Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ibra tabletkalari №30
Nomi | Narx | |||||
Ибра таблетки №30 (2309037##2 218) |
UZS 91 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Ибра таблетки №30 (2309037##2 242) |
UZS 91 300
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Глюкозамин, хондроитина сульфат, марганец, аскорбиновая кислота, диметилсульфон
Страна производитель
Болгария
Производитель
Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Kendy Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ibra
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 500 mg glyukozamin sulfati (glyukozamin sulfati kaliy xloridi shaklida), 200 mg xondroitin sulfati (natriya xondroitin sulfatini natriyli tuzi shaklida), 50 mg askorbin kislotasi (S vitamini), 1,5 mg marganets (marganets glyukonati digidrati shaklida), 200 mg metilsulfonilmetan (MSM), 50 mg bosveliya kamedi qatronining quruq ekstrakti (Boswellia serrate), 30 mg unkariya po‘stlog‘ining quruq ekstrakti (Uncaria tomentosa);
yordamchi moddalar natriy kroskarmelloza, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, povidon K25;
qobig‘ining tarkibi opadri II sariq (gipromelloza, polidekstroza, titan dioksidi, talk, maltodekstrin, o‘rta zanjirli triglitseridlar, temir (II)-oksidi).
Ta'rifi uzunchoq, ikki tomonlama qavariq, och sariq rangdan sariq ranggacha bo‘lgan, bir tomonidan bo‘lish uchun riskasi boshqa tomoni silliq bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
to‘qimalar trofikasi va regeneratsiyasi stimulyatori.
ATX kodi M09AX.
Farmakologik hususiyatlari
Ibra – tog‘ay to‘qimasi regeneratsiyasini stimulyatori. Preparatning farmakologik ta'siri preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlariga bog‘liq.
Glyukozamin sulfati odam organizmida fiziologik holatda mavjud bo‘lgan tabiiy glyukozamin aminosaxaridini tuzi hisoblanadi. Proteoglikanlar, glikozaminoglikan-lar, gialuron va xondroitinsulfat kislotasi va bo‘g‘im qobig‘i, bo‘g‘im ichki suyuqligi va tog‘ay to‘qimasining tarkibiga kiruvchi boshqa moddalar sintezini faollashtiradi, kollagen sintezini rag‘batlantiradi. Tog‘ayni metabolizmiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi – anabolik jarayonlarni kuchaytiradi va katabolik jarayonlarni susaytiradi, bo‘g‘im kapsulasining o‘tkazuvchanligini oshiradi, sinovial membrana va bo‘g‘im tog‘ayi hujayralarida fermentativ jarayonlarni tiklaydi. Xondroprotektor va osteotrop ta'sir ko‘rsatadi, suyak to‘qimasiga kaltsiyni to‘planishini normallashtiradi. Prostaglandinlar sintezini susayishi bilan bog‘liq bo‘lmagan, ammo antioksidant faollik (superoksid radikallarni hosil bo‘lishini bloklashi orqali) va lizosomal fermentlarning faolligini susayishi hisobiga realizatsiya bo‘ladigan o‘rtacha darajadagi yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Nosteroida yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) va glyukokortikosteroidlar (GKS) ning ta'siridan tog‘ayni kuzatilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishini oldini oladi.
Xondroitin sulfati tog‘ay to‘qimasini hosil bo‘lishida ishtirok etadigan yuqori molekulyar mukopolisaxarid hisoblanadi (tog‘ay matriksini hosil bo‘lishi uchun qo‘shimcha substrat bo‘lib xizmat qiladi. Xondroprotektor ta'sir ko‘rsatadi, tog‘ay to‘qimasining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Gialin to‘qimasida moddalar almashinuvini normallashtiradi, gialuron kislotasini hosil bo‘lishini, proteoglikanlar hamda kollagenning II turini sintezini rag‘batlantiradi; gialuron kislotasini fermentativ parchalanishdan, shu jumladan biriktiruvchi to‘qimani parchalanishiga olib keladigan lizosomal fermentlar ta'sirida parchalanishdan himoya qiladi. Tog‘ay to‘qimasida fosfor-kaltsiy almashinuviga ta'sir qiladi, suyak to‘qimasini rezorbtsiyasini sekinlashtiradi va kaltsiyni yo‘qolishini kamaytiradi, tog‘ay to‘qimasining degeneratsiya jarayonlarini sekinlashtiradi. Biriktiruvchi to‘qimani ezilishini oldini oladi va bo‘g‘im yuzasi uchun moylovchi modda rolini o‘ynaydi, bo‘g‘im suyuqligini hosil bo‘lishini normallashtiradi.
Glyukozamin sulfati va xondroitin sulfati biriktiruvchi to‘qimaning biosintezida ishtirok etib, tog‘ayni parchalanish jarayoniga to‘sqinlik qiladi va tog‘ay to‘qimasining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, bu holat og‘riq sindromining yaqqolligini kamayishiga va bo‘g‘imning funktsional holatini yaxshilanishiga olib keladi.
