Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Yanumet 50mg+1000mg tab. №56
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ситаглиптин, метформин
Страна производитель
Нидерланды
Дозировка
50 мг+500 мг
Производитель
Schering-Plough Central East AG, Швейцария произведено (выпускающий контроль качества): Merck Sharp & Dohme B.V., Нидерланды производитель дозированно
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
YANUMET
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sitagliptin + metformin.
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar sitagliptin fosfat monogidrati ko‘rinishida 50 mg sitagliptin va
500 mg, 850 mg yoki 1000 mg metformin gidroxloridi.
Yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza; polivinilpirrolidon (povidon); natriy stearilfumarati; natriy laurilsulfati.
Tabletka qobig‘i (Opadray® II 85 F94203 pushti 50 mg/500 mg doza uchun; Opadray® II 85 F94182 pushti 50 mg/850 mg doza uchun; Opadray® II 85 F15464 qizil 50 mg/1000 mg doza uchun) quyidagilarni saqlaydi polivinil spirti, titan dioksidi (E171), makrogol (polietilenglikol) 3350, tal'k, temir (II,III) oksidi (E172), temir (III)oksidi (E172).
Ta'rifi
50 mg/500 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar bir tomonida 575 gravirovkasi va ikkinchi tomoni toza bo‘lgan och-pushti rangli, ikki tomonlama qavariq kapsulasimon shakldagi tabletkalar.
50 mg/850 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar bir tomonida 515 gravirovkasi va ikkinchi tomoni toza bo‘lgan pushti rangli, ikki tomonlama qavariq kapsulasimon shakldagi tabletkalar.
50 mg/1000 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar bir tomonida 577 gravirovkasi va ikkinchi tomoni toza bo‘lgan qizil rangli, ikki tomonlama qavariq kapsulasimon shakldagi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
peroral qo‘llash uchun qonda glyukoza darajasini kamaytiruvchi dori vositalari majmuasi.
ATX kodi A10VD07.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Yanumet o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ta'sir mexanizmiga ega bo‘lgan, 2-tip qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda glikemiya nazoratini yaxshilash uchun mo‘ljallangan ikkita gipoglikemik preparatlarning majmuasi hisoblanadi sitagliptin fosfati, dipeptidilpeptidaza 4 (DPP-4) ingibitorlari va metformin gidroxloridi –biguanidlar sinfining vakili.
Sitagliptin fosfati – bu 2-tip diabetni davolash uchun dipeptidilpeptidaza 4 (DPP-4) fermentining peroral qabul qilinganda faol, kuchli va yuqori selektiv ingibitoridir. DPP-4 ingibitorlari – bu inkretinlarning kuchaytiruvchilari kabi ta'sir ko‘rsatuvchi preparatlar sinfidir. DPP-4 fermentini ingibitsiya qilish yo‘li orqali sitagliptin ikkita inkretin gomonlari – glyukagonga-simon peptid 1 (GPP-1) va glyukozaga bog‘liq bo‘lgan insulinotrop polipeptid (GIP) darajalarini oshiradi. Inkretinlar glyukoza gomeostazini fiziologik boshqarishda ishtirok etuvchi endogen tizimning bir qismi hisoblanadi. Qondagi glyukoza kontsentratsiyalari normada yoki yuqori bo‘lganida, GPP-1 va GIP insulin sintezi va uning me'da osti bezidagi beta-hujayralaridan ajralib chiqishini oshiradi. GPP-1 shuningdek jigar tomonidan glyukoza ishlab chiqarilishini kamayishiga olib kelib, me'da osti bezidagi alfa-hujayralari tomonidan glyukagon sekretsiyasini ham pasaytiradi. Agar insulin darajalari past bo‘lsa, insulin ajralib chiqishi kuchaymaydi va glyukagon sekretsiyasi bostirilmaydi. Sitagliptin DPP-4 fermentining kuchli va yuqoriselektiv ingibitori hisoblanadi va terapevtik kontsentratsiyalarda bir-biriga yaqin DPP-8 yoki DPP-9 fermentlarini ingibitsiya qilmaydi. Sitagliptin GPP-1 analoglari, insulin, sulfonilmochevina yoki meglitinidlar, biguanidlar, peroksis proliferatorlari (PPARγ) tomonidan faollashtiriladigan retseptorlar agonistlari, alfa-glikozidaza va amilin analoglari ingibitorlaridan kimyoviy tuzilishi va farmakologik ta'siri bo‘yicha farq qiladi.
Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokidagi ikki kunlik tadqiqotda faqat sitagliptin qo‘llanilganda faol GPP-1 kontsentratsiyasi oshgan, faqat metformin qo‘llanilganida esa faol va umumiy GPP-1 kontsentratsiyalari bir xil darajada oshgan. Sitagliptin va metforminni bir vaqtda qo‘llash faol GPP-1 kontsentratsiyasiga additiv ta'sir ko‘rsatadi. Metformin emas, balki sitagliptin faol GIP kontsentratsiyasini oshiradi.
Umuman olganda, monoterapiya sifatida ham yoki majmuaviy qo‘llanilganda ham sitagliptin glikemik nazoratni yaxshilaydi.
Klinik tadqiqotlarda sitagliptin monterapiya sifatida gemoglobin A1c (HbA1c), shuningdek och qoringa va ovqatdan keyingi glyukoza darajalarini sezilarli darajada pasaytirish bilan glikemik nazoratni yaxshilagan. Och qoringa qon plazmasidagi glyukoza darajasini pasayishi 3-chi haftada kuzatilgan (och qoringa glyukoza darajasini aniqlash o‘tkazilgan birinchi vaqt nuqtasi). Sitagliptin bilan davolangan patsiyentlarda gipoglikemiyani paydo bo‘lishi tez-tezligi platseboga o‘xshash bo‘lgan. Sitagliptin bilan davolashda tana vazni dastlabki ko‘rsatkichga nisbatan oshmagan. Tez-tez namunalar olingandagi ovqatga tolerantlik testida beta-hujayralar, shu jumladan HOMA-β (gomeostaz-β ni baholash modeli) faoliyatini surrogat markerlari, proinsulinning insulinga nisbati va beta-hujayralar reaktivligi ko‘rsatkichlariga nisbatan yaxshilanish kuzatilgan.
Metformin gidroxloridi
Metformin qon plazmasidagi glyukozaning bazal darajasini, hamda ovqatdan keyin darajasini pasaytiruvchi antigiperglikemik ta'sirga ega bo‘lgan biguanid hisoblanadi. Preparat insulin sekretsiyasini rag‘batlantirmaydi va shuning uchun ham giperglikemiyani vujudga kelishiga olib kelmaydi.
