Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fuzol-50 tab. 50mg №4
Nomi | Narx | |||||
Фузол-50 таб. 50мг №4 (F05X01##2 402) |
UZS 25 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фузол-50 таб. 50мг №4 (F05X01##2 403) |
UZS 25 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Флуконазол
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Дозировка
50 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Mediwin Pharma, Индия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fuzol-50, Fuzol-150, Fuzol-200.
Ta'sir etuvchi modda (XPN) flukonazol
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda flpukonazol 50 mg, 150 mg, 200 mg.
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, laktoza, povidon, natriy kroskarmellozasi, magniy stearati, tozalangan tal'k, natriy kraxmalglikolyati, tozalangan suv.
Ta'rifi
Fuzol-50; oq rangli, dumaloq shaklli qobiqsiz, bir tomonida sindirish uchun chiziqchasi bo‘lgan va boshqa tomoni silliq tabletkalar.
Fuzol- 150 oq rangli, ikki tomonlama qavariq, kapsulasimon shaklli qobiqsiz, bir tomonida sindirish uchun chiziqchasi bo‘lgan va boshqa tomoni silliq tabletkalar.
Fuzol-200 oq rangli, ikki tomonlama qavariq, dumaloq shaklli qobiqsiz, bir tomonida sindirish uchun chiziqchasi bo‘lgan va boshqa tomoni silliq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
tizimli qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vosita.
Kod ATX J02ASO1
Farmakologik xususiyatlari
Flukonazol triazol guruhi zamburug‘larga qarshi dori vositasi hisoblanadi. Zamburug‘larning sitoxrom P450 ga qaram fermentlarining faolligini ingibitsiya qilib, yuqorispetsifik ta'sir ko‘rsatadi. Zamburug‘ xujayralarining lanosterolini ergosterolga aylanishini bloklaydi; xujayra membranasining o‘tkazuvchanligini oshiradi, uning o‘sishi va replikatsiyasini buzadi.
In virto sharoitda flukonazol Candida ning aksariyat klinik tarqalgan turlari (shu jumladan S. albicans, S. parapsilosis, S. tropicalis), Cryptococcus neoformans, Cryptococcus gatti, Blastomyces dermatiditis ning endemik shakllari, Coccidioides immitis, Histoplasma capsulatum va Paracoccidioides brasiliensis nisbatan zamburug‘larga qarshi faollikni namoyon etadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Bir vaqtda ovqat qabul qilish, ichga qabul qilinganida preparatning so‘rilish tezligiga
ta'sir qilmaydi. 150 mg flukonazol och qoringa ichga qabul qilinganidan keyin maksimal kontsentratsiyaga (TCmax) erishish vaqti - 0,5-1,5 soat va 2,5-3,5 mg/l dozada vena ichiga yuborilganidagi plazma kontsentratsiyasidan 90% ni tashkil qiladi.
Plazmadagi kontsentratsiyasi bevosita dozaga bog‘liq bo‘ladi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi past (11-12%). Flukonazol barcha tadqiq qilinadigan biologik suyuqliklarga yaxshi singib kiradi. Kuniga bir marta 50 mg dozada 12 kundan keyin flukonazol kontsetratsiyasi 73 mkg/g ni tashkil etgan va davolash to‘xtatilgandan so‘ng 7 kundan keyin kontsentratsiya 5.8 mkg/g ni tashkil etgan. Haftasiga bir marta 150 mg dozada qabul qilingan 7-kunda flukonazolning muguz parda qatlamidagi kontsentratsiyasi 23,4 mkg/g ni tashkil etgan va davolash to‘xtatilgandan so‘ng 7 kundan keyin kontsentratsiya 7,1 mkg/g darajasida saqlanib qolgan.
Flukonazolning tirnoqlardagi kontsentratsiyasi haftasiga bir marta 150 mg dozada 4 oy qabul qilingandan so‘ng sog‘lom tirnoqlarda 4,05 mkg/g va shikastlangan tirnoqlarda 1,8 mkg/g ni tashkil etgan.
Chiqarilishi
Plazmadan yarim chiqarilish davri – taxminan 30 soatni tashkil etadi. Asosiy ekskretsiya yo‘li – buyrak orqali kkechadi. Yuboriladigan dozaning 80% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• Sryptococcus zamburug‘lari chaqirgan tizimli shikastlanishlar, shu jumladan, meningit, sepsis, o‘pka va teri infektsiyalari, normal immun javobi bo‘lgan bemorlarda ham, immunodepressiyaning turli shakllarida ham (shu jumladan OITS bo‘lgan bemorlarda, a'zolar ko‘chirib o‘tkazilgan retsipiyentlar); OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli infektsiyani oldini olish maqsadidagi bir maromda ushlab turuvchi davolash.
