Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vazelin tibbiy 20 gr. Radiks
Nomi | Narx | |||||
Вазелин медицинский 20гр. Radiks (20122023##2 039) |
UZS 2 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Вазелин медицинский 20гр. Radiks (09072024##2 274) |
UZS 2 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Вазелин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
20 г
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tibbiyot vazelini
Ta'sir etuvchi modda(XPN) vazelin
Dori shakli
surtma
Ta'rifi oqdan sarig‘ish ranggacha bo‘lgan, hidsiz, ipga o‘xshab cho‘ziluvchan surtmasimon bir xil massa.
Farmakoterapevtik guruhi
Dermatoprotektor.
ATX kodi D11AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Vazelin - qattiq va suyuq uglevodorodlar aralashmasidir.U serezin, parafinlar, tozalangan petrolatum yoki ularni aralashmasini tozalangan neft moyi yoki tozalangan petrolatumni parafinli distillyat bilan eritib olinadi. Terini namligini saqlaydi, uni bo‘g‘lanishiga yo‘l qo‘ymaydi, chunki teri yuzasida okklyuziv (suv va havo o‘tkazmaydigan) qoplama hosil qiladi. Teri yuzasi quruqligida nafaqat uni o‘rab oladi, shuningdek terini yuqori qatlamlari orqali o‘tadi va yo‘qotilgan, himoya to‘sig‘i bo‘lgan, lipidlar o‘rnini to‘lishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Sirtga qo‘llanilganda tizimli qon aylanishiga va chuqur to‘qimalarning ichiga so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Qo‘l terisi va lablardagi yoriqlar va tirnalishlarni, teri quruqligini davolashda, shu jumladan unga lipidlar himoya qatlamini ketkazuvchi turli organik erituvchilarni ta'siri oqibatida (atseton, benzin va boshqa) qo‘llaniladi.
Vazelin tibbiy asboblarni organizmni turli yo‘llari va kanallariga kiritishni yengillashtirish uchun ishlatiladi;shuningdek, surtma asosi sifatida dermatologiyada ishlatiladigan surtmalar tayyorlash uchun ishlatiladi, shu jumladan ekzema, psoriaz, atopik dermatitda terini xo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Kanalar chaqqanda, ularni teridan oson chiqarib tashlash uchun ishlatish ham mumkin.
Qo‘llash usuli va dozasi
Yupqa qavat qilib yoriqlar va tirnalangan sohalarga, qo‘l panjasini quruq terisiga, klizma uchligi va boshqa tibbiy asboblarga qo‘yiladi.
Kanalar chaqqanida iloji boricha tezroq chaqqan joyni vazelin bilan surtish va ustidan plastir yopishtirish kerak. Kislorod kirmasligi oqibatida kana o‘ladi va uni chiqarib tashlash osonroq bo‘ladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Vazelin massaj o‘tkazish uchun yaroqsiz, chunki teshikchalarni berkitib qo‘yadi va furunkullar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vazelin boshqa dori moddalar bilan o‘zaro tasir ko‘rsatmaydi. Vazelin lateks maxsulotlari qattiqligini kamaytiradi, kontratsept lateksli prezervativlarni ishlatganda qo‘llaniladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Preparat atotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Vazelin tashqi qo‘llashda dozani oshirib yuborilishida nojo‘ya ta'sir ko‘rsatmaydi.
Chiqarilish shakli
Alyumen tubalarda 10, 15, 20, 25, 30, 40 g dan yoki shisha, plastmassa bankalarda 10, 15, 20, 30, 40, 50 va 100 g dan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” IIChK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.