Metformin quyidagi uchta mexanizm bo‘yicha ta'sir ko‘rsatishi mumkin
- glyukoneogenez va glikogenolizni ingibitsiya qilish yo‘li orqali jigarda glyukoza ishlab chiqarilishini kamaytirish orqali;
- mushak to‘qimasida periferik to‘qimalarda glyukozani ushlab qolish va utilizatsiya orqali insulinga bo‘lgan sezuvchanlikni o‘rtacha darajada kuchaytirish yo‘li orqali;
- ichakda glyukoza so‘rilishini sekinlashtirish yo‘li orqali.
Metformin glikogen-sintazaga ta'sir ko‘rsatish yo‘li orqali hujayralar ichida glikogen sintezini rag‘batlantiradi. Metformin glyukoza (GLUT-1 va GLUT-4) membrana tashuvchilari maxsus turlarining tashuvchanlik qobiliyatini kuchaytiradi.
Preparatning glikemiyaga ta'siridan qat'iy nazar odamda metformin lipidlar metabolizmiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Nazoratlangan, davomiyligi o‘rtacha va uzoq muddatli klinik tadqiqotlarda terapevtik dozalarda qo‘llanilganida quyidagilar namoyish qilingan metformin umumiy xolesterin, PZLP xolesterini va triglitseridlar darajalarini pasaytiradi.
Farmakokinetikasi
Yanumet
Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokidagi bioekvivalentlik bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar Yanumet (sitagliptin/metformin gidroxloridi) preparati, majmuaviy tabletkalarning sitagliptin fosfati va metformin gidroxloridini alohida tabletkalar sifatida bir vaqtda qabul qilishga bioekvivalentligini ko‘rsatdi.
Quyidagi ma'lumotlar Yanumet preparatining tarkibiga kiruvchi ta'sir etuvchi moddalarning farmakokinetik xususiyatlarini aks ettiradi.
Sitagliptin fosfati
So‘rilishi
Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan 100 mg doza peroral qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyalarga (mediana Tmax) doza qabul qilinganidan 1-4 soat keyin erishilgan holda sitagliptin tez so‘rilgan, qon plazmasidagi sitagliptin AUC o‘rtacha ko‘rsatkichi 8,52 mkmol• soat, Cmax 950 nmol. Sitagliptinning mutloq biokiraolishligi taxminan 87 % ni tashkil qiladi.
Tarkibi
da yog‘lar yuqori darajada mavjud bo‘lgan ovqatlar va sitagliptinni bir vaqtda qabul qilish preparatning farmakokinetikasiga ta'sir ko‘rsatmaganligi uchun sitagliptinni ovqatlanishdan qat'iy nazar qo‘llash mumkin.
Qon plazmasidagi sitagliptin AUC ko‘rsatkichi dozaga mutanosib ravishda oshadi. Cmax va C24ch ko‘rsatkichlar uchun mutanosiblik aniqlanmagan (Cmax ning dozaga mutanosib ravishda yaqqolroq bo‘lgan, C24ch ning dozaga mutanosib ravishda oshishi esa unchalik yaqqol bo‘lmagan).
Taqsimlanishi
100 mg dozadagi sitagliptin sog‘lom ko‘ngillilarga vena ichiga bir marta yuborilgandan keyingi muvozanat holatidagi taqsimlanishning o‘rtacha hajmi taxminan 198 litrni tashkil qilgan. Qon plazmasidagi oqsillar bilan qaytuvchan bog‘langan sitagliptin fraktsiyasi – past (38 %) bo‘lgan.
Metabolizmi
Sitagliptin asosan o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi, metabolizmi esa sezilarli emas. Sitagliptinning taxminan 79% siydik bilan o‘zgartirilmagan holda chiqariladi.
14S-nishonlangan sitagliptin peroral qabul qilingandan keyin radiofaol preparatning taxminan 16% sitagliptin metabolitlari ko‘rinishida chiqarilgan. Sitagliptinning plazmadagi DPP-4 ni ingibitsiya qilish faolligida qatnashmaydigan 6 ta metabolitlarining past darajalari aniqlangan. In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda sitagliptinning cheklangan metabolizimi uchun javob beruvchi asosiy ferment bo‘lib CYP2C8 ishtirokidagi CYP3A4 ekanligi aniqlangan.
In vitro sharoitdagi ma'lumotlar sitagliptinning CYP izofermentlari CYP3A4, 2C8, 2C9, 2D6, 1A2, 2C19 yoki 2B6 ingibitori emasligini va CYP3A4 va CYP1A2 induktori emasligini ko‘rsatadi.
Chiqarilishi
14S-nishonlangan sitagliptin sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan peroral qabul qilingandan keyin 1 hafta davomida 100% radiofaol preparat axlat (13%) va siydik (87%) bilan chiqarilgan. 100 mg dozadagi sitagliptin peroral qabul qilingandan keyingi taxminiy yakuniy yarim chiqarilish davri t½ taxminan 12,4 soatni tashkil qiladi. Sitagliptin ko‘p marta qo‘llanilganda faqatgina minimal miqdorlarda to‘planadi. Buyrak klirensi taxminan minutiga 350 ml ni tashkil qiladi.
Sitagliptinning chiqarilishi asosan buyrak orqali faol kanalchalar sekretsiyasi mexanizmi bo‘yicha amalga oshiriladi. Sitagliptin buyrak tomonidan sitagliptinni chiqarish jarayoniga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan uchinchi tipdagi odam organik anionlari (hOAT-3) tashuvchisi uchun substrat hisoblanadi. Sitagliptinni tashishdagi hOAT-3 ning klinik ahamiyati aniqlanmagan. Sitagliptin shuningdek buyrak tomonidan sitagliptinni chiqarish jarayoniga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan r-glikoprotein substrati bo‘lib ham hisoblanadi. Biroq r-glikoprotein ingibitori bo‘lgan siklosporin sitagliptinning buyrakdagi klirensini pasaytirmagan. Sitagliptin OCT2,OAT1 yoki PEPT1/2 tashuvchilar uchun substrat hisoblanmaydi. In vitro sharoitda sitagliptin qon plazmasidagi terapevtik ahamiyatli kontsentratsiyalarda OAT3 (IC50=160 mkM) yoki r-glikoprotein (250 mkmol gacha) ga bog‘liq tashilishni ingibitsiya qilmaydi. Klinik tadqiqotda sitagliptin qon plazmasidagi digoksin kontsentratsiyasiga ahamiyatsiz ta'sirni namoyish qilgan va sitagliptinning r-glikoproteinning kuchsiz ingibitori bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.
