Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Oksitotsin in'ektsiya uchun eritma 1ml №5
Nomi | Narx | |||||
Окситацин р-р. 1мл №5 (A37062A##1994) |
UZS 35 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Vengriya
Дозировка
1 мл/5 МЕ
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Gedeon Richter PLC
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Раствор для инфузий и внутримышечного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Oksitotsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) oksitotsin
Dori shakli
vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi
1 ml quyidagilarni saqlaydi
faol modda sintetik oksitotsin – 5 XB;
yordamchi moddalar xlorbutanol gemigidrati – 5,0 mg, 1 M sirka kislotasi eritmasi rN 3,0-4,5 gacha.
In'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.
Ta'rifi tiniq, rangsiz, o‘ziga xos hidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
miometriyning qisqaruvchanligini kuchaytiruvchi vosita.
ATX kodi N01VV02
Farmakologik xususiyatlari
Oksitotsin – gipofizning orqa qismi peptid gormonining sintetik analogidir – bachadonning silliq mushaklari (ayniqsa homilador) va sut bezlaridagi mioepitelial xujayralarni qisqarishini rag‘batlantiradi.
Oksitotsin kuchsiz antidiuretik samara ko‘rsatadi va terapevtik dozalarda arterial bosimga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatmaydi.
Samarasi teri ostiga va mushak ichiga yuborilganda 1-2 minutdan keyin kuzatiladi, 20-30 minut davom etadi; vena ichiga yuborilganda 0,5-1 minutdan keyin boshlanadi.
Farmakokinetikasi
T1/2 – 1-6 minut (homiladorlikning kechki davrlarida va laktatsiya davrida qisqaradi). Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past (30%).
Jigar va buyrakda metabolizmga uchraydi. Homiladorlik davrida nishon-a'zolarda, yo‘ldoshda endogen va ekzogen oksitotsinni faolsizlantiruvchi oksitotsinazaning darajasi oshadi. O‘zgarmagan ko‘rinishda asosan buyrak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Tug‘ruq faoliyatini qo‘zg‘atish va rag‘batlantirish uchun; tug‘ruqdan keyingi erta davrda bachadondan gipotonik qon ketishlarini oldini olish va davolash uchun va bachadonni tug‘ruqdan keyingi involyutsiyasini tezlashtirish uchun kesar kesishda (yo‘ldosh olib tashlangandan keyin) bachadonni qisqaruvchanlik qobiliyatini kuchaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Oksitotsin vena ichiga, mushak ichiga yuboriladi. Tug‘ruqni qo‘zg‘atish uchun mushak ichiga 0,5-2,0 XB oksitotsin yuboriladi; zarurati bo‘lganida har 30-60 minutda in'ektsiya takrorlanadi.
Vena ichiga tomchilab yuborish uchun 1 ml oksitotsin (5 XB) 500 ml 5% li dekstroza eritmasida suyultiriladi. Yuborishni minutiga 5-8 tomchidan boshlanadi, keyinchalik tug‘ruq faoliyatining xarakteriga qarab tezlik oshiriladi, lekin minutiga 40 tomchidan oshmasligi kerak. Infuziya jarayonida bachadon faolligi va homilaning YuQS ni doimiy nazorat qilish kerak.
Bachadondan gipotonik qon ketishlarni oldini olish uchun oksitotsin mushak ichiga 3-5 XB dan sutkada 2-3 marta 2-3 kun davomida har kuni, bachadondan gipotonik qon ketishlarni davolash uchun esa 5-8 XB dan kuniga 2-3 marta 3 sutka davomida yuboriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Aritmiya va bradikardiya (onada va homilada), arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, shok, subaraxnoidal qon ketishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, neonatal sariqlik, homilada fibrinogen darajasini kamayishi, allergik reaktsiyalar, bronxospazm, suvni tutilishi, tug‘ruq faoliyatini haddan tashqari faolligi, bu homilaning o‘tkir gipoksiyasi, normal joylashgan yo‘ldoshni muddatidan oldin ko‘chishi, bachadonni yorilishiga olib kelishi mumkin. Bunday asoratlarning simptomlari paydo bo‘lganida preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, buyrak yetishmovchiligi, bachadon yorilishiga moyillik, ona chanog‘ining o‘lchamlarini homilaning o‘lchamlariga mos kelmasligi (anatomik va klinik tor chanoq), homilani ko‘ndalang yoki qiyshiq joylashishi, muddatidan oldingi tug‘ruq, bachadon yorilishi xavfi, kesarev kesish yoki bachadondagi boshqa operatsiyalardan keyin chandiqlarni mavjudligi, bachadonni haddan tashqarishi cho‘zilishi, ko‘p marta tug‘ruqdan keyingi bachadon, bachadon sepsisi, bachadon bo‘yini invaziv kartsinomasi, bachadon gipertonusi (tug‘ruq jarayonida paydo bo‘lmagan), homilani ezilishi, yo‘ldoshni muddatidan oldin ko‘chishiga gumon, homilani bachadon ichidagi gipoksiyasi, yo‘ldoshni oldin kelishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Oksitotsinni simpatomimetiklar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi (simpatomimetiklarning pressor ta'sirini kuchaytiradi).
MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llash arterial bosim oshishi xavfini oshiradi. Galotan va siklopropan arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faqat shifokor kuzatuvi ostida statsionar sharoitda bachadonning qisqaruvchanlik faoliyati, homilaning holati, ayolning arterial bosimi va umumiy holatining nazorati ostida qo‘llanilsin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bachadonni haddan tashqari rag‘batlantirilishi, bu gipertonusga va bachadonni tetanik qisqarishlariga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida bachadonni yorilishi, tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar, homilaning yurak faoliyati tomonidan turli o‘zgarishlarga, gipoksiyaga va homilani nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin homilani ezilishi, homilaning asfiksiyasi, homilaning bradikardiyasi, bachadon-yo‘ldosh gipoperfuziyasi, giperkapniya, homilaning tug‘ruq jarohatlari, suvli intoksikatsiya, tirishishlar.
Davolash oksitotsinni yuborishni darhol to‘xtatish, suyuqlikni yuborishni kamaytirish, diurezni jadallashtirish, simptomatik preparatlar va gipertonik tuzli eritmalarni (elektrolit muvozanatni normallashtirish maqsadida), barbituratlarni (ehtiyotkorlik sifatida) yuborish kerak. Patsiyentni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.
Chiqarilish shakli
Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 5 XB/ml.
1 ml dan neytral shisha ampulada.
5 ampula polivinilxlorid (PVX) plyonkali kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampula skarifikatori bilan karton qutida.
5 yoki 10 ampulalar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampula skarifikatori bilan gofrirlangan kiritmali karton qutida.
Sindirish nuqtasi yoki halqasi bo‘lgan ampulalar ishlatilganida ampula skarifikatori joylanmaydi.
Statsionarlar uchun o‘ramlar.
50 yoki 100 kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan gofrirlangan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 4°C dan 20°C gacha haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Gedeon Rixter» OAJ
N-1103 Budapesht, Dyomryoi ko‘ch., 19-21, Vengriya.