Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Futsis gel 0.5% 30g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Флуконазол
Страна производитель
Индия
Дозировка
0,5% 30 г
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Futsis®gel
Ta'sir etuvchi modda (XPN) flukonazol
Dori shakli
mahalliy qo‘llash uchun gel
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol modda flukonazol .................... 5,0 mg.
yordamchi moddalar karbomer 940, propilenglikol, benzil spirti, polisorbat 80,
2-oktildodekanol, aromatizator Delite va natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi rangsiz, tiniq yoki tiniq bo‘lmagan, o‘ziga xos hidli bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi
sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar, imidazol hosilalari.
ATX kodi D01AC15
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Flukonazol – zamburug‘lar xujayrasidagi sterollar sintezining kuchli va spetsifik ingibitori hisoblangan triazollarning yangi sinfiga mansub zamburug‘larga qarshi preparat hisoblanadi. Ichga va vena ichiga qo‘llanilganda zamburug‘li infektsiyalarning ayrim turlariga nisbatan faollikni namoyon qilgan.
Uning faolligi Candida spp. (shu jumladan immun tizimi susaygan hayvonlardagi tizimli kandidoz), Criptococcus neoformans (shu jumladan bosh miya ichki infektsiyalari), Microsporum spp. va Trichophyton spp. kabi zamburug‘li infektsiyalarga nisbatan namoyish qilingan.
Flukonazol immun tizimi normal va susaygan hayvonlarda, hayvonlardagi endemik mikozlar, shu jumladan Blastomices dermatitides va Coccidioides (shu jumladan bosh miya ichki infektsiyalari) va Histoplasma capsulatum ga qarshi samaradorlik namoyon qilgan. Mahalliy qo‘llash uchun flukonazol keng ta'sir doirasiga ega zamburug‘larga qarshi preparat hisoblanadi.
Flukonazol dermatomikozlar, teri kandidozi va kepaklanuvchi temiratkini chaqiruvchi mikroorganizmlarga (masalan, Microsporum spp., Trichophyton spp., Epidermophyton spp., Candida spp., va Malassezia furfur yoki Pityrosporum orbiculata) qarshi samaralidir.
Flukonazol dermatofitlar, achitqi va mog‘or zamburug‘lariga qarshi samaradorlikni namoyish qilgan. Flukonazol sitoxrom R-450 ga bog‘liq zamburug‘ fermentlariga yuqori spetsifik ta'sir ko‘rsatadi. U zamburug‘ xujayrasining membranasida lanosterolni sterolga, ya'ni ergosterolga aylantiruvchi lanosterol S-14 demetilaza fermentini ingibitsiya qiladi.
Farmakokinetikasi
Futsis®gelning farmakokinetik tadqiqotlari flukonazolning plazmadagi darajasi juda past bo‘lib, bu preparatning tizimli ta'sir etishi deyarli mumkin emasligini ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, gel va moy/suv (m/s) tipidagi emulsiya bilan majmuasi yaxshi o‘zlashtiraolishlikka erishishga imkon beradi.
Bolalarda Futsis®gelining farmakokinetik tadqiqotlari o‘tkazilmagan, lekin kattalardagi shunday tadqiqotlar preparatning tizimli so‘rilishi juda kamligini namoyish qilgan. Flukonazolning keng tizimli tadqiqotlari bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, katta patsiyentlarda kuzatiladigan o‘zlashtiraolishlikni namoyon qilgan.
Preparatning fototoksikligini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlar Futsis®gel odam terisi tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishini va unda fototoksiklik yo‘qligini aniqladi, demak preparatni mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vosita sifatida qo‘llash mumkin.
Qo‘llanilishi
Futsis®gel (flukonazol) dermatofitlar, achitqi va mog‘or zamburug‘lari, shu jumladan Tinea pedis, Tinea corporis, Tinea cruris, Tinea versicolor chaqirgan dermatomikozlar va Candida chaqirgan infektsion kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Futsis®gelni (flukonazol) kuniga bir marta terining shikastlangan sohasiga va uning atrofidagi teriga yengil ishqalovchi harakatlar bilan surtiladi. Matseratsiyadan saqlanish uchun ichki sohalarga gelni oz miqdorda surtish va yaxshilab ishqalash kerak.
Sog‘ayish uchun davolash davomiyligi infektsiya qo‘zg‘atuvchisining etiologiyasiga bog‘liq, lekin sog‘ayish uchun ko‘pchilik patsiyentlar uchun odatda 1-3 hafta davolash yetarli bo‘ladi.
Xususan, rezistent shakllarni davolash uchun davolash davomiyligi 6 xaftagacha oshishi mumkin. Davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.
Qo‘llash usuli mahalliy qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qayd etilguncha davrda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar kam hollarda terini biroz ta'sirlanishini ko‘rsatadi. Preparatlarni mahalliy qo‘llash, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llash sensibilizatsiya fenomenini oshishiga olib kelishi va nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Bunday hollarda davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni boshlash kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yoki kimyoviy tuzilishi bo‘yicha unga yaqin boshqa birikmalarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Odatda homiladorlik va laktatsiya davrida ham qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘tkazilgan klinik tadqiqotlar boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri yoki nomutanosibligini aniqlamagan. Flukonazol gelni dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri yuzasidan maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat juda zarur holatlarda va faqat shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak.
Transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Flukonazolni qo‘llash tajribasi preparat patsiyentlarning transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir etmasligini ko‘rsatadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
30 g 0,5% Futsis®geli buraladigan oq rangli qopqoqli laminatsiya qilingan tubalarda, 1 tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin, bevosita quyosh nurlaridan saqlansin.
Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Xeltxker Pvt. Ltd.
Manzili
SP 289 (A), RIICO INDL. AREA, CHOPANKI, BHIWADI (Raj.), Hindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.