Patsiyentlardagi xarakteristikalar
Sitagliptin farmakokinetikasi umuman olganda sog‘lom ko‘ngillilar va 2-tipdagi qandli diabet bo‘lgan patsiyentlarda o‘xshash bo‘lgan.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Sog‘lom ko‘ngillilar nazorat guruhiga nisbatan buyrak faoliyatini og‘ir darajali surunkali buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda sitagliptinning kamaytirilgan dozasi
(50 mg) farmakokinetikasini o‘rganish maqsadida bir martalik dozani qo‘llash bilan ochiq tadqiqot o‘tkazilgan. Tadqiqotga kreatinin klirensi ko‘rsatkichiga ko‘ra yengil
(50 ml dan <80 ml/min gacha), o‘rtacha (30 ml dan <50 ml/min gacha) va og‘ir (30 ml/min dan kam) shakllarga tasniflangan buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar, shuningdek gemodializ o‘tkazilayotgan terminal bosqichdagi buyrak kasalligi bo‘lgan patsiyentlar kiritilgan.
Buyrak faoliyatini yengil darajali buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qon plazmasidagi sitagliptin kontsentratsiyasining sog‘lom ko‘ngillilar nazorat guruhiga nisbatan klinik jihatdan ahamiyatli oshishi kuzatilmagan. Qon plazmasidagi sitagliptin AUC ning sog‘lom ko‘ngillilar nazorat guruhiga nisbatan taxminan 2 marta oshishi buyrak faoliyatini o‘rtacha darajali buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda va qon plazmasidagi sitagliptin AUC ning sog‘lom ko‘ngillilar nazorat guruhiga nisbatan taxminan 4 marta oshishi buyrak faoliyatini og‘ir darajali buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek gemodializ o‘tkazilayotgan terminal bosqichdagi buyrak kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilgan. Sitagliptin kuchsiz darajada gemodializda chiqariladi (preparat qabul qilingandan 4 soat o‘tgach boshlangan 3-4 soatli dializda 13,5%). Buyrak faoliyatini o‘rtacha va og‘ir darajali buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek gemodializ o‘tkazilayotgan terminal bosqichdagi buyrak kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda sitagliptinni qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki preparatni bunday patsiyentlarda qo‘llash tajribasi juda cheklangan.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar faoliyatini o‘rtacha yoki yengil darajali buzilishi (Chayld–Pyu shkalasi bo‘yicha ≤9) bo‘lgan patsiyentlarda sitagliptin dozasiga tuzatish kiritishning hojati yo‘q. Preparatni jigar faoliyatini og‘ir darajali buzilishi (Chayld–Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash bo‘yicha klinik tajriba mavjud emas. Biroq sitagliptinning asosan buyrak orqali chiqarilishi tufayli, jigar faoliyatini og‘ir darajali buzilishi bo‘lgan hollarda buning sitagliptin farmakokinetikasiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatishi kutilmaydi.
Keksalar
Preparat dozasiga yoshga bog‘liq ravishda tuzatish kiritishning hojati yo‘q. Faza I va Faza II ma'lumotlarining populyatsion farmakokinetik tahlilidan kelib chiqishicha patsiyentlarning yoshi sitagliptin farmakokinetikasiga klinik jihatdan ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi. Keksa (65-80 yosh) yoshdagi patsiyentlarda qon plazmasidagi sitagliptin kontsentratsiyasi yoshroq patsiyentlarnikiga qaraganda tahminan 19% ga yuqori bo‘lgan.
Bolalar
Bolalarda sitagliptinni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Patsiyentlarning boshqa xarakteristikalari
Preparat dozasiga jins, irq yoki tana vazni indeksiga (TVI) bog‘liq holda tuzatish kiritishning hojati yo‘q. Ushbu xarakteristikalar sitagliptin farmakokinetikasiga klinik jihatdan ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmagan, bu Faza I farmakokinetik ma'lumotlarining majmuaviy tahliliga va Faza I va Faza II ma'lumotlarining populyatsion farmakokinetik tahliliga asoslanadi.
Metformin gidroxloridi
So‘rilishi
Metformin peroral qabul qilingandan so‘ng tmax ga 2,5 soatdan keyin erishiladi. 500 mg tabletka bo‘lgan metforminning mutloq biokiraolishligi sog‘lom ko‘ngillilarda taxminan 50–60% ni tashkil qilgan. Doza peroral qabul qilingandan keyin axlat bilan chiqarilgan so‘rilmagan fraktsiyasi 20–30% ni tashkil qilgan.
Peroral qabul qilingandan so‘ng metforminni so‘rilishi to‘yinuvchan va to‘liq bo‘lmagan hisoblanadi. Metforminni so‘rilishi farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqli emas degan xulosaga kelingan. Metforminning oddiy dozalari qo‘llanganida va dozalash tartiblarida muvozanat holatidagi kontsentratsiyalarga 24-48 soatdan keyin erishiladi va u odatda 1 mkg/ml dan pastdir. Nazoratlangan klinik tadqiqotlarda qon plazmasidagi metforminning maksimal kontsentratsiyalari (Cmax) minimal dozalar qo‘llanilganda ham
4 mkg/ml dan oshmagan.
Ovqat metforminni so‘rilish darajasini pasaytiradi va ma'lum darajada sekinlashtiradi. 850 mg doza qo‘llanganidan keyin qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyani 40% ga pasayishi, AUC ni 25% ga pasayishi va qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga erishguncha bo‘lgan vaqtning 35 minutga uzayishi kuzatilgan. Bunday pasayishning klinik ahamiyati noma'lum.
Taqsimlanishi
Qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishi ahamiyatli darajada emas. Metformin eritrotsitlarda taqsimlanadi. Qondagi maksimal kontsentratsiyasi plazmadagiga qaraganda pastroq va unga taxminan bir xil davrdan keyin erishiladi. Eritrotsitlar ehtimol, taqsimlanishning ikkilamchi komponenti bo‘lishi mumkin. Vd ning o‘rtacha ko‘rsatkichi 63–276 l o‘rtasida o‘zgaradi.
Metabolizmi
Metformin o‘zgarmagan shaklda siydik bilan chiqariladi. Odamda metabolitlari aniqlanmagan.
