Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Erbinol tabletkalar 250mg. №14
Nomi | Narx | |||||
Эрбинол таблетки 250мг. №14 (306000650##2 133) |
UZS 94 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Эрбинол таблетки 250мг. №14 (306000650##2 202) |
UZS 95 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тербинафин
Страна производитель
Румыния
Дозировка
250 мг
Производитель
Rotapharm Limited, Bеликобритания произведено: S.C. Slavia Pharm S.R.L.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta'sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorilarning o‘zaro ta'siri
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Erbinol Ta'sir etuvchi modda (XPN) Terbinafin
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi faol modda terbinafin (terbinafin gidroxloridi shaklida) – 250 mg. yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, gipromelloza, talk, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. Ta'rifi dumaloq, yassi, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Dermatologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallangan zamburug‘larga qarshi vositalar. Tizimli qo‘llash uchun mo‘ljallangan zamburug‘larga qarshi vositalar. ATX kodi D01BA02 Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Terbinafin keng faollik doirasiga ega allilaminlar guruhiga mansub bo‘lgan zamburug‘larga qarshi vosita hisoblanadi. Kichik kontsentratsiyalarda terbinafin dermatofitlar, mog‘or va ayrim dimorf zamburug‘lariga qarshi fungitsid ta'sirga ega. Uning achitqisimon zamburug‘larga qarshi ta'siri ularning turiga bog‘liq va fungitsid yoki fungistatik bo‘lishi mumkin. Terbinafin zamburug‘ hujayrasidagi sterinlar biosintezini erta bosqichlarda o‘ziga xos ravishda izdan chiqaradi, bu holat ergosterolni tanqisligiga, hujayralar ichida skvalenni to‘planishiga va nihoyat zamburug‘ hujayrasini nobud bo‘lishiga olib keladi. Uning ta'siri hujayra membranasidagi skvalenepoksidaza fermentini ingibitsiya bo‘lishi bilan ifodalanadi. Ushbu ferment sitoxrom R450 tizimiga kirmaydi. Ichga qabul qilinganida terbinafin terida, sochlarda va tirnoqlarda fungitsid ta'sirini ta'minlaydigan kontsentratsiyalarda to‘planadi.
Farmakokinetikasi
Terbinafin ichga qabul qilinganida me'da-ichak yo‘llarida yaxshi (> 70%) so‘riladi, u tizimoldi eliminatsiyasiga ahamiyatli darajada uchraydi, uning mutloq biokiraolishligi taxminan 50% ni tashkil etadi. Terbinafin 250 mg dozada peroral qabul qilinganidan so‘ng qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 1,5 soatdan keyin erishadi va 1,3 mkg/ml ni tashkil etadi. Dori vositasi taxminan 16,5 kunlik yakuniy yarim chiqarilish davriga ega bo‘lgan uch bosqichli eliminatsiya jarayoniga ega. Statsionar muvozanat holati sharoitlarida (maksimal kontsentratsiyaning 70% darajadagi statsionar muvozanat kontsentratsiyasi taxminan 28 kundan keyin kuzatiladi) Cmax qiymati dori vositasi bir marta qabul qilinganidan keyingi qiymatlarga nisbatan o‘rtacha 25% ga oshadi, “qon zardobidagi kontsentratsiyasi - vaqt” farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) qiymati esa taxminan 2,3 barobar oshadi. Plazmada AUC qiymatini oshishi bo‘yicha samarali yarim chiqarilish davrini hisoblash mumkin, u taxminan 30 soatni tashkil etadi. Ovqatlanish terbinafinning biokiraolishligiga ahamiyatsiz ta'sir qiladi (AUC qiymati ko‘pi bilan 20% ga oshadi), bu holat dozaga tuzatish kiritishni talab etmaydi. Terbinafin plazma oqsillari bilan ahamiyatli darajada bog‘lanadi. U derma orqali tezda o‘tadi va terining lipofil shox qavatida to‘planadi. Terbinafin yog‘ bezlarining sekreti bilan birga ajralib chiqadi, shu boisdan uning eng yuqori kontsentratsiyalari soch follikulalarida, sochlarda va terining yog‘ bezlari