Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rofluzol kaps. 150mg №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Флуконазол
Страна производитель
Румыния
Дозировка
150 мг
Производитель
Rotapharm Limited, Великобритания произведено: S.C. Slavia Pharm S.R.L.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rofluzol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) flukonazol
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Rofluzol 50 mg
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda flukonazol – 50 mg;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, talk, magniy stearati.
qobiq tarkibi titan dioksidi, azorubin, brilliant ko‘ki, brilliant qorasi, jelatin, metilparagidroksibenzoati, propilparagidroksibenzoati.
Rofluzol 150 mg
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda flukonazol – 150 mg;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, talk, magniy stearati.
qobiq tarkibi titan dioksidi, azorubin, brilliant ko‘ki, brilliant qorasi, sariq sanset ponso 4R, jelatin, metilparagidroksibenzoati, propilparagidroksibenzoati.
Ta'rifi
Rofluzol 50 mg korpusi xira pushti rangli va qopqoqchasi xira zangori rangli, tarkibida oq yoki deyarli oq rangli kukun saqlovchi №4 o‘lchamli qattiq jelatin kapusulalar.
Rofluzol 150 mg korpusi xira to‘q sariq rangli va qopqoqchasi xira ko‘k rangli, tarkibida oq yoki deyarli oq rangli kukun saqlovchi №1 o‘lchamli qattiq jelatin kapusulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
zamburug‘larga qarshi vosita.
ATX kodi J02AC01
Farmakologik xususiyatlari
Rofluzol – triazol guruhiga mansub bo‘lgan zamburug‘lariga qarshi vosita. Flukonazol – preparatning faol moddasi – zamburug‘larning hujayra membranalarida sterollar sintezini kuchli selektiv ingibitori hisoblanadi. Ta'sir mexanizmi sitoxrom R450 ni blokadasi bilan bog‘liq. Flukonazol zamburug‘larning hujayralaridagi lanosterolni ergosterolga aylanishni bloklaydi, hujayra membranasining o‘tkazuvchanligini oshiradi, uning o‘sishi va replikatsiyasini izdan chiqaradi. Zamburug‘larning R450 sitoxromi uchun yuqori tanlab ta'sir qiluvchi bo‘lib, odam organizmida bu fermentlarni amalda susaytirmaydi (odam jigarining mikrosomalarida sitoxrom R450 ga bog‘liq bo‘lgan oksidlanish jarayonlarini itrakonazol, klotrimazol, ekonazol va ketonazolga nisbatan kamroq darajada susaytiradi). Antiadrogen faollikka ega emas.
Opportunistik mikozlarda, shu jumladan Candida spp. (shu jumladan, immunodepressiya fonidagi kandidozning tarqalgan shakllari), Cryptococcus neoformans va Coccidioides immitis (shu jumladan, bosh miya infektsiyalari), Microsporum spp. va Trichophyton spp. chaqirgan opportunistik mikozlarda, Blastomyces dermatidis, Histoplazma capsulatum (shu jumladan, immunodepressiyada) chaqirgan endemik mikozlarda faoldir. Xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda ularni sitostatiklar bilan davolashda yoki nur bilan davolash o‘tkazilganida, a'zolarni ko‘chirib o‘tkazishda va immunitetni susaytiradigan va zamburug‘li infektsiyalarni rivojlanish xavfi bo‘lgan boshqa holatlarda zamburug‘li infektsiyalarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Farmakokinetikasi
Preparat me'da-ichak yo‘llaridan tez va yetarli darajada to‘liq so‘riladi (ovqat so‘rilish tezligiga ta'sir qilmaydi), biokiraolishligi – 90%. Maksimal kontsentratsiyaga och qoringa qabul qilinganidan so‘ng 0,5-1,5 soatdan keyin erishiladi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi - 11-12%. Organizmning barcha suyuqliklariga yaxshi kiradi. Ko‘krak sutida, bo‘g‘im suyuqligida, so‘lakda, balg‘amda va peritoneal suyuqligidagi faol moddaning kontsentratsiyasi qon plazmasidagi kontsentratsiyasi bilan o‘xshashdir. Vaginal sekretda doimiy qiymatiga ichga qabul qilinganidan so‘ng 8 soatdan keyin erishiladi va bu darajada kamida 24 soat tutib turiladi. Zamburug‘li meningitda orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi plazmadagidan taxminan 80% ni tashkil qiladi. Ter bezlarining sekretida, epidermisda va shox qavatda zardobdagidan yuqori kontsentratsiyalarga (selektiv to‘planish) erishadi.