Chiqarilishi
Metforminning buyrak klirensi > 400 ml/min ni tashkil qiladi va bu metforminning kalavalar filtratsiyasi va tubulyar sekretsiyasi yo‘li bilan chiqarilishini ko‘rsatadi. Peroral qabul qilingandan keyin taxminiy yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 6,5 soatni tashkil qiladi. Buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan hollarda buyrak klirensi kreatininga mutanosib tarzda pasayadi va shunday qilib yarim chiqarilish davri uzayadi, bu esa qon plazmasidagi metformin darajalarini oshishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
Qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan patsiyentlar uchun.
Yanumet maksimal o‘zlashtiraolinadigan dozadagi metformin monoterapiyasi fonida mos nazoratga erishilmagan patsiyentlarda, shuningdek hozirda sitagliptin va metformin majmuasi bilan davolanayotgan patsiyentlarda glikemiya ustidan nazoratni yaxshilash uchun parxez va jismoniy yuklamalar tartibiga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.
Yanumet maksimal o‘zlashtiraolinadigan dozadagi metformin va sulfonilmochevina bilan davolashda adekvat nazoratga erishilmagan patsiyentlarda sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada (uchta preparatning majmuasi) parxez va jismoniy yuklamalar tartibiga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.
Yanumet maksimal o‘zlashtiraolinadigan dozadagi metformin va PPAR-γ agonisti bilan davolashda adekvat nazoratga erishilmagan patsiyentlarda gamma-retseptorlari agonistlari, faollashtirilgan peroksis proliferatori (PPAR-γ) (masalan, tiazolidindion) bilan majmuada (uchta preparatning majmuasi) parxez va jismoniy yuklamalar tartibiga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.
Yanumet shuningdek barqaror dozadagi insulin va metformin glikemiya ustidan adekvat nazoratni ta'minlamaydigan patsiyentlarda insulin bilan majmuada (uchta preparatning majmuasi) glikemiya ustidan nazoratni yaxshilash uchun parxez va jismoniy yuklamalar tartibiga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalari
Yanumet preparati bilan giperglikemiyaga qarshi davolashni o‘tkazishda dozani joriy davolash sxemasi, patsiyentdagi samaradorlik va o‘zlashtiraolinishidan kelib chiqib sutkalik tavsiya qilingan maksimal doza 100 mg sitagliptindan oshirmagan holda shaxsiy ravishda tanlash kerak.
Maksimal o‘zlashtiraolinadigan dozadagi metformin monoterapiyasida adekvat nazoratga erishilmagan patsiyentlar uchun
Metformin monoterapiyasida adekvat nazoratga erishilmagan patsiyentlar uchun Yanumet preparatining tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi sitagliptinning sutkada 2 marta 50 mg dozasi (umumiy sutkalik dozasi 100 mg) va metforminning joriy dozasini ta'minlashi lozim.
Sitagliptin va metformin majmuasini qabul qilayotgan patsiyentlar uchun
Sitagliptin va metformin bilan majmuaviy davolashdan o‘tishda Yanumet preparatning boshlang‘ich dozasi sitagliptin va metforminning qo‘llanilgan dozalariga ekvivalent bo‘lishi kerak.
Ikkita preparat – o‘zlashtiraolinadigan maksimal dozadagi metformin va sulfonilmochevina bilan majmuaviy davolashda adekvat nazoratga erishilmagan patsiyentlar uchun
Yanumet preparatining dozasi sitagliptinning sutkada 2 marta 50 mg dozasi (umumiy sutkalik dozasi 100 mg) va metforminning hozirda qo‘llanilayotgan tegishli dozasini ta'minlashi lozim. Agar Yanumet preparati sulfonilmochevina bilan majmuada qo‘llanilsa, gipoglikemiyaning vujudga kelish xavfini pasaytirish uchun sulfonilmochevinani pastroq dozada qabul qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ikkita preparat – o‘zlashtiraolinadigan maksimal dozadagi metformin va PPAR-γ agonisti bilan majmuaviy davolashda adekvat nazoratga erishilmagan patsiyentlar uchun
Yanumet preparatining dozasi sitagliptinning sutkada 2 marta 50 mg dozasi (umumiy sutkalik dozasi 100 mg) va metforminning hozirda qo‘llanilayotgan tegishli dozasini ta'minlashi lozim.
Ikkita preparat – o‘zlashtiraolinadigan maksimal dozadagi metformin va insulin bilan majmuaviy davolashda adekvat nazoratga erishilmagan patsiyentlar uchun
Yanumet preparatining dozasi sitagliptinning sutkada 2 marta 50 mg dozasi (umumiy sutkalik dozasi 100 mg) va metforminning hozirda qo‘llanilayotgan tegishli dozasini ta'minlashi lozim. Yanumet preparati insulin bilan majmuada qo‘llanilganida, gipoglikemiyaning vujudga kelish xavfini pasaytirish uchun insulinning dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin.
Metforminning turli dozalarini ta'minlash maqsadida Yanumet preparati 50 mg sitagliptin va 850 mg metformin gidroxloridi yoki 1 000 mg metformin gidroxloridi dozalarida chiqariladi.
Barcha patsiyentlar kun davomida qabul qilingan uglevodlarni adekvat taqsimlanishiga ega bo‘lgan parhezga amal qilishni davom ettirishlari kerak. Ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan patsiyentlar quyi kaloriyali parxezga amal qilishni davom ettirishlari kerak.
Alohida guruhlar
Buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak faoliyatini o‘rtacha yoki og‘ir darajali buzilishi (kreatinin klirensi
< 60 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarga Yanumetni buyurish mumkin emas.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga Yanumetni buyurish mumkin emas.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Metformin va sitagliptin buyrak orqali chiqarilganligi sababli, Yanumet preparatini keksa yoshdagi patsiyentlarda ehtiyotlik bilan qo‘llash lozim. Ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda metforminni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan laktatsidozning oldini olish maqsadida buyrak faoliyati tekshirish lozim. Sitagliptinni yoshi 75 dan katta bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishi bo‘yicha cheklangan ma'lumotlar mavjud, shuning uchun preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Bolalar
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Yanumet preparatidan foydalanishning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmaganligi sababli, bu yosh toifasidagi patsiyentlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Qo‘llash usuli
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan metforminni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalarning vujudga kelish xavfini kamaytirish maqsadida, Yanumet preparatini sutkasiga 2 marta ovqatlanish vaqtida qabul qilish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yanumet tabletka preparati bilan davolash bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, biroq Yanumet preparati bilan sitagliptin va metforminni majmuasining bioekvivalentligi tasdiqlangan.
