Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Uronefron tab. plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar №60
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Шелуха лука, корни пырея, листья берёзы, семена пажитника, корни петрушки, трава золотарника, трава
Страна производитель
Украина
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Uronefron
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Нo‘q
Dori shakli
Зlyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 188 mg 9 ta o‘simliklarnin quruq ekstraktini saqlaydi osh piyoz po‘sti (Allium cepa), qayin barglari (Betula alba), o‘rmalovchi bug‘doyiq ildizpoyasi (Agropyron repens), oddiy petrushka ildizi (Petroselium sativum), Grek shambalasi urug‘lari (Trigonella foenum graecum), oddiy zolotarnik o‘ti (Solidago virgaurea), dala qirqbo‘g‘imi poyalari (Equisetum arvense), qush toron o‘ti (Polygonum aviculare), dorixona levisti ildizlari (Levisticum officinale);
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi;
qobig‘i Opadry 200 Green 200F210013 (polivinil spirti, talk, makrogol, titan dioksidi (E 171), sariq xinolin (E 104), indigokarmin (E 132), metakril kislotasi sopolimeri S tipi, natriy gidrokarbonati, sariq shafaq FCF (E 110)).
Ta'rifi dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali, to‘q-yashil rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
siydik toshlarini eritishga yordam beruvchi vositalar.
ATX kodi G04BC
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Uronefron – o‘simliklardan olingan majmuaviy preparatdir. Yallig‘lanishga qarshi, siydik haydovchi, spazmolitik va mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Siydik haydovchi ta'siri flavon hosilalari, inozit, saponinlar va silikatlar bilan bog‘liq. Bular shuningdek buyraklarda urat cho‘kmalar bo‘lganida siydik kislotasini chiqarishini kuchaytiradi. Preparat siydik chiqarish yo‘llarida mineral komponentlarni kristallizatsiyasini oldini oladi, siydikda kolloidlar va kristalloidlar orasidagi muvozanatni saqlashga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Saponinlar sirt tarangligini kamaytiradi, himoyalovchi kolloidlar hosil qiladi va siydikning patogen komponentlarini emulgatsiya qiladi, buyraklarda qum va toshlarni hosil bo‘lishini oldini oaldi. Qum va mayda konkrementlarni yuvib chiqarilishiga yordam beradi, konkrementlarni kattalashishi va yangilarni paydo bo‘lishini oldini oladi. Uronefronning buyrakning kanalchalar va kalavalar tizimiga ta'siri proteinuriyada oqsilni chiqarilishini kamayishiga olib keladi.
Osh piyoz po‘sti efir moyi (0,15% gacha), S vitamini, riboflavin, tiamin, karotinoidlar, fitin, limon va olma kislotalari, qand (glyukoza, fruktoza, saxaroza), flavonoidlar, kaliy, temir, marganets, rux va kobalt birikmalari saqlaydi. Yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Qayin barglari efir moylari, saponinlar, oshlovchi moddalar, qatronlar, askorbin va nikotin kislotasini saqlaydi. Asosiy ta'siri – diuretik, safro haydovchi, spazmolitik, yallig‘lanishga qarshi.
O‘rmalovchi bug‘doyiq. Ildizpoyalari polisaxaridlar, qand, spirtlar, glikozidlar, vitaminlar, efir va yog‘ moylari, organik kislotalar saqlaydi. Asosiy ta'siri – diuretik, moddalar almashinuvini boshqarish.
Oddiy petrushka ildizi aponil, miristitsin, flavonoidlar saqlaydi. Asosiy ta'siri – diuretik, yallig‘lanishga qarshi, litolitik.
Grek shambalasi urug‘lari trigonelin, nikotin kislotasi, rutin, steroid saponinlar va fitosterinlar, flavonoidlar, efir moylari saqlaydi. Asosiy ta'siri – yallig‘lanishga qarshi, umumiy quvvatlovchi, yaralarni bitkazuvchi.
Oddiy zolotarnik o‘ti flavonoidlar kempferol, kvertsetin va ularning glikozidlari – astragalin, rutin saqlaydi. Asosiy ta'siri – diuretik, antibakterial, yallig‘lanishga qarshi.
Dala qirqbo‘g‘imi flavonoidlar apigenin hosilalari, lyuteolin, kempferol, kvertsetin, shuningdek fenolkarbon kislotalari, oshlovchi moddalar, saponinlar saqlaydi. Asosiy ta'siri – diuretik, yallig‘lanishga qarshi, litolitik, dezintoksikatsion.
Qush toron o‘ti flavonoidlar, fenolokislotalar, karotin, askorbin kislotasi, oshlovchi moddalar saqlaydi. Asosiy ta'siri – diuretik, qonni to‘xtatuvchi.
