsa; divertikulit; ichakda yangi anastomozlar mavjud bo‘lganida; faol yoki latent peptik yarada; me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi; virusli, zamburug‘li yoki bakterial tabiatga ega bo‘lgan parazitli va yuqumli kasalliklar, suvchechak, qizamiq, strongiloidoz, faol yoki latent tuberkulyoz, o‘rab oluvchi temiratki; buyrak yetishmovchiligi, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining ikkilamchi yetishmovchiligi; arterial gipertenziya; osteoporoz, gravis miasteniyasi; gipotireoz, qandli diabet; tirishish sindromi; anamnezda metilprednizolonni yuborishda allergik reaktsiyalar (bronxospazm); o‘tkir psixoz; glaukoma; hozirgi vaqtda tromboembolik asoratlari bo‘lgan yoki ushbu asoratlarning rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Itsenko-Kushing kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llashdan saqlanish lozim.
Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda SOLU-MEDROL® preparatini ehtiyotkorlik bilan va faqat mutlaq zarurat bo‘lganidagina qo‘llash lozim.
Oddiy gerpes virusi keltirib chiqaradigan ko‘zlari shikastlangan patsiyentlarda SOLU-MEDROL® preparatini shuningdek ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki bu ko‘zning shoh pardasini teshilishiga olib kelishi mumkin.
Osteoporoz va arterial gipertenziyani rivojlanish yuqori xavfi tufayli, keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Bolalarda (ayniqsa uzoq muddatli davolash chog‘ida) SOLU-MEDROL® preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vena ichiga yuborish uchun aralashmalar tarkibiga kiradigan boshqa dori vositalari bilan vena ichiga yuborilganida metilprednizolonning eritmalarini mutanosibligi va barqarorligi rN ga, kontsentratsiyaga, vaqtga, haroratga, shuningdek metilprednizolonning eruvchanligiga bog‘liq. Metilprednizolonni imkon qadar boshqa dori vositalaridan alohida, vena ichiga yuboriladigan bolyusli in'ektsiyalar, vena ichiga yuboriladigan infuziyalar yoki qo‘shimcha tomchilatgich orqali ikkinchi eritma ko‘rinishida yuborish tavsiya etiladi.
CYP3A4 izofermentining ingibitorlari – metilprednizolonning metabolizmini susaytirishi, uning klirensini pasaytirishi va qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Ushbu hollarda dozani oshirib yuborilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida metilprednizolonning dozasini titrlash lozim.
CYP3A4 izofermentining induktorlari – metilprednizolonning klirensini oshiririshi mumkin. Bu metilprednizolonning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini pasayishi bilan namoyon bo‘ladi, bu esa xohlanayotgan samarani olish uchun preparatning dozasini oshirishni talab qilishi mumkin.
CYP3A4 izofermentining substratlari – CYP3A4 izofermentining boshqa substratlari ishtirokida metilprednizolonning klirensi o‘zgarishi mumkin, bu esa metilprednizolonning dozasiga tegishli tuzatish kiritishni talab qilishi mumkin. Preparatlarni monoterapiya ko‘rinishida qo‘llanganida namoyon bo‘ladigan nojo‘ya ko‘rinishlar preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganida tez-tez yuzaga kelishi mumkinligi ehtimoli mavjud.
Quyida keltirilgan dori vositalarining o‘zaro ta'sirlariga doir misollar muhim klinik ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Dori vositasining sinfi yoki turi
- dori vositasi yoki moddasiO‘zaro ta'siri/samarasi
Antibakterial preparatlar
- izoniazidCYP3A4 izofermentining ingibitori. Bundan tashqari, metilprednizolon tomonidan izoniazidni atsetillanish darajasini va klirensini oshirish ehtimoli mavjud.
Tuberkulyozga qarshi antibiotik
- rifampitsinCYP3A4 izofermentining induktori.
Peroral antikoagulyantlar Metilprednizolon bilvosita antikoagulyantlarning ta'siriga turlicha ta'sir ko‘rsatadi. Metilprednizolon bilan bir vaqtda qabul qilinadigan antikoagulyantlarning samarasini ham kuchayishi, ham susayishi haqida xabar qilinadi. Antikoagulyantning zarur samarasini qo‘llab turish uchun koagulogrammani doimo nazorat qilish zarur.
Tutqanoqqa qarshi vositalar
- karbamazepinCYP3A4 izofermentining induktori va substrati.
