Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Oltar tab. 2 mg №30
Nomi | Narx | |||||
Олтар таб. 2мг №30 (4503A##2 200) |
UZS 64 800
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Глимепирид
Страна производитель
Люксембург
Дозировка
2 мг
Производитель
Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено (вып.контроль качества): A.Menarini Manufacturing Logistics and Services S.r
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Ushbu dori preparatini qo‘llashni boshlashdan avval, ilova-varaqani to‘liq diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma'lumotlar saqlanadi.
Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Sizga uni yana o‘qib chiqishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Agar Sizda keyinchalik savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Ushbu dori preparati faqat Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Bu, xatto ularni kasallik simptomlari Sizdagi bilan mos tushsa ham ularga zarar keltirishi mumkin
Bironta nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga - shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta'riflanmaganlarga ham tegishli. 4-bo‘limga qarang.
Ushbu ilova-varaqaning mazmuni
1.Oltar® 2 mg preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
2.Oltar® 2 mg preparatini qabul qilish oldidan nimalarni bilish kerak
3.Oltar® 2 mg preparatini qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
5.Oltar® 2 mg preparatini qanday saqlash kerak
6.O‘ram ichidagi va boshqa ma'lumotlar

Oltar® 2 mg preparatida ta'sir etuvchi modda glimepirid saqlanadi.
Oltar® 2 mg preparati– bu qonda qandning miqdorini pasaytirish uchun dori preparatidir (ichga qabul uchun diabetga qarshi preparat).
Oltar® 2 mg kattalarda parhez, jismoniy yuklama va vaznni kamaytirish yetarli bo‘lmagan hollarda diabetning ma'lum shakli (qandli diabetning 2 tipi) ni davolash uchun qo‘llanadi.
2.Oltar® 2 mg ni qabul qilish oldidan nimalarni bilish kerak
Oltar® 2 mg ni qabul qilish mumkin emas
glimepiridga, xuddi shu guruhdagi boshqa dori preparatlariga (sulfonilmochevina va sulfonilamidlar) yoki ushbu preparatning boshqa komponentlaridan birontasiga nisbatan allergiya bo‘lganida (6-bo‘limda ko‘rsatilgan);
Sizda insulinga qaram qandli diabet (1 tip) bo‘lganida;
organizmda kislotalarni miqdori oshganida (ketoatsidoz);
qonda qandning ahamiyatli oshishi natijasidagi uyquchanlikda va hushni yo‘qotishda (diabetik prekoma yoki koma);
buyrak yoki jigar faoliyatini og‘ir buzilishlarida. Buyrak va jigar faoliyatini og‘ir buzilishlarida insulinga o‘tish talab qilinadi.
Agar Sizda yuqorida sanab o‘tilgan holatlardan birontasi bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilish mumkin emas. Agar Sizning ishonchingiz komil bo‘lmasa, Oltar® 2 mg ni qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokor bilan yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashishingiz lozim.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Oltar® 2 mg preparatini qabul qilishdan avval maslahat uchun shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Qonda qand miqdorini normallashtirish uchun shifokor buyurgan davolash rejasiga rioya qilish kerak. Bu tabletkalarni muntazam qabul qilishdan tashqari, Sizga parhezga rioya qilish, jismoniy mashqlarni bajarish va zarur bo‘lganida tana vaznini kamaytirish kerakligini bildiradi.Shuningdek davolovchi shifokor yozib berganiga muvofiq ravishda qonda qand miqdorini muntazam nazorat qilish (va ehtimol siydikda ham) kerak.
Glyukozo-6-fosfat degidrogenaza fermenti bo‘lmagan patsiyentlarda gemoglobin darajasini pasayishi va eritrotsitlarni parchalanishi (gemolitik anemiya) yuz berishi mumkin.
Laboratoriya tahlillari
Glimepirid bilan davolash vaqtida qonda qand miqdorini muntazam nazoratini amalga oshirish kerak. Davolovchi shifokor shuningdek qon hujayralarini nazorat qilish uchun qon va jigar faoliyatini tahlillarini o‘tkazishni buyurishi mumkin.