Dorixona levisti. Levistning yer usti massasi va ildizi efir moylari (yangi ildizlarda – 0,1-0,2%, quruq ildizlarda – 0,6-1,0%), qand, organik kislotalar, mineral moddalar, qatronlar, kraxmal saqlaydi. Efir moylari tarkibiga terpineol, sineol, sirka, izovalerian va benzoy kislotalari kiradi. Asosiy ta'siri – siydik haydovchi, yallig‘lanishga qarshi.
Uronefron o‘simliklardan olingan dori vositasining tarkibiga kiruvchi komponentlar yallig‘lanishga qarshi va siydik chiqarish yo‘llarida spazmni bartaraf etish, siydik haydovchi, vazodilatatsion samaralar ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi kompleks faollik namoyon qiladi, shuningdek preparatning mikroblarga qarshi ta'siri samaradorligini ta'minlaydi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Siydik chiqarish tizimining quyidagi infektsion va yallig‘lanish kasalliklari
o‘tkir va surunkali sistit;
o‘tkir va surunkali piyelonefrit;
surunkali uretrit;
surunkali prostatitni majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Siydik-tosh kasalligi, shu jumladan siydik konkrementlarini jarroxlik usulida olib tashlangandan keyin davolash va oldini olishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarda ichga qabul qilinadi.
Ovqatdan keyin 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta qabul qilinadi.
Davolash kursi 2 haftadan 6 haftagachani tashkil etadi.
Davolash kursi davomiyligini shifokor belgilaydi.
Zarurati bo‘lganida davolash kursini takrorlash mumkin.
Bolalar.
Preparatni bolalarda (18 yoshgacha) qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun uni bu yosh toifasidagi patsiyentlarga buyurish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizim tomonidan
allergik reaktsiyalar, jumladan toshma, eshakemi, qichishish, allergit rinit, yuzda shish.
Nerv tizimi tomonidan
bosh aylanish.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan
ko‘ngil aynash, qusish, diareya, qorin dam bo‘lishi.
Teri va teri osti hujayralar tomonidan
ultrabinafsha nurlariga yuqori sezuvchanlik (fotosensibilizatsiya)
Siyidik chiqarish tizimi tomonidan
buyrak sanchig‘i
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dori vositasining kompanentlariga yoki o‘simliklarning Asteraceae (Compositae) (Oddiy zolotarnik o‘ti), Apiaceae (Umbelliferae) yoki anitola (levist idizi), oq qayin changlari (oq qayin barglari) turiga yuqori sezuvchanlik.
Suyuqlikni kam miqdorda qabul qilish tavsiya etilgan holatda (masalan, buyrak yetishmovchiligida, yurak yetishmovchiligida).
Qonni ivib qolishi yuqorilig kuzatilayotgan holatda.
Siydik chiqarish yo‘llari obstruktsiyasi.
O‘tkir nefrit, nefrozlar, fosfatli litiazda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat siydik haydovchi ta'siga ega bo‘lgani uchun bir vaqtda qabul qilinayotgan dori vositalarini chiqarilishitezlashishi mumkinligini hisobga olish lozim.
Preparat gipoglikemik preparatlar,glikemik preparatlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, litiy tuzlari, monoaminooksitazlar ingibitorlari, antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin; pentabarbital, paratsetamol, aminopirinning ta'sirini uzaytiradi.
Preparat ingichka ichakda dori vositalarini, jumladan beta-karotin, alfa-tokoferolni va yana xolesterinni so‘rilishini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Grek shambalas urug‘ining gipoglikemik ta'siri kuzatilishi mumkinligi tufayli, dori vositasini qo‘llaganda qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda glikemik nazorat o‘tkazish kerak.
Og‘riq paydo bo‘lgan holatda, siyganda asoratlar yuzaga kelganda, siydikda qon paydo bo‘lganda, simptomlar kuchayganda yoki tana harorati oshganda darhol shifokorga murojaat etish kerak.
Dori vositasini qo‘llash vaqtida ko‘p miqdorda suyuqlik iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Yurak yoki buyrak yetishmovchiligi chaqirgan shishlar paydo bo‘lganda preparatni qabul qilish mumkin emas.
Dori vositasi allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin bo‘lgan “Sariq quyosh shafaqi FCF” (E 110) bo‘yog‘i saqlaydi. Bu dori vositasi tarkibida 1mol (23mg)/dozaga natriy saklayli, ya'ni deyarli natriydan xoli.
Agar Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing, chunki u laktoza monogidrati saqlaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Xayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda Uronefron® preparatini homilaga teratogen ta'siri aniqlanmagan. Homilador ayollarda qo‘llangan tajribalar yo‘q.Shuning uchun havfsizlik nuqtai nazaridan preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llashdan saqlanish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Agar preparat bilan davolash vaqtida bosh aylanishi kuzatilsa, transport vositalarini boshqarishdan va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborganda nojo‘ya reaktsiyalar kuchayishi mumkin.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 3 yoki 6 blisterdan qutida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovckaya ko‘chasi, 63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.