Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pimafutsin krem 2% 30g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Натамицин
Страна производитель
Италия
Дозировка
2% 30г
Производитель
Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Крем для наружного применения
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Pimafutsin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) natamitsin
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun krem
Tarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 20 mg natamitsin
Yordamchi moddalar setilefir mumi, detsiloleat (tsetiol V), natriy laurilsulfati, propilenglikol, propilparagidroksibenzoat, metilparagidroksibenzoat, setostearil spirti, tozalangan suv.
Ta'rifi oqdan och-sariq rangligacha bo‘lgan krem.
Farmakoterapevtik guruhi
zamburug‘larga qarshi vositalar.
ATX kodi D01AA02
Farmakologik xususiyatlari
Natamitsin - preparatning ta'sir etuvchi moddasi, fungitsid ta'sirga ega zamburug‘larga qarshi poliyen antibiotikdir. Natamitsin xujayra membranalarining sterollarini bog‘laydi, ularning butunligi va faoliyatini buzadi, bu mikroorganizmlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Natamitsinga ko‘pchilik patogen achitqi zamburug‘lari, ayniqsa Candida albicans, ayrim sodda hayvonlar (T.vaginalis) sezgir. Dermatofitlar kamroq sezgirdirlar. Klinika amaliyotida achitqi zamburug‘lari orasida natamitsinga rezistentlik uchramaydi.
Farmakokinetikasi
Sirtga va mahalliy qo‘llanganida shikastlanmagan teri va shilliq qavatlar orqali deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan teri va shilliq qavatlarning zamburug‘li kasalliklari, shu jumladan
- asosan Candida zamburug‘lari chaqirgan vulvit, vulvovaginit, balanopostit;
- teri va tirnoqlar kandidozi;
- zamburug‘lar tomonidan birlamchi chaqirilgan, yoki kandidoz bilan asoratlangan tashqi otit;
- dermatomikozlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktatsiya
Pimafutsin homiladorlik va laktatsiya davrida ishlatilishi mumkin. Preparatni homilaga noxush ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vulvitda, vulvovaginitda, balanopostitda krem shikastlangan sohalarga sutkada bir yoki bir necha marta surtiladi. Candida albicans chaqirgan vulvit, vulvovaginitlarni og‘ir kechishida, ichakdagi kandidoz infektsiyasining o‘chog‘ini sanatsiyasi uchun, qo‘shimcha ravishda Pimafutsin ichga qabul qilish uchun tabletka yoki qin shamchalari ko‘rinishida buyuriladi.
Dermatomikozlarda (shu jumladan teri va tirnoqlarning kandidozida, bolalardagi bichilishda) krem teri yoki tirnoqning shikastlangan yuzasiga sutkada 1 yoki bir necha marta (4 martagacha) surtiladi.
Tashqi eshitish yo‘lining mikozida shikastlangan yuzaga krem sutkada 1 yoki bir necha marta (4 martagacha) surtiladi. Preparatni qo‘llashdan oldin quloq tozalanadi. Preparat qo‘llanganidan keyin eshitish yo‘liga tabiiy matodan (paxta, jundan) turunda qo‘yiladi.
Davolash kursining davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi. Kasallik simptomlari yo‘qolganidan keyin davolashni yana bir necha kun davom ettirish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda preparat surtilgan joyda yengil ta'sirlanish, achishish hissi bo‘lishi mumkin.
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi
Pimafutsin preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Preparatning dorilar bilan o‘zaro ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 2% li krem 30 g dan alyumin yoki plastik tubalarda. 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15-25°S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Temmler Italia S.R.L.»,
Via dele Industrii 2,
20061 Karugata, MI, Italiya /
“Temmler Italia S.R.L.”,
Via delle Industrie, 2
20061 Carugate, MI, Italy
«Astellas Farma Yurop B.V.» uchun
Silviusveg 62, 2333 VE Leyden, Niderlandiya
Iste'molchilarning e'tirozlari quyidagi manzilga yuborilsin
Astellas Farma Yurop B.V. ning Moskvadagi vakolatxonasi
Rossiya, 109147, Moskva, Marksistskaya ko‘ch., 16
Telefon +7 (495) 737-07-55; faks +7 (495) 737-07-57
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.