Gipoglikemiya to‘g‘risida muhim ma'lumotlar (qonda qand miqdorini past darajasi)
Davolashning birinchi bir nechta haftasida qonda qand miqdorini pasayish xavfi (gipoglikemiya) oshishi mumkin, shu sababli shifokorning sinchkov kuzatuvi hayotiy muhim hisoblanadi.
Gipoglikemiyani paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan omillar
Qonda qand miqdori pasayishi mumkin, agar
-Siz ovqatni muntazam qabul qilmasangiz yoki ularni umuman qabul qilishni o‘tkazib yuborsangiz;
-Siz ro‘za tutsangiz;
-Siz yetarlicha ovqatlanmasangiz;
-Siz parhezingizga o‘zgartirishlar kiritsangiz;
-Siz uglevodlarni qabul qilishni muvofiq ravishda oshirmasdan jismoniy faollik hajmini oshirsangiz;
-Siz spirtni, ayniqsa ovqatni qabul qilishni o‘tkazib yuborib iste'mol qilsangiz;
-Siz boshqa preparatlarni yoki tabiiy vositalarni bir vaqtda qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-Siz glimepiridni yuqori dozasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-Sizda gormonal buzilishlar bo‘lsa (qalqonsimon bezi, gipofiz yoki buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini buzilishlari);
-Sizda buyrak faoliyatini pasayishi bo‘lsa;
-Sizda jigar faoliyatini yaqqol pasayishi bo‘lsa;
-Siz davolovchi shifokoringizni yoki ushbu ilova–varaqada keltirilgan yo‘riqnomaga rioya qilmasangiz.
Ushbu xavf omillari bo‘lganida, ular haqida davolovchi shifokorga xabar berish lozim, chunki u glimepirid dozasiga tuzatish kiritishi yoki zarurati bo‘lganida davolash rejasini o‘zgartirish maqsadida qayta ko‘rib chiqishi kerak.
Gipoglikemiya belgilari
Qonda qand miqdori past bo‘lganida (gipoglikemiya) quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin
bosh og‘rig‘i, ochlik hissi, holdan toyish, ko‘ngil aynishi, qusish, toliqish, uyquchanlik, uyquni buzilishi, bezovtalik, tajovvuzkorlik, diqqatni jamlashni buzilishi, diqqatni va reaktsiya vaqtini o‘zgarishi, depressiya, ongni chalkashishi, nutq va ko‘rish buzilishlari, afaziya, qaltirash, parez, sensor buzilishlar, bosh aylanishi va ojizlik.
Shuningdek quyidagi simptomlar terlash, terini namlanishi, bezovtalik, taxikardiya, arterial qon bosimini oshishi, yurak urishi, to‘satdan ko‘krakda kuchli og‘riqlar bo‘lib, ular atrofdagi sohalarga tarqalishi (stenokardiya) va yurak ritmini buzilishi paydo bo‘lishi mumkin. Qonda qand miqdorini davomli tushishishda ongni yaqqol chalkashishi (deliriy), kelib chiqishi bosh miyaga bog‘liq bo‘lgan tirishishlar, o‘z-o‘zini nazorat qilishni yo‘qotish, yuzaki nafas va bradikardiya, shuningdek hushni yo‘qotish rivojlanishi mumkin.
Qonda qand miqdorini og‘ir pasayishini klinik manzarasi insultdagi holatni eslatadi.
Qonda qand miqdorini pasayish belgilari bo‘lmasligi, kamroq ifodalangan yoki juda sekin rivojlanishi mumkin. Siz qonda qand miqdorini tushishini vaqtida sezmasligingiz mumkin. Bu ayrim dori preparatlarni qo‘llayotgan (masalan, markaziy nerv tizimiga ta'sir qiladigan va beta-blokatorlar) keksa patsiyentlarda alohida o‘rin tutadi. Bu shuningdek endokrin tizimi tomonidan ayrim buzilishlar bo‘lganida (masalan, qalqonsimon bezi faoliyatini ayrim buzilishlari va gipofizni oldingi bo‘lagini yoki buyrak usti bezi po‘stlog‘ini yetishmovchiligi) ham alohida o‘rin tutishi mumkin. Jigar faoliyatini buzilishi teskari regulyatsiyaga ta'sir qilishi mumkin.
