Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Oktolipen kaps. 300mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Липоевая кислота
Страна производитель
Россия
Дозировка
300 мг
Производитель
Фармстандарт-Лексредства,ОАО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Oktolipen®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tioktat kislotasi
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda tioktat kislotasi (α-lipoy kislotasi) 100% moddaga qayta hisoblanganda – 300 mg
yordamchi moddalar kaltsiy gidrofosfati – 23,7 mg, qayta jelatinlangan kraxmal – 21,0 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 1,8 mg, magniy stearati – 3,5 mg, qattiq jelatin kapsulalar – 97,0 mg [titan dioksidi (E 171) – 2,667%, xinolin sarig‘i (E 104) – 1,839%, quyosh shafag‘i sariq bo‘yovchisi (E 110) – 0,0088%, tibbiy jelatin – 100% gacha].
Ta'rifi Qattiq, sariq rangli tiniq bo‘lmagan jelatin kapsulalar №0.
Kapsulaning ichidagisi – och-sariq yoki sariq rangli kukun. Oq rangli dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik vosita.
ATX kodi A16AX01
Farmakologik xususiyatlari
Tioktat kislotasi (alfa-lipoy kislotasi) – endogen antioksidant bo‘lib (erkin radikallarni bog‘laydi), organizmda alfa-ketokislotalarni oksidlanishli dekarboksilizatsiyasida hosil bo‘ladi. Mitoxondrial multiferment komplekslarning koenzimi sifatida piruvat kislotasi va alfa-ketokislotalarning oksidlanishli dekarboksilizatsiyasida ishtirok etadi. Qonda glyukozaning kontsentratsiyasini pasayishiga va jigarda glikogenning miqdorini oshishiga, shuningdek insulinga rezistentlikni yengishga yordam beradi. Biokimyoviy ta'sir xarakteri bo‘yicha V guruhi vitaminlariga yaqin. Lipid va uglevodlarni almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi, xolesterin almashinuvini rag‘batlantiradi, jigar faoliyatini yaxshilaydi. Gepatoprotektor, gipolipidemik, gipoxolesterinemik, gipoglikemik ta'sir ko‘rsatadi. Neyronlarning trofikasini va aksonlarni o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, diabetik va alkogolli polineyropatiyalarning ko‘rinishlarini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida tez va to‘liq so‘riladi, ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish so‘rilishini pasaytiradi. Biokiraolishligi – jigar orqali “birinchi o‘tishi” samarasi oqibatida 30-60%. Plazmada maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (TCmax) – 25-60 minut. Jigarda yon zanjirlarining oksidlanishi va kon'yugatsiyalanishi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Tioktat kislotasi va uning metabolitlari buyraklar orqali chiqariladi (80-90%). Yarim chiqarilish davri – 20-50 minut. Umumiy plazma klirensi – minutiga 10-15 ml ni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
- diabetik polineyropatiya;
- alkogolli polineyropatiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 600 mg (2 kapsula) dan kuniga 1 marta buyuriladi. Ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin chaynamasdan va yetarli miqdordagi suv bilan, och qoringa qabul qilinadi. Davolash kursining davomiyligini shifokor belgilaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar eshakemi, tizimli allergik reaktsiyalar (hatto anafilaktik shok rivojlanishigacha) bo‘lishi mumkin.
Gipoglikemiya simptomlari (glyukozani o‘zlashtirilishini yaxshilanishi tufayli) rivojlanishi mumkin.
Ichga qabul qilinganida dispeptik ko‘rinishlar, shu jumladan qusish, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik (tioktat kislotasi va preparatning komponentlariga), homiladorlik va emizish davri (preparatni qo‘llashning yetarli tajribasi yo‘qligi tufayli), 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Insulin va boshqa peroral gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, gipoglikemik samarasini kuchayishi kuzatiladi.
Tioktat kislotasi ertalab qabul qilinganidan so‘ng temir, magniy preparatlarini shuningdek sut mahsulotlarini (ularda kaltsiy borligi sababli) peshindan so‘ng yoki kechqurun iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Etanol tioktat kislotasining terapevtik samaradorligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda, ayniqsa davolashning boshida, qonda glyukozaning kontsentratsiyasini tez-tez nazorat qilish kerak. Ayrim hollarda gipoglikemik vositalarning dozalarini pasaytirish talab qilinadi.
Davolash vaqtida alkogol iste'mol qilishdan qat'iy saqlanish kerak, chunki alkogolning ta'sirida tioktat kislotasining terapevtik samarasi susayadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda tioktat kislotasini qo‘llashning klinik tajribasi yetarli emasligi tufayli, preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Reproduktiv toksiklikning tekshirishlari fertillikka, homilani rivojlanishiga nisbatan xavflar va preparatning biron-bir embriotoksik xususiyatlarini aniqlamagan. Tioktat kislotasini ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma'lumotlar yo‘qligi tufayli Oktolipen® preparatini laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri maxsus o‘rganilmagan. Transport vositalarini haydaganda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash simptomatik. Maxsus antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 300 mg dan.
10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.
3 yoki 6 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
/iste'molchilarning e'tirozlarini qabul qiladigan tashkilot
“Farmstandart-Leksredstva” OAJ, 305022, Rossiya, Kursk sh., 2-Agregatnaya ko‘ch., 1a/18 uy. Tel./faks (4712) 34-03-13, www.pharmstd.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.