80% o‘zgarmagan holda qolgani – metobolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Qonda aylanib yuruvchi metabolitlari aniqlanmagan. Yarim chiqarilish davri taxminan 30 soatni tashkil qiladi.
Flukonazolning farmakokinetikasi buyraklarning faoliyatiga ahamiyatli darajada bog‘liq, bunda yarim chiqarilish vaqti va kreatinin klirensi orasida teskari proportsional bog‘liqlik mavjud. 3 soat davomidagi gemodializdan so‘ng flukonazolning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi 50% ga kamayadi.
Qo‘llanilishi
genital kandidoz, o‘tkir yoki qaytalanuvchi vaginal kandidoz, vaginal kandidozning qaytallanishlari sonini (yiliga 3 va undan ko‘proq epizodlar) kamaytirish maqsadida oldini olish; kandidozli balanit;
shilliq qavatlar, shu jumladan og‘iz va halqum shilliq qavatini, qizilo‘ngach shilliq qavatini kandidozi, noinvaziv bronx-o‘pka infektsiyalari, kandiduriya, og‘iz bo‘shlig‘ini teri-shilliq va surunkali atrofik kandidozi (tish protezlarini taqish bilan bog‘liq), OITSbilan xastalangan bemorlarda orofaringeal kandidozning qaytallanishlarini oldini olish;
tarqalgan kandidoz, shu jumladan kandidemiya, disseminatsiya bo‘lgan kandidoz va invaziv kandidoz infektsiyalarining boshqa shakllari (shu jumladan, qorin parda, endokard, ko‘zlar, nafas va siydik yo‘llarining infektsiyalari). Xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda, jadal davolash bo‘limidagi bemorlarida, sitotoksik yoki immunosupressiv vositalarni olayotgan bemorlarda, shuningdek kandidozning rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan boshqa omillari bo‘lganida davolashni o‘tkazish mumkin;
kriptokokkoz, shu jumladan kriptokokkokli meningit va boshqa lokalizatsiyali (masalan, o‘pka, teri) infektsiyalar;
xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda sitotoksik kimyoviy davolash yoki nur bilan davolash natijasida bunday infektsiyalarni rivojlanishiga moyillik bo‘lganida zamburug‘li infektsiyalarini oldini olish;
teri mikozlari, shu jumladan oyoq panjasi, tana, chov sohasi mikozlari, kepaksimon temiratki, onikomixozlar va terining kandidoz infektsiyalari;
immuniteti normal bo‘lgan bemorlarda chuqur endemik mikozlar, koktsidioidomikoz, parakoktsidioidomikoz, sporotrixoz va gistoplazmozni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun kapsulalar.
Flukonazolning sutkalik dozasi zamburug‘li infektsiyaning xarakteri va og‘irligiga bog‘liq.
Rofluzol kapsulalari ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar butunligicha yutiladi.
Kattalar
Vaginal kandidoz ichga, 150 mg dan bir marta buyuriladi.
Vaginal kandidozining qaytallanishlarini oldini olish 150 mg dan 1 oyda 1 marta buyuriladi. Davolashning davomiyligi shaxsiy aniqlanadi, u 4 oydan 12 oygacha bo‘lishi mumkin. Ayrim bemorlarga yanada ko‘proq qo‘llash talab etilishi mumkin.
Candida chaqirgan balanit ichga, 150 mg dan bir marta buyuriladi.
Ekstragenital kandidozda, masalan ezofagitda, noinvaziv bronx-o‘pka shikastlanishida, teri va shilliq kovatlarining kandidozida va shunga o‘xshashlarda samarali doza davolash davomiyligi odatda 14-30 kun bo‘lganida, sutkada 50 -100 mg ni tashkil etadi. OITS bilan xastalangan bemorlarda orofaringeal kandidozni qaytalanishlarini oldini olish uchun birlamchi davolanishni to‘liq kursi tugaganidan so‘ng preparat 150 mg dan haftada 1 marta buyurilishi mumkin.
