Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Klaterbin - sirtga qo‘llash uchun gel 15 g (tub)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тербинафин
Страна производитель
Китай
Производитель
Beijing Youcare Kaiyue Pharmaceutical Co., Ltd
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Klaterbin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) terbinafin
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol modda terbinafin gidroxloridi – 0,01 g;
yordamchi moddalar karbomer 940, spirt, propandiol, polietilenglikol 400, dinatriy edetati, polisorbat 80, trietanolamin, tozalangan suv.
Ta'rifi rangsiz, tiniq gel.
Farmakoterapevtik guruhi
zamburug‘larga qarshi vosita
ATX kodi D01AE15
Farmakologik ta'siri
Zamburug‘larga qarshi preparat, allilamin.
Farmakodinamika
si
Keng doiradagi zamburug‘larga qarshi faollikka ega sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparat. Terbinafin yuqori bo‘lmagan kontsentratsiyalarda dermatofitlar (Trychophyton rubrum, Trychophyton mentagrophytes, Trychophyton verrucosum, Trychophyton violaceum, Trychophyton tonsurans, Microsporum canis, Epidermophyton floccosum), achitqi zamburug‘lari (asosan Candida albicans) va ma'lum dimorf zamburug‘lar (Pityrosporum orbiculare) ga nisbatan fungitsid ta'sir ko‘rsatadi.
Achitqisimon zamburug‘larga nisbatan faolligi, turiga qarab fungitsid yoki fungistatik bo‘lishi mumkin.
Terbinafin gormonlar yoki boshqa dori vositalarining metabolizmiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Trychophyton rubrum uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyasi 0,001-0,06 mkg/ml. Kaft onixomikozlarida davolashning samaradorligi 95%, panja onixomikozlarida – 90% dan ko‘proqni tashkil etadi. Silliq terining surunkali dermatofitlarida 75-95% bemorlarda remissiyaga erishiladi. Candida albicans ga bog‘liq va nistatin, klotrimazol va mikonazol bilan birga levorin bilan davolashga rezistent silliq terining avj oluvchi kandidozini va yirik va barmoqlararo burmalarni shikastlanishi, paronixiyalarni davolaganda sub'ektiv yaxshilanish 3-4 sutkada, jarayonni to‘liq bartaraf etilishi esa – 3-5 haftadan keyin kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Sirtga qo‘llanilganda preparat dozasining 5% kamrog‘i so‘riladi, shuning uchun terbinafinning tizimli qon oqimiga so‘rilishi ahamiyatsiz darajada.
Qo‘llanilishi
-Trichophyton (shu jumladan T.rubrum, T.mentagrophytes, T.verrucosum, T.violaceum), Microsporumcanis va Epidermopyton floccosum kabi dermatofitlar chaqirgan terining zamburug‘li kasalliklari;
-asosan Candida (shu jumladan Candida albicans) chaqirgan terining achitqi infektsiyalari;
-Pityrosporum orbiculare (shuningdek Malassezia furfur nomi bilan ham ma'lum) chaqirgan rangbarang temiratki (Pityriasis versicolor) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga gel terining shikastlangan sohalariga va atrofdagi sohaga kuniga 2 marta yupqa qavat qilib, yengil ishqalab surtiladi. O‘tkazilayotgan davolash davomiyligi ko‘rsatmalar va kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq.
Tana va qo‘l-oyoqlar dermatomikozida davolash kursi – 2-4 hafta, qo‘l terisi yoriqlari dermatomikozlarida, panja dermatomikozi va rangbarang temiratkida 4-6 haftani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni surtish joyida qizarish, qichishish yoki achishish hissi paydo bo‘lishi mumkin. Allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Terbinafin yoki naftifin gidroxloridiga yoki preparatning tarkibiga kiruvchi faol bo‘lmagan ingrediyentlardan birontasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llagan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Preparat to‘satdan ko‘zlarga tushganda, ularni darhol oqava suv bilan yuvish kerak.
Preparatni qo‘llaganda klinik ko‘rinishlarning yaqqolligini kamayishi odatda davolashning birinchi kunlarida kuzatiladi. Muntazam davolamaganda yoki uni qo‘llashni muddatidan oldin to‘xtatilgan holatlarda infektsiyani qaytalanishi xavfi mavjud. Agar bir hafta davolagandan keyin yaxshilanish belgilari kuzatilmasa, diagnozni aniqlashtirish kerak. Davolaganda takroran infektsiyalanishni oldini olish uchun (choyshab, oyoq kiyim orqali) gigiyenaning umumiy qoidalariga rioya qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat qat'iy davolovchi shifokorning ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Keksalarda qo‘llanishi
Keksa yoshdagi shaxslarda preparatning dozalash tartibi yuqorida ta'riflangandan farq qilmaydi.
Bolalarda qo‘llanishi
Ushbu preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni dozasi oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan. Agar terbinafin gel to‘satdan ichga qabul qilinsa, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq va bosh aylanishi kabi nojo‘ya ko‘rinishlarni kutish mumkin.
Davolash faollashtirilgan ko‘mir, zarurati bo‘lganida – simptomatik tutub turuvchi davolash.
Chiqarilish shakli
10 g yoki 15 g dan gel alyumin tubada. Alyumin tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan markirovkalangan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Beijing Youcare Kaiyue Pharmaceutical Co., Ltd., XXR
Manzili №6, Jingyuan Road, Beijing Economic &Technological Development Zone, Pekin.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«RAIN SEN DA» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Durmon yuli ko‘ch., 31-A uy.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.