Tutqanoqqa qarshi vositalar
- fenobarbital
- fenitoinCYP3A4 izofermentining induktorlari.
N-xolinolitiklar (miorelaksantlar)SOLU-MEDROL® preparati xolinolitik preparatlariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
1. SOLU-MEDROL® preparatining yuqori dozalari va n-xolinolitiklar bir vaqtda qo‘llanilganida o‘tkir miopatiya hollari to‘g‘risida xabar qilingan («Nojo‘ya ta'siri» bo‘limiga qarang).
2. SOLU-MEDROL® preparati bilan bir vaqtda qo‘llanilganida pankuroniy va vekuroniyni blokada qilish samarasiga antagonizm qayd etilgan. Mazkur samarani har qanday
n-xolinolitiklar qo‘llanilganida ham kutish mumkin.
Xolinesteraza ingibitorlariMetilprednizolon gravis miasteniyasi bo‘lgan patsiyentlarda xolinesteraza ingibitorlarining samarasini pasaytirishi mumkin.
Gipoglikemik preparatlarSOLU-MEDROL® preparati qon plazmasida glyukoza kontsentratsiyasini oshirishi mumkinligi tufayli, gipoglikemik preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish lozim.
Qusishga qarshi preparatlar
- aprepitant
- fozaprepitantCYP3A4 izofermentining ingibitorlari va substratlari.
Zamburug‘larga qarshi preparatlar
- itrakonazol
- ketokonazolCYP3A4 izofermentining ingibitorlari va substratlari.
Viruslarga qarshi preparatlar
- OIV proteazasi ingibitorlariCYP3A4 izofermentining ingibitorlari va substratlari. Indinavir va ritonavir kabi OITV proteazasi ingibitorlari
qon plazmasida metilprednizolonning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Metilprednizolon OITV proteazasi ingibitorlarining metabolizmini kuchaytirishi mumkin, bu qon plazmasida ularning kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Aromataza ingibitorlari
- aminoglutetimidAminoglutetimid bilan induktsiyalangan buyrak usti bezlari faoliyatini susaytirish SOLU-MEDROL® preparati bilan uzoq muddatli davolashdan kelib chiqadigan endokrin o‘zgarishlariga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Kaltsiy kanallari blokatorlari
- diltiazemCYP3A4 izofermentining ingibitorlari va substratlari.
Peroral kontratseptsiya preparatlari
- etinilestradiol/noretindronCYP3A4 izofermentining ingibitorlari va substratlari.
Greypfrut sharbatiCYP3A4 izofermentining ingibitori.
Immunodepressantlar
- siklosporinCYP3A4 izofermentining ingibitorlari va substratlari.
1.Metilprednizolon va siklosporinni bir vaqtda qo‘llanishi metabolizmni o‘zaro tormozlanishini keltirib chiqaradi, bu qon plazmasida preparatlarning biri yoki har ikkalasining kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ushbu preparatlarning har birini monoterapiya sifatida qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya ta'sirlar ularni birgalikda qo‘llashda tez-tez yuzaga kelishi mumkin.
2.Ushbu preparatlarni birga qo‘llanganida tirishishlarni yuz berishi hollari qayd etilgan.
Immunodepressantlar
- siklofosfamid
- takrolimusCYP3A4 izofermentining substratlari.
Antibiotik-makrolidlar
- klaritromitsin
- eritromitsinCYP3A4 izofermentining ingibitorlari va substratlari.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP)
- aspirinning (atsetilsalitsil kislotasining) yuqori dozalari1.SOLU-MEDROL® preparati va NYaQP bir vaqtda qo‘llanganida me'da-ichakdan qon ketishi va yaralarni hosil bo‘lishi hollarini soni oshishi mumkin.
2.Metilprednizolon yuqori dozalarda qabul qilinadigan atsetilsalitsil kislotasining klirensini uzoq vaqt mombaynida oshirishi mumkin,
bu qon plazmasida salitsilatlarning kontsentratsiyasini pasayishiga yoki metilprednizolonni qo‘llash bekor qilinganida salitsilatlarning toksiklik xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasini SOLU-MEDROL® preparati bilan birga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Qon plazmasida kaliy kontsentratsiyasini pasaytiruvchi preparatlarSOLU-MEDROL® preparatini va qon plazmasida kaliy kontsentratsiyasini pasaytiruvchi preparatlarni (masalan, diuretiklar, amfoteritsin V ni) bir vaqtda qo‘llanganda patsiyentlarni gipokaliyemiya rivojlanishi yuzasidan sinchkovlik bilan kuzatish lozim. Shuningdek SOLU-MEDROL® preparati va ksantinlarni yoki β2-agonistlarni bir vaqtda qo‘llanganda gipokaliyemiyani rivojlanishining yuqori xavfi mavjudligini e'tiborga olish lozim.
