Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Фунистатин пор. для приг. сусп., 48 доз (TLIA07AA##2 391) |
UZS 62 300
UZS 64 900
-4%
Экономия UZS 2 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
Nobel-Pharmsanoat
Chiqarilish shakli
Суспензия для приема внутрь
Funistatin susp. tayyorlash uchun kukun, 48 doz haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Funistatin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) nistatin
Dori shakli
Cuspenziya tayyorlash uchun kukun
Tarkibi
faol modda nistatin 1000 mg (5 000 000 TB).
yordamchi moddalar avitsel, natriy metilparaben, natriy propilparaben, suvsiz limon kislotasi, natriy benzoati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmeloza, natriy saxarin, rafinadlangan qand, polivinilpirrolidon, aerosil, banan hushbso‘yi.
Ta'rifi Banan hidli, sariq rangli granulalangan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Zamburug‘larga qarshi vositalar (og‘iz bo‘shlig‘ida mahalliy qo‘llash uchun).
ATX kodi A07AA02
Farmakologik xususiyatlari
Streptomyces noursei tomonidan ishlab chiqariladigan, poliyenlar guruhiga mansub antibiotik. Fungistatik va fungitsid ta'sirga ega. Preparat Candida, Rhodotorula, Torulopsis, Trichosporon turidagi zamburug‘lar va Aspergillus turidagi mikomitsetlarni, zamburug‘ hujayralari devorining o‘tkazuvchanligini o‘zgartirishi va ularning o‘sishini sekinlashtirishi orqali rivojlanishini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat me'da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi; asosiy miqdori o‘zgarmagan holda ahlat orqali chiqib ketadi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozini davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, suspenziya ko‘rinishda buyuriladi. Suspenziyani tayyorlash uchun flakon yarimigacha qaynatilgan sovutilgan suv bilan to‘ldiriladi, yaxshilab silkitiladi va tindiriladi. Keyin flakon xuddi shunday suv bilan uning devoridagi qavariq belgigacha to‘ldiriladi. Flakon qopqog‘i burab yopiladi, yaxshilab bir necha minut davomida har silkitish siklidan so‘ng 20 sekundlik tindirish davri bilan bir necha marta silkitiladi.
Tayyor suspenziyani sovutgichda yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlash va 10 kun davomida ishlatish kerak. Preparatning 10 kun davomida ishlatilmagan qismi yo‘q qilinishi kerak.
Suspenziya quyidagi sxema bo‘yicha buyuriladi
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga – 2 ml (nistatin 200000 TB) dan kuniga 4 marta buyuriladi. 1 ml preparat og‘iz bo‘shlig‘ining bir tomoniga, qolgan 1 ml boshqa tomoniga qo‘yiladi. Chala tug‘ilgan yoki holsizlangan bolalarga 1 ml dan (nistatin 100000 TB) kuniga 4 marta (og‘iz bo‘shlig‘ini har bir tomoniga 0,5 ml dan) buyuriladi.
Bolalar va kattalarga – 4-6 ml (nistatin 4000000–6000000 TB) dan kuniga 4 marta buyuriladi. Dozani yarmi og‘iz bo‘shlig‘ining bir tomoniga, yarmi – boshqa tomoniga qo‘yiladi. Suspenziyani og‘izda, yutmasdan birmuncha vaqt ushlab turish lozim.
Preparat bilan davolashni og‘iz bo‘shlig‘i kandidozining simptomlari yo‘qolgandan va normal tahlillar olingandan so‘ng 48 soat mobaynida davom ettirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nistatin kam toksik vositadir. Nojo‘ya ta'sirlar chaqirmaydi, ammo unga yuqori sezuvchanlikda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, tana haroratini oshishi, et uvishishi, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik. Homilador ayollarda qo‘llash xavfsizligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar yo‘q.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Birgalikda qabul qilganda klotrimazolning ta'sirini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lganida yoki zamburug‘larning rezistent shakli ko‘paygan hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ta'sirlar kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
«Funistatin®», suspenziya tayyorlash uchun 7,5 g kukun, 100000 TB/ml dan 48 doza, komplektda 5 ml sig‘imli plastik qoshiqchasi bilan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Tayyor suspenziyani sovutgichda, 2-8°S bo‘lgan haroratda saqlash va 10 kun davomida qo‘llash kerak.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"NOBEL PHARMSANOAT" CHEK
Iste'molchilar dori vositasi sifati bo‘yicha fikr-mulohazalari, shikoyatlari va nojo‘ya ta'sirlari yoki dori vositasining samarasizligi xususidagi xabarlarni quyidagi manzil bo‘yicha yuborishlari mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘ch., 5"A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.