Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Эстриол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Moldova
Dozasi
500 мг
Производитель
FARMAPRIM SRL
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Estrinorm vag. supp. 0.5mg №15 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Estrinorm
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) estriol (estriol)
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
Faol modda estriol – 0,5 mg;
Yordamchi modda qattiq yog‘.
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli, oq rangli silindrokonus shaklli suppozitoriylar. Kesimida pufakcha yoki voronkasimon chuqurchalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Estrogenlar. Tabiiy yoki yarim sintetik estrogenlar.
ATX kodi G03SA04
Farmakologik xususiyatlari
Estrogen odam organizmida sintezlanadi. Qon oqimiga tushganida, spetsifik retseptorlar (bachadonda, qinda, siydik chiqarish kanallarida, ko‘krak bezlarida, jigarda, gipotalamusda, gipofizda) bilan kompleks hosil qiladi, DNK va proteinlar sintezini rag‘batlantiradi. Asosan bachadon bo‘yniga, qinga, vulvaga selektiv ta'sirga ega, bachadon bo‘yni va qin epiteliysi proliferatsiyasini kuchaytiradi, uni qon bilan ta'minlanishini rag‘batlantiradi, uni menopauza va menopauza oldi davrlarida yuz bergan atrofik o‘zgarishlarida epiteliyni tiklanishiga yordam beradi, qin mikroflorasini, qin rN muhitini me'yorlashtiradi, uning epiteliysini infektsion va yallig‘lanish jarayonlariga qarshi turg‘unligini oshiradi, servikal shilliqning sifati va miqdoriga ta'sir qiladi. Endometriyga ta'siri juda oz (bachadondan qon ketishi xavfi oz). Gipolipidemik ta'sir ko‘rsatadi, qonda beta-lipoproteinlar kontsentratsiyasini biroz oshiradi, insulinning ta'siriga sezuvchanlikni oshiradi, glyukozani utilizatsiyasini yaxshilaydi, Jigarda jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulinlarni, renin, LPVP va qon ivish omillarini ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Rag‘batlantiruvchi va susaytiruvchi aks bog‘lanishi tufayli gipotalamo-gipofizarno-ovarial tizimda estriol yaqqol namoyon bo‘ladigan markaziy samaralarni chaqiradi; parasimpatikomimetik reaktsiyalarni stimullaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi yuqori. Intravaginal qo‘llanilganda qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 1-2 soat. Plazma albumini bilan bog‘lanishi 90% ni tashkil qiladi. Organizmdan asosan buyrak orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi (qabul qilingandan keyin bir necha soatdan so‘ng va 18 soatgacha davom etadi), 2% ichak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Gormonal o‘rinbosar davolash Estrogenlar tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan urogenital yo‘llarning pastki bo‘limlari shilliq qavati atrofiyasi.
Ayollarda postmenopauzada qinda o‘tkazilgan yoki ko‘zda tutilayotgan operatsiyadan oldingi va keyingi davrda davolash.
Atrofik o‘zgarishlar fonida qindan olingan mazokning natijalari noaniq bo‘lganida diagnostika maqsadlarida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Uyqudan oldin, intravaginal.
Urogenital yo‘llarning pastki bo‘limlari shilliq qavati atrofiyasida birinchi 2-3 haftada har kuni 1 suppozitoriydan (0,5 mg), so‘ngra simptomatikaga asoslanib, doza asta-sekin kamaytiriladi, 1 suppozitoriydan (0,5 mg) haftada 2 marta buyuriladi.
Ayollarda postmenopauzada operatsiyadan oldingi va keyingi davrda davolash - 2 hafta davomida 1 suppozitoriydan (0,5 mg) operatsiyadan oldin va keyin.
Diagnostika vositasi sifatida - 1 suppozitoriydan hafta davomida navbatdagi mazok olinishidan oldin.