SOLU-MEDROL® preparati qo‘llanganida teri sinamalarini o‘tkazishda reaktsiyalar susayishi mumkin.
Yurak glikozidlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda gipokaliyemiya fonida aritmiyalarni rivojlanish xavfi mavjud.
Nomutanosiblik
Metilprednizolon bilan eritmada nomutanosib preparatlar quyidagilarni natriy allopurinol, doksapram gidroxloridi, tigetsiklin, diltiazem gidroxloridi, kaltsiy glyukonati, vekuroniy bromidi, rokuroniy bromidi, sizatrakurium besilati, glikopirrolat, propofolni o‘z ichiga oladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
• SOLU-MEDROL® preparati bilan davolash asoratlari dozaning kattaligi va davolash davomiyligiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, har bir konkret holatda xavf/foyda nisbati tahlili asosida bunday davolashning zarurligi haqida qaror qabul qilinadi, shuningdek davolash davomiyligi va qabul qilishlar soni aniqlanadi.
• Patsiyentning holatini o‘ta yaxshi nazorat qilish maqsadida SOLU-MEDROL® preparatining eng kichik dozasini qo‘llash lozim. Samaraga erishilganida imkon qadar dozani tutib turuvchi dozagacha bosqichma-bosqich kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish lozim.
• Aritmiyani rivojlanish xavfi tufayli, SOLU-MEDROL® preparatini yuqori dozalarda qo‘llashni zarur uskunalar (elektrokardiograf, defibrillyator) bilan jihozlangan statsionar sharoitlarida o‘tkazish lozim.
• Uzoq muddatli spontan remissiya ro‘y berganida davolashni to‘xtatish lozim.
• Uzoq muddatli davolashda patsiyent muntazam tekshirishdan (ko‘krak qafasi a'zolarining rentgenografiyasi, qon plazmasida glyukoza kontsentratsiyasini ovqatlangandan keyin 2 soat o‘tgach tekshirish, siydikning umumiy tahlili, arterial bosimni o‘lchash, tana vaznini nazorat qilish, anamnezda me'da-ichak yo‘llarining yarali kasalliklari mavjud bo‘lganida rentgenologik yoki endoskopik tekshirishlar) o‘tkazilishi lozim.
• Metilprednizolonning yuqori dozalarini qo‘llash o‘tkir pankreatitni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
• SOLU-MEDROL® preparati bilan uzoq muddat davolangan bolalarni o‘sishi va rivojlanishini sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim. O‘sishni to‘xtab qolishi uzoq muddatli har kunlik, bir nechta dozalarga bo‘lingan davolashni qabul qilayotgan bolalarda kuzatilishi mumkin. Preparatni bolalarda uzoq muddat davomida har kuni faqat absolyut ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin. Preparatni kunora qo‘llash mazkur nojo‘ya ta'sirni rivojlanish xavfini kamaytirishi yoki uni butunlay oldini olish imkonini berishi mumkin.
• SOLU-MEDROL® preparati bilan uzoq muddat davomida davolanayotgan bolalar bosh miya ichki gipertenziyasini rivojlanishining yuqori xavfi guruhida bo‘ladilar.
• Metilprednizolonning yuqori dozalarini qo‘llash bolalarda pankreatitni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
• Jigarning dori keltirib chiqargan shikastlanishi (masalan, o‘tkir gepatit) metilprednizolon bilan (odatda 1 mg/sutka dozada) vena ichiga puls-terapiyani o‘tkazilishining oqibati bo‘lishi mumkin. O‘tkir gepatitning dastlabki belgilari bir necha haftadan keyin yoki keyinroq rivojlanishi mumkin. Mazkur nojo‘ya ko‘rinishni yo‘qolishi davolash bekor qilinganidan keyin qayd etilgan.
• Immun tizimini susaytiradigan preparatlarni qabul qilayotgan bemorlar sog‘lom shaxslarga nisbatan infektsiyalarga ko‘proq chalinadilar. Masalan, suvchechak va qizamiq immunizatsiya qilinmagan bolalarda yoki SOLU-MEDROL® preparatini qabul qilayotgan kattalarda og‘irroq, o‘lim holatiga qadar kechishi mumkin.
