Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Витамин D3
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Pokiston
Производитель
Bio-Labs Pvt. Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Vitamin D3-Laxisam in'ektsiya uchun eritma 5 ml / 1ml №1 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vitamin D3- Laxisam
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) xolekaltsiferol
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma 5 ml/ml
Tarkibi
1 ampula quyidagilarni saqlaydi
faol modda xolekaltsiferol 5 mg (200,000 ME)
yordamchi moddalar krodamol –q.s. 1 ml gacha
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish hidsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
kaltsiy fosfor almashinuvining boshqaruvchi.
ATX kodi A11SS05
Farmakologik xususiyatlari
D3 vitamini kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi, ichakda kaltsiyning so‘rilishini va buyrak naychalarida fosforning qayta so‘rilishini kuchaytiradi, bolalarda suyak skelet va tishlarni shakllanishiga, suyaklar strukturasini saqlanishiga yordam beradi. Preparat qalqonsimon oldi bezlarining normal ishlashi uchun zarur. Preparat limfokinlar va ATF sintezi jarayonlarida ishtirok etadi.
Farmakokinetikasi
Ingichka ichakning distal qismida o‘t kislotalari ishtirokida so‘riladi, qonda alfa
2 - globulinlar va qisman albuminlar bilan bog‘lanadi, jigarga o‘tadi (birinchi gidroksillanish) 25 gidroksi xolekaltsiferol (kaltsidiol) ga aylanadi. Bu, u asosiy aylanib yuruvchi shakli buyraklarda (ikkinchi gidroksillanish) muvofiq faol shakllariga aylanadi.
Ulardan eng asosiysi 1,25 - digidroksixolekaltsiferol (kaltsitriol) hisoblanadi.
Asosiy to‘planish joyi - yog‘ to‘qimasi va mushaklar.
D vitamini asosan axlat bilan chiqariladi. Uning ahamiyatsiz miqdori siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Raxitni oldini olish va davolash, spazmofiliya, turli genezli osteomalyatsiya, metabolik osteopatiyalar (gipoparatireoz, soxta gipoparatiroz), gipokaltsiyemik tetaniyada.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat mushak ichiga yoki peroral qo‘llanadi. Sut bilan D vitamini qabul qilayotgan chaqaloqlar 1/2 ampula (ya'ni 100 000 XB) har 6 oyda.
Emizikli sut yoki bilan D vitamini qabul qilmayotgan chaqaloqlar, 5 yoshdan boshlab bolalar 1 ampuladan (ya'ni 200 000 XB) har 6 oy.
O‘smirlar 1 ampuladan (ya'ni 200 000 XB) har 6 oyda butun qish davomida.
Homiladorlar 1/2 ampula (ya'ni 100 000 XB) homiladorlikning 6 - 7 oylarida, quyosh nuri yetarli bo‘lmagan holda xuddi shu dozada, yoki agar homiladorlikning uchinchi uch oyligi qishki davrga to‘g‘ri kelsa takroran qo‘llash mumkin.
Keksa yoshli shaxslar 1/2 ampula (ya'ni 100 000 XB) har 3 oyda.
Kattalar yoki ovqatlanishni buzilishlari bo‘lgan bolalar 1/2 dan 1 ampulagacha (ya'ni 100 000 XB dan 200 000 XB gacha) har 3 oyda.
Yo‘ldosh tutqanoqqa qarshi davolash olayotgan kattalar va bolalar ½ dan 1 ampulagacha (ya'ni 100 000 XB dan 200 000 XB gacha) har 3 oyda.
D3 vitamini tanqisligida 1 ampula (ya'ni 200 000 XB) keyinga 1 - 6 oy davomida bir marta takroriy qo‘llash tavsiya etiladi.
Preparatning kerakli hajmini aniq tortib olish uchun shisha shpritsdan foydalanish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Giperfosfatemiya, giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya, anorektsiya, poliuriya, qabziyat, bosh og‘rig‘i, mialgiya, artralgiya, arterial bosimini oshishi, aritmiyalar, buyrak yetishmovchiligi, allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
D3 vitaminiga yuqori sezuvchanlik, giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya, sarkoidoz, kaltsiyli nefrourolitiaz, tereotoksikoz (o‘ta yuqori sezuvchanlik ehtimoli), giperfosfatemiya bilan buyrak osteodistrofiyasi, D gipervitaminozi emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Ateroskleroz, yurak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, o‘pka tuberkulyozi (faol shakli), giperfosfatemiya, fosfatli nefrourolitiaz, yurakning organik shikastlanishlari, buyraklar va jigarning o‘tkir va surunkali kasalliklari, me'da ichak yo‘lining kasalliklari (shu jumladan me'da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi), homiladorlik va laktatsiya davri, gipotireoz.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tiazidli diuretiklar giperkaltsiyemiya xavfini oshiradi. Fenitoin (biotransformatsiya tezligini oshiradi); xolestiramin, glyukokortikosteroidlar, kaltsitonin, etidron va pamidron kislotasining hosilalari, plikamitsin, galliy nitrat preparati samarani kamaytiradi, A vitamini toksikligini pasaytiradi. Barbituralar biotransformatsiyasi tezligini oshiradi. Vitamin D3-Laxisam Yurak glikozidlarining toksikligini oshiradi. Amominiy va magniy saqlovchi antatsidlarni birga qo‘llash fonidagi uzoq muddatli davolash, qonda ularning kontsentratsiyasini va intoksikatsiya paydo bo‘lish xavfini oshiradi (ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lganda).