Sitagliptin va metformin
Preparatni qo‘llash bilan bog‘liq sifatida ko‘rib chiqilgan va platsebo qo‘llanganidagiga qaraganda ko‘proq vujudga kelgan (> 0,2% va > 1 patsiyent farqi bilan), shuningdek ikki tomonlama yashirin tadqiqotlarda metformin bilan majmuada sitagliptin qabul qilgan patsiyentlardagi nojo‘ya reaktsiyalar a'zonlar tizimlari sinflari va mutloq tez-tezligi bo‘yicha afzal ko‘rilgan MedDRA atamalari sifatida quyida sanab o‘tilgan (1-jadval). Tez-tezligi quyidagicha aniqlangan juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1 000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10 000 dan < 1/1 000 gacha); juda kam hollarda (< 1/10 000).
1-jadval. Platsebo-nazoratlangan klinik tadqiqotlar va postmarketing davrda kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalarning vujudga kelish tez-tezligi
Nojo‘ya reaktsiyaDavolash sxemasiga bog‘liq ravishda nojo‘ya reaktsiyalarning vujudga kelish tez-tezligi
sitagliptinmetformin bilan birgasitagliptin metformin va sulfonil-mochevina bilan birgasitagliptinmetformin va PPARγ agonisti (rosiglitazon) bilan birgasitagliptinmetformin va insulin bilan birga
Vaqt nuqtasi24 hafta24 hafta18 hafta24 hafta
Infektsiyalar va invaziyalar
terining zamburug‘li infektsiyasitez-tez emas*
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar**tez-tezligi noma'lum
Metabolizm va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
gipoglikemiya*** juda tez-teztez-tezjuda tez-tez
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
bosh og‘rig‘i tez-teztez-tez emas
uyquchanliktez-tez emas
Respirator tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
yo‘taltez-tez*
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
diareyatez-tez emas tez-tez
ko‘ngil aynishitez-tez
qabziyat tez-tez
qorinning yuqori qismidagi og‘riqtez-tez emas
qayd qilishtez-tezligi noma'lum**tez-tezligi noma'lum**tez-teztez-tezligi noma'lum**
og‘izni qurishi tez-tez emas
o‘tkir pankreatit**tez-tezligi noma'lum
Fatal yoki fatal bo‘lmagan, gemorragik va nekrozga olib keluvchi pankreatit**tez-tezligi noma'lum
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
angionevrotik shish**tez-tezligi noma'lum
toshma**tez-tezligi noma'lum
eshakemi**tez-tezligi noma'lum
teri vaskuliti**tez-tezligi noma'lum
terining eksfoliativ holati**, shu jumladan Stivens–Djonson sindromitez-tezligi noma'lum
qichishishtez-tezligi noma'lum
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Artralgiya**tez-tezligi noma'lum
mialgiya**tez-tezligi noma'lum
belda og‘riq**tez-tezligi noma'lum
qo‘l-oyoqlarda og‘riq**tez-tezligi noma'lum
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar
buyrak faoliyatini yomonlashishi**tez-tezligi noma'lum
o‘tkir buyrak yetishmovchiligi**tez-tezligi noma'lum
Umumiy xolat va preparatni qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar
periferik shish tez-tez*
Tekshirish
qonda glyukoza darajasini pasayishitez-tez emas
* 54-haftada tahlil o‘tkazilganda kuzatilgan.
**Nojo‘ya reaktsiyalar postmarketing kuzatish davrida kuzatilgan.
***Sitagliptin monoterapiyasi va siragliptinning metformin yoki PPARγ-agonisti bilan majmuada qo‘llanilishining klinik tadqiqotlarida sitagliptin qo‘llanganda gipoglikemiyaning vujudga kelish tez-tezligi platsebo qabul qilgan patsiyentlardagi tez-tezlik bilan bir xil bo‘lgan.
Fiksatsiyalangan dozadagi majmua tarkibiga kiruvchi har bir alohida ta'sir etuvchi modda bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar
Sitagliptin
Sutkada 1 marta 100 mg dozadagi sitagliptin monoterapiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda platseboga nisbatan nojo‘ya reaktsiyalar sifatida bosh og‘rig‘i, gipoglikemiya, qabziyat va bosh aylanishi bo‘lgan.
Ushbu patsiyentlarning kamida 5% da nojo‘ya reaktsiyalar (preparatni qo‘llash bilan sabab-oqibat bog‘lanishidan qat'iy nazar) nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlarining infektsiyalari va nazofaringitni o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, osteoartrit va qo‘l-oyoqlardagi og‘riq haqida ham kamroq xabar qilingan (tez-tezligi sitagliptin qo‘llanganida nazorat guruhidagiga qaraganda 0,5% ga ko‘proq).
Klinik tadqiqotlarda neytrofillar sonining oshishi tufayli leykotsitlar miqdorining oz miqdorda oshishi kuzatilgan (farq platseboga qaraganda taxminan
200 hujayra/mkl ga teng; leykotsitlarning o‘rtacha boshlang‘ich soni taxminan 6 600 hujayra/mkl). Bu barcha tadqiqotlarda kuzatilmagan, biroq ko‘pchilik tadqiqotlarda kuzatilgan. Laboratoriya ko‘rsatkichlaridagi bunday o‘zgarishi klinik jihatdan ahamiyatli sifatida qaralmaydi.
Sitagliptin bilan davolashda hayot faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarida yoki EKG da (shu jumladan, QTc intervali) klinik jihatdan ahamiyatli o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Metformin
2-jadvalda a'zolar tizimlari sinflari va rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya reaktsiyalar ko‘rsatilgan.
2-jadval. Metformin qo‘llanganda klinik tadqiqotlar va postmarketing davrda kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi
Nojo‘ya reaktsiya Tez-tezligi
Metabolizm va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
laktatsidozjuda kam xollarda
B12 vitamini tanqisligi ajuda kam xollarda
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
og‘izda metall ta'mitez-tez
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
gastrointestinal simptomlar bjuda tez-tez
Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar
Jigar faoliyatini buzilishi, gepatitjuda kam xollarda
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
eshakemi, eritema, qichishishjuda kam xollarda
a Metformin bilan uzoq vaqt davolash V12 vitaminining so‘rilishini pasayishi bilan assotsiatsiyalangan, bu esa juda kam hollarda V12 vitaminining klinik jihatdan ifodalangan tanqisligiga (masalan, megaloblast anemiyaga) olib kelishi mumkin.
b Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i va ishtahani yo‘qolishi kabi me'da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlar ko‘pincha davolashni boshlanishida vujudga keladi va ko‘pchilik holatlarda o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Yanumet preparatini quyidagi patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas
-ta'sir etuvchi moddalar yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
-diabetik ketoatsidoz va diabetik prekoma;
-buyrak faoliyatini o‘rtacha va og‘ir darajali buzilishi (kreatinin klirensi <60ml/min);
-degidratatsiya, og‘ir infektsiya, shok, yod saqlovchi kontrast moddalarni tomir ichiga yuborilishi kabi buyrak faoliyatiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘tkir holatlar;
-yurak yoki nafas yetishmovchiligi, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, shok kabi to‘qima gipoksiyasiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir va surunkali kasalliklar;
-jigar faoliyatini buzilishi;
shuningdek
-o‘tkir alkogolli intoksikatsiya, alkogolizm;
-emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sitagliptin (sutkada 2 marta 50 mg) va metforminning (sutkada 2 marta 1 000 mg) ko‘p martalik dozalarini bir vaqtda qo‘llanilishi qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan patsiyentlarda sitagliptin hamda metforminning farmakokinetikasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmagan.