• Garchi nazoratli klinik tadqiqotlar tarqoq skleroz zo‘rayganida metilprednizolon sog‘ayish jarayonini samarali jadallashtirishini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, metilprednizolonning mazkur kasallikning natijasi va patogeneziga ta'sir ko‘rsatishi aniqlanmagan. Tadqiqotlar, shuningdek sezilarli samaraga erishish uchun metilprednizolonning yetarlicha yuqori dozalarini yuborish zarurligini ko‘rsatdi.
• Metilprednizolon intratekal yoki epidural yuborilganda og‘ir asoratlarni rivojlanish holatlari haqida xabar qilingan.
• Metilprednizolonni qabul qilayotgan patsiyentlarda odatda yuqori dozalar bilan davolashda epidural lipomatozni rivojlanishi haqidagi xabarlar mavjud.
• Platseboga nisbatan metilprednizolon bilan davolash o‘tkazilgan patsiyentlarda bosh miyani shikastlanishidan 2 hafta yoki 6 oydan keyin o‘lim holatining ko‘payganligi aniqlanganligi tufayli, tizimli GKS, shu jumladan SOLU-MEDROL® preparati bosh miyaning travma oqibatidagi shikastlanishini davolash uchun buyurilmaydi va qo‘llanmasligi kerak. O‘lim holatlarining metilprednizolon natriy suktsinati qo‘llanilishi bilan sabab bog‘liqligi aniqlanmagan.
• SOLU-MEDROL® preparati bilan davolash fonida infektsiyalarga chalinish ko‘payishi mumkin, ayrim infektsiyalar chala namoyon bo‘lgan shaklda kechishi, bundan tashqari yangi infektsiyalar rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, organizmning infektsiya jarayonini lokalizatsiyasiga bo‘lgan qobiliyati pasayadi. Inson organizmining turli tizimlarida lokalizatsiyalanadigan viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, oddiy organizmlar yoki gelmintlar kabi turli patogen organizmlar keltirib chiqaradigan infektsiyalarni rivojlanishi SOLU-MEDROL® preparatini ham monoterapiya sifatida, ham hujayra immuniteti, gumoral immunitet yoki neytrofillar faoliyatiga ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa immunodepressantlari bilan birga qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu infektsiyalar og‘ir bo‘lmagan holda kechishi mumkin, biroq, qator hollarda og‘ir kechishi va hatto o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Bunda preparatning qanchalik yuqori dozalari qo‘llansa, infektsiya asoratlarini rivojlanishi ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.
• SOLU-MEDROL® preparati bilan immunodepressiv ta'sir ko‘rsatuvchi dozalarda davolanayotgan bemorlarga tirik yoki tirik kuchsizlangan vaktsinalarni yuborish mumkin emas, ammo o‘ldirilgan yoki faolsizlantirilgan vatsinalarni yuborish mumkin, biroq bunday vaktsinalarni yuborishga nisbatan reaktsiya past bo‘lishi yoki hatto bo‘lmasligi mumkin. SOLU-MEDROL® preparati bilan immunodepressiv ta'sir ko‘rsatmaydigan dozalarda davolanayotgan bemorlarga tegishli ko‘rsatmalar bo‘yicha immunizatsiya o‘tkazilishi mumkin.
• Faol tuberkulyozda SOLU-MEDROL® preparatini kasallikni davolash uchun tegishli tuberkulyozga qarshi kimyoterapiya bilan birga qo‘llanganda, SOLU-MEDROL® preparatini qo‘llanilishi yashin tezligida kechuvchi va disseminizatsiyalangan tuberkulyoz holatlari bilan cheklanishi lozim.
• Agar SOLU-MEDROL® preparati latent tuberkulyozi bo‘lgan yoki musbat tuberkulin probasi bo‘lgan bemorlarga buyurilsa, unda davolashni qat'iy shifokor nazorati ostida olib borish lozim, chunki kasallik qayta faollashishi mumkin. Preparat bilan uzoq muddatli davolash vaqtida bunday bemorlar tegishli profilaktik davolashni qabul qilishlari kerak.
• SOLU-MEDROL® preparati bilan davolangan bemorlarda Kaposhi sarkomasi qayd etilganligi haqida xabar berilgan. Preparat bekor qilinganida klinik remissiya yuz berishi mumkin.
