Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Monopouz Essel kaps. №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Эссенциальные фосфолипиды , изофлавон сои 40%
Страна производитель
Индия
Производитель
Nabros Pharma Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Monopouz Essel
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) essentsial fosfolipidlar, soya izoflavoni
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Har bir jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar Essentsial fosfolipidlar - 200 mg;
Soya izoflavoni 40% - 75 mg;
Yordamchi moddalar yetarli miqdorda
Ta'rifi och sariq-oq rangli kukun saqlovchi, tanasi qopqoqchasi yashil rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
klimaksga qarshi vosita.
ATX kodi G02CX
Farmakologik xususiyatlari
Menopauza tibbiy nuktai nazardan hayz ko‘rishni mikdoriy kamayishiga olib keluvchi tuxumdonlar faoliyatini susayishi bilan ifodalanadi. Bunday o‘zgarishlar estrogen va progesteron ishlab chiqarilishini pasayishi va FSG (follikulostimullovchi gormon) va LG (lyutein gormon) kontsentratsiyasini oshishi bilan chaqirilgan.
Izoflavon
Izoflavon menopauzadagi qizib ketish hissini kamaytiradi yoki butunlay bartaraf etadi. Izoflavonlar kuchsiz estrogen samaraga ega bo‘lgan o‘simlik moddalari sinfiga kiradi, shu boisdan ular fitoestrogenlar deyiladi Izoflavonlar dukkaklilar oilasi o‘simliklarida bo‘ladi va soya doni izoflavonlarning eng boy manbaidir. Ikki soya flavonlari - genistein va diadzein katta ahamiyatga ega. Izoflavonlar rakka qarshi ta'sirga ega, chunki estrogenlar retseptorlari bilan bog‘lanadi. Shunday qilib, izoflavonlar, ko‘pchilik ayollarda namoyon bo‘ladigan estrogenga bog‘liq rak kasalliklaridan himoya qiladi.
Izoflavonlar estogensimon samara namoyon qilib, qizib ketishlarni yo‘qotadi, osteoporoz, xavfli o‘smalarni rivojlanishini oldini oladi, bu ayniqsa vazni oshiqcha post-menopauzadagi ayollar uchun ayniqsa muhimdir, ularda estrogenlarning yuqori kontsentratsiyalari kuzatiladi. Monopouz Essel 40% umumiy izoflavonlarni tabiiy nisbatlarda saqlovchi soya izoflavon ekstraktini saqlaydi. Izoflavonlar genisteinlarning 60% soya izoflavonlarining juda faol shakli – genistin/genistein ko‘rinishida bo‘ladi.
Genistein ko‘krak bezi to‘qmasini himoya qiladi, xujayralarning muvofiq faoliyatini va ferment faolligini tutib turadi. Soya ieoflavonlariestrogenlarniigmuvozanatini va ko‘krak bezining to‘qimasi faoliyatini tutib turib, 2-gidrokenesteron metabolizmini oshiradi va 16- gidroksiesteron metabolizmini o‘zgartiradi.
Ayollarda menopauzadan oldin va keyingi davrda izoflavonlar yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olib, lipidlar metabolizmini optimallashtiradi.
Izoflavonlarga boy ovqat ayollarda suyak to‘qimasini mineralizatsiyasini tutib turish imkonini beradi.
Essenitsial fosfolipidlar - bu xujayra membranasining tarkibiga kiruvchi yuqori tozalangan fosfolipidlarning yig‘indisidir. Essentsial fosfolipidlar fosfatidilxolin, fosfatidil inozitol va fosfatidil etanolamin, shuningdek linol va linolen kislotalarini o‘z ichiga oladi. Fosfolipidlar ichak yo‘llaridan to‘liq so‘rilishi uchun nano-liposomalarga kapsulalangan.
Essentsial fosfolipidlar xujayralarning energetik balansida, xujayra ichki bog‘lanishlarda, xujayra membranasini turgori va o‘tkazmasligini ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi. Essentsial fosfolipidlar xolesterini tashilishi va chiqarilishida va fermentlarni metobolizmida ishtirok etadi. Klinik tadqiqotlarga muvofiq, xolesterin qonning lipidlarini balansini tutib turadi. Essentsial fosfolipidlar trombotsitlar agregatsiyasida, yurak-qon tomir tizimining faoliyati va periferik qon aylanish tizimida potentsial ishtiroq etadi.
Qo‘llanilishi
-klimaks;
-hayz ko‘rish siklini buzilishi;
-hayz ko‘rishdan oldingi sindrom;
-ayollar jinsiy sohalari kasalliklarini kompleks davolash;
-ko‘krak bezi rakini profilaktikasi;
-oyoqlarda venalarni varikoz kengayishi;
-suyaklar osteoporozi;
-arterial gipertoniya;
-ateroskleroz va uning asoratlari, YuIK va boshqalar.;
-endokrin tizimi kasalliklarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga Bir kapsuladan kuniga 2 marta ovqatlanish oldidan yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Preparat bolalarda, homilador ayollarda yoki laktatsiya davrida ishlatish uchun tavsiya qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda – ko‘ngil aynishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat 100% tabiiy izoflavonlarni essentsial fosfolipidlar bilan birga saqlaydi, dorilarning o‘zaro tasiri haqida ma'lumot tushmagan
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
10 ta kapsula blisterda. 1, 3 yoki 6 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Nabros Farma Pvt.Ltd., Neshnel Xayvey 8, Kxeda-387 411 Hindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.