Ezofageal kandidoz birinchi kuni tavsiya etilgan doza 200 mg, keyingi kunlari 100 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi, davolash kursi 7-14 kunni tashkil etadi.
Orofaringeal kandidoz preparatning sutkalik dozasi – 50-100 mg sutkada 1 marta, davolash kursi 7-14 kunni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida, immunitetni yaqqol pasayishi bo‘lgan bemorlarda davolash yanada davomiyroq bo‘lishi mumkin.
Tish protezlarini taqish fonidagi og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozi sutkada 50 mg mahalliy antiseptik davolash bilan birga 14 kun davomida qabul qilinadi.
Tarqalgan kandidoz, shu jumladan kandidemiya, disseminatsiya bo‘lgan kandidoz va invaziv kandidoz infektsiyaning boshqa shakllari davolashni birinchi kuni 400 mg, so‘ngra sutkada 200 mg dan qabul qilinadi. Klinik samara yetarli darajada bo‘lmaganida preparatning dozasi sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolashning davomiyligi klinik samarasiga bog‘liq.
Immunitet tanqisligi fonidagi kandidozning qaytalanishlarini oldini olish. Kandidozni oldini olish uchun flukonazolning tavsiya etilgan dozasi zamburug‘li infektsiyaning rivojlanish xavfini darajasiga qarab, 50-400 mg ni tashkil etadi, sutkada 1 marta qabul qilinadi. Tarqalgan infektsiyaning yuqori xavfi bo‘lganida, masalan kutiladigan yaqqol yoki uzoq saqlanayotgan neytropeniyali bemorlarda, tavsiya etilgan doza 400 mg ni tashkil etadi, sutkada 1 marta qabul qilinadi. Flukonazol kutilayotgan neytropeniyani paydo bo‘lishidan bir necha kun oldin buyuriladi; neytrofillarning soni 1000/mkl dan oshganidan so‘ng davolash yana 7 sutka davomida davom ettiriladi.
Kriptokokkli meningit va boshqa lokalizatsiyali kriptokokk infektsiyalari birinchi kuni o‘rtacha 400 mg, so‘ngra 200 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Davolash orqa miya suyuqligining sterilligi tasdiqlanganidan so‘ng 10-12 hafta davomida davom ettirilishi kerak. OITS bilan xastalangan bemorlarda kriptokokkli meningitning qaytalanishlarini oldini olish uchun birlamchi davolashning to‘liq kursi tugaganidan so‘ng tavsiya qilinadigan doza sutkada 200 mg ni tashkil etadi.
Teri infektsiyalari (shu jumladan, oyoq panjasi, silliq teri, chov sohasi mikozlari va kandidoz infektsiyalari) 150 mg dan haftada 1 marta yoki kuniga 50 mg dan buyuriladi, davolash kursi – 2-4 haftani tashkil etadi, oyoq panjasi mikozida – 6 haftagacha davom etishi mumkin.
Kepaksimon temiratki sutkada 50 mg dan 2-4 hafta davomida yoki 300 mg dan haftada 1 marta 2 hafta davomida qabul qilinadi.
Onikomixozlar 150 mg dan haftada 1 marta qabul qilinadi. Davolash kursi shikastlangan tirnoq sog‘lom tirnoqqa to‘liq almashinuvigacha davom etiriladi. Qo‘l va oyoq barmoqlarida tirnoqlarni qayta o‘sishi uchun normal holatda muvofiq 3-6 oy va 6-12 oy talab qilinadi.
Chuqur endemik mikozlar chuqur endemik mikozlarda preparatni sutkada 200-400 mg dozada 2 yilgacha bo‘lgan vaqt davomida qo‘llash talab qilish mumkin. Davolashning davomiyligi shaxsiy aniqlanadi koktsidioidomikozda – 11-24 oy, parakoktsidio-domikozda – 2-17 oy, sporotrixozda – 1-6 oy, gispoplazmozda – 3-17 oyni tashkil etadi.