• Septik shokda SOLU-MEDROL® preparatining samaradorligi shubhalidir. Preparatni yuqori dozalarda qisqa kurslar bilan qo‘llash yuzasidan tizimli sharh natijalari bunday tartibda ularni qo‘llash imkoniyatini qo‘llab-quvvatlamaydi. SOLU-MEDROL® preparati bilan davolash fonida stress ta'siriga uchrashi mumkin bo‘lgan bemorlarga preparatning dozasini stressga qadar, stress vaqtida va undan keyin oshirish buyuriladi.
• SOLU-MEDROL® preparatining in'ektsiyalari in'ektsiya joyida teri va teri osti-yog‘ to‘qimasi atrofiyasiga olib kelishi mumkin. Mazkur asorat ehtimolini kamaytirish maqsadida maksimal ehtiyotkorlik choralari ko‘rilishi va preparatning faqat tavsiya etilgan dozasi yuborilishi lozim. Teri va teri osti-yog‘ kletchatkasini atrofiyasi hollarini juda ko‘p uchrashi tufayli preparatni deltasimon mushakka yuborishdan saqlanish lozim.
• SOLU-MEDROL® preparati bilan parenteral davolashni qabul qilayotgan bemorlarda kam hollarda teri reaktsiyalari va anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar rivojlanishi mumkinligi tufayli, ayniqsa, agar mazkur bemorda anamnezda qandaydir dori preparatlariga allergik reaktsiyalar qayd etilgan bo‘lsa, preparatni yuborishdan oldin tegishli profilaktik choralarni ko‘rish lozim.
• SOLU-MEDROL® preparati uzoq muddat davomida terapevtik dozalarda qo‘llanilganida GGN tizimini supressiyasi (ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi) rivojlanishi mumkin. Buyrak usti bezi yetishmovchiligining darajasi va davomiyligi har bir patsiyentda individual bo‘lib, dozaga, qo‘llash soniga, qabul qilish vaqtiga va davolash davomiyligiga bog‘liqdir. Mazkur ta'sirning yaqqol namoyonligini preparatni kunora qo‘llash yoxud dozani bosqichma-bosqich pasaytirish yordamida kamaytirish mumkin. Nisbiy yetishmovchilikning ushbu turi davolash tamomlanganidan keyin bir necha oy davomida davom etishi mumkin, shuning uchun ushbu davrda har qanday stress vaziyatlarida SOLU-MEDROL® preparatini qo‘llash uchun yana buyurish lozim.
• Bundan tashqari, SOLU-MEDROL® preparatini qo‘llash birdan bekor qilinganida o‘lim holatiga olib keladigan o‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
• Buyrak usti bezi yetishmovchiligiga taalluqli bo‘lmagan preparatni «bekor qilish» sindromi shuningdek SOLU-MEDROL® preparati uzoq muddat qo‘llanilganidan keyin uni qo‘llashni keskin bekor qilish oqibatida yuz berishi mumkin. Mazkur sindrom anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, letargiya, bosh og‘rig‘i, qaltirash, bo‘g‘imlarda og‘riq, terini qipiqlanishi, mialgiya, tana vaznini pasayishi va/yoki arterial bosimni pasayishi kabi simptomlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur ta'sirlar qon plazmasida metilprednizolonning kontsentratsiyasini pasayishi oqibatida emas, balki qon plazmasida metilprednizolonning kontsentratsiyasini birdaniga o‘zgarishi tufayli yuz berishi taxmin qilinadi.
• Metilprednizolon Itsenko-Kushing sindromining klinik ko‘rinishlarini kuchaytirishi mumkinligi sababli, Itsenko-Kushing kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda metilprednizolonni qo‘llashdan saqlanish lozim.
• O‘tkir miopatiya ko‘proq metilprednizolonning yuqori dozalari nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzilishi bo‘lgan bemorlarda (masalan, gravis miasteniyasida) yoki bir vaqtda periferik miorelaksantlar kabi antixolinergik preparatlar (masalan, pankuroniy bromidi) bilan davolanayotgan bemorlarda qo‘llanilganida rivojlanadi. Bunday o‘tkir miopatiya tarqoq xarakterga ega bo‘lib, ko‘z va nafas tizimi mushaklarini shikastlashi, tetraparez rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Kreatinkinazaning miqdori oshishi mumkin. Bunda holatni yaxshilanishi va sog‘ayish metilprednizolonni qo‘llash bekor qilinganidan keyin faqat ko‘p hafta va hatto bir necha yil o‘tgach yuz berishi mumkin.