Kolestiramin, kolestipol va mineral moylar MIY da yog‘da eruvchi vitaminlarning so‘rilishini kamaytiradi va ularning dozasini oshirishni talab etadi. Fosfor saqlovchi preparatlarning so‘rilishini va giperfosfatemiya paydo bo‘lishi xavfini oshiradi. Natriy ftoridi bilan bir vaqtda qo‘llanganda qabullar orasidagi tanaffuz kamida
2 soatni, tetratsiklinlarning peroral shakllari bilan kamida 3 soatni tashkil qilishi lozim.
D3 vitaminining boshqa analoglari bilan bir vaqtda qo‘llash gipervitaminoz rivojlanishi xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sutkada 1000 XB dan yuqori dozalarda qo‘llanganida, shuningdek preparat bir necha oy davomida uzluksiz qabul qilinganda, surunkali D3 gipervitaminoz va giperfosfatemiyani istisno qilish uchun vaqti – vaqti bilan qon zardobida kaltsiy va fosfor kontsentratsiyasini aniqlash tavsiya etiladi.
Buyrak bilan bog‘liq (buyrak genezli) suyaklarning shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlarda giperfosfatemiya rivojlanishini oldini olish uchun, preparatni fosfatlarni bog‘lovchi vositalar bilan birga buyurish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtidagi giperkaltsiyemiya homilaning jismoniy va aqliy rivojlanishining nuqsonlarini chaqirishi mumkin.
D3 vitamini va uning metabolitlarini ko‘krak sutiga o‘tishi sababli, homiladorlik davrida D3 vitaminining sutkalik dozasi 600 XB dan oshmasligi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
D vitamini gipervitaminozining simptomlari
Erta uchraydiganlari (giperkaltsiyemiya bilan bog‘liq) qabziyat yoki diareya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, bosh og‘rig‘i, pollakiuriya, nikturiya, poliuriya, anorektsiya, og‘izda metall ta'm, ko‘ngil aynishi, qusish, noodatiy charchoqlik, umumiy holsizlik, giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya.
Kechkiuchraydiganlari suyaklarda og‘riq, siydikni xiralashishi (siydikda gialin silindrlarni paydo bo‘lishi, proteinuriya, leykotsituriya), arterial bosimini oshishi, terini qichishishi, qo‘zlarni yorug‘likka sezgirligini oshishi, kon'yunktiva giperemiyasi, aritmiya, uyquchanlik, mialgiya, ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit, gastralgiya, ozish, kam - psixoz (ruhiyat va kayfiyatni o‘zgarishi).
D vitaminining surunkali yetishmovligini simptomlari. Kattalarda sutkada 20- 60 ming XB, bolalarda sutkada 2- 4 ming XB dozada bir necha hafta yoki oylar davomida qabul qilish yumshoq to‘qimalar, buyraklar, o‘pka, qon tomirlarining kaltsinozi, arterial gipertenziya, surunkali buyrak va yurak yetishmovchiligi (ushbu samaralar ko‘proq giperkaltsiyemiya, giperfosfatiyemiya qo‘shilganda paydo bo‘ladi), bolalarda o‘sishni buzilishi (sutkada 1,8 XB dozada uzoq muddat qabul qilish).
Davolash preparatni bekor qilish, kaltsiy miqdori kam bo‘lgan parhez, ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilish, glyukokortikosteroidlar, - tokoferol, askorbin kislotasi, retinol, tiamin buyurish, og‘ir hollarda ko‘p miqdorda 0,9% li natriy xloridi eritmasi, furosemid, elektrolitlarni vena ichiga yuborish, gemodializ o‘tkazish.
Maxsus antidoti yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
ni istisno qilish uchun qator hollarda qonda kaltsiy kontsentratsiyasini aniqlash tavsiya etiladi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” ga qaralsin).
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 5 mg/ml 1 ml dan ampulalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
“Bio Labs (Pvt) Ltd”, Plot No.145, Industrial Triangle, Kahuta Road, Islamabad, Pokiston.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Laxisam”MChJ, 100011, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., A.Kodыriy ko‘ch, 25a.
Tel. +998712440471
e-mail office@lahisam.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.