Vazelin tibbiy 20 gr. Radiks
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Vazelin tibbiy 20 gr. Radiks
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Tibbiyot vazeliniTa'sir etuvchi modda(XPN): vazelin
Dori shakli
surtmaTa'rifi
oqdan sarig‘ish ranggacha bo‘lgan, hidsiz, ipga o‘xshab cho‘ziluvchan surtmasimon bir xil massa.Farmakoterapevtik guruhi
Dermatoprotektor.ATX kodi: D11AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Vazelin - qattiq va suyuq uglevodorodlar aralashmasidir.U serezin, parafinlar, tozalangan petrolatum yoki ularni aralashmasini tozalangan neft moyi yoki tozalangan petrolatumni parafinli distillyat bilan eritib olinadi. Terini namligini saqlaydi, uni bo‘g‘lanishiga yo‘l qo‘ymaydi, chunki teri yuzasida okklyuziv (suv va havo o‘tkazmaydigan) qoplama hosil qiladi. Teri yuzasi quruqligida nafaqat uni o‘rab oladi, shuningdek terini yuqori qatlamlari orqali o‘tadi va yo‘qotilgan, himoya to‘sig‘i bo‘lgan, lipidlar o‘rnini to‘lishiga yordam beradi.Farmakokinetikasi
Sirtga qo‘llanilganda tizimli qon aylanishiga va chuqur to‘qimalarning ichiga so‘rilmaydi.Qo‘llanilishi
Qo‘l terisi va lablardagi yoriqlar va tirnalishlarni, teri quruqligini davolashda, shu jumladan unga lipidlar himoya qatlamini ketkazuvchi turli organik erituvchilarni ta'siri oqibatida (atseton, benzin va boshqa) qo‘llaniladi.Vazelin tibbiy asboblarni organizmni turli yo‘llari va kanallariga kiritishni yengillashtirish uchun ishlatiladi;shuningdek, surtma asosi sifatida dermatologiyada ishlatiladigan surtmalar tayyorlash uchun ishlatiladi, shu jumladan ekzema, psoriaz, atopik dermatitda terini xo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Kanalar chaqqanda, ularni teridan oson chiqarib tashlash uchun ishlatish ham mumkin.
Qo‘llash usuli va dozasi
Yupqa qavat qilib yoriqlar va tirnalangan sohalarga, qo‘l panjasini quruq terisiga, klizma uchligi va boshqa tibbiy asboblarga qo‘yiladi.
Kanalar chaqqanida iloji boricha tezroq chaqqan joyni vazelin bilan surtish va ustidan plastir yopishtirish kerak. Kislorod kirmasligi oqibatida kana o‘ladi va uni chiqarib tashlash osonroq bo‘ladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Vazelin massaj o‘tkazish uchun yaroqsiz, chunki teshikchalarni berkitib qo‘yadi va furunkullar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vazelin boshqa dori moddalar bilan o‘zaro tasir ko‘rsatmaydi. Vazelin lateks maxsulotlari qattiqligini kamaytiradi, kontratsept lateksli prezervativlarni ishlatganda qo‘llaniladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.Preparat atotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash mumkin
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Vazelin tashqi qo‘llashda dozani oshirib yuborilishida nojo‘ya ta'sir ko‘rsatmaydi.Chiqarilish shakli
Alyumen tubalarda 10, 15, 20, 25, 30, 40 g dan yoki shisha, plastmassa bankalarda 10, 15, 20, 30, 40, 50 va 100 g dan.Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” IIChKO‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50. tel: 273-92-31, faks: 273-80-58
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.