• Gipotireozi yoki sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda SOLU-MEDROL® preparatining ta'sirini kuchayishi qayd etiladi.
• SOLU-MEDROL® preparatini qo‘llash qon plazmasida glyukozaning kontsentratsiyasini oshishiga, mavjud qandli diabet kasalligini kechishini yomonlashishiga olib kelishi mumkin. SOLU-MEDROL® preparati bilan uzoq muddat davomida davolanayotgan patsiyentlar qandli diabet rivojlanishiga moyil bo‘lishlari mumkin.
• SOLU-MEDROL® preparati bilan davolash fonida eyforiya, uyqusizlik, kayfiyatni beqarorligi, shaxsiyatni o‘zgarishi va og‘ir depressiyadan tortib to o‘tkir ruhiy holatlargacha bo‘lgan turli ruhiy buzilishlar rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, mavjud emotsional beqarorlik yoki psixotik reaktsiyalarga moyillik kuchayishi mumkin.
• SOLU-MEDROL® preparati qo‘llanilganida potentsial og‘ir ruhiy buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Simptomlar odatda davolash boshlanganidan keyin bir necha kun yoki hafta davomida namoyon bo‘ladi. Reaktsiyalarning ko‘pchiligi doza pasaytirilganidan keyin yoxud preparat bekor qilinganidan keyin yo‘qoladi. Shunga qaramay, spetsifik davolash talab qilinishi mumkin.
• Patsiyent va/yoki ularning qarindoshlarini patsiyentning ruhiy holatida o‘zgarishlar paydo bo‘lganida (ayniqsa depressiv holatlarda va suitsidga (o‘z joniga qasd qilishga) urinishlarda) tibbiy yordam olish uchun murojaat qilish zarurligi haqida ogohlantirish lozim. Shuningdek patsiyent va/yoki ularning qarindoshlarini preparatning dozasi pasaytirilgan vaqtda yoki undan keyin darhol yoxud preparat bekor qilinganidan keyin ruhiy buzilishlar rivojlanishi mumkinligi haqida ogohlantirish lozim.
• SOLU-MEDROL® preparatini uzoq muddat davomida qabul qilish orqa subkapsulyar katarakta va yadro kataraktasi (ayniqsa bolalarda), ko‘rish nervini shikastlanishi mumkin bo‘lgan holda ekzoftalm yoki glaukoma yuzaga kelishiga olib kelishi hamda ikkilamchi zamburug‘li yoki virusli infektsiyani yuqtirib olishni chaqirishi mumkin.
• Metilprednizolon bilan davolash markaziy seroz xorioretinopatiyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida ko‘z to‘r pardasini ko‘chishiga olib kelishi mumkin.
• SOLU-MEDROL® preparati qo‘llanilganida arterial bosimni oshishi, organizmda suyuqlik va tuzlarni ushlanib qolishi, kaliyni yo‘qotilishi, gipokaliyemik alkaloz qayd etilgan. Mazkur ta'sirlar preparatning sintetik hosilalari qo‘llanilganida kamroq darajada namoyon bo‘ladi, ularni katta dozalarda qo‘llash hollari bundan mustasnodir. Ehtimol, tuzni va kaliy saqlovchi mahsulotlarni iste'mol qilishni cheklash talab etilishi mumkin.
• Glyukokortikosteroidlar qo‘llanilganida trombozlar, jumladan vena tromboemboliyasi hollari haqida xabar qilingan. Shuning uchun glyukokortikosteroidlarni hozirgi vaqtda tromboemboliya asoratlari bo‘lgan yoki ushbu asoratlarni rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
• Metilprednizolon bilan davolash davomida peptik yarani rivojlanishi ehtimoli to‘g‘risida yagona fikr mavjud emas. SOLU-MEDROL® preparati bilan davolash peptik yara simptomlarini niqoblashi mumkin va ushbu holatda teshilishlar (perforatsiya) yoki qon ketishlar sezilarli og‘riq sindromisiz rivojlanishi mumkin. NYaQP lar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida me'da-ichak yo‘llarida yaralar hosil bo‘lishi xavfi oshadi.