• Yoyilgan kandidoz kandidemiya, disseminirlangan kandidoz (ko‘zlar, endokard, qorin bo‘shlig‘i a'zolari, nafas a'zolari va siydik-jinsiy a'zolarining shikastlanishi bilan).
• Davolash sitotoksik yoki immunodepressiv davolash kursi olayotgan xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda, shuningdek ularni rivojlanishiga moyillik qiluvchi boshqa omillar bo‘lganida ham o‘tkazilishi mumkin - davolash va oldini olishda.
• Shilliq qavatlarning kandidozi og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, qizilo‘ngach, noinvaziv bronx-o‘pka kandidozlari, kandiduriya, teri-shilliq qavati va surunkali peroral atrofik kandidoz (tish protezlarini taqish bilan bog‘liq bo‘lgan).
• Genital kandidoz vaginal (o‘tkir va qaytalanuvchi). Kandidoz balanit. Vaginal kandidozning qaytalanishlari tez-tezligini (yiliga uch va ko‘proq epizodlar) kamaytirish maqsadida profilaktik qo‘llash.
• Xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda ximio- va nurli davolash fonida zamburug‘li infektsiyalarni oldini olish; OITS bo‘lgan bemorlarda orofaringeal kandidozning qaytalanishlarini oldini olish.
• Teri mikozlari oyoq panjalari, tana, chov sohasi, onixomikoz, kepaksimon temiratki, terining kandidozli infektsiyalari.
• Immuniteti normal bo‘lgan bemorlardagi chuqur endemik mikozlar (koktsidiomikoz, parakoktsidiomikoz, sporotrixoz va gistoplazmoz) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi.
Kattalarga kriptokokkli meningitda va boshqa lokalizatsiyali kriptokokkli infektsiyalarda birinchi kun odatda 400 mg buyuriladi, so‘ngra esa davolash sutkada 1 marta 200 mg - 400 mg dozada davom ettiriladi. Kriptokokkli infektsiyalarda davolashning davomiyligi mikologik tekshirish bilan tasdiqlangan klinik samaradorlikka bog‘liq; kriptokokkli meningitda u odatda kamida 6-8 hafta davom ettiriladi.
OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli meningitning qaytalanishini oldini olish uchun, birlamchi davolash kursi to‘liq yakunlanganidan keyin, flukonazol sutkada 200 mg dozada uzoq vaqt davri davomida buyuriladi.
Kandidemiya, disseminirlangan kandidoz va boshqa invaziv kandidozli infektsiyalarda odatdagi doza birinchi sutkada 400 mg ni tashkil qiladi, so‘ngra esa - 200 mg dan. Yetarli klinik samaradorlik bo‘lmaganida preparatning dozasi sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolashning davomiyligi klinik samaradorlikka bog‘liq.
Orofarengial kandidozda preparat odatda 50-100 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi; davolashning davomiyligi - 7-14 kun. Zarurati bo‘lganida, immunitetni yaqqol pasayishi bo‘lgan bemorlarda davolash davomliroq bo‘lishi mumkin. OITS bo‘lgan bemorlarda orofarengial kandidozning qaytalanishlarini oldini olish uchun, birlamchi davolashning to‘liq kursi yakunlanganidan keyin, preparat 150 mg dan haftada 1 marta buyurilishi mumkin.
Tish protezlarini taqish bilan bog‘liq bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozida, flukonazol odatda 50 mg dan sutkada 1 marta protezga ishlov berish uchun mahalliy antiseptik vositalar bilan birga buyuriladi.
Kandidozning boshqa lokalizatsiyalarida (genital kandidozdan tashqari), masalan ezofagitda, noinvaziv bronx-o‘pka shikastlanishida, kandiduriyada, teri va shilliq qavatlarning kandidozida va x.k., samarali doza odatda davolashni 14-30 kun davomiyligida sutkada 50-100 mg ni tashkil qiladi.
Vaginal kandidozda flukonazol bir marta ichga 150 mg dozada qabul qilinadi. Vaginal kandidozning qaytalanishlari tez-tezligini pasaytirish uchun preparat 150 mg dozada oyda 1 marta ishlatilishi mumkin. Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi; u 4 dan 12 oygacha o‘zgaradi. Ayrim bemorlarga tez-tezroq qo‘llash talab qilinishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ta'mni o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, qorin og‘rig‘i, jigar funktsiyasini buzilishi (sariqlik, giperbilirubinemiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, gepatit, gepatotsellyulyar nekroz), shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tirishishlar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan QT intervali davomiyligini oshishi, yurak qorinchalarini xilpillashi/titrashi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan angionevrotik shish, yuzning shishi, eshakemi, terini qichishishi).