katta miqdorda bo‘lgan sohalarida kuzatiladi. Davolash boshlanganidan so‘ng dastlabki bir necha haftada terbinafinni tirnoq plastinkalarida to‘planishi aniqlangan. Terbinafin sitxrom R450 tizimining kamida yettita izofermentlari ishtirokida tezda metabolizmga uchraydi, ularning ichida asosiy rolni CYP2C9, CYP1A2, CYP3A4, CYP2C8 va CYP2C19 izofermentlari o‘ynaydilar. Biotransformatsiya jarayonida asosan siydik bilan chiqariladigan, fungitsid faollikka ega bo‘lmagan metabolitlari hosil bo‘ladi. Terfinafinning farmakokinetikasini, yoshga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan, klinik ahamiyatli o‘zgarishlari aniqlanmagan, ammo chiqarilish tezligi buyrak yoki jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda pasayishi mumkin, bu holat qonda terbinafinning darajasini oshishiga olib keladi. Farmakokinetik tadqiqotlarda buyrak funktsiyasini buzilishlari (kreatinin klirensi < 50 ml/min) bo‘lgan yoki jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, preparat bir marta qabul qilinganida terbinafinning eliminatsiya tezligini taxminan 50% ga pasayishi mumkinligi aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Preparat teri va tirnoqlarni, Trichophyton (masalan, T. rubrum, T. mentagrophytes, T. verrucosum, T. violaceum), Microsporum canis va Epidermophyton floccosum tomonidan chaqirilgan zamburug‘li infektsiyalarini davolash uchun qo‘llanadi. Peroral qabul qilish uchun mo‘ljallangan Erbinol tabletkasi qirma temiratkani (silliq teri trixofitiyasi, oraliq trixofitiyasi va oyoq kafti dermatofitiyasini) davolash uchun, terining shikastlangan sohasi, uning yaqqolligi yoki infektsiyani tarqalganligi peroral davolash o‘tkazish uchun maqsadga muvofiq deb topilgan holatlarda ko‘rsatilgan. Peroral qabul qilish uchun mo‘ljallangan Erbinol preparati onixomikozni davolash uchun ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar Ichishga 250 mg dan (1 tabletkadan) sutkada 1 marta qabul qilinadi. Davolash davomiyligi infektsiyaning og‘irligi va xarakteriga bog‘liq. Teri infektsiyalari Tavsiya etilgan davolash davomiyligi • oyoq kafti dermatofitiyasi (barmoqlararo, oyoq kafti dermatofitiyasi) 2-6 hafta; • silliq teri trixofitiyasi 4 hafta; • oraliq trixofitiyasi 2-4 hafta davom ettiriladi. Onixomikoz Ko‘pgina patsiyentlar uchun davolash davomiyligi 6 haftadan 3 oygacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi. 3 oydan kam davomiylikdagi davolash davrlari bosh barmoqdan tashqari, oyoq barmoqlardagi tirnoqlarni, qo‘l barmoqlaridagi tirnoqlarni shikatlanishi bo‘lgan patsiyentlarda yoki kichik yoshdagi patsiyentlarda davom etishi mumkin. Oyoq barmoqlaridagi tirnoqlarni shikastlanishini davolashda odatda 3 oy yetarli bo‘ladi, ba'zan ayrim patsiyentlar uchun 6 oy yoki undan ortiq muddat davomida davolash talab etilishi mumkin. Yanada uzoqroq muddat davolash talab etilgan patsiyentlar davolashning dastlabki haftalari davomida tirnoqlarni o‘sish tezligini pasayishi bo‘yicha aniqlanadi. Infektsiyaning simptomlarini butunlay yo‘qolishini mikologik davolashdan so‘ng bir necha haftadan keyin kuzatish mumkin. Patsiyentlarning alohida guruhlari Jigar funktsiyasini buzilishi Jigarning surunkali yoki o‘tkir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga Erbinol preparatini qo‘llash mumkin emas. Buyrak funktsiyasini buzilishi Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga Erbinol preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu guruhda terbinafinni qo‘llash yetarlicha o‘rganilmagan. Bolalar Buyuk Britaniyada 314 nafar patsiyentlar ishtirokida o‘tkazilgan, terbinafin moddasini postmarketing qo‘llanilishi o‘rganish vaqtida olingan, bolalarda terbinafinni peroral qo‘llash havfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar, bolalarda