Stress holatlarda (masalan, avariyalarda, shoshilinch operatsiyalarda tana haroratini oshishi bilan bo‘lgan infektsion kasalliklarida va boshqalarda) insulinga vaqtinchalik o‘tishga ko‘rsatma bo‘lishi mumkin.
Gipoglikemiyani davolash
Ko‘pchilik hollarda qonda qand miqdorini pasayish belgilari qandning ayrim turlarini masalan, glyukozani, qand bo‘lagini, shirin sharbatni, shirin choyni qabul qilinganda juda tez yo‘qoladi. Shuning uchun Sizni yoningizda har doim qandni bironta turi bo‘lishi kerak (glyukoza, qand bo‘lagi). Shirin ta'm beruvchilarni samarasiz ekanligini yodda tuting. Agar qandni qabul qilish yordam bermasa yoki simptomlar yana paydo bo‘lsa, davolovchi shifokorga yoki yaqinda joylashgan kasalxonaga murojaat qilish lozim.
Giperglikemiya (qonda qand miqdorini oshishi) to‘g‘risida muhim ma'lumot
Giperglikemiya belgilari
Qonda qandni yuqori miqdori belgilari (giperglikemiya - agar glimepirid qonda qandni yetarli darajada kamayishiga olib kelmagan bo‘lsa, agar Siz davolovchi shifokor buyurgan davolash rejasiga rioya qilmasangiz, shuningdek alohida stress holatlarida paydo bo‘lishi mumkin), o‘z ichiga chanqashni, tez-tez siyishni, og‘izni qurishi, terini quruqligi va qichishishi, zamburug‘li yoki terining infektsiyalarini bo‘lishi va pasaygan mehnat qobiliyatini oladi. Bunday hollarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashishi lozim.
Bolalar va o‘smirlar
Glimepiridni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolashda qo‘llanishga nisbatan ma'lumotlar cheklangan. Shuning uchun bunday patsiyentlarda preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Oltar® 2 mg va boshqa dori preparatlari
Agar har qanday boshqa dori vositalarini, Siz hozirgi vaqtda, yaqin o‘tmishda qabul qilayotgan/qo‘llayotgan, qabul qilgan/qo‘llagan yoki qabul qilishingiz/qo‘llashingiz mumkin bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar qiling.
Ushbu preparatni samarasi va xavfsizligi ayrim dori preparatlari bilan birga qabul qilinishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida Oltar® 2 mg ni bir vaqtda qabul qilish boshqa dori preparatlarini xususiyatiga ta'sir qilishi mumkin.
Quyidagi dori preparatlarini qabul qilinganda glimeperidni qandni pasaytiruvchi ta'sirini kuchayishi va qonda qand miqdorini pasayish belgilari paydo bo‘lishi mumkin
diabetda davolash uchun boshqa preparatlar, shu jumladan insulin, metformin,
antibiotiklar (masalan, xloramfenikol, xinolon, tetratsiklinlar, sulfonamidlar, klaritromitsin),
og‘riq qoldiruvchi yoki revmatizmga qarshi preparatlar (pirazolon hosilalari, masalan, fenilbutazon, azapropazon, oksifenbutazon),
og‘riq qoldiruvchi (salitsilatlar),
tuberkulyozda davolash uchun preparatlar (para-aminosalitsilat kislotasi)
mushak o‘sishini rag‘batlantirish uchun preparatlar (anabolik vositalar va erkak jinsiy gormonlari)
qon ivishini ingibitsiya qiluvchi preparatlar (kumarin),
zamburug‘li infektsiyalarda davolash uchun preparatlar (mikonazol, flukonazol)
arterial qon bosimi yoki yurak qisqarishlari sonini kamaytiruvchi preparatlar (AAF ingibitorlari, simpatolitiklar),
kayfiyatni yaxshilash uchun preparatlar/antidepressantlar (fluoksetin, MAO ingibitorlari),
ishtahani pasaytirish uchun preparatlar (fenfluramin)
yurak ritmini buzilishini nazorat qilish uchun aritmiyaga qarshi vosita (dizopiramid),
qonda oshgan yog‘ darajasini kamaytirish uchun preparatlar (fibratlar),
xavfli o‘smalarda davolash uchun ayrim preparatlar (tsiklo-, tro va ifosfamidlar)
allergiyada davolash uchun preparatlar (tritokvalin),
qon aylanishini yaxshilash uchun preparatlarni (pentoksifillin) yuqori dozada infuziya qilish,
podagrada davolash uchun preparatlar (probenetsid, allopurinol, sulfinpirazon).
