Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Furadonin tabletkalar 50 mg №10 Irbitskiy
Nomi | Narx | |||||
Фурадонин таб. 50 мг №10 Ирбитский (150524##2 274) |
UZS 2 100
UZS 2 200
-5%
Экономия UZS 100
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фурадонин таб. 50 мг №10 Ирбитский (270724##2 309) |
UZS 2 000
UZS 2 100
-5%
Экономия UZS 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фурадонин таб. 50 мг №10 Ирбитский (270724##2 318) |
UZS 2 000
UZS 2 100
-5%
Экономия UZS 100
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Дозировка
50 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Ирбитский ХФЗ, Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Furadonin
Ta'sir etuvchi modda (HPN) nitrofurantoin
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda nitrofurantoin monogidrati (furadonin) — 50 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali – 46,15 mg; kolloid kremniy dioksidi — 2,00 mg; stearin kislotasi — 1,00 mg; polisorbat-80 (tvin-80) – 0,85 mg.
Ta'rifi sariq yoki yashil tusli sarik rangli, yassi silindrik shaklli, faskali tabletkalar, yuzasida biroz marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
mikroblarga qarshi vosita, nitrofuran.
ATX kodi J01XEO1
Farmakologik xususiyatlari
Mikroblarga qarshi vosita, nitrofuranlar guruhiga mansub hosila, eng avvalo siydik chiqarish yo‘llarini davolash uchun vosita. Bakteriyalarda oqsil sintezi va hujayra membranasining o‘tkazuvchanligini izdan chiqaradi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Shigella dysenteria spp., Shigella flexneri spp., Shigella boydii spp., Shigella sonnei spp.; Escherichia coli., Proteus spp.)ga nisbatan faol.
Farmakokinetikasi
Me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi — YaXShI. Biokiraolishligi — 50% (ovqat biokiraolishlikni oshiradi). So‘rilish tezligi kristallarning o‘lchamiga bog‘liq (mikrokristall shakl Tes eruvchanlik va so‘rilish tezligi, qisqa vaqtda siydikda maksimal kontsentratsiyasiga erishish bilan xarakterlanadi). Plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanishi — 60%.
Jigarda va mushak to‘qimasida metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri — 20-25 minut. Yo‘ldosh, gematozntsefalik to‘siq orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi. To‘liq buyraklar orqali (30-50% - o‘zgarmagan ko‘rinishda) chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Siydik chiqarish yo‘llarining bakterial infektsiyalari (piyelit, piyelonefrit, uretrit, sistit), urologik operatsiyadar yoki tekshiruvlarda (tsistoskopiya, kateterizatsiya va shunga o‘xshash) infektsiyani oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga kuniga 3-4 marta 0,1-0,15 g; bolalarga — sutkada 5-8 mg/kg hisobidan ko‘p miqdordagi suv bilan ichga buyuriladi, sutkalik doza 4 marta qabul qilishga bo‘linadi. Kattalar uchun eng yuqori dozalar bir martalik — 0,3 g, sutkalik – 0,6 g. Siydik chiqarish yo‘llarining o‘tkir infektsiyalarida davolash davomiyligi — 7-10 kun. Profilaktik, qaytalanishga qarshi davolash kasallikning xarakteriga qarab 3 dan 12 oygacha davom ettiriladi. Bunday holatlarda sutkalik doza 1-2 mg/kg ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi, qusish, allergik reaktsiyalar (yuguriksimon sindrom, artralgiya, mialgiya, anafilaksiya, qaltirash, eozinofiliya, toshma), bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, asteniya, nistagm, uyquchanlik, o‘pkada interstitsial o‘zgarishlar, bronxoobstruktiv sindrom, isitma, yo‘tal, ko‘krak qafasida og‘riq, gepatit, xolestatik sindrom, periferik nevropatiya, pankreatit, soxtamembranoz kolit, kam xollarda — qorinda og‘riq, diareya kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, surunkali buyrak yetishmovchiligi, II-III. darajali yurak yetishmovchiligi, jigar sirrozi, surunkali gepatit, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tankisligi, o‘tkir porfiriya, homiladorlik, laktatsiya davri, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nalidikson kislotasi va magniy trisilikati saqlovchi antatsidlarni bir vaqtda qo‘llash antibakterial samarani kamaytiradi. Ftorxinolonlar bilan nomutanosib.
Kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari preparatning antibakterial samarasini kamaytiradi (siydikda nitrofurantoin kontsentratsiyasini pasaytirishi hisobiga) va toksikligini oshiradi (qonda kontsentratsiyasi oshadi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparatning alohida diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida avtotransportni boshqarganda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda (bosh aylanishi va uyquchanlik paydo bo‘lganida) ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari qusish.
Davolash suyuqlik ko‘p miqdorda qabul qilish preparatni siydik bilan chiqarilishini oshishiga olib keladi. Dializ samarali.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda.
Kontur uyasiz o‘ramlar tyong miqdordagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga guruh o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Irbitekiy ximfarmzavod» OAJ
623856, Rossiya, Sverdlov vil., Irbit sh., Kirova ko‘ch. 172.
Tel./faks (34355) 3-60-90.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.