Bolalar
Preparatni kapsula ko‘rinishida qabul qilish faqat 5 yoshdan boshlab bolalarda mumkin. Preparatni kattalarga mo‘ljallangan dozadan yuqori sutkalik dozalarda qo‘llash mumkin emas. Rofluzol har kuni sutkada 1 marta qabul qilinadi.
Shilliq qavatlarning kandidozida flukonazolning tavsiya etilgan dozasi sutkada tana vazniga 3 mg/kg ni tashkil etadi. Birinchi kuni doimiy muvozanatli kontsentratsiyalarga tez erishish maqsadida 6 mg/kg zarb dozada buyurish mumkin.
Tarqalgan kandidozni va kriptokokk infektsiyalarni davolash uchun tavsiya etilgan doza kasallikning og‘irligiga qarab sutkada 6-12 mg/kg ni tashkil etadi.
Immuniteti past bo‘lgan bolalarda zamburug‘li infektsiyani oldini olish uchun, ularda infektsiyani rivojlanish xavfi sitotoksik kimyoviy davolash yoki nur bilan davolash natijasida rivojlangan neytropeniya bilan bog‘liq, preparatni induktsiya qilingan neytropeniyaning yaqqolligi va saqlanish davomiyligiga qarab sutkada 3-12 mg/kg dan buyuriladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lmaganida Rofluzol odatdagi dozalash tartibiga muvofiq qo‘llanadi.
Flukonazolni buyraklar faoliyatini buzilishida qo‘llash
Preparat bir marta qo‘llanganida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Kursli davolashda birinchi (zarb) doza 50 dan 300 mg gacha bo‘lgan dozani tashkil etadi. So‘ngra preparatning dozasini yoki qo‘llash tez-tezligini kreatinin klirensiga qarab o‘zgartirish kerak, xususan
Kreatinin klirensi ml/min
Dozalash
> 50
preparatning dozasi o‘zgarmaydi
11-50
har 24 soatda odatdagi sutkalik dozaning yarmi
Muntazam o‘tkaziladigan dializda
har bir muolajadan keyin odatdagi sutkalik doza
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidanishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qabziyatlar yoki diareya, meteorizm, qorinda og‘riq, tish og‘rig‘i, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (sklerani sariqligi, sariqlik, giperbilirubinemiya, ALT, AST va IF faolligini oshishi).
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kuchli toliqish, kam hollarda – tirishishlar.
Qon yaratish a'zolari tomonidan kam hollarda – leykopeniya, trombotsitopeniya (qon ketishi, petexiyalar), neytropeniya, agranulotsitoz.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, kam hollarda – ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan, Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaktsiyalar.
Boshqalar kam hollarda – buyraklar faoliyatini buzilishi, alopetsiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliyemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
flukonazolga ma'lum bo‘lgan yuqori sezuvchanlik.
QT oralig‘ini uzaytiradigan preparatlarni (shu jumladan, terfenadin yoki astemizolni) bir vaqtda qabul qilish.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Flukonazol gistamin vositalar (astemizol. terfenadin); qisqa ta'sirga ega bo‘lgan benzodiazepinlar guruhiga kiruvchi anksiolitiklar (midazolam, triazolam); rifabutin, sizaprid, fenitoin, zidovudin, takrolimus, sikrosporinning farmakologik ta'sirini kuchaytiradi; teofillinning yarim chiqarilish davrini uzaytiradi va intoksikatsiyaning rivojlanishi xavfini oshiradi, bu uning dozasiga tuzatish kiritishni talab qiladi.
Gidroxlortiazid flukonozolning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi, rifampitsin bilan bir vaqtda qabul qilinganida flukonazolning qon plazmasidan yarim chiqarilish davrini pasayishi kuzatiladi.
Flukonazol peroral gipoglikemik preparatlar – sulfonilmochevina hosilalari (glibenklamid, glipizid, tolbutamid) ning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshiradi, shuningdek yarim chiqarilish davrini uzaytiradi. Bu dori preparatlari bir vaqtda qo‘llanganida gipoglikemiyani rivojlanishini oldini olish uchun qonda qandning darajasini sinchiklab nazorat qilish lozim.