Preparatning navbatdagi dozasi o‘tkazib yuborilganda, uni darhol qo‘llash kerak. Biroq, agar bu navbatdagi dozani qabul qilish kunida aniqlansa, o‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirmay preparatni qabul qilishni odatdagi tartibda davom ettirish lozim. Ikki dozani bir kunda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qo‘yilgan joyda qichishish va achishish, ko‘krak bezlarida og‘riq va taranglik. Gestagenlar bilan majmuada qo‘llanganida esterogenga bog‘liq bo‘lgan xavfsiz va xavfli o‘smalar, shu jumladan sut bezi va endometriy raki, venoz tromboemboliya, shu jumladan boldir va kichik chanoq chuqur venalari, o‘pka venasi tromboemboliyasi, miokard infarkti, insult, o‘t pufagi kasalliklari, xloazma, ko‘p shaklli eritema, tugunli eritema, gemmoragik purpura, 65 yoshdan keyin preparatni uzluksiz qo‘llanganida, o‘rinbosar gormonal davolash boshlanishidagi dementsiya, atsiklik qonli ajralmalar, “shiddatli” qon ketishlari, libidoni oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, tasdiqlangan (jumladan anamnezida) yoki shubha qilingan sut bezi raki, estrogenga bog‘liq bo‘lgan o‘sma yoki ular mavjudligiga shubha (shu jumladan endometriy raki), diagnostika qilinmagan genital qon ketishi, davolanmagan endometriy giperplaziyasi, trombozlar (venoz va arterial) va aynan shu vaqtdagi yoki anamnezdagi tromboemboliya (shu jumladan chuqur venalar trombozi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, miokard infarkti, insult), serebrovaskulyar buzilishlar; aynan shu vaqtdagi yoki anamnezdagi tromboz chaqiruvchi holatar (shu jumladan, tranzitor ishemik hurujlar, stenokardiya); ko‘p sonli yoki yaqqol namoyon bo‘ladigan venoz yoki arterial tromboz chaqiruvchi omillar (shu jumladan yurak klapan apparatini murakkab shikastlanishi, yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi, bosh miya qon tomirlari yoki toj arteriyalarning kasalliklari; nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial bosim, davomli imobilizatsiya bilan kechuvchi jiddiy jarrohlik aralashuvlari, 35 yoshdan oshgandan keyin chekish); tasdiqlangan trombofiliyalar, venoz va arterial tromboz rivojlanishiga olib keluvchi nasliy yoki orttirilgan omillar, faollashtirilgan S protein rezistentlik, antitrombin III tanqisligi, S proteini tanqisligi, protein S tanqisligi, fosfolipidga antitelolar mavjudligi va boshqalar kabi; chuqur venalar tromboflebiti, shu jumladan anamnezda; yaqqol namoyon bo‘ladigan gipertriglitseridemiya; xolestatik sariq kasallik; otoskleroz (shu jumladan, homiladorlik vaqtida kechadigan yoki jinsiy gormonlar bilan davolashda vaqtidagi); o‘tkir jigar kasalliklari yoki anamnezida jigar kasalliklari bo‘lganda buyrak faoliyati ko‘rsatkichlari me'yorga kelgunicha, porfiriya, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lganlar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenobarbital, karbamazepin, fenitoin, rifampitsin, rifabutin, nevirapin, efavirenz) estrogenlar metabolizmini kuchaytiradi; kuchli ingibitorlar (ritonavir, nelfinavir) – metabolizmni kamaytiradi. Teshik dalachoy preparatlari estrogenlar metabolizmini qo‘zg‘atishi mumkin.
Estriol gipolipidemik vositalar ta'sirini kuchaytiradi.
Erkak jinsiy gormonlar, antikoagulyantlar, antidepressantlar, diuretik, gipotenziv, gipoglikemik vositalarning samarasini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Anamnezida leyomioma yoki endometrioz, tromboemboliya bo‘lgan yoki ularni rivojlantirish omillari, estrogenga bog‘liq bo‘lgan o‘sma xavfi omillari, jumladan, oilaviy anamnezda 1-darajali sut bezi raki, arterial gipertenziya, jigar kasalliklari (jumladan adeoma), diabetik angiopatiyali yoki usiz qandli diabet, xolelitiaz, migren yoki og‘ir bosh og‘rig‘i, tizimli qizil yugurik, tutqanoq, bronxial astma, oilaviy giperlipoproteinemiya, pankratit, anamnezda endometriy raki yoki giperplaziyasi, yurak yoki buyrak yetishmovchiligi, suyak to‘qimalarini metabolik buzilishi, homiladorlik vaqtidagi gerpesda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi Preparat 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.
Homiladorlar va emizikli ayollar Preparat homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanmaydi.
Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Preparatni qo‘llash avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Intravaginal qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam.
Simptomlari (bexosdan ichga qabul qilinganda) ko‘ngil aynishi, qusish, “bekor qilish” oqibatidagi qon ketishi.
Davolash Simptomatik. Maxsus antidoti yo‘q..
Chiqarilish shakli
5 suppozitoriydan PVX/PE plenkali kontur uyali o‘ramda. №5 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
"FARMAPRIM" MChJ
Krinilor ko‘ch., 5, Porumben q., Kriulen rayoni,
Moldova Respublikasi, MD-4829
www.farmaprim.md