nojo‘ya reaktsiyalar profili katalardagi nojo‘ya reaktsiyalar profili bilan o‘xshashligidan dalolat beradi. Katta yoshdagi patsiyentlar o‘rtasida kuzatilgan, biror-bir yangi, noodatiy yoki yanada jiddiy reaktsiyalarni paydo bo‘lishidan dalolat beruvchi dalillar yo‘q. Hozirgi vaqtda bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan, shuning uchun ushbu yosh toifasidagi patsiyentlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Keksa yoshdagi patsiyentlar Keksa yoshdagi (65 yosh va undan katta) patsiyentlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritishni talab etishni yoki yanada yoshroq patsiyentlarda kuzatilmaydigan nojo‘ya reaktsiyalar yuzaga kelishini taxmin qilish uchun asoslar yo‘q. Erbinol preparatini qo‘llash vaqtida keksa yoshdagi patsiyentlarda jigar yoki buyrak funktsiyasi buzilishi mumkinligini inobatga olish kerak. Qo‘llash usuli Ichishga qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Tabletkalar butunligicha, suv bilan yutiladi; Erbinol preparatini kunning bir xil vaqtida, ham ovqatlanishdan oldin, ham ovqatlanishdan keyin qabul qilgan afzal.
Nojo‘ya ta'sir
lari Nojo‘ya reaktsiyalar odatda yengil va o‘rtacha darajada ifodalangan bo‘ladi va o‘tkinchi xarakterga ega. Quyida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar klinik tadqiqotlar vaqtida yoki postmarketing tadqiqotlar jarayonida kuzatilgan. Nojo‘ya reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo <1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas). Qon va limfa tizimlari tomonidan juda kam hollarda – neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya; uchrash tezligi noma'lum – anemiya, pantsitopeniya. Immun tizimi tomonidan juda kam hollarda – anafilaktoid reaktsiyalar (jumladan angionevrotik shish), terida kechadigan yoki tizimli qizil yugurik; uchrash tezligi noma'lum – anafilaktik reaktsiyalar, zardob kasalligi turidagi reaktsiya. Moddalar almashinuvi va oziqlantirish tomonidan juda tez-tez – ishtahani pasayishi. Ruhiyatni buzilishlari uchrash tezligi noma'lum – xavotirli holatlar va depressiya simptomlari. Nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i; tez-tez emas – ta'm bilishni buzilishi, shu jumladan ta'm bilish hissini yo‘qolishi. Ta'm bilishni buzilishi, shu bilan birga ta'm bilish hissini yo‘qolishi odatda preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng bir necha hafta davomida o‘tib ketadi. Ta'm bilish hissini uzoq muddatga pasayishi holatlari xaqida xabar berilgan; tez-tez emas – paresteziya, gipesteziya, bosh aylanishi; uchrash tezligi noma'lum – giposmiya, anosmiya, shu jumladan orqaga qaytmas holatlar. Ko‘rish a'zolari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – ko‘rishni buzilishi, ko‘rish aniqligini buzilishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi. Eshitish a'zolari tomonidan va labirint buzilishlari juda tez-tez – bosh aylanishi; uchrash tezligi noma'lum – eshitishni susayishi, eshitishni buzilishi, quloqlarda shovqin. Qon-tomirlari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – vaskulit. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan juda tez-tez – me'da-ichak simptomlari (me'dani to‘lib ketishi hissi, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorin sohasida og‘riq, diareya); uchrash tezligi noma'lum – pankreatit. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan kam hollarda – jigar funktsiyasini jiddiy buzilishlari holatlari, jumladan jigar yetishmovchiligi, jigar fermentlarining darajalarini oshishi, sariqlik, xolestaz va gepatit. Agar jigar funktsiyasini buzilishi rivojlansa, Erbinol bioan davolashni to‘xtatish kerak. Juda kam hollarda jiddiy jigar yetishmovchiligi (o‘lim bilan yakunlangan ayrim holatlar yoki jigar transplantatsiyasini o‘tkazish talab etilgan holatlar) xaqida xabarlar tushgan. Jigar yetishmovchiligining ko‘pgina holatlarida patsiyentlarda jiddiy asosiy tizimli kasalliklar kuzatilgan, Erbinolni qabul qilish bilan bilan sabab-oqibat bog‘liqligi shubhali bo‘lgan. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan juda kam holatlarda – teri toshmasi, eshakemi; juda kam holatlarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ekssudativ ko‘p shaklli eritema, toksikodermiya, eksfoliativ dermatit, bullyoz dermatit, yorug‘likka sezuvchanlik reaktsiyalari, alopetsiya. Agar terida zo‘rayib boruvchi xarakterga ega bo‘lgan toshmalar aniqlansa, Erbinol bilan davolashni to‘xtatish kerak; uchrash tezligi noma'lum – psoriatik toshma yoki psoriazning simptomlarini zo‘rayishi, jiddiy teri reaktsiyalari (masalan, o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulyoz), dori vositasining ta'siriga eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan kechuvchi reaktsiyalar (DRESS). Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan juda tez-tez – skelet-mushak tizimi tomonidan reaktsiyalar (artralgiya, mialgiya); uchrash tezligi noma'lum – rabdomioliz. Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar tez-tez – lohaslik; tez-tez emas – toliqish, grippga o‘xshash sindrom, isitma. Laborator va instrumental tekshiruv natijalariga ta'siri tez-tez emas – ta'm bilish hissini buzilishi tufayli tana vaznini yo‘qolishi; uchrash tezligi noma'lum – qon plazmasida kreatinfosfokinazaning kontsentratsiyasini oshishi. Shubha qilingan nojo‘ya reaktsiyalar xaqida xabarlar Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan nojo‘ya reaktsiyalar xaqida habarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy nojo‘ya reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi nojo‘ya reaktsiya paydo bo‘lganida Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq ravishda axborot berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• terbinafinga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik; • jigarning surunkali yoki o‘tkir kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalarini terbinafinga ta'siri Qon plazmasidagi terbinafinning klirensi metabolizmini induktsiya qiladigan preparatlar ta'sirida oshishi mumkin, va sitoxrom R450 ni ingibitsiya qiluvchi preparatlar ta'sirida pasayishi mumkin. Shunday preparatlar bilan yondosh davolash zarurati tug‘ilganida Erbinolning dozasiga muvofiq ravishda tuzatish kiritish kerak. Terbinafinning samarasi yoki plazmadagi kontsentratsiyasini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan dori vositalari Sitmetidin terbinafinning klirensini 30% ga pasaytiradi. Birdaniga ikkita CYP2C9 va CYP3A4 izofermentni ingibitsiya qiladigan flukonazol terbinafinning Cmax va AUC qiymatlarini muvofiq ravishda 52% va 69% ga oshiradi. Ko‘rsatkichlarni yana bunday oshishini CYP2C9 va CYP3A4 larni susaytiruvchi, ketokonazol va amiodaron kabi preparatlar terbinafin bilan bir vaqtda qo‘llanganida kuzatish mumkin. Terbinafinning samarasi yoki plazmadagi kontsentratsiyasini kamaytirishi mumkin bo‘lgan dori vositalari Rifampitsin terbinafinning klirensini 100% ga oshiradi. Boshqa dori vositalariga terbinafinni ta'siri Terbinafin quyidagi preparatlarning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi yoki samarasini kuchaytirishi mumkin Terbinafin vena ichiga yuborilganidan so‘ng kofeinning klirensini 21% ga pasaytiradi. In vitro va in vivo sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarda, terbinafinni CYP2D6 izofermenti ishtirokida kechadigan metabolik reaktsiyalarni ingibitsiya qilishi aniqlangan. Ushbu ma'lumotlar CYP2D6 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydigan, tritsiklik