Flukonazol peroral homilaga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida gormonlar (ekstradiol, levonorgestrel) ning kontsentratsiyasi o‘zgarib turishi mumkin, bu dori preparatlari bir vaqtda qabul qilinganida kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarning rivojlanishini oldini olish uchun ayol patsiyentlarning holatini sinchiklab nazoratdan o‘tkazish kerak.
Kumarin antikoagulyantlarining samaradorligini oshiradi, protrombin vaqti uzayishi mumkin, shu sababli qon ketishi (gematomalar, burundan va me'da-ichak yo‘llarida qon ketishi, gematuriya, melena) rivojlanishi mumkin.
Flukonazol va amfoteritsin B bir vaqtda buyurilganida ularning o‘zaro ta'sirini antagonistik xarakterga ega ekanligini hisobga olish kerak, ammo amalda o‘zaro ta'sirining natijasi qaysi modda oldin yuborilgani va patogen zamburug‘ning turi bilan aniqlanadi
Maxsus ko‘rsatmalar
Rofluzol tiazol birikmalariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga, qarama-qarshi sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
Flukonazol bilan davolashni klinik-gematologik remissiya paydo bo‘lgunicha davom ettirish kerak. Davolashni muddatidan oldin to‘xtatish qaytallanishlarga olib keladi.
Davolashni ekish natijalari yoki boshqa laboratoriya tahlillarining natijalari bo‘lmaganida boshlash mumkin, ammo ular bo‘lganida fungitsid davolashga muvofiq tuzatish kiritish tavsiya qilinadi.
Davolash vaqtida qon, buyrak va jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak.
Flukonazol bilan davolanish vaqtida jigarni yanada jiddiyroq shikastlanish belgilarini aniqlash maqsadida, bu ko‘rsatkichlari buzilgan bemorlarni kuzatish kerak. Buyrak faoliyatini buzilishlari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Flukonazolning gepatotoksik ta'siri odatda qaytuvchi, davolash to‘xtatilganidan so‘ng belgilari yo‘qoladi.
Bemorlarda teri toshmalari paydo bo‘lganida sinchkov kuzatish kerak va teri reaktsiyalari zo‘rayib borgan hollarda davolashni to‘xtatish kerak (Stivens–Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritemani rivojlanish xavfi mavjud).
Yuzaki zamburug‘li infektsiyalari bo‘yicha davolanayotgan bemorlarda flukonazolni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin deb hisoblanadigan toshmalar paydo bo‘lganida, preparatni bekor qilish kerak. Invaziv/tizimli zamburug‘li infektsiyalari bo‘lgan bemorlarda toshmalar paydo bo‘lganida, ularni sinchiklab kuzatish va bullez shikastlanishlar paydo bo‘lganida flukonazolni bekor qilish lozim.
Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, OITS bilan xastalangan bemorlarga (va immunitetni susayish bo‘lgan boshqa holatlarda), shuningdek potentsial proaritmik holatlari bo‘lgan patsiyenlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida flukonazolni qo‘llash bo‘yicha adekvat klinik tekshirishlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida Rofluzol preparatini uni qo‘llashdan kutilgan potentsial foyda, homila uchun xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Flukonozol ona sutida plazmadagi kontsentratsiyada aniqlanadi, shuning uchun laktatsiya davrida uni buyurish tavsiya qilinmaydi.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Rofluzol avtomobilni haydash va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab qiladigan ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, og‘irroq hollarda – tirishishlar kuzatiladi.
Davolash simptomatik. Me'dani yuvish, jadallashtirilgan diurez. 3 soat davomidagi gemodializ plazmadagi kontsentratsiyasini taxminan 50% ga pasaytiradi.
Chiqarilish shakli
Rofluzol 50 mg qattiq jelatin kapsulalar. 7 kapsula blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Rofluzol 150 mg qattiq jelatin kapsulalar. 1 kapsula blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saklansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Rofluzol 50 mg. Retsept bo‘yicha.
Rofluzol 150 mg. Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.