Boshqa dori vositalarining Yanumet preparati bilan farmakokinetik o‘zaro ta'sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan; biroq bunday tadqiqotlar Yanumet preparatining tarkibiga kiruvchi moddalarning (sitagliptin va metformin) har biri bo‘yicha alohida holda o‘tkazilgan.
Metformin – Yanumet preparatining ta'sir etuvchi moddasini qo‘llanilishi oqibatidao‘tkir alkogolli intoksikatsiya bo‘lganida (ayniqsa ochlikda, yetarli darajada ovqatlanilmaganda yoki jigar faoliyatini buzilishlarida) laktatsidozning vujudga kelishining yuqori darajadagi xavfi mavjud. Alkogolni iste'mol qilish va spirt saqlovchi preparatlarni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Buyrak-naychalar sekretsiyasi vositasida chiqariladigan kation preparatlari (masalan, simetidin) umumiy buyrak-naychali transport tizimi uchun raqobat qilgan holda metformin bilan o‘zaro ta'sirlashishi mumkin. 7 nafar sog‘lom ko‘ngilli ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot simetidin sutkada 2 marta 400 mg dozada qo‘llanganda metformin ekspozitsiyasini (AUC) 50% ga va Cmax ko‘rsatkichini 81% ga oshirishini ko‘rsatgan. Shuning uchun buyrak-naychalar sekretsiyasi vositasida chiqariladigan kation preparatlarini bir vaqtda qo‘llanganida glikemik nazoratni sinchkovlik bilan monitoring qilish, tavsiya qilingan diapazon doirasida dozalarga tuzatish kiritish va diabetni davolashga o‘zgarishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqish lozim.
Radiologik tekshiruvlarni o‘tkazishda yod saqlovchi kontrast moddalarni qon tomirlar ichiga yuborish buyrak yetishmovchiligiga, buning oqibatida esa – metformin to‘planishiga va laktatsidozni rivojlanish xavfiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun tekshiruvni o‘tkazishdan avval yoki ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida Yanumet preparatini bekor qilish va ko‘rik o‘tkazilganidan keyingi 48 soat davomida uni qabul qilmaslik kerak, qabul qilishni faqat buyrak faoliyati normal ekanligi aniqlangandan keyingina tiklanadi.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur bo‘lgan majmualar
Glyukokortikoidlar (tizimli va mahalliy qo‘llash uchun), beta-2-agonistlar va diuretiklar o‘ziga xos giperglikemik faollikka ega. Patsiyentlarni bu to‘g‘risida ogohlantirish va ayniqsa shunday preparatlar bilan davolashni boshlashda qondagi glyukoza darajalarini tez-tez nazorat qilib turish kerak. Zarur bo‘lgan hollarda antigiperglikemik preparat dozasiga boshqa preparat bilan davolash vaqtida va uni bekor qilishda tuzatish kiritish zarur.
AAF ingibitorlari qondagi glyukoza darajalarini pasaytirishi mumkin. Zarur bo‘lgan hollarda antigiperglikemik preparat dozasiga boshqa preparat bilan davolash vaqtida va uni bekor qilishda tuzatish kiritish zarur.
Boshqa dori vositalarining sitagliptinga ta'siri
Quyida keltirilgan klinik ma'lumotlar boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilgandan keyin klinik jihatdan ahamiyat o‘zaro ta'sirlarning vujudga kelish xavfining past ekanligini ko‘rsatadi.
Siklosporin. r-glikoproteinning kuchli ingibitori - siklosporinni sitagliptinning farmakokinetikasiga ta'sirini baholash uchun tadqiqot o‘tkazilgan. Peroral bir martalik 100 mg dozadagi sitagliptin va bir martalik 600 mg dozadagi siklosporin bir vaqtda qo‘llanganida sitagliptinning AUC va Cmax ko‘rsatkichlari mos ravishda taxminan 29% va 68% ga oshgan. Sitagliptin farmakokinetikasidagi bu o‘zgarishlar klinik jihatdan ahamiyat sifatida qaralmagan. Sitagliptinning buyrak klirensi sezilarli darajada o‘zgarmagan. Shuning uchun, boshqa r-glikoprotein ingibitorlari bilan ahamiyat o‘zaro ta'sirlar kutilmaydi.
In vitro sharoitlardagi tadqiqotlar sitagliptinning cheklangan metabolizmiga javob beruvchi asosiy ferment bo‘lib CYP2C8 ishtirokidagi CYP3A4 ekanligini ko‘rsatadi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda metabolizm, shu jumladan CYP3A4 ishtirokidagi metabolizm sitagliptin klirensida faqat ahamiyatsiz rolni o‘ynaydi. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlarida yoki buyrak kasalliklarining terminal bosqichlarida metabolizm sitagliptinni chiqarishda kattaroq rolni o‘ynashi mumkin. Shu sababli, CYP3A4 kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol, ritonavir, klaritromitsin) buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari yoki terminal bosqichdagi buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda sitagliptin farmakokinetikasiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Buyrak faoliyati buzilganda CYP3A4 kuchli ingibitorlarining samaralari klinik tadqiqotda o‘rganilmagan.
In vitro sharoitda transportini o‘rganishda sitagliptinning r-glikoprotein uchun substrat va organik anion tashuvchi-3 (OAT3) ekanligini ko‘rsatadi. Sitagliptinning OAT3-vositasidagi tashilishi in vitro sharoitda probenetsid bilan bostirilgan, biroq bunda klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta'sirlarning vujudga kelish xavfi past hisoblanadi. OAT3 ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llanilishi in vivo sharoitda o‘rganilmagan.