• Yurak-qon tomiri tizimi tomonidan dislipidemiya, arterial bosimni oshishi kabi, SOLU-MEDROL® preparatining bunday nojo‘ya reaktsiyalari moyil bo‘lgan patsiyentlarda SOLU-MEDROL® preparatining yuqori dozalari qo‘llanilgan va uzoq muddatli davolangan hollarda yangi reaktsiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin. Shu sababli yurak-qon tomir kasalliklari xavfi omillari bo‘lgan patsiyentlarda SOLU-MEDROL® preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Yurak faoliyati ustidan muntazam nazorat qilish zarur. SOLU-MEDROL® preparatining past dozalarini kunora qo‘llash mazkur nojo‘ya ta'sirlarning yaqqol namoyon bo‘lishini pasaytirishi mumkin.
• GKS, shu jumladan metilprednizolon bilan tizimli davolanishni qabul qilayotgan, feoxromotsitomadan aziyat chekayotgan patsiyentlarda simpato-adrenalli krizlar rivojlanishi hollari (shu jumladan o‘lim bilan yakun topgan hollar) haqida xabar qilingan. Feoxromotsitomaga shubha qilingan yoki kasallik tasdiqlangan patsiyentlarda metilprednizolonni faqat xavf/foyda nisbati sinchkovlik bilan baholanganidan keyin qo‘llash lozim.
Mazkur preparat tarkibida benzil spirtini saqlaydi. Benzil spirti bolalarda «bo‘g‘ilish sindromi»ni keltirib chiqarishi va o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. SOLU-MEDROL® preparatining odatdagi davolash dozalari benzil spirtini «bo‘g‘ilish sindromi» rivojlanishini keltirib chiqaruvchi dozalariga qaraganda kichik dozalarda saqlashiga qaramay, benzil spirtining toksik ta'sirlari rivojlanishi mumkin bo‘lgan minimal kontsentratsiyasi noma'lum. Ushbu asoratning rivojlanish xavfi darajasi yuborilgan preparat miqdoriga, shuningdek jigarni ushbu kimyoviy birikmani detoksikatsiya qilish qobiliyatiga bog‘liq. Chala tug‘ilgan bolalar va tana vazni kichik bo‘lgan bolalar qolgan bolalarga nisbatan mazkur sindrom rivojlanishida katta xavfga ega. Shu sababli preparatni yangi tug‘ilgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Hayvonlarda o‘tkazilgan qator tadqiqotlarda metilprednizolonning yuqori dozalarini urg‘ochi hayvonlarga yuborish, homilada rivojlanish nuqsonlarini yuz berishiga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Biroq, qator klinik tadqiqotlarda metilprednizolonni homiladorlik vaqtida qo‘llash tug‘ma nuqsonlarni keltirib chiqarmasligi ko‘rsatilgan. Homilador ayollarda o‘tkazilgan tadqiqotlar metilprednizolonning zarar keltirishi mumkinligini istisno etmasa-da, preparatni homiladorlik davrida yoki tug‘ruq yoshidagi ayollarda faqat onada kutilayotgan davolash samarasi preparatning homilaga salbiy ta'siri xavfidan yuqori bo‘lsagina qo‘llash mumkin. Metilprednizolonni homiladorlik vaqtida qo‘llash uchun faqat mutlaq ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish lozim.
Metilprednizolon yo‘ldosh orqali oson o‘tadi. Bir retrospektiv tadqiqotda metilprednizolonni qabul qilgan onalarda chaqaloqlarni kichik vaznda tug‘ilish hollarini ko‘payishi aniqlangan. Homiladorlik vaqtida GKS ning ancha katta dozalarini qabul qilgan onalardan tug‘ilgan bolalar buyrak usti bezi gipofunktsiyasining bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlarini aniqlash maqsadida sinchkov tekshiruvdan o‘tishlari lozim. Lekin tug‘ilishiga qadar GKS ta'siriga uchragan go‘daklarda buyrak usti bezi yetishmovchiligi kam uchraydi.
Metilprednizolonni tug‘ruqning kechishiga va natijasiga ta'siri noma'lum.
Homiladorlik vaqtida onalari metilprednizolon qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kataraktani rivojlanishi hollari qayd etilgan.
Metilprednizolon o‘sishni to‘xtatib qo‘yishni va endogen GKS lar bilan o‘zaro ta'sirni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdorlarda ona sutiga o‘tadi, shuning uchun emizish davrida SOLU-MEDROL® preparatini buyurish zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish lozim.