antidepressantlar, β-adrenoretseptorlarning blokatorlari, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari, antiaritmik preparatlar (jumladan 1A, 1V va 1S sinflari) va monoaminoksidaza ingibitorlarining V turi kabi dori vositalarini qabul qilayotgan patsiyentlar uchun, preparat tor terapevtik doiraga ega bo‘lganida, klinik jihatdan muhim bo‘lishi mumkin. Terbinafin dezipraminning klirensini 82% ga pasaytiradi. Dekstrometorfanni (yo‘talgan qarshi vosita va CYP2D6 ni marker substrati) “tez” metabolizatorlari bo‘lgan sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida, terbinafin siydikda dekstrometorfan/dekstrorfanning nisbatini o‘rtacha 16-97 barobar oshirganligi aniqlangan. Shunday qilib, terbinafin CYP2D6 metabolizatorlar statusini “tez” (genotip) dan “sekin” (fenotip) ga o‘zgartirishi mumkin. Terbinafin bilan bir vaqtda qo‘llanganida amalda o‘zaro ta'sir qilmaydigan dori vositalar In vitro sharoitida sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari, terbinafinni metabolizmi CYP2D6 ta'sirida amalga oshadigan dori vositalaridan tashqari, sitoxrom R450 izofermentlar tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalarining (masalan, tolbutamid, terfenadin, triazolam yoki peroral kontratseptivlar) klirensiga ahamiyatli ta'sir qilmasligini ko‘rsatadi. Terbinafin antipirin yoki digoksinning klirensini ta'sir qilmaydi. Terbinafin flukonazolning farmakokinetikasiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, terbinafin va ko-trimoksazol (trimetoprimni sulfametoksazol bilan majmuasi), zidovudin yoki teofillin o‘rtasida klinik ahamiyatli o‘zaro t'asirlar kuzatilmagan. Terbinafinni peroral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qabul qilgan ayrim ayol patsiyentlarda hayz ko‘rish siklini buzilish holatlari (masalan, hayz ko‘rish muddatlari o‘rtasidagi qon ketishlar, nomuntazam hayz ko‘rish sikli) kuzatilgan. Biroq ushbu buzilishlar faqat peroral kontratseptivlarni qabul qilgan ayollardagiga nisbatan ko‘p kuzatilmagan. Terbinafin quyidagi preparatlarning ta'sirini susaytirishi yoki ularning plazmadagi kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin Terbinafin siklosporinning klirensini 15% ga oshiradi. Bir vaqtda terbinafin va varfarin qabul qilgan patsiyentlarda xalqaro normallashgan nisbat va/yoki protrombin vaqti ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini juda kam holatlari kuzatilganligi xaqida xabarlar mavjud.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar funktsiyasi Jigarning surunkali yoki faol kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga Erbinol preparatini qo‘llash mumkin emas. Erbinolni buyurishdan avval jigarning funktsional sinamalarini o‘tkazish va jigarning ilgari mavjud bo‘lgan barcha kasalliklarini baholash kerak. Gepatotoksiklik oldindan jigar kasalligi bo‘lgan va bo‘lmagan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin, shuning uchun jigar funktsiyasini vaqti-vaqti bilan monitoringini (4-6 hafta davolashdan keyin) o‘tkazish tavsiya etiladi. Jigarning funktsional sinamalari ko‘rsatkichlarini faolligi oshganida Erbinol qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish kerak. Juda kam hollarda terbinafin qabul qilgan patsiyentlarda og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi holatlari qayd etilgan (ulardan ayrimlari o‘lim bilan yakunlangan yoki jigar transplantatsiyasi talab etilgan). Bunday holatlarning ko‘pchiligida patsiyentlarda og‘ir darajadagi tizimli kasalliklar mavjud bo‘lgan. Erbinol preparati qo‘llanganida patsiyentlar jigar funktsiyasini buzilishidan dalolat beruvchi, qichishish, tushuntirib bo‘lmaydigan uzoq muddatli ko‘ngil aynishi, ishtahani pasayishi, tana vaznini yo‘qolishi, sariqlik, qusish, toliqish, qorinning