Askorbin kislotasi kollagen sintezini rag‘batlantiradi va aggrekan (bo‘g‘im tog‘ayining asosiy proteoglikani) sintezini o‘rtacha darajada oshiradi. Shuningdek askorbin kislotasi fonida sulfat guruhi birikkan proteoglikanlar sintezini ahamiyatli darajada oshiradi, og‘riq sindromining yaqqolligini pasaytiradi.
Marganets energiya hosil bo‘lishi jarayonlarida, oqsillar hamda yog‘lar metabolizmida, suyaklar hamda biriktiruvchi to‘qima sintezida ishtirok etadi.
Metilsulfonilmetan (MSM) – yaqqol yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega bo‘lgan tabiiy organik oltingugurt birikmasidir. Bo‘g‘imlar va bog‘lamlarni davolashda va mustahkamlashda yuqori biologik faollik namoyon qiladi. Oltingugurt jigar tomonidan mineral moddalarni so‘rilishiga yordam beradi, miyani ishlashi, sochlar, tirnoqlar, biriktiruvchi to‘qima, tog‘aylarni hosil bo‘lishi uchun ahamiyatga ega, allergiyaga qarshi yaqqol ta'sir ko‘rsatadi. Metilsulfonilmetan to‘qimalardan laktatni, toksinlarni chiqarilishiga yordam beradi, bu ozuqa moddalarini o‘tishini oshiradi; organizmda shikastlangan teri hujayralari va biriktiruvchi to‘qimani tiklanishiga yordam beradi, ularning elastikligini oshiradi. MSM glyukozamin, xondroitin va o‘simlik ekstraktlari bilan majmuada bo‘g‘imlarda og‘riq bo‘lgan bemorlarning holatini ahamiyatli darajada yengillashtiradi.
Bosveliya kamedi qatronining quruq ekstrakti – samarali yallig‘lanishga qarshi vosita. Me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini ta'sirlanishini, bronxospazmlar, eshakemini chaqirmaydi. Bundan tashqari, bosveliya ekstrakti asosida olingan preparatlarni qabul qilganda yallig‘langan bo‘g‘imlar va to‘qimalarni qon bilan ta'minlanishi yaxshilanadi, shikastlangan qon tomirlari tiklanadi. Bosveliya tayanch-harakat apparatini tutib turadi, yallig‘lanishga qarshi, antiseptik va og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Unkariya po‘stlog‘ining quruq ekstrakti immunitetni rag‘batlantiradi, immunoglobulinlar (antitelalar) ning darajasini normallashtiradi, to‘qima hamda qonda aylanib yuruvchi immun komplekslarni parchalanishi va chiqarilishiga yordam beradi, yallig‘lanishga va antioksidant ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
• bo‘g‘imlarni va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari (shu jumladan osteoxondroz, revmatoid artrit, tizza qopqog‘ini xondromalyatsiyasi, bo‘g‘imlarni deformatsiyasi, spondilyoz, yelka kurak periartriti);
• I-III darajadagi osteoartroz;
• bo‘g‘imlarga bo‘lgan funktsional yuklamani oshishi (ortiqcha tana vazni, jismoniy harakatlar);
• keksalarda bo‘g‘im kasalliklarini oldini olish;
• suyak sinishlarining oqibatlarini kamaytirish, suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun;
• bo‘g‘imlarni jarohatlaridan keyingi reabilitatsion choralar majmuasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ibra preparati ichga, ovqatlanishdan 20 minut oldin, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Birinchi uch hafta davomida 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi; keyingi kunlarda – 1-2 tabletkadan sutkada 1 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi – 3-6 oyni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin, ularning davomiyligi individual ravishda belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i;
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan meteorizm, diareya, qabziyat.
Boshqalar arterial bosimni oshishi, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• tromboflebitlar;
• qonashga moyillik bo‘lganida;
• homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ibra yarim sintetik penitsillinlar va xloramfenikolning ta'sirini kamaytiradi, antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatning dozasini 2 marta kamaytirish kerak, yaxshilanish bo‘lmaganida esa – preparatni bekor qilish kerak.
Ibra GKS hamda NYaQP bilan majmuaviy davolashning tarkibida qo‘llanishi mumkin.
Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi, chunki xondroitin sulfati insulinga bo‘lgan tolerantlikni pasaytirish samarasiga ega.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Ibra preparatini qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ibra avtotransportni boshqarish va diqqatni jamlashni talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari ma'lum emas.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Dr Sertus Ilach Sanayi ve Tidjaret Limited Shirketi», Turkiya
(“Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Kendi LTD», Bolgariya (8 Gurmazovskiy shossesi, 2227 Bojurishte)
“Kendy LTD”, Bulgaria (8 Gurmazovsko shose, 2227 Bozhurishte).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.