Quyidagi dori preparatlarini qabul qilinganda glimepiridni qandni tushiruvchi ta'sirini susayishi va qonda qand miqdorini oshishi yuz berishi mumkin.
ayollar jinsiy gormonlari (estrogenlar va progestagenlar),
siydik haydovchi preparatlar (saluretiklar, tiazid diuretiklar)
qalqonsimon bezi gormonlari,
yallig‘lanishga qarshi preparatlar (glyukokortikoidlar)
tirishilarda va shizofreniyada davolash uchun preparatlar, (fenitoin, fenotiazin hosilalari, xlorpromazin),
gipotenziv vositalar (diazoksid)
tuberkulyozni davolash uchun preparatlar (rifampitsin),
qonda qand miqdori past bo‘lganda davolash uchun preparatlar (glyukagon)
uxlatuvchi vositalar (barbituratlar)
ayrim ko‘z kasalliklarini davolash uchun preparatlar (atsetazolamid)
yurak qisqarishlarini kuchaytirish uchun preparatlar (adrenalin, simpatomimetiklar)
qonda oshgan yog‘ (nikotin kislotasini hosilalari) darajasini pasaytiruvchi preparatlar,
surgi dori preparatlarini uzoq vaqt qo‘llash.
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun preparatlar (N2-retseptorlarining antagonistlari) yoki gipotenziv preparatlar (beta-blokatorlar, klonidin, guanetidin va rezerpin) glimepiridni qand darajasini pasaytiruvchi ta'sirini ham kuchaytirishi, ham susaytirishi mumkin.
Markaziy nerv tizimiga ta'sir etuvchi dori preparatlari (beta-blokatorlar, klomidin, guanetidin yoki rezerpin) qonda qandni pasayishi belgilarini niqoblashi yoki to‘liq bostirishi mumkin.
Glimepirid antikoagulyantlarni (kumarin hosilalarini) ta'sirini ham kuchaytirishi, ham susaytirishi mumkin.
Boshqa dori preparatlarini qabul qilishni boshlashdan avval davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Oltar® 2 mg preparatini ovqat, ichimlik va alkogol bilan qabul qilish
Alkogol aytib bo‘lmaydigan tarzda Oltar® 2 mg ni qonda qand miqdorini pasaytirish ta'sirini kuchaytirishi ham, susaytirishi ham mumkin.
Homiladorlik, emizish va bola tug‘ish qobiliyati
Homiladorlik yoki emizish hollarida, shuningdek homiladorlik bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki rejalashtirilgan homiladorlikda ushbu preparatni qabul qilishdan oldin maslahat uchun davolovchi shifokorga murojaat qiling.
Homiladorlik vaqtida Oltar® 2 mg ni buyurish mumkin emas. Homiladorlikni rejalashtirilganda davolovchi shifokor bilan davolash rejasini muxokama qilish kerak. Agar glimepiridni qo‘llash davrida homiladorlik boshlansa, darhol bu haqda davolovchi shifokorga xabar qilish kerak.