yuqori qismida o‘ng tomonlama og‘riq, siydik rangini to‘qlashishi yoki axlatni rangsizlanishi kabi har qanday belgilar yoki simptomlar kuzatilganligi xaqida zudlik bilan shifokorga xabar berish kerakligi xaqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganida Erbinol preparatini peroral qabul qilishni to‘xtatish va zudlik bilan jigar funktsiyasini tekshiruvini o‘tkazish kerak. Teri reaktsiyalari Juda kam holatlarda terbinafin qabul qilgan patsiyentlarda og‘ir darajadagi teri reaktsiyalari (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, dori vositasining ta'siriga eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan kechuvchi reaktsiyalar (DRESS)). Zo‘rayib boruvchi teri toshmalari paydo bo‘lganida Erbinol bilan davolashni to‘xtatish kerak. Psoriaz bilan xastalangan patsiyentlarda Erbinolni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki ushbu kasallikning simptomlarini zo‘rayishi xaqida juda kam xabarlar mavjud. Gematologik samaralari Terbinafin qabul qilgan patsiyentlarda, juda kam holatlarda qon taribida patologik o‘zgarishlar (neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya) kuzatilgan. Har qanday shunga o‘xshash o‘zgarishlar rivojlanganida ularning sababini aniqlash va Erbinol preparatining dozalash tartibini o‘zgartirish masalasini, shu jumladan uni qabul qilishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Jigar funktsiyasi Jigar funktsiyasini buzilishlari (kreatinin klirensi ≤ 50 ml/min yoki qon plazmasidagi kreatininning darajasi ≥ 300 mkmol/l) bo‘lgan patsiyentlarda Erbinolni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu toifadagi patsiyentlarda terbinafinni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yetarlicha o‘rganilmagan. Boshqalar Qizil yugurik bilan xastalangan patsiyentlarda Erbinol preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ushbu patologiyani zo‘rayganligi xaqida juda kam xabarlar tushgan. Fertillik, homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik Homilaga va fertillikka preparatning ta'sirini o‘rganish bo‘yicha hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda nojo‘ya samaralar aniqlanmagan. Homilador ayollarda terbinafinni klinik qo‘llash tajribasi cheklanganligi tufayli, Erbinol preparatini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas, ayollarning klinik ahvoli peroral terbinafin bilan davolash talab etilgan va ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun har qanday potentsial havfdan ustun bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Laktatsiya Terbinafin ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun ayollarga emizish davrida Erbinol preparatini qo‘llash mumkin emas. Fertillik Homilaga va fertillikka preparatning ta'sirini o‘rganish bo‘yicha hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda nojo‘ya samaralar aniqlanmagan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga terbinafinning ta'siriga taalluqli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Agar Erbinol preparatini qo‘llash vaqtida bosh aylanishi kabi nojo‘ya reaktsiya yuzaga kelganida patsiyentlar avtotransport va mexanizmlarni boshqarishdan saqlanishlari kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari Terbinafinning dozasini oshirib yuborilishini (dozalari 5,0 g gacha) bir qancha holatlari ma'lum, simptomlarning ichida bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, epigastriyda og‘riq va bosh aylanishi kuzatilgan. Davolash Terbinafin organizmdan chiqarib yuborilishi uchun birinchi navbatda faollashtirilgan ko‘mir berish kerak, zarurat bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar. 14 tabletkadan blisterda. 1 yoki 2 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.