Boshqalar. buyrak funktsiyasini buzilishi, alopetsiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliyemiya kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• terfenadin (sutkada 400 mg va ko‘proq dozada flukonazolni doimiy qabul qilish fonida), astemizol va QT intervalini uzaytiruvchi boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilish.
• sizapridni bir vaqtda qabul qilish.
• preparatga yoki tuzilishi bo‘yicha yaqin azolli birikmalarga yuqori sezuvchanlik.
• Laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktaz mal'absorbtsiya.
• 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (ushbu dori shakli uchun) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan. Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, yuzaki zamburug‘li infektsiyasi va invaziv/tizimli zamburug‘li infektsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda flukonazolni qo‘llash fonida toshma paydo bo‘lishi, ko‘p sonli xavf omillari (yurakning organik kasalliklari, elektrolit muvozanatini buzilishi, aritmiya chaqiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish) bo‘lgan potentsial proaritmogen holatlar, potentsial gepatotoksik preparatlarni bir vaqtda qabul qilish, alkogolizm. Terfenadinni va flukonazolni sutkada 400 mg dan kamroq dozada bir vaqtda qabul qilish.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antikoagulyantlar. Fuzol kumarin antikoagulyantlarining (masalan, varfarinning) protrombin vaqtini o‘rtacha 12% ga oshiradi, shuning uchun flukonazol va kumarin antikoagulyantlarni qabul qilayotgan bemorlarda protrombin vaqtini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Sul'fonilmochevina preparatlari. Flukonazol va sul'fonilmochevinaning peroral preparatlari (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid va tolbutamid) bir vaqtda qabul qilinganida, ushbu preparatlarning yarim chiqarilish davri uzayadi, bu gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Qondagi glyukozaning kontsentratsiyasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish va zarurati bo‘lganida gipoglikemik dori vositalarining dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Gidroxlortiazid flukonazolning plazmadagi kontsentratsiyasini 40% ga oshiradi, lekin bu bir vaktda diuretiklarni qabul qilayotgan bemorlarda flukonazolning dozalash tartibini o‘zgartirishni talab qilmaydi.
Fenitoin. Flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qabul qilish, fenitoinning kontsentratsiyasini klinik ahamiyatli darajagacha oshishi bilan birga kechadi. Shuning uchun fenitoinning darajasini monitorlash va zardobdagi terapevtik kontsentratsiyasini ta'minlash uchun uning dozasini tanlash kerak.
Peroral kontratseptivlar. Flukonazolni ko‘p marta qo‘llash (50-200 mg dozalarda) majmuaviy homiladorlikka qarshi vositalarning samaradorligiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Rifampitsin. Flukonazol va rifampitsinni bir vaqtda qo‘llash, flukonazolning
"kontsentratsiya-vaqt" egri chizig‘i ostidagi maydonni 25% ga va yarim chiqarilish davri davomiyligini 20% ga pasayishiga olib kelgan. Ular bir vaqtda buyurilganida flukonazolning dozasini oshirish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni klinik-gematologik remissiya paydo bo‘lgunicha davom ettirish kerak. Davolashni muddatidan oldin to‘xtatish qaytalanishlarga olib keladi. Davolashni ekish yoki boshqa laboratoriya tahlillarining natijalari yo‘qligida boshlash mumkin, lekin ular bo‘lganida fungitsid davolashni muvofiq to‘g‘rilash tavsiya etiladi. Davolash davomida qon ko‘rsatgichlarini, buyrak va jigar faoliyatini nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Agar preparatni qo‘llashdan ona uchun foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsa, zamburug‘li infektsiyalarning og‘ir yoki xayotga xavf soluvchi shakllaridan tashqari, preparatni homiladorlarda qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Flukonazol ko‘krak sutida plazmadagi kabi kontsentratsiyalarda bo‘ladi, shuning uchun laktatsiya davrida uni buyurish tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lgan holatlarida, patsiyentlarga avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda, shuningdek diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari gallyutsinatsiyalar, paranoidal xulq kuzatilishi mumkin.
Davolash simptomatik, me'dani yuvish, jadallashtirilgan diurez o‘tkaziladi.
3 soat davomidagi gemodializ plazmadagi kontsentratsiyasini taxminan 50% ga pasaytiradi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
50 mg - №4 (4x1) (blisterlar);
200 mg - №4 (4x1) (blisterlar);
150 mg - №1 (1x1) (blisterlar).
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C.dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Dozalar 50 mg - №4 (4x1), 200 mg - №4 (4x1) – retsept bo‘yicha.
Dozalar 150 mg №1 (1x1) – retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
MEDIWIN PHARMACEUTICALS
128/A, Phase I & II, G.I.D.C., Naroda
Ahmedabad – 382 330. (Hindiston).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.