Erituvchi sifatida qo‘llaniladigan benzil spirti yo‘ldosh orqali o‘tadi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda glyukokortikosteroidlar fertillikka salbiy ta'sir ko‘rsatishi ko‘rsatib berilgan.
Preparatni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi va quvvatsizlikni rivojlanishi ehtimoli munosabati bilan SOLU-MEDROL® preparatini qo‘llaganda transport vositalarini boshqaruvchi hamda diqqatni yuqori darajada jamlashni va tezkor harakat reaktsiyalarini talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ehtiyotkorlikka rioya etishlari lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanmasin!
Dozani oshirib yuborilishi
Metilprednizolon dozasini oshirib yuborilishining klinik sindromi ta'riflanmagan. Metilprednizolonning dozasi oshirib yuborilganida o‘tkir toksiklik holatlari to‘g‘risida xabarlar juda ham kam. Metilprednizolonning dozasi surunkali oshirib yuborilganida Itsenko-Kushing sindromi simptomlari kuzatilishi mumkin. Maxsus antidot mavjud emas. Simptomatik davolash o‘tkaziladi. Metilprednizolon dializda chiqariladi.
Chiqarilish shakllari
• Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritmani tayyorlash uchun 40 mg, 125 mg, 250 mg liofilizat
Birlamchi o‘rami 40 mg faol modda va 1 ml erituvchi; 125 mg faol modda va 2 ml erituvchi; 250 mg faol modda va 4 ml erituvchi gidrolizga barqaror rangsiz I klassli shishadan (Evr. Farm.) tayyorlangan Act-O-Vial ikki sig‘imli flakonlarga joylangan bo‘lib, butil kauchukdan tayyorlangan 2 ta tiqin bilan berkitilgan (bittasi ikkita sig‘imni ajratib turadi, boshqasi flakonni yuqoridan yopib turadi), yuqoridagi tiqin ustida plastik aktivator mavjud.
Ikkilamchi o‘rami bitta ikki sig‘imli Act-O-Vial flakoni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
• 500, 1000 mg li in'ektsiyalarga eritmani tayyorlash uchun liofilizat
Liofilizat 500 mg yoki 1000 mg faol modda gidrolizga barqaror rangsiz I klassli shishadan (Evr. Farm.) tayyorlangan flakonlarga joylangan bo‘lib, butil kauchukdan tayyorlangan tiqinlar bilan berkitilgan hamda plastmassali himoya qopqoqlari bo‘lgan alyuminli qalpoqchalar bilan gardishlangan;
Erituvchi 7,8 ml (500 mg uchun) yoki 15,6 ml (1000 mg uchun) erituvchi gidrolizga barqaror rangsiz I klassli shishadan (Evr. Farm.) tayyorlangan flakonlarga joylangan bo‘lib, butil kauchukdan tayyorlangan tiqinlar bilan berkitilgan hamda plastmassali himoya qopqoqlari bo‘lgan alyuminli qalpoqchalar bilan gardishlangan;
Ikkilamchi o‘rami liofilizatli bitta flakon va erituvchmili bitta flakon (1 ta jamlanma) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Eritilmagan preparat va preparat eritmasini 15-25oS haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
40 mg/1 ml va 125 mg/2 ml liofilizat uchun – 2 yil;
250 mg/4 ml, 500 mg va 1000 mg liofilizat uchun – 5 yil.
Preparat eritmasi tayyorlanganidan keyin 12 soat davomida qo‘llash uchun yaroqlidir.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
korxona
Pfayzer MFG. Belgiya N.V.
Riyksveg 12, 2870 Pyurs, Belgiya.
Qayd etish sertifikatining egasi
«Pfayzer Eych. Si. Pi. Korporeyshn», 235, Vostok ko‘ch., 42, 10017 Nyu-York, AQSh.
Iste'molchilarning e'tirozlari vakolatxona manziliga taqdim etilsin
“Pfayzer Eych. Si. Pi. Korporeyshn” korporatsiyasining vakolatxonasi,
123317 Moskva, Presnenskaya nab., 10 uy
BTS “Bashnya na Naberejnoy” (Blok S)
Telefon (495) 287-5000
Faks (495) 287-5300
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Pharm Marketing Service» XK
O‘zbekistondagi kompaniyaning ishonchli vakili "Pfizer HCP Corporation"
Toshkent sh., 100015, Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘ch., 12B.
Tel (998) 91 135 96 95; (998) 91 1360136
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.