Oltar® 2 mg ko‘krak sutiga o‘tishi mumkin. Oltar® 2 mg ni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Har qanday dori preparatlarini qabul qilishdan oldin shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslaxatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Qonda qand miqdorini pasayishida (gipoglikemiya), oshishida (giperglikemiya) yoki bunday holatlarda ko‘rish buzilishlarini rivojlanishi sababli diqqatni jamlash yoki ta'sirlarga e'tibor qilish qobiliyati buzilishi mumkin. Siz o‘zingizga yoki atrofingizdagilarga (masalan, avtomobilni boshqarishda yoki mexanizmlarga hizmat ko‘rsatishda) xavf tug‘dirishingiz mumkinligini hisobga olish kerak. Siz avtomobilni boshqarish mumkinligi bo‘yicha davolovchi shifokor bilan maslahatlashing agar Sizda
• gipoglikemiyani tez-tez uchrash holatlari,
• gipoglikemiyani xabarchi-simptomlari bo‘lmasa yoki ular sezilarsiz darajada namoyon bo‘lsa.
Oltar® 2 mg preparatida laktoza saqlanadi
Agar Sizda biron bir qand turlariga nisbatan o‘zlashtiraolmaslik hollari aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparatni qo‘llashdan oldin bu haqida davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
3.Oltar® 2 mg ni qanday qo‘llash kerak
Ushbu dori preparatini har doim davolovchi shifokorning tavsiyasiga muvofiq qat'iy qo‘llash kerak. Agar Sizda shubha bo‘lsa, u holda davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Dozalash
Dozani shifokor qon va siydikda qandni darajasiga ko‘ra aniqlaydi.
Tashqi omillarni o‘zgarishida (masalan, tana vaznini kamayishi hayot tarzini o‘zgarishi, stress) yoki kasallikni yaqqolligini kamayishida glimepirid dozasini o‘zgartirish talab qilinishi mumkin.
Kattalar uchun tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza sutkada Oltar® 2 mg preparatini 1/2 tabletkasi (1 mg glimepiridga mos keladi). Qonda qandni yaxshi nazoratiga erishilganda bu dozani samarani bir maromda ushlab turish uchun qo‘llash lozim.
Agar dorining sutkalik dozasini metabolizmni ko‘rsatkichlari asosida oshirish zarur bo‘lsa, u holda uni bosqichma-bosqich tarzda sutkada 1, 1½ yoki 2 tabletkadan (2, 3 yoki 4 mg glimepiridga mos keladi) taxminan 1-2 haftalik interval bilan oshirish lozim.
Oltar® 2 mg preparatini sutkada 2 tabletkadan ko‘pini tashkil qiladigan dozasi (4 mg glimepiridga mos keladi) faqat ayrim hollarda yaxshi natijalarni beradi.
Maksimal tavsiya qilinadigan doza sutkada Oltar® 2 mg preparatini 3 tabletkasitashkil qiladi (6 mg glimepiridga mos keladi).
Glimepirid va metformin yoki glimepirid va insulin bilan majmuaviy davolashni boshlash mumkin. Bunday hollarda davolovchi shifokor shaxsan Siz uchun zarur bo‘lgan glimepirid, metformin yoki insulinni dozasini aniqlashi kerak.
Qo‘llash usuli
Glimepiridni suv bilan ichgan holda (kamida yarim stakan) yutib qabul qilinadi. Odatda sutkalik dozani hammasini bevosita yaxshilab nonushta qilishdan oldin va qilish vaqtida qo‘llanadi. Nonushta qilinmaganda preparatni davolovchi shifokor yozib berganiga muvofiq qo‘llang. Glimepirid bilan davolash vaqtida ovqatni hech bir qabulini o‘tkazib yubormaslik muhim.
Agar Sizga Oltar® 2 mg ni ta'siri haddan ziyod kuchli yoki yetarli darajada kuchli emasdek namoyon bo‘layotgandek tuyulsa, bu haqda davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar qiling.
Oltar® 2 mg preparatini keragidan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz.