Sitagliptinning boshqa preparatlarga ta'siri
In vitro sharoitdagi ma'lumotlar sitagliptinning CYP450 izofermentlarini ingibitsiya qilmasligi va induktsiya qilmasligini ko‘rsatadi. Klinik tadqiqotlarda sitagliptin metformin, gliburid, simvastatin, roziglitazon, varfarin yoki peroral kontratseptivlar farmakokinetikasiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmadi va bu bilan CYP3A4, CYP2C8, CYP2C9 substratlari va organik kation tashuvchi (OKT) bilan o‘zaro ta'sirga past darajadagi moyilligi to‘g‘risidagi in vivo sharoitdagi ma'lumotlarni tasdiqladi. Sitagliptin qon plazmasidagi digoksin kontsentratsiyasiga ahamiyatli bo‘lmagan darajada ta'sir ko‘rsatadi va in vivo sharoitda r-glikoproteinning kuchsiz ingibitori bo‘lishi mumkin.
Digoksin Sitagliptin qon plazmasidagi digoksin kontsentratsiyasiga ahamiyatli bo‘lmagan darajada ta'sir ko‘rsatadi. 10 kun davomida har kuni 0,25 mg digoksin 100 mg sitogliptin bilan bir vaqtda qo‘llanilgandan keyin qon plazmasidagi digoksinning AUC ko‘rsatkichi o‘rtacha 11% ga, qon plazmasidagi Cmax esa – o‘rtacha 18% ga oshgan. Digoksinning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Biroq sitagliptin va digoksin bir vaqtda qo‘llanilganda digoksinning toksikligiga nisbatan xavfga ega bo‘lgan patsiyentlarni nazorat qilib turish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Umumiy
Yanumet preparatini 1-tip qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas, shuningdek diabetik ketoatsidozni davolash uchun qo‘llamaslik kerak.
Pankreatit
Postmarketing davrda o‘tkir pankreatit kabi nojo‘ya reaktsiya xaqida spontan xabar berilgan. Patsiyentlarga o‘tkir pankreatitga xarakterli simptomlar to‘g‘risida xabar qilish kerak barqaror, jadal abdominal og‘riq. Sitagliptin (samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni o‘tkazish bilan/o‘tkazmasdan) bekor qilingandan keyin pankreatitning bartaraf qilinishi kuzatilgan, biroq nekrozga uchraydigan yoki gemorragik pankreatit va/yoki o‘lim holatlari to‘g‘risida kam hollarda xabar qilingan. Agar pankreatitga shubha bo‘lsa, Yanumet va unga olib kelish ehtimoli mavjud bo‘lgan boshqa preparatlarni bekor qilish lozim.
Laktatsidoz
Laktatsidoz metforminni to‘planishi oqibatida vujudga keluvchi kam xollarda uchrovchi, biroq jiddiy (darhol davolanmagan hollarda o‘lim bilan yakunlanishi foizi yuqori) metabolik asorat hisoblanadi. Metformin qo‘llanganda laktatsidozni rivojlanishi haqida ko‘proq diabet va yaqqol ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda xabar qilingan. Laktatsidoz rivojlanishining oldini olish uchun yetarlicha darajada nazorat qilinmagan diabet, ketoz, uzoq vaqt och qolish, spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish, jigar faoliyatini buzilishi va gipoksiya bilan kechuvchi barcha holatlar kabi boshqa xavf omillarini ham baholash zarur.
Tashhis
Laktatsidoz atsidoz dispnoe, abdominal og‘riq va gipotermiya, keyinchalik koma rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Diagnostik laboratoriya ko‘rsatkichlari – qondagi rN darajasini pasayishi, qon plazmasidagi laktatning 5 mmol/l dan past darajalari, anion farq va laktat/piruvat nisbatlarini oshishi. Metabolik atsidozga shubha qilinganda, preparat bilan davolashni to‘xtatish va patsiyentni darhol gospitalizatsiya qilish lozim.
Buyrak faoliyati
Metformin va sitagliptin asosan buyrak orqali chiqariladi. Metforminni qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan laktatsidozning vujudga kelish tez-tezligi buyrak faoliyatini yomonlashish darajasini oshishi bilan oshadi, shuning uchun qon zardobidagi kreatinin kontsentratsiyasini muntazam ravishda tekshirib turish lozim
- buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda kamida yiliga bir marta;
- qon zardobidagi kreatinin darajalari normaning yuqori chegarasiga teng yoki undan yuqori bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek keksa yoshdagi patsiyentlarda kamida yiliga 2-4 marta.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda buyrak faoliyatini susayishi tez-tez kuzatiladi va simptomsiz hisoblanadi. Buyrak faoliyatini yomonlashishi mumkin bo‘lgan hollarda, masalan, antigipertenziv preparat yoki diuretikni buyurishda yoki nosteroid yallig‘lanishlarga qarshi preparat (NYaQP) bilan davolashni boshlashda ayniqsa ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Gipoglikemiya
Yanumet preparatini sulfonilmochevina yoki insulin bilan majmuasini qabul qilayotgan patsiyentlarda gipoglikemiyaning vujudga kelish xavfi mavjud bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sulfonilmochevina yoki insulin dozasini pasaytirish talab qilinishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Postmarketing davrda sitagliptin bilan davolangan patsiyentlarda jiddiy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari haqida xabarlar olingan. Ushbu reaktsiyalar anafilaksiya, angionevrotik shish va terining eksfoliativ holatlari, shu jumladan Stivens–Djonson sindromini o‘z ichiga oladi. Ushbu reaktsiyalar sitagliptin bilan davolash boshlanganidan keyingi dastlabki 3 oy davomida, bir necha holatlarda esa – birinchi dozani qabul qilgandan keyin paydo bo‘lgan. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi to‘g‘risida shubhalar bo‘lganda, Yanumet preparatini bekor qilish, reaktsiyaning boshqa mumkin bo‘lgan sabablarini baholash va diabetga qarshi muqobil davolashni buyurish kerak.
Jarroxlik
Yanumet preparati tarkibida metformin gidroxloridi mavjud bo‘lganligi tufayli, umumiy, spinal yoki epidural anesteziya bilan bajariladigan rejali operatsiyalarni o‘tkazishdan 48 soat avval preparat bilan davolashni to‘xtatish lozim. Odatda Yanumet preparatini qo‘llashni operatsiya o‘tkazilgandan kamida 48 soat o‘tgach va faqat buyrak faoliyati normal ekanligi aniqlangandan keyingina tiklanadi.
Yod saqlovchi kontrast moddalarni qo‘llash
Radiologik tekshirishdan o‘tkazishlarda yod saqlovchi kontrast moddalarni qon tomir ichiga yuborilishi buyrak yetishmovchiligini vujudga kelishiga olib kelishi mumkin, bu esa metformin qabul qilayotgan patsiyentlardagi laktatsidoz bilan bog‘liqdir. Shuning uchun, tekshiruvdan o‘tkazishdan avval yoki uni o‘tkazish vaqtida Yanumet preparatini bekor qilish va u o‘tkazilgandan keyingi 48 soat davomida qabul qilmaslik kerak, qabul qilishni faqat buyrak faoliyati normal ekanligi aniqlangandan keyingina tiklanadi.
Avval nazorat qilingan qandli diabetining 2-tipi bo‘lgan patsiyentlarning klinik holatini o‘zgarishi
Yanumet preparati qo‘llanilganda avvalroq yaxshi nazorat qilingan qandli diabetning 2-tipi bo‘lgan, laboratoriya ko‘rsatkichlarining patologik o‘zgarishlari yoki klinik kasalliklar (ayniqsa aniqlanmagan va aniqlanishi qiyin bo‘lgan kasalliklar) yuz bergan patsiyentlarni darhol ketoatsidoz va laktatsidozga nisbatan ko‘rikdan o‘tkazish lozim. Ko‘rikdan o‘tkazish qon zardobidagi elektrolitlar va ketonlar darajasi, qondagi glyukoza miqdori va agar ko‘rsatilgan bo‘lsa qon rN , laktat, piruvat va metformin darajalarini aniqlashni o‘z ichiga olishi lozim. Agar har qanday turdagi atsidoz vujudga kelgan bo‘lsa, Yanumet preparatini qo‘llashni darhol to‘xtatish va tegishli muvofiqlashtiruvchi davolashni o‘tkazish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Sitagliptinni homilador ayollarda qo‘llanilishi to‘g‘risida tegishli ma'lumotlar mavjud emas. Hayvonlarda o‘ktazilgan tadqiqotlar sitagliptinning yuqori dozalarda yuborilganda reproduktiv toksikligini ko‘rsatgan.
Cheklangan ma'lumotlar metforminni homilador ayollarda qo‘llash tug‘ma nuqsonlar rivojlanishi xavfining oshishiga olib kelmasligini ko‘rsatadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar metformin yuborilganida homiladorlik, homila va fetal rivojlanish, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga nisbatan noxush samaralarni aniqlamadi.
Yanumet preparatini homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Agar patsiyent homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan yoki homilador bo‘lsa, Yanumet preparati bilan davolashni to‘xtatish va iloji boricha ertaroq insulin buyurish kerak.
Yanumet preparati tarkibiga kiruvchi ta'sir etuvchi moddalar majmuasini qo‘llagan holda emizikli hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ta'sir etuvchi moddalarning har birini alohida qo‘llash bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda sitagliptin va metformin emizikli kalamush suti bilan chiqarilgan. Metformin odam sutiga oz miqdorda o‘tadi. Sitagliptinning odam suti bilan ajralib chiqishi yoki chiqmasligi noma'lum. Shu sababli, Yanumet preparatini emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas.
Bolalarda qo‘llanishi
Yanumet preparatini ushbu yoshdagi populyatsiyada qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning mavjud emasligi tufayli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Yanumet preparati avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Biroq avtotransport boshqarganda va mexanizmlar bilan ishlaganda sitagliptin qo‘llanilganda bosh aylanishi va uyquchanlik to‘g‘risida xabar qilinganligiga e'tibor olish lozim.
Bundan tashqari, patsiyentlarni Yanumet preparati sulfonilmochevina yoki insulin bilan majmuaviy qo‘llanilganda gipoglikemiyaning vujudga kelishi ehtimoli borligi to‘g‘risida ogohlantirish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Yanumet preparatini dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas.
Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokidagi nazoratlangan klinik tadqiqotlarda 800 mg gacha bo‘lgan bir martalik dozadagi sitagliptin yaxshi o‘zlashtirilgan. Klinik jihatdan ahamiyatli bo‘lmagan sifatida qaralgan QTc intervalini minimal oshishi 800 mg dozadagi sitagliptin qo‘llangan bitta tadqiqotda kuzatilgan. Klinik tadqiqotlarda
800 mg ortiq bo‘lgan dozalarni qo‘llash tajribasi yo‘q. Ko‘p martalik dozalarni qo‘llashning Faza I tadqiqotlarida 10 kungacha bo‘lgan davr mobaynida sitaglitin sutkada 600 mg gacha, shuningdek 28 kungacha bo‘lgan davr mobaynida sutkada 400 mg dozada qo‘llanilganda dozaga bog‘liq bo‘lgan klinik nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilmagan.
Metformin dozasini katta miqdorda oshirib yuborilishi (yoki laktatsidoz vujudga kelishining yondosh xavflari) laktatsidozning rivojlanishiga olib kelishi mumkin, bu esa shoshilinch holat hisoblanadi va gospitalizatsiyani talab qiladi. Laktat va metforminni organizmdan chiqarishning eng samarali usuli bo‘lib gemodializ hisoblanadi.
Sitagliptin dializga o‘rtacha darajada uchraydi. Klinik tadqiqotlarda dozaning taxminan 13,5% gemodializning 3-4 soatli seansi davomida chiqarilgan. Agar klinik jihatdan zarur bo‘lsa, gemodializni uzoqroq vaqt davomida o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish mumkin. Peritoneal dializni o‘tkazishda sitagliptinning organizmdan chiqarilishi yoki chiqarilmasligi noma'lum.
Doza oshirib yuborilgan hollarda bir maromda ushlab turuvchi standart choralar, masalan, me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilmagan materialni chiqarib tashlash, klinik monitoringni o‘tkazish (shu jumladan, EKG) qo‘llash, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda bir maromda ushlab turuvchi davolashni buyurish lozim.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 50 mg/500 mg, 50 mg/850 mg va 50 mg/1000 mg tabletkalar.
14 tabletkadan PVDX/Al blisterda. 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratlarda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
-firma
«Merk Sharp i Doum B.V.», Niderlandiya (manzili Vaarderveg 39, 2031 BN Xaarlem, Niderlandiya/Waarderweg 39, 2031 BN Haarlem, The Netherlands).
Qayd etish guvohnomasining egasi
Shering-Plau Sentral Ist AG, Veyshtrasse 20 CH-6000 Lyutsern 6, Shveytsariya/
Schering-Plough Central East AG, Weystrasse 20 CH-6000, Lucerne 6, Switzerland.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.