Agar Siz glimepiridni haddan ziyod ko‘p yoki uni qo‘shimcha miqdorida qabul qilgan bo‘lsangiz, qonda qandni pasayish xavfi (gipoglikemiya belgilari, 2-bo‘limga qarang) paydo bo‘lishi mumkin, shu sababli darhol yetarli miqdorda qandni (masalan, unchalik katta bo‘lmagan miqdorda glyukoza bo‘lagini, qand bo‘lagini, shirin sharbatni yoki shirin choyni) qabul qilish va shifokorga murojaat qilish kerak. Ushbu choralarni agar kimdir, masalan bola tasodifan qabul qilgan bo‘lsa qo‘llanishi kerak. Hushni yo‘qotgan shaxslarga ovqat yoki ichimliklarni berish mumkin emas.
Qonda qand miqdori pasaygan holat bir qancha vaqt saqlanishi mumkin, shu sababli patsiyentni, uning holati xavf tug‘dirmaguniga qadar sinchkov kuzatish juda muhim. Shuningdek ehtiyotkorlik choralari sifatida gospitilizatsiyaga zarurat paydo bo‘lishi mumkin. Hushni yo‘qotish va og‘ir nevrologik buzilishlar bilan birga kechadigan qonda qand miqdorini pasayishini og‘ir hollari yordam va gospitalizatsiyani talab qiladigan favqulotda holat hisoblanadi. Shok holatlarida shifokorni chaqirish kerakligidan oldindan xabardor bo‘lgan odam doimo bo‘lishi kerak.
Agar Siz Oltar® 2 mg preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz preparatni qo‘llashni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani qo‘llamang, keyingi dozani o‘z vaqtida qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qo‘llamang.
Agar Siz Oltar® 2 mg preparatini qabul qilishni to‘xtatganbo‘lsangiz
Agar Siz davolashni uzsangiz yoki to‘xtatsangiz, qonda qand miqdorini pasaytirish bo‘yicha kutilgan samaraga erishilmasligini va kasallik bilan bog‘liq holat yana yomonlashishini tushunishingiz kerak. Har qanday o‘zgarishlarga zarurat bo‘lganida, oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashish printsipial muhim hisoblanadi.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

Hamma dori preparatlari kabi, ular hammada ham paydo bo‘lmasada, ushbu preparat ham nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin.
Oltar® 2 mg ning nojo‘ya ta'sirlarini ko‘pchiligi dozaga bog‘liq va uni kamaytirilganda yoki preparat bekor qilinganda ular yo‘qoladi.
Nojo‘ya ta'sirlar ko‘pincha davolashni boshida paydo bo‘ladi.
Quyidagi simptomlardan birontasi paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qilish lozim
Kam hollarda paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta'sirlar (1000 patsiyentdan 1 da kuzatilishi mumkin)
• Og‘ir gipoglikemiya, xushni yo‘qotish, tirishishlar yoki koma bilan kechadigan (2-bo‘lim- ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralariga qarang).
Juda kam hollarda paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta'sirlar (1000 patsiyentdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)
• Jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan terini va ko‘z oqini (sklera) sarg‘ayishi (sariqlik), safro chiqarilishini buzilishi (xolestaz), jigarni yallig‘lanishi (gepatit) yoki jigar yetishmovchiligi
• Allergik reaktsiyalar (shu jumladan ko‘pincha teri toshmasi bilan kechadigan qon tomirlarini yallig‘lanishi), ular nafasni qiyinlashishi, arterial qon bosimini pasayishi va ba'zida shok holatini rivojlanishi bilan kechadigan og‘ir reaktsiyalarga o‘tishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlarini tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga asosan baholash mumkin emas
• Teri qoplamlarini qichishi, toshma, eshakemi va quyosh nurlariga yuqori sezuvchanlik kabi allergik reaktsiyalar (o‘ta yuqori sezuvchanlik). Ayrim yengil allergik reaktsiyalar og‘ir reaktsiyalarga o‘tishi mumkin.
Boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda paydo bo‘ladigan (1000 patsiyentdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)
Qon xujayralari
• trombotsitlarni (qon ketishi xavfi oshadi yoki qon talashishlarni paydo bo‘lish xavfi oshadi)
• leykotsitlarni (infektsiyalarni paydo bo‘lish xavfi oshadi)
• eritrotsitlarni (terini oqarishini sababchisi bo‘lishi mumkin va holsizlikni yoki hansirashni chaqirishi mumkin) sonini kamayishi mumkin.
Ushbu preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin odatda patsiyent holatini yaxshilanishi yuz beradi.

O‘zini yomon his qilish, diareya, qorinni to‘lib ketish va dam bo‘lish hissi, shuningdek diskomfort va og‘riq
Qonda natriy miqdorini kamayishi (qon taxlili natijalari bo‘yicha)
Noma'lum (mavjud ma'lumotlarga asosan tez-tezligini aniqlash mumkin emas)
Sulfonilmochevina hosilalariga, sulfonamidlarga yoki unga yaqin dori preparatlariga nisbatan allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Davolanish boshida ko‘rishni buzilishi mumkin. Bu qonda qand miqdorini o‘zgarishi sababli yuz beradi va tezda o‘tib ketadi.
Qonda jigar fermentlarini darajasini oshishi
Qon hujayralari sonini kamayishi trombotsitlar miqdorini 10000/mkg dan kamayishi va trombotsitonik purpura.
Nojo‘ya ta'sirlarini paydo bo‘lish to‘g‘risida xabarlar
Bironta nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga – shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta'riflanmaganlarga ham tegishli.
Shuningdek Siz nojo‘ya ta'sirlari to‘g‘risida bevosita O‘zbekistondagi “Berlin-Xemi/Menarini” Kompaniyasining Vakolatxonasiga quyidagi manzil Toshkent sh., 100015, Afrosiyob ko‘ch. 12 (biznes-markaz) bo‘yicha xabar qilishingiz mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlar to‘g‘risida xabar qilib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma'lumotlarnito‘planishiga yordam berishingiz mumkin.
5. Oltar® 2 mg qanday saqlash kerak
Dori vositasi bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Ushbu preparatni karton qutida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatmang.
Yaroqlilik muddati
ni tugash sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni bo‘lib hisoblanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Original o‘ramida saqlansin.
Har qanday dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yubormang. Keraksiz dori preparatini kanday utilizatsiya qilish to‘g‘risida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilinishiga yordam beradi.
6. O‘ram ichidagi va boshqa ma'lumotlar
Oltar® 2 mg preparatining tarkibi
Preparatni ta'sir etuvchi moddasi glimepirid hisoblanadi. Bir tabletkada 2 mg glimepirid saqlanadi.
Boshqa komponentlar laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, glikolyat kraxmalini natriyli tuzi (A turi), povidon K30, polisorbat 80, talk, magniy stearati.
Oltar® 2 mg preparatini tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagi
Oltar® 2 mg – bu oq rangli,kapsulasimon shakll, chetlari qiya va bir tomonida bo‘lish uchun o‘yiqchasi bo‘lgan qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.
Oltar® preparatining shuningdek 1 mg, 3 mg, 4 mg va 6 mg dozalari mavjud.
Oltar® PVX/PVDX/alyuminiyli blisterlarda ishlab chiqariladi, ularda 30 tabletka saqlanadi.
Sotuvda o‘ramning hamma o‘lchamlari ham bo‘lmasligi mumkin.
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Qayd etish guvohnomasini egasi va ishlab chiqaruvchi
Qayd etish guvohnomasini egasi
Menarini Interneshnl Opereyshnz Lyuksemburg S.A.
1, Avenyu de la Gar
L-1611 Lyuksemburg
Lyuksemburg
Ishlab chiqaruvchi
A. Menarini Menyufekchering Lodjistiks end Servisiz S.r.l
Via Kampo di Pile
67100 L’Akvila
Italiya
Ma'sul vakili
BERLIN-XEMI AG (MENARINI GRUPP)
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Germaniya

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.